Telegram Web Link
Hamma ham bilmaydigan 5 ta klaviatura kombinatsiyasi.

Darhaqiqat, hayotni osonlashtiradigan juda ko'p turli xil tugmalar birikmalari mavjud. Bulardan 5 tasini e'tiboringizga havola etishni ixtiyor etdim. 😀

1. Alt + Backspace. Agar siz tasodifan matnning bir qismini o'chirib tashlagan bo'lsangiz, unda bu kombinatsiya hamma narsani o'z joyiga qaytarishga yordam beradi.

2. Ctrl+Shift+N. Klaviatura yorlig'i ish stolida yangi papka yaratadi. Google Chrome brauzeri inkognito rejimida yangi tab ochadi.

3 Alt+Tab. Barcha ochiq oynalar orasida tezda almashishga yordam beradi.

4. Shift+Delete. Axlat qutisini chetlab o'tgan holda fayllarni o'chiradi. Ushbu funktsiyadan ehtiyot bo'ling, ma'lumotlarni qaytarish juda oson bo'lmaydi.

5. Win+L. Ekran qulfi. Sizning o'rniga boshqa birov kompyuteringizdan foydalanishini istamasangiz, foydali xususiyat.

@BigMasterUz_bot – universal ustoz!

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #hotkeys
VR, AR va MR nima haqida gaplashamiz.

1️⃣ VR (Virtual Haqiqat), VR pleyerlari ko'rgan va his qiladigan haqiqiy uch o'lchovli dunyo, aslida barchasi virtual va kompyuterlar tomonidan yaratilgan bo'ladi.

2️⃣ AR (kengaytirilgan haqiqat), AR dunyosi qisman haqiqiy va qisman virtualdir. Boshqacha qilib aytganda, haqiqatdan ham dunyoning raqamli axborot tashuvchisi.

3️⃣ MR (Mixed Reality) - bu foydalanuvchining realizmini kuchaytirish uchun VR va ARning yanada rivojlangan versiyasi. Quyidagicha tasavvur qilish mumkin: MR = VR + AR

@BigMasterUz_bot – universal ustoz!

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | @ITMastersUz | #atama
⚡️DDR operativ xotiralar turlari

DDR – 1998-yil
DDR2 – 2003-yil
DDR3 – 2007-yil
DDR4 – 2014-yil
DDR5 – 2020-yil

P/s: Menda DDR5,sizdachi?

@BigMasterUz_bot – universal ustoz!

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #operativ_xotira
"Активируйте Windows" yozuvini abadiy olib tashlaymiz!
#mohirlik

😎 Agar siz Windows-ni qayta o'rnatgan bo'lsangiz, lekin sizda faollashtirish kodingiz bo'lmasa, sinov muddati tugagandan so'ng, ekranda litsenziyani sotib olish haqida zerikarli bildirishnoma paydo bo'ladi. Yaxshiyamki, bu xabarni bir necha marta bosish orqali olib tashlashning imkoni bor:

1️⃣ Win+R ga CMD ni kiriting, sichqonchaning o'ng tugmachasini bosing va buyruq satrini administrator sifatida ishga tushiring.

2️⃣ bcdedit / set testsigning off buyrug'ini kiriting.

3️⃣ Kompyuterni qayta ishga tushiramiz.

u o'ng burchakdagi yozuv endi bo'lmasligi uchun etarli. ©️@kompyuter_akademiyasi

P.S.: Sinab ko'rganlar natijani yozib qoldirishni unutmang

@BigMasterUz_bot – universal ustoz!

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #windows
Blokcheyn nima?

🗂️ Blokcheyn — bu kompyuter tarmog'ining tugunlari o'rtasida taqsimlanadigan ma'lumotlar bazasi. Ma'lumotlar bazasi sifatida blokcheyn ma'lumotlarni elektron shaklda raqamli formatda saqlaydi. Blokcheynlar kriptovalyuta tizimlarida, masalan, Bitkoin kabi tranzaktsiyalarning xavfsiz va markazlashmagan rekordini saqlashda muhim roli bilan mashhur.

📌 Blokcheyn bilan yangilik shundan iboratki, u ma'lumotlar yozuvining ishonchliligi va xavfsizligini kafolatlaydi va ishonchli uchinchi shaxsga ehtiyoj sezmasdan ishonch hosil qiladi.

@BigMasterUz_bot – universal ustoz!

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #atama
Forwarded from IT Quizzes
📈 Windows 10 interfeysini soddalashtirish orqali uning ishlashini tezlashtirish

Agar sizga tizim interfeysi emas, balki uning ishlash tezligi muhim bo‘lsa, u holda buni quyidagi tartibda amalga oshirish mumkin:

1️⃣. Tizimning Пуск bosh menyusi orqali Параметры oynasini ekranga chaqiring (yoki WIN + I klavishlari birikmasini bosing).

2️⃣. Персонализация bo‘limiga o‘ting va chap tomondan Цвета bandini toping. Uning tarkibidagi Эффект прозрачности parametrini faolsizlantiring.

Ko‘rsatma nihoyatda sodda bo‘lib, uni bajarish ko‘p e’tibor va vaqt talab etmaydi. Natijasi esa shunga arziydi.

Manba: @itspecuz

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #windows
💾 SSD va HDD xotiralar bir-biridan qanday farq qiladi?

SSD disklarda mexanik qismlar bo'lmaydi va ular HDD disklardan anchagina mustahkam bo‘ladi. Kompyuteringizga shikast yetguday bo‘lsa, SSD xotiraga ko‘p hollarda zarar yetmaydi.

SSD va HDD xotiraning tezligi bir-biridan katta farq qiladi. Kompyuterni yoqqaningizda va dasturlarni ishga tushirayotganingizda SSD disk katta o‘rin egallaydi va u HDD diskdan ancha tez ishlaydi. Ularning tezligini videoni tomosha qilgan holda solishtirib ko'ring 👇

📌 P.S.: Hozirgi kunda zamonaviy kompyuter va noutbuklarda ikki turdagi disklar ham o‘rnatiladi. Lekin eski modeldagi kompyuterlarga SSD xotira o‘rnatilishi maslahat beriladi, chunki ularda faqatgina HDD disk mavjud bo'lib, bunday qurilmalar sezilarli darajada sekin ishlaydi.

🗂Ushbu mavzuga aloqadar postlarimiz:
HDD vs SSD bir biridan qanday farq qiladi?
HDD va SSD xususiyatlari va afzalliklari.

@BigMasterUz_bot – universal ustoz!

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #vs #virtual_xotira
Virtual xotira va kompyuterni tezlashtirish

🖥 Kompyuteringizda ikki uchta dasturlarni ochganingizda RAM yetishmovchiligi yuzaga kelishi mumkin va mana shunday paytda kompyuteringizda ajratilgan virtual xotiraga RAM-dan sahifalar o'tkaziladi va RAM oz bo'lsada bo'shaydi, kompyuter kamroq qotadi.

💾 Hammaga tushunarli qilib, dehqonchasiga tushuntiradigan bo'lsak, virtual xotira RAM-ga yordamchi xotiradir.

💻 Hozirgi ko'p noutbuklar 4 GB RAM va 4 GB virtual xotira bilan keladi. Virtual xotira HDD yoki SSD diskdan olinadi va siz uni o'zingiz ko'paytirishingiz yoki kamaytirib qo'yishingiz mumkin.

🧑‍💻 Sizda virtual xotira bor yoki yo'qligini bilish uchun Win + R bosing msinfo32 deb Enter-ni bosing. Kompyuteringizda qancha RAM va virtual xotira borligini o'sha yerdan bilib olishingiz mumkin.

Virtual xotira qo'shishni esa bu yerdan bilib olishingiz mumkin: link

@BigMasterUz_bot – universal ustoz!

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #foydali
Обновить kompyuter tezligini oshiradimi?

🖥 Istalgan 10 ta Windows foydalanuvchilarining 9 tasi kompyuterini Обновить qilishga odatlangan. Bu shunchaki ko'pchiligimiz uchun odat, ermak bo'lib qolgan.

⚡️ Lekin shuni bilishingiz xohlar edikki, Рабочий стол'ni Обновить qilish kompyuter tezligini oshirmaydi.

🤔 Обновить (o'zbekcha: Yangilash) qachon ishlatiladi?

🗂 Рабочий стол C disk uchun tegishli oddiy papka va unda siz o'zgarishlar qilsangiz, masalan, papka ochsangiz, programma yoki yorliqlarning ikonkalarini o'zgartirsangiz авто-oбновить ishlamay qolishi yoki umuman C diskdagi Рабочий стол papkasida bajarilgan amallar to'g'ridan-to'g'ri Рабочий стол'da paydo bo'lmasligi mumkin va ana shunday holatlarda Обновить ya'ni Yangilash yordam berishi mumkin.

😉 Lekinchi, sichqonchani chiqir-chiqir qilishi yomon mazzada) Yoqadideeeee)

@BigMasterUz_bot – universal ustoz!

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #foydali
Microsoft Windows 11 va Windows 10 uchun yangilanishlar chiqardi

🖥Microsoft barcha qo'llab-quvvatlanadigan operatsion tizimlar uchun yangi oylik (yanvar) yangilanishlarni chiqardi.

🔩Odatdagidek, bunday yangilanishlar o'zlari bilan hech qanday yangi xususiyatlarni keltirmaydi, lekin xatolarni tuzatish va zaifliklarni bartaraf etishga qaratilgan. Yangilanishlar allaqachon Windows Update orqali mavjud.

🗂Yangilanishlardagi o'zgarishlar haqida batafsil ma'lumotni quyidagi havola orqali rasmiy veb-saytda topishingiz mumkin.

Saytga kirish....

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #windows
Intel protsessorlaridagi yozuvlar nimani anglatadi?

Intel® Core protsessor brendi nomi

i7 Brend modifikatori - bu bir xil tovar nomiga ega bo'lgan turli xil mahsulotlarning bir yoki bir nechta muhim atributlar yoki imtiyozlar o'lchovlari bo'yicha qanday farq qilishini aytadi.

10generatsiya ya'ni avlod ko'rsatkichi

310 SKU raqamlari - bu ishlab chiqaruvchi o'z mahsulotini aniqlash uchun foydalaniladigan raqamlar

Y bu protsessorning grafika bilan ishlash darajasi haqida ma'lumot beradi va bu Y protsessor grafika bilan unchalik "chiqisha" olmasligini ko'rsatmoqda. Agar shu harf sizda HQ bo'lsa unda protsessor yuqori quvvatli grafikaga ega bo'ladi.

😄Admin I9 11900H protsessoridan foydalanadi

😉 Sizning protsessoringiz qanday ekan?

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #foydali #protsessor
Bu nimaligini kimdir biladimi 😂

P/s: Bu rasmga nom beramiz.

@BigMasterUz_bot – universal ustoz!

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #kayfiyat
Siz qaysi brend protsessorlarini (markaziy) ishlatasiz?
Anonymous Poll
20%
AMD Ryzen
73%
Intel
7%
Nima u protsessor🤔
🖥 AMD protsessorlaridagi yozuvlar nimani anglatadi?

AMD - kompaniya nomi

Ryzen - brend nomi

5 - protsessor oilasi

3 - protessor avlodi

6 - protsessor ishlashi darajasi

00 - ishlab chiqaruvchi mahsulotni aniqlashini uchun ishlatiladigan raqamlar

X - protsessor kuchliligini aytuvchi harf va bu yerda X eng kuchli degani

😉 Sizda qanaqa ekan?

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #protsessor #foydali
Microsoft Windows 11 File Explorer uchun asosiy dizayn yangilanishini tayyorlamoqda

🗂Microsoft dasturning butun interfeysini modernizatsiya qilingan sarlavhaga moslashtirish uchun Windows 11 uchun File Explorer uchun asosiy dizayn yangilanishi ustida ishlamoqda.

— Endi File Explorer eski va yangi interfeyslarning aralashmasi bo'ladi, u eskirgan dasturning asosiy qismiga aylanadi.

@BigMasterUz_bot – universal ustoz!

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #news
⌨️ Windows'dagi har bir ilova uchun klaviaturadan kiritish tilini alohida o‘zgaradigan qilamiz

Qoida bo‘yicha klaviatura tilini almashtirilishi global tarzda barcha ilovalar uchun amal qiladi, ya’ni ingliz tili tanlanganida siz har bir ochilib turgan oynada matnni inglizchada kiritasiz. Bir jihatdan bu qulay, chunki siz qaysi kiritish tili faol ekanligini doim bilib turasiz.

Boshqa tomondan, agar bir nechta oynada turli tillarda matn kiritishingizga to‘g‘ri kelsa, oynadan-oynaga o‘tgandan keyin boz ustiga tilni hadeb almashtirish diqqatimizni oshirishi va vaqtimizni olishi mumkin. Windows'da klaviatura uchun kiritish tili sifatidan tanlangan til faqat bir dastur doirasida amal qilishini sozlash mumkin.

Kiritish usulini tanlash uchun quyidagi qadamlar bajariladi:

1️⃣. “Параметры” (WIN + I) → “Устройства” → “Ввод” bandlari bo‘ylab o‘ting.

2️⃣. Oyna ostida ko‘k rangli matnda keltiriluvchi “Дополнительные параметры клавиатуры” bandiga o‘ting.

3️⃣. “Позволить выбирать метод ввода для каждого окна приложения” bandini faollashtiring.

Endi kiritish tili boshqa oynalarga ta’sir o‘tkazmagan holda, faqat alohida oynaga nisbatan o‘zgartiriladi. Turli oynalarda turli tillarda hadeb tilni qo‘lda o‘zgartirib o‘tirish zaruratisiz matn kiritish mumkin.

@BigMasterUz_bot – universal ustoz!

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #windows #klaviatura
Telegram tezkor klaviatura kombinatsiyalari

⌨️ Kompyuterda ham Telegramdan foydalanar ekanmiz quyidagi klaviatura kombinatsiyalarini bilib qo'yganimiz yaxshi:

CTRL + F — chatdan qidirish;

CTRL + M — minimallashtirish;

CTRL + W — yopish;

CTRL + Q — butunlay yopish;

CTRL + L — qulflash (agar parol qo'ygan bo'lsangiz);

@BigMasterUz_bot – universal ustoz!

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #hotkeys #telegram
Google-ni bo'laklarga bo'lib tashlaymiz

🌐 Brauzeringizdan www.google.com saytiga o'ting va qidiruv joyiga Google Gravity deb yozib, qidirish tugmasining o'rniga I'm Feeling Lucky tugmasini bossangiz...

😉 Yaxshisi o'zingiz ko'ring.

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #google
2024/10/03 21:30:22
Back to Top
HTML Embed Code: