Telegram Web Link
🥳 Google tog'a o'z foydalanuvchilarini Yangi yil bilan tabriklamoqda

Raxmat Google tog'a 😁

@BigMasterUz_bot – universal ustoz!

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #google
#operatsion_tizim

Windows'da ishchi stolidagi kontekstli menyuga kerakli dasturni qo‘shish (juda foydali qo‘llanma) 🧾

Kontekstli menyu – bu sichqonchaning o‘ng tugmasini bosganda yuzaga keluvchi menyudir.

Windows'da kerakli dasturlarga tezkor murojaat etish uchun, ishchi stolidagi kontekstli menyuga kerakli dasturni qo‘shib qo‘yishimiz mumkin.

Misol uchun, kontektsli menyuga Mozilla Firefox brauzerini qo‘shishni ko‘rib o‘tamiz, Sizdan e’tiborli bo‘lishni va keltirilgan ko‘rsatmalarga qat’iy amal qilishni so‘rab qolamiz.

1️⃣. "Win + R" klavishlari birikmasini bosish orqali "Выполнить" oynasini chaqirib, undagi matn kiritish maydoniga "regedit" buyrug‘ini (qo‘shtirnoqlarsiz) kiriting.

2️⃣. Ochilgan "Редактор реестра" ("Reyestr muharriri") oynasining chap tomonida keluvchi quyidagi bo‘limga o‘tamiz: HKEY_CLASSES_ROOT\Directory\Background\shell

3️⃣. Shell papkasi ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosamiz va "Создать -> Раздел"ni tanlaymiz.

4️⃣. Kontekstli menyuda ko‘rinib turadigan va Firefox brauzerini ishga tushirish uchun nom beramiz, misol uchun "Mening dasturim".

5️⃣. Hosil bo‘lgan "Mening dasturim" bandi ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib, "Создать -> Раздел"ni tanlaymiz va "command" deb (qo‘shtirnoqlarsiz) nom beramiz.

6️⃣. "Command" papkasini belgilab, o‘ng tomonda paydo bo‘lgan По умолчанию (Default) yozuviga sichqonchaning chap tugmasi bilan ikki marta bosamiz.

7️⃣. Paydo bo‘lgan oynaning "Значение" bandiga Firefox brauzerining kompyuterdagi joylashgan manzilini to‘liq kiritamiz, misol uchun: C:\Program Files (x86)\Mozilla Firefox\firefox.exe

8️⃣. "OK" tugmasini bosib, ushbu menyu va oynadan to‘liq chiqib ketamiz.

Natijada, Windows'ning ishchi stolida sichqonchaning o‘ng tugmasini bossangiz, kontekstli menyuda "Mening dasturim" bandi hosil bo‘lganini ko‘rasiz, uning ustiga bosish orqali Mozilla Firefox brauzeri ishga tushishiga amin bo‘lamiz.

☝️Ushbu harakatlar ketma-ketligini diqqat bilan bajaring, tajribasiz reyestr bilan ishlash biroz xavfli, boshqa hech narsani o‘zgartirmang.

📎 Bu yerda ushbu postning video talqini ham keltirilgan, xohishga ko‘ra uni ham tomosha qilishingiz mumkin.

📌 P.S.: Siz kompyuterni quyidagi kiritish qurilmalarining qaysi biri yordamida boshqarishni ko‘proq ma’qul ko‘rasiz?

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | @itspecuz | #foydali #windows
📊 Bizning kompyuter bilimlari kanali 2022-yil uchun statistika hisoboti

Bu natijalarga erishganimiz uchun sizlarga katta raxmat,bu yil bundanam ko'p safimiz kengayib kanalimiz rivojlanib ketsin 😇

#kompyuter_bilimlari
Windows xotira kartasi (fleshka)ni formatlashni uddalay olmagan holatda nima qilish mumkin?

Bunda bizga diskni tozalash uchun xizmat qiluvchi DISKPART opsiyasini qo‘llash usuli yordam berishi mumkin.

Buyruq satri (Командная строка)ni administrator nomidan ishga tushiramiz, so‘ngra navbat bilan ushbu buyruqlarni kiritamiz:

1️⃣. diskpart – maxsus buyruq bilan ish boshlanadi;

2️⃣. list disk – ushbu buyruqning bajarilishi natijasida formatlanishi lozim bo‘lgan saqlash qurilmasining raqamini eslab qoling, keyingi o‘rinlarda bu — N;

3️⃣. select disk N – raqamiga qarab kerakli diskni tanlash;

4️⃣. clean – tanlangan saqlash qurilmasidagi ma’lumotlarni tozalaymiz;

5️⃣. create partition primary – asosiy bo‘limni yaratamiz;

6️⃣. format fs=fat32 quick (yoki fs=ntfs quick) – tanlangan saqlash qurilmasini FAT32 yoki NTFS fayl tizimida formatlaymiz (quick qo‘shimchasi jarayonni tezlashtirish uchun xizmat qiladi);

7️⃣. Agar 6-banddagi buyruq bajarilib, formatlanish jarayoni tugallanganidan so‘ng Windows'ning Проводник (WIN + E) oynasida saqlash qurilmasi paydo bo‘lmasa, 8-bandni qo‘llang, aks holda uni o‘tkazib yuboring;

8️⃣. assign letter=Z – bu yerda Z — fleshka yoki xotira kartasi uchun tayinlamoqchi bo‘lgan harfimizdir;

9️⃣. exitDISKPART opsiyasi ishini yakunlaymiz.

Shundan keyin buyruq satri oynasini yopishingiz mumkin.

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | @itspecuz | #windows #foydali #fleshka
Caps Lock, Num Lock yoki Scroll lock tugmalari bosilganida tovush chiqadigan qilish

⌨️ Ba'zida Caps Lock yoki Num Lock tugmalarini tasodifan bosib yuborganimizni bilmay qolamiz va bu qandaydir odamga yoqmaydigan holatdir. Keling ular har safar bosilganida ovoz chiqaradigan qilib sozlaymiz.

🧑‍💻 Buning uchun Settings dasturiga kirib, u yerdan Ease of Access bo'limiga o'tamiz va u yerdan eng pastga tushib Keyboard'ga o'tamiz. U yerdan esa Use Toggle Keys deganini yoqib qo'yamiz.

🔉 Ana endi har safar Caps Lock, Num Lock yoki Scroll lock tugmalaridan biri bosilib ketganidan "tit" kabi o'chirish uchun bosilganida esa "tut" kabi tovush chiqa boshlaydi.

@BigMasterUz_bot – universal ustoz!

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #foydali #ovoz
Mouse Keys funksiyasi

😖 Ba'zan juda kerakli paytlarda sichqonchamiz ishlamay qoladi. Mana shunday vaqtlarda siz Mouse Keys'dan foydalanishingiz mumkin. Bu funksiya sizga klaviaturangizdan sichqoncha kabi foydalanish imkonini beradi.

⌨️ Uni yoqish uchun Alt + Shift + Num Lock tugmalarini bosing va keyingi tasdiqlash ochilganida Yes'ni bosing. Shunda siz ikkinchi rasmdagidek klaviaturangiz yordamida kursorni boshqarishingiz mumkin bo'ladi.

Uni o'chirish uchun esa Alt + Shift + Num Lock'ni yana bir marta bosing.

@BigMasterUz_bot – universal ustoz!

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #foydali #mouse
😂 Bu meni 5 yilgi kompyuterim va undagi dasturlar

Ya'na kimda shunaqa?

@BigMasterUz_bot – universal ustoz!

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog
WPS Office

🧐 Agar sizda Microsoft Office dasturi yo'q bo'lsa, yoki shunga o'xshash boshqa bir dastur qidirayotgan bo'lsangiz WPS Office aynan siz uchun!

🤨 Nima uchun WPS Office?

• Microsoft Office-ga eng o'xshash dasturlardan biri;

Microsoft Office pullik va aktivatsiya talab qiladi. WPS Office esa bepul dastur (Premium versiyasi ham bor);

• Hajm jihatidan WPS Office 700-800 MB joy oladi. Taqqoslash uchun Microsoft Office 1.5 GB atrofida yoki undan ko'p joy oladi;

WPS Office PDF<>Word, Rasm<>PDF, OCR kabi sizga juda ko'p kerak bo'ladigan funksiyalarni ham o'z ichiga olgan;

• Fayllarinigiz uchun chiroyli, bepul shablonlar ham taqdim etadi;

• PDF turdagi dokumentlarni ham ocha oladi va tahrirlay oladi.

⬇️ WPS Office programmasini o'zining saytidan yuklab olish uchun: link

@BigMasterUz_bot – universal ustoz!

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #ofice #dastur
GodMode haqida

🤐 Siz Windows-ning yashirin GodMode deb nomlanuvchi papkasi haqida bilarmidingiz? Bu papkani ochish uchun sizga maxsus kod kerak. Unda siz kompyuteringizdan qidirib topa olmaydigan ko'plab sozlamalarni topishingiz mumkin.

📂 Istalgan joydan, deylik, Desktop (Рабочий стол)-dan bir papka yarating va uning nomini GodMode.{ED7BA470-8E54-465E-825C-99712043E01C} ga o'zgartiring. Shunda papkani ko'rinishi o'zgaradi va uning ichida bir dunyo sozlamalarni ko'rishingiz mumkin.

⚙️ Bu ko'plab Windows sozlamalari jamlangan menyu bo'lib, uni maxsus xususiyati yo'q. Shuningdek, tushunmasangiz uning ichidagi sozlamalarga tegmaganingiz ma'qul.

@BigMasterUz_bot – universal ustoz!

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #fayl #foydali
😄 Buni hech ham sinab ko'rmagansiz!

📁 Barchamiz bir faylni papkadan boshqa bir papkaga olib o'tish uchun sichqonchaning chap tomonini bosgan holda papkaga olib borib qo'yib yuboramiz. Lekin hech shu ishni sichqonchaning o'ng tomoni bilan sinab ko'rganmisiz?

🤓 Agar siz bir faylni bir joydan ikkinchi joyga sichqonchaning o'ng tugmasini bosgan holda olib o'tsangiz sizga kontekst menyu ochiladi va u yerdan siz faylni nusxa bilan olib o'tish yoki ko'chirib o'tkazish kabi tanlovlarga ega bo'lasiz.

@BigMasterUz_bot – universal ustoz!

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #fayl #foydali
Ransomware haqida qisqacha

🦠 Malware oilasi a'zolaridan biri bu ransomware bo'lib, bu turdagi viruslar kriptovirologiyadan yasaladi va jabrlanuvchi belgilangan miqdordagi pulni to'lamaguncha uning ma'lumotlariga kirish huquqlarini blokirovka qilib qo'yadi yoki tarqatib yuborish bilan tahdid qiladi.

😭 Misol: WannaCry

☣️ 2017-yilda 12-mayda dunyo bo'ylab Microsoft Windows tizimida ishlaydigan kompyuterlar uchun WannaCry nomli kiberhujum boshlangan. WannaCry virusi kompyuterdagi ma'lumotlarni shifrlab qo'ygan va foydalanuvchidan shifrlarni ochish uchun Bitcoin orqali to'lov qilishni talab qilgan. 150 dan ortiq mamlakatda 230,000 ta kompyuterni zararlagan va har bir kompyuterdan $300 talab qilgan. To'lov qilish uchun 7 kun muhlat berilgan, aks holda esa ma'lumotlar o'chirib yuborilishi aytilgan.

✴️ WannaCry EternalBlue nomli "portlatuvchi" dastur orqali tarqalgan. EternalBlue esa AQSH Xalqaro Xavfsizlik Agentligidan Shimoliy Koreya xakerlari tomonidan o'g'irlangan va tarqatib yuborilgan.

🛡 Ransomware-dan qanday himoyalanish kerak?
Ransomware asosan internet bilan ishlaydi va internet orqali kompyuteringiz virus hujumiga uchraydi. Shunday ekan:

- Ishonchsiz manbalardan foydalanmang;
- Shubhali linklar va saytlarga kirmang;
- O'zingiz bilmagan SMS-larga, telefon qo'ng'iroqlariga va email-larga javob qaytarmang;
- Operatsion tizimlaringizni doimiy yangilab turing;
- Begona wifi-lardan foydalanmang, foydalangan taqdirda VPN-dan ishlating;
- Firewall-dan foydalaning;

🎞 "Wannacry bilan zararlansangiz nima bo'ladi?" - WannaCry virusi bilan zararlangan kompyuter videosini bu yerda ko'rishingiz mumkin: link
📄 Ko'proq ma'lumot uchun: link

@BigMasterUz_bot – universal ustoz!

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #virus #foydali
🌐 Firefox brauzeri logo evolyutsiyasi

Sizga qaysi biri yoqdi?

@BigMasterUz_bot – universal ustoz!

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #evolutsiya
Telegramni to'liq yopish (dasturdan chiqish)
Anonymous Quiz
20%
CTRL + A
23%
WIN + L
45%
CTRL + Q
11%
ALT + S
🖥 Kompyuteringiz ekrani o'lchamini bilasizmi?

🌐 Quyidagi sayt orqali kompyuteringiz ekrani o'lchami qanaqa ekanligini bilib olishingiz mumkin:

🔗 https://bestfirms.com/what-is-my-screen-resolution/

⚙️ Shuningdek, Sozlamalar > Displey bo'limidan ham bilib olishingiz mumkin.

Sizniki qanaqa ekan?

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #display #foydali
Counter Strike: Global Offensive

Counter Strike
haqida aytishimi shart emasdir a? 😅

🎮 CS: GO bu Counter Strike-ning ning oxirgi versiyasi bo'lib, uni siz Steam o'yin do'konidan bepul yuklab olishingiz mumkin:

https://store.steampowered.com/app/730/CounterStrike_Global_Offensive/

😎 O'yinni "mazza" qiib o'ynash uchun sizga MINIMUM:

Operatsion Sistema: Windows® 7/Vista/XP
Protsessor: Intel® Core 2 Duo E6600 yoki AMD Phenom X3 8750 processor yoki undan yaxshirog'i
Xotira: 2 GB RAM
Grafik: Videokarta 256 MB yoki ko'proq va DirectX 9-compatible bo'lishi kerak Pixel Shader 3.0 bilan.
DirectX: Version 9.0c
Joy: 15 GB bo'sh joy kerak bo'ladi

🌐 Va albatta, kuchli internet (yo'qsa qotib qolishi mumkin).

@BigMasterUz_bot – universal ustoz!

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #game
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📈 Nvidia grafik kartalari evolutsiyasi

Siz qanday videokarta ishlatasiz?

@BigMasterUz_bot – universal ustoz!

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #videokarta #evolutsiya
Windows 10 da bir nechta ish stollarini qanday yaratish mumkin?

Ikkinchi ish stolini olish uchun Win + Tab tugmalar birikmasini bosing keyin Ish stolini yaratish-ni bosing va tayyor.

Faol ish stollari o'rtasida almashish Win + Ctrl + chap / o'ng strelka klaviatura yorlig'i yordamida amalga oshiriladi.😉

@BigMasterUz_bot – universal ustoz!

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #windows10
2024/10/04 17:24:47
Back to Top
HTML Embed Code: