Telegram Web Link
HTTP πŸ†š HTTPS

🌐 Brauzerda "suzuvchilar" e'tibor bergan bo'lishlari mumkinki, ayrim saytlar https:// bilan ayrimlari esa http:// bilan boshlanadi.

πŸ›‘ HTTP bilan HTTPS orasidagi eng katta farq - bu xavsizlikdir. HTTPS saytlari himoyalangan bo'ladi, HTTP bilan boshlanadigan saytlar esa himoyalanmagan bo'ladi.

πŸ“„ HTTPS saytlarida SSL sertifikati bo'ladi va bu esa https:// saytlari himoyalanganining dalolatidir.
HTTP saytlarida bunday sertifikat bo'lmaydi.

πŸ”“ Agar siz HTTP saytlariga ma'lumotlaringizni kiritsangiz, masalan, "parol: kompyuter_bilimlari", xakerlar buni bemalol ko'ra oladilar ya'ni sizning ma'lumotlaringiz shifrlanmaydi.

πŸ”’ HTTPS saytlarida esa sizning ma'lumotlaringiz shifrlanadi va kiberhujumchilar sizning ma'lumotlaringiz o'rniga mana bunga o'xshagan narsalarni ko'radilar: T8UV81pQfyhDkhebbz7+oiwldr1j2gHBB3L3RFTRsQCpaSnSBZ78Vme

πŸ€“ Xulosa: Hech qachon http:// bilan boshlanadigan saytlarga o'z ma'lumotlaringizni kiritmang!

πŸ‘‰πŸΌ Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali / #sayt
Gulasalni ko'pchilik tanisa kerak, Uzschool da ishlagan.Yaqinda kanal ochibdi.

Kanalini ko'rdim judayam foydali postlar va darslar o'tadi. O'zim kirib ko'rdim πŸ”₯

Kanalida esa yana o'qish/ishdagi sarguzashtlari, qiyinchiliklari va ulardan xulosalarni hikoya qiladi, English haqida gapiradi, foydali webinarlar tashkil qiladi πŸ₯°

https://www.tg-me.com/+vP3Y0lLs_CFhODcy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Rejalaringgiz amalga oshdimi?

πŸ₯Έ Dasturchi bo'lish uchun o'qib yurgan paytlarim qilgan rejalarim amalga oshganda, menimcha hozir men Ilon Mask bilan birga ovqatlanib o'tirgan bo'lishim kerak edi, lekin sizga ushbu postni yozib o'tiribman...

πŸ‘‰πŸΌ Birinchi raqamli Windows Blog | #dasturlash / #kayfiyat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
πŸ˜‚ 24/7 to'xtamay ishlaymiz

ℹ️ Ushbu mohirlikni bajarish uchun ALT + TAB klaviatura birikmasini bosing,bunisi ancha tez!

πŸ‘‰πŸΌ Birinchi raqamli Windows Blog | #kayfiyat / #hotkeys
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kompyuterni qanday o'chirish uchun 2 ta muqobil usul

1⃣ Birinchi variant
1. Klaviaturada Alt + F4 tugmalarini bosing
2. Ochilgan oynada OK yoki Enter tugmasini bosishingiz mumkin.

2⃣ Ikkinchi usul
1. Win + R tugmalarini bosing
2. Ishga tushirish oynasida o'chirish /s va OKni bosing.

πŸ‘‰πŸΌ Birinchi raqamli Windows Blog |
#lifehack / #mohirlik
Java πŸ†š JavaScript

πŸ–₯ Ko'pchilik kompyuter foydalanuvchilari chalkashtirib yuboradigan Java hamda Javascript dasturlash tillari aslida bir-biridan farq qiladi.

πŸ”Έ JavaScript - bu yengil dasturlash tili (skript yozish tili) bo'lib, interaktiv veb-sahifalarni tayyorlash uchun ishlatiladi. Uni ko'pincha "brauzer tili" ham deyishadi. JavaScript (JS) va Java bir-biriga deyarli umuman o'xshamaydi.

πŸ”Έ Java - bu obyektga yo'naltirilgan dasturlash tili bo'lib, deyarli har bir platformada ishlaydigan dasturlarni yaratishga imkon beradigan virtual mashina platformasidir.

πŸ”Ά Umumiy xulosa shuki: JavaScript veb-sahifalar yaratishda ishlatilsa, Java dasturlar tuzishda ishlatiladi.

πŸ‘‰πŸΌ Birinchi raqamli Windows Blog | #dasturlash / #vs
Noutbukni quvvatlantirayotganda ham ishlatsa bo'ladimi?

βœ… Ortiqcha so'zlarga o'rin yo'q va javob: Ha

πŸ€” Nimaga? Chunki hozirgi noutbuklar zamonaviyligini hisobga olsak, ular buni o'zlari hal qila olishadi ya'ni quvvatlantirishni noutbukning o'zi boshqara oladi.

πŸ”Œ Albatta bu usulning zarari ham bor bo'lishi mumkin, ammo, zarari bo'lganda ham bu 100 foizdan 5 yoki undan kam foizga to'g'ri kelishi mumkin.

πŸ”‹ Xulosa: noutbukingiz holatiga qarab quvvatlantirayotganda ham ishlatish mumkin.

πŸ’‘ Agar noutbukingizni har doim quvvatlagich bilan ishlatadigan bo'lsangiz, noutbukingizdan batareyani olib qo'yishingiz ham mumkin. Buning uchun kompyuter ustaxonasiga murojaat qiling.

πŸ‘‰πŸΌ Birinchi raqamli Windows Blog | #notebook / #batareya
Dunyodagi birinchi mikroprotsessor bu ....
Anonymous Quiz
38%
Intel 4004
16%
AMD 2123
19%
Intel Pentium Pro
27%
Celeron M 8086
Wi‐Fi kuchini qanday aniqlash mumkin?

πŸ“Ά Aytaylik, Wi-Fi'ingiz signali kuchini bilmoqchisiz. Buning siz Taskbar'dagi Wi-Fi ikonkasi ustiga bosasiz va ulanib turgan vayfayingiz qatorlari "nechta chiqayotganiga" qaraysiz. Bitta chiqayotgan bo'lsa, past. Ikki yoki uchta chiqayotgan bo'lsa o'rtacha, to'liq chiqayotgan bo'lsa signal kuchli chiqayotgan bo'ladi va demak, vayfay sizga juda yaqin joyda turgan bo'ladi.

πŸ“ƒ Lekin sizga yanada aniq javob kerak bo'lsa, unda quyidagi amalni bajaring:

πŸ§‘β€πŸ’» Command Prompt (cmd yoki terminal) dasturini ishga tushiring. Unga quyidagini kiritib, Enter'ni bosing:

netsh wlan show interfaces

🌐 Buyruq ishga tushadi va sizga rasmdagidek, vayfayingiz signali qanchalik kuchli ekanligini foizda ko'rsatib beradi.

Xo'sh, sizda necha foiz ekan?

πŸ‘‰πŸΌ Birinchi raqamli Windows Blog | #wifi / #lifehack
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Klaviaturada yozish tezliginggizni test qilish uchun eng top sayt

⚑️ Izohlarda tez yozish rekordinggizni yozib qoldiring, kim tez yozarkan...

πŸ”— Sayt manzili – monkeytype.com

πŸ‘‰πŸΌ Birinchi raqamli Windows Blog | #typing / #sayt
​Windows versiyasini aniqlashni oson yo'li

1⃣ Win + R ni bosamiz;
2⃣ Ochilgan oynaga winver deb yozamiz;
3⃣ Quyidagi rasmdagidek oyna paydo bo'ladi, shu oynada windows versiyasi yozilgan bo'ladi!

P.s: Endi komentaryaga "Men buni bilardim" deb yozinglar)

Manba: @kompyuter_akademiyasi

πŸ‘‰πŸΌ Birinchi raqamli Windows Blog | #windows / #lifehack
O'zimiz uchun tezkor tugmalar yaratamiz

⌨️ Kompyuterda ishlash samaradorligini oshirish va vaqtda ozgina bo'lsa ham yutish uchun programmalarimizni klaviatura kombinatsiyalari bilan ochishni ko'rib chiqamiz.

πŸ’» Istalgan programmangiz yorlig'i ustiga sichqoncha chap tugmasi bilan bosing eng pastdagi Properties-ga kiring.

*️⃣ Shortcut key-ga Ctrl + Alt + "istalgan harf"-ni kiriting va Apply, OK-ni bosing.

πŸ˜‰ Endi Ctrl + Alt + "kiritilgan harf"-ni bosganingizda sizga programmangiz ochiladi.

πŸ‘‰πŸΌ Birinchi raqamli Windows Blog | #hotkeys / #lifehack
API nima?

ℹ️ Nazariy aytadigan bo'lsak, API - bu Application Programming Interface so'zining qisqartmasi bo'lib, bu ikkita dastur bir-biri bilan muloqot qilishiga imkon beradigan dasturiy vostachidir.

Tasavvur qiling bir restorant(sayt)ga kirdingiz. Hech qachon restoranda ovqatni o'zingiz olib kelmaysizku? To'g'rimi? Oshxona(server)dagi ovqat(saytdagi sizga kerakli ma'lumot)ni olib kelish siz ofitsant(API)ga murojaat qilasiz. U siz uchun oshxona(server)dan ovqatni olib kelib beradi.

▢️ API haqida yana ko'proq bilishni istasangiz quyidagi video'ni ko'ring: https://youtu.be/s7wmiS2mSXY

πŸ‘‰πŸΌ Birinchi raqamli Windows Blog | #bilib_oling
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚑ 5G qanchalik tez?

🌐 Videodagi internet tezligi 3200+ Mbps'ni ko'rsatdi. Bu sekundiga 400MB yuklab olish tezligi degani. Bu degani Windows .iso faylini 10 sekundda yuklab olishingiz mumkin bo'ladi degani.

"takoy lyohkiy" internet tezligi)

❔5G internetdan foydalanib ko'rganlar bormi...

πŸ‘‰πŸΌ Birinchi raqamli Windows Blog | #internet / #5G
Windows 10/11 uchun lifehack

βš™ Tizimni Windows 7 kabi qulay tarzda sozlash uchun Windows 10/11 da yashirin sozlamalarni qanday ochish mumkin?
Win + R tugmalar birikmasini bosing va buyruqlarni kiriting:
1. Sana va vaqt: timedate.cpl
2. Мой ΠΊΠΎΠΌΠΏΡŒΡŽΡ‚Π΅Ρ€ va ΠΊΠΎΡ€Π·ΠΈΠ½Ρ‹ piktogrammalari uchun: desk.cpl
3. Dasturlarni vaqt bo'yicha avtomatik ishga tushirish:
– Tarmoq ulanishlari: ncpa.cpl
– Dasturlarni qo'shish/o'chirish: appwiz.cpl

πŸ‘‰πŸΌ Birinchi raqamli Windows Blog | #windows / #lifehack
Foydali saytlar to'plami bilan tanishing!

Earthcam.com – butun dunyodagi kameralar.

Safeweb.norton.com – kirmoqchi bo'lgan saytingizda virus bor yoki yo'qligini aniqlab beradi.

Flatuicolors.com – ilova yoki saytlarni front end qismi bilan ishlovchilar uchun ajoyib sayt.

Tailorbrands.com – o'zingiz logotip yarating.

πŸ‘‰πŸΌ Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali / #sayt
Web developer skill

πŸ“Œ Siz qaysi bo'lakdasiz?

πŸ‘‰πŸΌ Birinchi raqamli Windows Blog | #dasturlash / #foydali
2024/10/01 13:35:37
Back to Top
HTML Embed Code: