Telegram Web Link
ZARINLIGHT sizga yangi, sifatli va hamyonbop narxda, eng muhimi kafolatli mahsulotlarni taqdim etadi!

💻Noutbuklar uchun:
• Batareyalar
• Klaviaturalar
• Korpuslar
• Shleyf
• Ekranlar
• Asosiy platalar
• Barchat turdagi SSD disklar
Kompyuter
*Dasturlash, Dizaynerlar, o‘yin, ofis uchun kompyuterlar.
• Sifatli va hamyonbop kompyuterlar
• Monobloklar
• Monitorlar
• Videokartalar
• Sichqonchalar
• Asosiy platalar
• Quvvatlovchilar
• Shleyflar
• Kulerlar
• Korpuslar
• Routerlar
• HDD, SSD va boshqa turdagi mahsulotlarni ZARINLIGHT'dan topasiz!


📲 Telegram kanalimiz: www.tg-me.com/zarinlightok


ZARINLIGHT
Kompyuter Bilimlari kanali rasmiy homiysi!
🫣 Windows 11 2001-yilda qanday ko'rinishga ega bo'lardi

📆 Agar Microsfot Windows 11 ni 22 yil oldin ishlab chiqqanida taxminan uning dizayni shu ko'rinishda bo'lardi.Bu siz uchun hunuk ko'rinishi mumkin ammo ushbu dizayn 2001-yil uchun supper!

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #windows11
Forwarded from Raulbek Ataxonov
🖇 Ingliz tilida sizga hech kim o'rgatmaydigan iboralar:

Time will tell – Vaqt ko'rsatadi;
Ignorance is bliss – Qancha kam bilsang shuncha yaxshi;
From zero, to hero – Noldan muvaffaqiyatgacha;
Cut it out – To'xtat, bas qil;
To be divinely happy – yettinchi osmonda uchish.

👉🏻 @raulenglish
Qanday qilib kompyuterni ma'lum vaqtdan keyin o'chiradigan buyruq yasash mumkin?

💻 Buning uchun Win + R bilan Run oynasini oching va shutdown -s -t va kompyuter necha soniyadan keyin o'chishi kerakligini kiriting. Masalan:

shutdown -s -t 1200 — bunda kompyutet 1200 soniya ya'ni yigirma daqiqadan so'ng o'chadi.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #lifehack / #foydali
Caps Lock, Num Lock yoki Scroll lock tugmalari bosilganida tovush chiqadigan qilish

⌨️ Ba'zida Caps Lock yoki Num Lock tugmalarini tasodifan bosib yuborganimizni bilmay qolamiz va bu qandaydir odamga yoqmaydigan holatdir. Keling ular har safar bosilganida ovoz chiqaradigan qilib sozlaymiz.

🧑‍💻 Buning uchun Settings dasturiga kirib, u yerdan Ease of Access bo'limiga o'tamiz va u yerdan eng pastga tushib Keyboard'ga o'tamiz. U yerdan esa Use Toggle Keys deganini yoqib qo'yamiz.

🔉 Ana endi har safar Caps Lock, Num Lock yoki Scroll lock tugmalaridan biri bosilib ketganidan "tit" kabi o'chirish uchun bosilganida esa "tut" kabi tovush chiqa boshlaydi.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #lifehack
Yetti o’lchab bir kes

Linux
OT’ga o’tish istagida bo’lsangiz, tizimni o’rnatmasdan avval sinab ko’rishingiz mumkin.

OnWorks platformasi yordamida Linux’ning eng mashhur distributivlarini brauzerning o’zida testdan o’tkazib, maqul kelganini o’rnating.

Sayt barcha brauzer va tizimlarda hatto smartfonlarda ham ishlaydi.

~ Manba

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #linux / #lifehack
Mouse Keys funksiyasi

ℹ️ Ba'zan juda kerakli paytlarda sichqonchamiz ishlamay qoladi. Mana shunday vaqtlarda siz Mouse Keys'dan foydalanishingiz mumkin. Bu funksiya sizga klaviaturangizdan sichqoncha kabi foydalanish imkonini beradi.

⌨️ Uni yoqish uchun Alt + Shift + Num Lock tugmalarini bosing va keyingi tasdiqlash ochilganida Yes'ni bosing. Shunda siz ikkinchi rasmdagidek klaviaturangiz yordamida kursorni boshqarishingiz mumkin bo'ladi.

Uni o'chirish uchun esa Alt + Shift + Num Lock'ni yana bir marta bosing.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #sichqoncha / #lifehack
Rangli displeyga ega bo'lgan birinchi kompyuter qaysi?
Anonymous Quiz
30%
iMac
34%
Apple II
20%
BBC Micro
16%
Amiga 500
⚡️Excel dasturida tezkor tugmalar

Ctrl + Delete Tanlangan matn o'chiriladi.
Ctrl + Alt + V Maxsus qo'shimchalar paydo bo'ladi
Ctrl + belgisi + Belgilangan ustunlar va satrlar qo'shiladi.
Ctrl + belgisi - Tanlangan ustunlar yoki satrlar o'chiriladi.
Ctrl + D Pastki qator tanlangan katakchadagi ma'lumotlar bilan to'ldiriladi
Ctrl + R O'ng tarafdagi diapazon tanlangan uyaning ma'lumotlari bilan to'ldiriladi.
Ctrl + H Search-Replace oynasi paydo bo'ladi.
Ctrl + Z So'nggi harakatlar bekor qilinadi.
Ctrl + Y So'nggi harakat takrorlandi
Ctrl + 1 Hujayra formatini tahrirlash oynasi ochiladi.
Ctrl + B tugmalari Matn qalin qilib ko'rsatilgan
Ctrl + I Kursiv o'rnatish
Ctrl + U Matn tagiga chizilgan.
Ctrl + 5 Belgilangan matn ajratib ko'rsatilgan.
Ctrl + Enter Barcha kataklar tanlangan.
Ctrl +; Sana ko'rsatilgan
Ctrl + Shift +; Vaqt muhrlandi
Ctrl + Backspace Kursor oldingi katakka qaytadi.
Ctrl + Bo'sh joy Ustun ajralib turadi
Ctrl + A Ko'rinadigan narsalar ta'kidlangan.
Ctrl + End Kursor oxirgi katakka joylashtirilgan.
Ctrl + Shift + End Oxirgi katak ajratilgan
Ctrl + strelkalar Kursor ustunning chekkalari bo'ylab o'qlar yo'nalishi bo'yicha harakatlanadi.
Ctrl + N Yangi bo'sh kitob paydo bo'ladi
Ctrl + S Hujjat saqlandi
Ctrl + O Kerakli faylni qidirish oynasi ochiladi.
Ctrl + L tugmalarini bosing Smart stol rejimi boshlanadi
Ctrl + F2 Ko'rib chiqish kiritilgan
Ctrl + K Giperhavola kiritilgan
Ctrl + F3 Ismlar menejeri ishga tushirilad

K.B: Hammasini yod olish qiyin lekin doimiy foydalanish ancha ishni tezlashtiradi!

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #hotkeys
Ish stolidagi barcha piktogrammalarning hajmini qanday o'zgartirish mumkim

▶️ Belgilar oʻlchamini oʻzgartirish uchun klaviaturadagi Ctrl tugmasini bosib turing va sichqoncha gʻildiragini aylantiring. Bir yo'nalishda aylantirish piktogrammalarni oshiradi va boshqa yo'nalishda kamayadi.

Effekt real vaqtda, qayta yuklamasdan va qo'shimcha sozlamalarsiz ko'rinadi.

K.B: Natija olganlar izohlarda fikringgizni yozib qoldiring!

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #lifehack / #foydali
Windows - macOS - Linux

📊 Yuqoridagi so'rovnomamizda kanalimiz obunachilari ko'pchiligi Windows'dan foydalanishlari sababmi, Windows OS ko'proq ovoz yig'ibdi. Tabiiyki, macOS va Linux foydalanuvchilari kanalimizda kamroq. Xo'sh, qaysi OS yaxshiroq? Quyidagilarni o'qib, o'zingiz xulosa qilavering.

🖥 Keling, barcha maqtaydigan macOS'dan boshlaymiz. To'g'ri dizaynga gap yo'q, ishlashi ham tez, xavfsizligi zo'r. Lekin macOS bilan siz o'zingizni hashamatli qasrda qamalib qolgandek his qilasiz. Hech o'ylab ko'rganmisiz nima uchun macOS tez ishlaydi? Chunki u faqat Apple'ning kuchli Macbook'lari va iMac'larida ishlaydi. Qani uni o'zingizni Acer, HP yoki boshqa xarakteristikasi o'rtacha noutbukingizga o'rnatib ko'ringchi. Garchi buni iloji bo'lmasa ham, natijani aytish qiyin emas, shunday emasmi? Nima uchun macOS xavfsiz? Chunki unga siz xohlagan dasturlaringizni o'rnata olmaysiz. Albatta, bu xavfsizlikning bir chekkasi. Undan tashqari, tizim sozlamalarini o'zingiz xohlagandek o'zgatira olmaysiz. Aytganimizdek, macOS faqat Apple noutbuk va kompyuterlarida ishlaydi va ularni sotib olish sizga qimmatga tushadi va uning qimmatligi, faqat puli bor odamning sotib olishi, O'zbekistonda sotib olishga qurbi yetadiganlarning juda ko'p emasligi sabab biz uchun u juda qadrli bo'lib qolgan.

🐧 Linux'ga keladigan bo'lsak, uning qo'llab-quvvatlovchilari faqat developer'lar va havaskor xakerlar. Nima uchun? Chunki undan foydalanish boshqa OS'larga qaraganda biroz qiyinroq. Lekin Linux bilan hatto 90-yillardagi kompyuterlar ham "uchib" ishlaydi. Ochiq-kodli va eng muhimi bepul. Albatta, unda ham cheklanishlar mavjud. Linux'ga ham istagan dasturlaringizni o'rnata olmaysiz. Shuningdek, siz juda ko'p amallarni Linux terminalida sudo bilan bajarishga mahkumsiz.

💠 Windows - nima uchun har doim yomon? Windows'ni ko'pchilik ta'mirtalab deydi. Nimaga Windows qotadi? Chunki u istalgan kompyuterga o'rnatiladi. Kompyuter Windows'ni ko'taradimi, yo'qmi foydalanuvchining ishi yo'q. Windows'ni xarakteristikasi Macbook'nikidek kompyuterga o'rnating va ishlatib ko'ring. Endi ham u qotmoqdami? Endi ham u sekin ishlamoqdami? Albatta yo'q! Nimaga Windows buzilib qoladi yoki xavfsiz emas? Chunki uni siz crack aktivatsiyasidan tortib, crack dasturlargacha o'rnatib ishlatasiz. Hattoki, kompyuteringizdagi ESET antivirusi ham crack bo'lib yotibdi. Interfeysiga kelsak, Windows 10 macOS'dek chiroyli bo'lmasligi mumkin, lekin oddiy foydalanuvchi uchun Windows 10 keragidan ortiq chiroyli, va sodda. O'rnatishidan tortib, foydalanishingizgacha barchasi oson. Keragidan ortiq erkinlik va qulaylik mavjud. Windows'ni macOS'dan o'g'irlaydimi? Lekin macOS ham Windows'dan o'g'irlagan narsalar yo'q emas.

🌍 Dunyo aholisining 30 foizdan ortig'i kompyuterlarida Windows'dan foydalanishadi. macOS foydalanuvchilari esa 16 foizdan ortiq. Linux'dan dunyo bo'ylab 1 foizdan ko'proq odam foydalanadi.

😉 Endi o'zingiz aytingchi qaysi OS yaxshiroq?

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #vs | #os
Malware - nima?

ℹ️ Malware (kengaytmasi: malicious software; o'zbekchada: zararli dasturiy ta'minot) bu kompyuterga, serverga yoki kompyuter tarmog'iga zarar yetkazish uchun qasddan ishlab chiqilgan har qanday dasturiy ta'minotdir.

🦠 Malware - kompyuter viruslari, worm-lar, troyan viruslari, ransomware, spyware, adware-larning "otasidir", ya'ni yuqorida sanab o'tilganlarning hammasi umumiy qilib malware deyiladi.

☠️ Malware barcha ma'lumotlarni, o'g'irlashdan tortib to butun tizimlar yoki qurilmalarni buzishgacha bo'lgan har xil xavfli ishlarni amalga oshirishi mumkin.

🛡 Malware-lardan himoyalanish foydalanuvchi hushyorligi va u ishlatadigan himoya vositalariga bog'liqdir.

📩 Zararli dasturlarni tarqatuvchilar o'z o'ljalarini "Siz iPhone X yutub oldingiz. Olish uchun bu yerga o'ting" yoki "Falon brenddan aksiya" deb o'zlariga jalb qiladilar.

P.S.: Shunday ekan har xil yolg'onlarga aldanmang,tekin pishloq faqat qopqonda bo'ladi.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #virus / #foydali
💾 2026-yilda 3D Nand texnologiyasi yordamida ishlangan 300 TB hajmdagi SSD xotiralar sotuvga chiqarilishi ma'lum qilindi.

🤔 Sizning kompyuteringizdagi SSD xotirasining hajmi qancha?

~ Manba
- @hashtaguz

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #news / #xotira
Kompyuter Bilimlari | Windows Blog
Word dasturida lifehack ⚡️ 2-qism chiqsinmi? Birinchi raqamli Windows Blog | #word / #lifehack
📌 Ha aytgancha, shunaqanggi foydali va mem videolarni kompyuter bilimlarining rasmiy instagram sahifasidan topishinggiz mumkin – instagram.com/kompyuter_bilimlari

👉🏼 Ohirgi videoga like, koment yozib repost qilib kompyuter bilimlarini storyga belgilab qo'yganlarni javoban biz ham storyga qo'yamiz!
O‘zbekistonda kiberxavfsizlik ta’minlangan davlat tashkilotlarining Top-10 taligi

🛡 Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot va kiberxavfsizlikning ta’minlanganligi holati bo‘yicha yakuniy natijalari reytingi.

Axborot va kiberxavfsizlik ta’minlangan Top-10 tashkilotlar ro‘yxati:

🥇 Adliya vazirligi — 97.3 ball
🥈 Markaziy bank — 97 ball
🥉 Davlat statistika qo‘mitasi — 95.2 ball
4⃣ Davlat bojxona qo‘mitasi — 95.1 ball
5⃣ O‘zsanoatqurilishbank" aksiyadorlik tijorat banki — 95.1 ball
6⃣ Farg‘ona viloyati xokimligi — 94.6 ball
7⃣ Davlat aktivlarini boshqarish agentligi — 92.6 ball
8⃣ Navoiy kon-metallurgiya kombinati — 92.3 ball
9⃣ Toshkent shahar xokimligi — 91.9 ball
🔟 Namangan viloyati xokimligi — 91.7 ball

🤔 Qiziq, qanaqa antivirus ishlatisharkin? Katta ehtimol bilan ESET bo'lsa kerak a?

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #kiberxavfsizlik
Dasturlarni to'liq o'chirib yuborish haqida

💻 Ko'pchiligimizning kompyuterimizda keraksiz dasturlar bor. Ularni ishlatmasangiz o'chirib yuborishingiz kerak. Negaki, ular bekordan bekorga kompyuteringizda joyni band qiladi va ayrim paytlarda kompyuteringiz yaxshi ishlashiga xalaqit berishi mumkin.

Dastur papkasi delete qilishning o'zi yechim bo'la olmaydi. Aksincha bu masalani battar chigallashtirib yuboradi.

🗑 Dasturlarni o'chirish "uninstalling" deb nomlanadi.

Dasturlarni ortiqcha qiyinchiliklarsiz o'chirish uchun Iobit Uninstaller-dan foydalanishingiz mumkin. Iobit Uninstaller dasturiga kirib o'chirmoqchi bo'lgan dasturingizni tanlang va uninstall qiling.

🌐 Dasturni o'zining rasmiy saytidan yuklab olishingiz mumkin: iobit.com

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #dastur / #foydali
HTTP 🆚 HTTPS

🌐 Brauzerda "suzuvchilar" e'tibor bergan bo'lishlari mumkinki, ayrim saytlar https:// bilan ayrimlari esa http:// bilan boshlanadi.

🛡 HTTP bilan HTTPS orasidagi eng katta farq - bu xavsizlikdir. HTTPS saytlari himoyalangan bo'ladi, HTTP bilan boshlanadigan saytlar esa himoyalanmagan bo'ladi.

📄 HTTPS saytlarida SSL sertifikati bo'ladi va bu esa https:// saytlari himoyalanganining dalolatidir.
HTTP saytlarida bunday sertifikat bo'lmaydi.

🔓 Agar siz HTTP saytlariga ma'lumotlaringizni kiritsangiz, masalan, "parol: kompyuter_bilimlari", xakerlar buni bemalol ko'ra oladilar ya'ni sizning ma'lumotlaringiz shifrlanmaydi.

🔒 HTTPS saytlarida esa sizning ma'lumotlaringiz shifrlanadi va kiberhujumchilar sizning ma'lumotlaringiz o'rniga mana bunga o'xshagan narsalarni ko'radilar: T8UV81pQfyhDkhebbz7+oiwldr1j2gHBB3L3RFTRsQCpaSnSBZ78Vme

🤓 Xulosa: Hech qachon http:// bilan boshlanadigan saytlarga o'z ma'lumotlaringizni kiritmang!

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali / #sayt
2024/09/30 05:31:16
Back to Top
HTML Embed Code: