Telegram Web Link
Kompyuteringiz ichida nimalar joylashganini bilib oling!

ℹ️ Speccy
- shaxsiy kompyuteringiz uchun tezkor, yengil, rivojlangan tizim ma'lumot vositasidir.

🖥 Dastur sizning kompyuteringizdagi har qanday qo'shimcha qurilmalar haqida batafsil ma'lumot beradi va CPU, RAM, GPU statistik ma'lumotlarni sizga taqdim etadi.

📥 Dasturni yuklab olish: link

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali / #dastur
6M?

Sizda bu ko'rsatgich qanday?
Fayllar hajmini kichraytiramiz

ℹ️ Har qanday video,fotosurat va PDF fayllarni hajmini hech qanday dasturlar o'rnatmasdan kichiklashtiramiz.

🗂 Onlayn konvertorning rasmiy saytiga kiring,kerakli faylni saytga yuklang va компрессии tugmasini bosing.Fayl hajmi kamaygani uning sifatiga ta'sir qilmaydi.

🔗 Sayt manzili — https://www.youcompress.com/

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #sayt / #foydali
Anime uslubida rasmlar yaratish

ℹ️ PixAI – bu matn tavsifi asosida rang-barang va yuqori sifatli anime uslubidagi tasvirlarni yaratishga yordam beradigan qiziqarli sayt. Siz ma'lum bir uslub, xarakter, kayfiyat va boshqa elementlarni tanlashingiz va keyin bir necha soniya ichida tayyor tasvirni olishingiz mumkin.

🔗 Manzil — https://pixai.art/

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali / #sayt
Forwarded from Comping_Uz
Internetda intel core 14-avlod protsessorlari i9 14900K va i7 14700K haqida mish-mishlar paydo bo'ldi. Va uni test ham qilib ko'rishibdi.

Tahminlarga ko'ra yadrlar soni o'zgarishsiz qoladi va chastotalar oshadi ozgina bo'lsa ham. 😜
Ishlatilgan SSD hajmini qanday bilsa bo'ladi?

ℹ️ Xotirani taxminan qancha muddat xizmat qilishini va qancha qismi egallanganligini ko'rishning oson yo'li bor.Buning uchun siz xotira disklarni diagnostika qilish uchun maxsus dasturlardan foydalanishingiz mumkin. Shunday dasturlardan biri HDSentinel.

Ushbu dastur xotira diski ishlagan vaqti sonini ko'rsatadi.Ishning taxminiy qolgan vaqtini hisoblab chiqadi.Faqat diskni tanlang va u haqida ma'lumotni ko'ring.Dastur qolgan ish vaqtini butun vaqt uchun yozilgan ma'lumotlar miqdori asosida hisoblab chiqadi.

📥 Dasturni yuklab olishhttps://www.hdsentinel.com/

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali / #dastur
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🖥 Kompyuteringiz ekrani o'lchamini bilasizmi?

🌐 Quyidagi sayt orqali kompyuteringiz ekrani o'lchami qanaqa ekanligini bilib olishingiz mumkin:

🔗 whatsmyres.com

⚙️ Shuningdek, Sozlamalar > Displey bo'limidan ham bilib olishingiz mumkin.

Sizniki qanaqa ekan?

😄 Capcut yozuvi uchun uzr soraymiz)

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #ekran / #lifehack
Umumiy tezkor tugmalar

Quyidagi kombinatsiyalar ishinggizni qisman bo'lsaham tezlashtiradi,saqlab qo'ying!

Ctrl+A
Joriy jild, hujjat yoki sahifadagi barcha elementni blokka oladi.

Ctrl+C / Ctrl+Insert
Tanlangan matn, rasm yoki elementni bufferga nusxalaydi.

Ctrl+X
Tanlangan matn, rasm yoki elementni kesib, bufferga nusxalaydi.

Ctrl+B
Bufferdagi elementni joriy dastur yoki oynaga tushiradi.

Ctrl+F
Qidiruv oynasini ochadi. Microsoft Outlook'da esa xabarni boshqa birovga yo‘naltiradi.

Ctrl+S
Ochiq hujjat, fayl yoki veb-sahifani saqlaydi.

Ctrl+P
Joriy hujjat yoki sahifani chop etadi.

Ctrl+N
Yangi oyna ochadi.

Ctrl+W
Joriy oynani yopadi.

P.s: Bergan ma'lumotimiz foydali bo'lgan bo'lsa ijobiy reaksiyalar qoldiring!

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #hotkeys / #foydali
Windows 10 ni zavod sozlamalariga qaytarish

1. Klaviaturada Win + I kombinatsiyalarini bosing

2. Обновление и безопасность va Восстановление

3. Начать tugmasini bosing

Shundan so'ng fayllarni saqlagan holda kompyuterni zavod sozlamalariga qaytarishinggiz yoki butunlay o'chirib tashlashinggiz mumkin.

P.s: Agar post foydali bo'lsa reaksiya qoldiring.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows blog | #windows10 / #foydali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1989 - 2019 yillardagi eng ko'p sotilgan video o'yinlar 💸

🥸 Sizing eng sevimli o'yininggiz qaysi?

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #statistika / #game
Videokarta drayveri qanday перезапуска qilinadi?

🔄 Videokarta drayverini yangilash qorayib yoki qotib qolgan ekranni перезапуска qilib tuzatadi,drayverni yangilash uchun WIN + CTRL + SHIFT + B kombinatsiyalaridan foydalaning.

P.s Sizda ham bunday muommolar bo'lib turadimi?

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #videokarta / #hotkeys
Telegram’da qanday qilib xabarni “o‘qilgan” belgisini qoldirmasdan ko‘rish mumkin?

💬 Shunchaki sizni qiziqtirayotgan chat rasmi ustiga bosib turasiz. Telegram’ning ustidan chatdagi so‘nggi xabarlarni ko‘rsatuvchi prevyusi aks etadi.

👀 Xabarni o‘qib bo‘lib, rasmdan barmog‘ingizni olganingizda, o‘qilgan xabarlar hisoblagichida kamayish sodir bo‘lgamanligini ko‘rishingiz mumkin.

📲 Ushbu funksiya faqat mobil ilovalarda ishlaydi.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #lifehack / #telegram
🖥 Kompyuteringiz yoki telefoningiz foni uchun chiroyli rasmlarni topa olmayapsizmi? Unda siz unsplash.com saytiga kirib ko'rmagansiz!

🌐 unsplash.com saytidan millionlab yuqori sifatli rasmlarni tekinga yuklab olishingiz mumkin. Saytda mahoratli suratkashlar tomonidan olingan suratlar doimiy joylab boriladi.

😎 unsplash.com - o'zingizga yoqqani oling!

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #wallpapers / #sayt
Google Chrome brauzerida Dino o'yinini vzlom qilamiz 😁

Chrome'dagi dinozavr o'yini Internet o'chirilganda avtomatik ravishda paydo bo'ladi. Lekin uni manzil satriga chrome://dino yozish orqali ham o'ynash mumkin.

Istasangiz o'yinni buzish uchun:
1. O'yin oynasi ochilganda F12 tugmasini bosing.
2. «Консоль» yorlig'iga o'ting.
3. Runner.instance_.gameOver = function(){}; buyrug'ini kiriting.
4. Enter tugmasini bosing.

Shundan so'ng, dinozavr barcha to'siqlarni jimgina bosib o'tadi.

P.S: Shu narsani qilib ko'rganlar ko'p bo'lsa kerak

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #google / #lifehack
🥳 Bugun Telegram 10 yoshga to'ldi

⚡️ Atigi oʻn yil ichida Telegram 800 milliondan ortiq faol foydalanuvchilarga ega boʻldi. Yillar davomida ko'plab yangilanishlar va takomillashtirishlar orqali Telegram zamonaviy xabar almashish tajribasi qanday bo'lishi kerakligini qayta belgilab berdi.

📊 Telegram uchun navbatdagi qadam
- bu xabar almashishdan tashqariga chiqish va umuman, ijtimoiy tarmoqlarda innovatsiyalarni rivojlantirish. Biz mashhurligimizdan milliardlab odamlarning hayotini yaxshi tomonga o'zgartirish, sayyoramizdagi odamlarni ilhomlantirish va ko'tarish uchun foydalanishimiz kerak.

📆 Bugun barcha foydalanuvchilar uchun hikoyalarning bosqichma-bosqich chiqarilishi Telegram tarixidagi ushbu yangi bosqichning boshlanishini anglatadi. O'tgan o'n yillik hayajonli bo'lsa-da, keyingi 10 yil Telegram o'zining haqiqiy salohiyatiga erishadigan vaqt bo'ladi 🥳 – deya habar beradi o'zining telegram kanalida Durov...

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #telegram / #birthday
Qanday qilib unutilgan Wi-Fi parolini topsa boʻladi?

ℹ️ MacOSda siz kiritgan va saqlagan har bir parol MacOS uchun parollarni boshqarish tizimi Keychain Accessda saqlanadi. Va bu Wi-Fi tarmogʻi parollarini ham oʻz ichiga oladi.

🔍 Keychain Access ilovasini ochish uchun qidiruv funksiyasidan foydalaning va quyidagilarni bajaring:

1. Keychain Access ilovasidagi System Keychains boʻlimidagi System tugmasi ustiga bosing

2. Tepadagi panelda joylashgan Passwords boʻlimiga kiring

3. Parolini bilmoqchi boʻlgan Wi-Fi tarmogʻi nomi ustiga ikki marta bosing

4. Ochilgan oynaning past qismidagi Show password chekboksi ustiga bosing.

Chekboks ustiga bosilgandan soʻng parol koʻrinadi, uni nusxalab olish mumkin.

Windowsda sal koʻproq amal bajariladi, biroq parol topishga arziydi:

1. Start menyusidan boshqaruv paneli (Control Panel) ga oʻting>Network and Internet>Network and sharing center (Windows 11da) yoki Sozlamalar>Network&Internet>Status>Network and sharing center (Windows 10da) ga oʻting

2. Connections yozuvining oʻng tomonida moviy rangda turgan Wi-Fi tarmogʻingiz nomi ustiga bosing

3. Ochilgan oynadan Wireless properties boʻlimiga oʻting va yangi ochilgan oyna tepasidagi Security boʻlimiga kiring

4. Show characters chekboksini yoqing va parol koʻrinadi. Windowsda ham parolni nusxalash imkoni bor.

🔐 Aytgancha, Windowsda ulangan tarmoqlarning hammasini parolini bittada koʻrishning boshqacha usuli ham bor. Buning uchun Windows CMDda ozgina kod yozish kerak boʻladi:

1. Boshlash + R tugmalar kombinatsiyasini bosing

2. Ochilgan Run oynasidagi matn kiritish boʻshligʻiga cmd deb yozing va OK tugmasini bosing

3. Ochilgan terminalda netsh wlan show profile deb yozing va Enter tugmasini bosing

4. Oʻzingizga kerak boʻlgan tarmoq nomini bilgach, netsh wlan show profile (Wi-Fi tarmogʻi nomi) key=clear deb yozing va Enter tugmasini bosing va Windows sizga Wi-Fi parolini beradi.

💬 Natija bergan yoki yordam zarur bo'lsa izohlarda fikringgizni yozib qoldiring!

👉🏼 Birinchi raqamli Windows blog | #wifi / #windows / #macOs
📶 6G Rossiyada 2035-yildan yo'lga qo'yiladi

ℹ️ 2030-yildan Rossiyada 3G standartidagi antennalar olib tashlanadi va 2035-yildan boshlab tijoriy 6G ishga tushiriladi.

📶 Umid qilamizki, doimgidek MDH mamlakatlari ichida birinchilardan bo'lib aynan bizda 6G paydo bo'ladi. Bungacha ham ko'p bora shunday bo'lib kelgan. Lekin stabil 4G bilan muammolarimiz bor hali hamon...

➡️ #6g | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Windows 11 da fayl kengaytmalarini qanday ko'rsatish mumkin?

1. File Explorer-ni oching. Yuqoridagi Просмотреть tugmasini bosing. Agar bunday tugma bo'lmasa, uchta nuqta ustiga bosing va keyin – Просмотреть.
2. Показать bo'limiga o'ting
3. Расширения имен файлов ni belgilang.

P.s:Endi fayl kengaytmalari Explorer va ish stolida ko'rsatila boshlaydi.

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #fayl / #windows11
2024/09/30 17:24:52
Back to Top
HTML Embed Code: