Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mana yangilik

🇺🇿 Oʻzbekiston terma jamoasi CS:GO boʻyicha Osiyo chempioniga aylandi, grand finalda Oʻzbekistonlik kibersportchilar Moʻgʻulistonni magʻlub etdi.

😎 Nargi mahallada o'yin bor ekan, qachon boramiz?

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #kibersport / #news
Dasturlarni o'zimiz o'chiramiz

⚙️ Kompyuterdagi dasturlarni Settings (Hастройки)-dan ham o'chirsa bo'ladi.

1. Start (Пуск)-dan Settings (Hастройки)-ga o'ting.

2. U yerdan Apps (Программы)-ga o'ting va sizga kompyuteringizga o'rnatilgan dasturlar ro'yxati ko'rsatiladi.

3. O'chirmoqchi bo'lgan dasturingizning ustiga bosing va Uninstall yozuvi ustiga bosing. (rasmga qarang)

🪓 Dastur o'chirildi. Windows 10-da ko'rsatildi.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali / #lifehack
🫣 Windows 11 2001-yilda qanday ko'rinishga ega bo'lardi

📆 Agar Microsfot Windows 11 ni 22 yil oldin ishlab chiqqanida taxminan uning dizayni shu ko'rinishda bo'lardi.Bu siz uchun hunuk ko'rinishi mumkin ammo ushbu dizayn 2001-yil uchun supper!

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #windows11
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ushbu videodan hech nimani tushunmagan bo'lsanggiz demak siz hali yoshsiz!

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #yoshlik
Steamda o'yinlarni qanday qilib bepul yuklab olish mumkin

📆 Steamda bepul o'yinlar tarqatish sanasini bilishni xohlaysizmi?

⚡️ Bu uchun faqat kerakli saytga kirishinggiz va steam sahiylik qiladigan vaqtlarni bilib olsanggiz yetarli. steamdb.info saytiga o'tamiz, Менюga va Бесплатные акции bo'limlariga ketma ketlikda kirib barcha ma'lumotlarni bilib olishinggiz mumkin))

▶️ Videodarslik orqali qulay o'rganing – link

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #steam / #lifehack
Malware - nima?

ℹ️ Malware (kengaytmasi: malicious software; o'zbekchada: zararli dasturiy ta'minot) bu kompyuterga, serverga yoki kompyuter tarmog'iga zarar yetkazish uchun qasddan ishlab chiqilgan har qanday dasturiy ta'minotdir.

🦠 Malware - kompyuter viruslari, worm-lar, troyan viruslari, ransomware, spyware, adware-larning "otasidir", ya'ni yuqorida sanab o'tilganlarning hammasi umumiy qilib malware deyiladi.

☠️ Malware barcha ma'lumotlarni, o'g'irlashdan tortib to butun tizimlar yoki qurilmalarni buzishgacha bo'lgan har xil xavfli ishlarni amalga oshirishi mumkin.

🛡 Malware-lardan himoyalanish foydalanuvchi hushyorligi va u ishlatadigan himoya vositalariga bog'liqdir.

📩 Zararli dasturlarni tarqatuvchilar o'z o'ljalarini "Siz iPhone X yutub oldingiz. Olish uchun bu yerga o'ting" yoki "Falon brenddan aksiya" deb o'zlariga jalb qiladilar.

P.S.: Shunday ekan har xil yolg'onlarga aldanmang,tekin pishloq faqat qopqonda bo'ladi.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #virus / #foydali
ZARINLIGHT sizga yangi, sifatli va hamyonbop narxda, eng muhimi kafolatli mahsulotlarni taqdim etadi!

💻Noutbuklar uchun:
• Batareyalar
• Klaviaturalar
• Korpuslar
• Shleyf
• Ekranlar
• Asosiy platalar
• Barchat turdagi SSD disklar
Kompyuter
*Dasturlash, Dizaynerlar, o‘yin, ofis uchun kompyuterlar.
• Sifatli va hamyonbop kompyuterlar
• Monobloklar
• Monitorlar
• Videokartalar
• Sichqonchalar
• Asosiy platalar
• Quvvatlovchilar
• Shleyflar
• Kulerlar
• Korpuslar
• Routerlar
• HDD, SSD va boshqa turdagi mahsulotlarni ZARINLIGHT'dan topasiz!


📲 Telegram kanalimiz: www.tg-me.com/zarinlightok


ZARINLIGHT
Kompyuter Bilimlari kanali rasmiy homiysi!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🖥 Windows ikonkalari o'zgarishlar tarixi

• Windows 1.x (1985) va Windows 2.x (1987)
• Windows 3.0 (1990)
• Windows 95 (1995)
• Windows 2000 va Windows ME (2000)
• Windows XP (2001)
• Windows Vista (2007)
• Windows 7 (2009)
• Windows 8 (2012) va 8.1 (2013)
• Windows 10 (2015)
• Windows 11 (2021)

😉 Sizga eng yoqqani qaysi bo'ldi?

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #windows / #evolutsiya
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kompyuterni asosiy xarakteristikalari va ularni aniqlash
#videodars / #kompyuter

ℹ️ Bu darsda kompyuterni asosiy xarakteristikalari (protsessor, operativ xotira, doimiy xotira, videokarta, firmasi, ekran o'lchamlari, OT va b.) haqida nazariy maʼlumotlarga ega bo'lasiz va hech qanday dastursiz ushbu ko'rsatkichlarni aniqlashni o'rganib olasiz 😎

▶️ YouTube'da ko'rish (HD)

: 05:56 💾: 23,3 mb

Manba ~ KA Rasmiy

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali / #videodars
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kompyuter hamma joyda kerak 🥸

P.s: Oxirigacha ko'rish tavsiya etiladi 😂

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #kayfiyat
Buni hech sinab ko'rmagansiz

💻 Kompyuteringizda antivirus bo'lmasa ham, siz uni virusga tekshira olishingiz mumkinligi haqida bilasizmi?

Buning uchun:
1. Win + Q ni bosing;
2. mrt deb qidiring va birinchi chiqqan dasturga kiring. Bunda sizga Malicious Software Removal Tool menyusi chiqadi;
3. Next (Далее) bosing;
4. Kerakli tekshirish turini tanlang (birinchida belgilangan tekshirish turi tavsiya qilinadi).

♻️ Shunda kompyuteringiz zararli viruslarni qidirishga tushadi

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #lifehack / #mohirlik
HTTP 🆚 HTTPS

🌐 Brauzerda "suzuvchilar" e'tibor bergan bo'lishlari mumkinki, ayrim saytlar https:// bilan ayrimlari esa http:// bilan boshlanadi.

🛡 HTTP bilan HTTPS orasidagi eng katta farq - bu xavsizlikdir. HTTPS saytlari himoyalangan bo'ladi, HTTP bilan boshlanadigan saytlar esa himoyalanmagan bo'ladi.

📄 HTTPS saytlarida SSL sertifikati bo'ladi va bu esa https:// saytlari himoyalanganining dalolatidir.
HTTP saytlarida bunday sertifikat bo'lmaydi.

🔓 Agar siz HTTP saytlariga ma'lumotlaringizni kiritsangiz, masalan, "parol: kompyuter_bilimlari", xakerlar buni bemalol ko'ra oladilar ya'ni sizning ma'lumotlaringiz shifrlanmaydi.

🔒 HTTPS saytlarida esa sizning ma'lumotlaringiz shifrlanadi va kiberhujumchilar sizning ma'lumotlaringiz o'rniga mana bunga o'xshagan narsalarni ko'radilar: T8UV81pQfyhDkhebbz7+oiwldr1j2gHBB3L3RFTRsQCpaSnSBZ78Vme

🤓 Xulosa: Hech qachon http:// bilan boshlanadigan saytlarga o'z ma'lumotlaringizni kiritmang!

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali / #sayt
Рабочий стол uchun ya'na bir lifehack

Ishchi stolidagi dastur yorliqlari, papka va fayllarga tegishli belgilarning hajmini o‘zgartirish uchun CTRL'ni bosib turgan holda sichqoncha g‘ildiragini aylantiring.

Shuningdek belgilar masshtabini sozlamalarga kiritilgan ushbu qaynoq klavishlar yordamida ham o‘zgartirish mumkin:

CTRL + SHIFT + 1 – juda katta;
CTRL + SHIFT + 2 – katta;
CTRL + SHIFT + 3 – oddiy;
CTRL + SHIFT + 4 – kichik.

~ Manba: @itspecuz

📃 Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Ish stoliga Мой компьютер belgisini qanday qo'shish mumkin
Windows 11 da «Выключение» tugmasi yoniga yorliqlar qo'shish

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #hotkeys / #lifehack
Telegram-ning oxirgi versiyasini o'zining rasmiy saytidan yuklab olish va o'rnatish

💻 Kompyuterga Telegram o'rnatish uchun:

1️⃣ Istalgan brauzerni oching va qidiruv tizimiga "telegram" deb qidiruv bering.
2️⃣ Qidruvning birinchi natijasi Telegram-ning rasmiy sayti (telegram.org)ga o'ting.

Agar Telegram-dan online, ya'ni kompyuterga o'rnatmasdan turib foydalanmoqchi bo'lsangiz qidiruv natijalari pastrog'idagi web.telegram.org dan foydalaning (online Telegram-da programmaga qaraganda kamroq funksiya bo'ladi).

3️⃣ Saytga kirgandan so'ng pastroqda "Telegram for PC" tugmasi bosiladi va undan keyin "Get Telegram for Windows" bosiladi.

4️⃣ Telegram yuklab olingandan so'ng uni o'rnatish uchun oching va birinchi chiqqan menyudan o'zingizga keraklisini belgilang. Kerakli tilni tanlaganingizdan so'ng, programmani qayerga o'rnatishingizni belgilang (videoda D diskka o'rnatilgan, lekin C diskda qoldirib davom etishingiz mumkin). Next > Next > Install tugmasini bosishingiz bilan Telegram kompyuteringizga o'rnatiladi.

🖥 Nafaqat Telegram balki, istalgan programmani xuddi shunday struktura bilan kompyuterga oson o'rnatishingiz mumkin.

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #telegram #foydali
Grafik karta ishlayotganini qanday bilsa bo'ladi?

1. Ctrl + Shift + Esc tugmalarini bosing va sizga Task Manager ochiladi.
2. U yerdan Perfomance bo'limiga o'ting va agar u yerda GPU bo'lsa, unda sizning kompyuteringizda grafik karta bor va ishlamoqda.
3. O'ng tomon yuqoridagi burchakda grafik kartangiz nomi yozilgan bo'ladi.

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #videokarta
😂🤣

😅 Siz qanaqa geymersiz?

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #kayfiyat
Zararli Blue Light

🟦 Blue Light (moviy yorug'lik) ko'zning to'r pardasiga kirib boradigan yorug'lik spektrining bir qismidir.

🖥 Ushbu yorug'lik kompyuter ekranlari va monitorlaridan ishlab chiqariladi va ko'zni tirnash xususiyati bor.

👓 Shuning uchun, Blue Light-ni to'suvchi linzalar, ko'zoynaklar ishlab chiqilgan.

🤓 Agar ko'zoynak taqishni yoqtirmasangiz yoki boshqa sabablar bo'lsa, hech bo'lmasa kompyuteringizdagi Night Light-ni yoqib qo'ying.

@BigMasterUz_bot – universal ustoz!

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #foydali #salomatlik
😂 Windwos 12 qanaqa bo'larkin

P.s:
Shu brat faqat Windows ga taqlid qiladi 😄

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #kayfiyat
2024/09/30 21:31:39
Back to Top
HTML Embed Code: