Telegram Web Link
Noutbuk va kompyuterdagi veb-kamerani o'chirib qo'yish

1⃣ Ish stolidagi "Компьютер" ustiga sichqonchaning o'ng tugmachasini bosing

2⃣ "Свойства" menyu bandini bosing.

3⃣ O‘ng tarafdagi “Диспетчер устройств” tugmasini bosing

4⃣ Qurilmalar orasidan kamerani toping va ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan “Отключить устройство” bandini tanlang.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #kamera / #foydali
⚡️Fleshka tarixi

💾 Fleshka - bu Isroil ixtirosi. Birinchi Fleshka 2000-yilda Isroil kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan va xotirasi 1 mb bo'lgan.

Sizning fleshkanggiz xotirasi qancha?

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #tarix / #qiziq
⚡️Microsoft Windows 11'da ChatGPTni ishga tushiradi

— OpenAI plaginlarini qo'llab-quvvatlaydigan Windows Copilot yon panelda iyun oyidan ishlashni boshlaydi.

— Chatbot matnlar, rasmlar yaratish va savollarga javob berish orqali Windows sozlamalarini boshqarish va yanada samarali ishlashga yordam beradi.
©@texnologiyaIT

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #windows11 / #news
😂 Tushunish qiyin bo'lmagan rasm

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #kayfiyat
Birinchi kompyuter qanday atalgan?
Anonymous Quiz
16%
S09
43%
VBGA12
24%
Dell
18%
Z3
Ish stolidagi barcha piktogrammalarning hajmini qanday o'zgartirish mumkim

▶️ Belgilar oʻlchamini oʻzgartirish uchun klaviaturadagi Ctrl tugmasini bosib turing va sichqoncha gʻildiragini aylantiring. Bir yo'nalishda aylantirish piktogrammalarni oshiradi va boshqa yo'nalishda kamayadi.

Effekt real vaqtda, qayta yuklamasdan va qo'shimcha sozlamalarsiz ko'rinadi.

K.B: Natija olganlar izohlarda fikringgizni yozib qoldiring!

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #lifehack / #foydali
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI (Valijon Maxmudov)
Xayr WinRAR yoxud Windows 11 endi RAR fayllarni ortiqcha dasturlarsiz ochish imkoniyatiga ega bo'ladi!
#news / #arxiv

ℹ️ Endi Windows 11 kompyuteringizda WinRAR yoki 7-Zip kabi ortiqcha dasturlar kerak bo'lmaydi, chunki Microsoft o'z operatsion tizimiga .rar va .7z formatidagi arxiv fayllarni ochib beradigan ichki funksiyani qo'shmoqda. Kompaniyaning ta'kidlashicha, bu libarchive ochiq kodli loyihasini tizimga integratsiyalash orqali amalga oshiriladi. Bunda "tar", "7-zip", "rar", "gz" va boshqa ko'plab arxiv formatlari qo'llab-quvvatlanadi.

Yangi funksiya barqaror versiyadagi Windows 11 ga qachon qo'shilishi aniq emas, biroq, ma'lum bo'lishicha, u kelasi haftalarda Windows insayderlari uchun chiqariladi. ©️terabayt.uz

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I Instagram I TikTok I YouTube
#excel

Excelda so'nggi harakat takrorlanishi uchun qaysi tugma kombinatsiyasini bajarish kerak?
Anonymous Quiz
51%
CTRL + Z
13%
CTRL + V
13%
PAUSE + P
23%
CTRL + Y
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kun yangiliklari: AQSh rasmiylari Ilon Maskning Neuralink startapiga ya'ni inson miyasiga chiplarni joylashtirishga ruxsat berdi.

🙉 Chiplash bo'yicha tajriba allaqachon maymunlardan muvaffaqiyatli o'tdi (yuqoridagi video ilova qilingan) va endi Elon Musk odamlarni qabul qiladi.

🏆 Neuralink odamlarga faqat fikrlash kuchidan foydalangan holda shaxsiy kompyuterni boshqarish va muloqot qilishni o'rgatishni rejalashtirmoqda.
©ITMastersUz

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #news / #mask
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1996 yildan 2022 yilgacha eng ko'p sotilgan kompyuter brendlari

📊 Sotish grafigi foiz (%) larda ko'rsatilgan,bu bozor miqiyosida hisoblanadi.

😎 Shaxsan o'zim Asus brendi kompyuter va noutbuklaridan foydalanaman,asosiysi brend emas ichki xususiyatidadir.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #evolutsiya
Qanday qilib musiqadan vokal qismini olib tashlash mumkin?

VocalRemover platformasi yordamida istagan qo’shiqning musiqasini qoldirib, so’zlarini kesib tashlasa bo’ladi.

Saytdagi sun’iy intellekt trekni avtomatik ravishda analiz qilib, ikkita alohida yo’lakka ajratadi – bitlar va musiqasiz toza vokal.

Servisdan foydalanish mutlaqo bepul!

Link:
https://vocalremover.org/ru/

~ Manba: @nuriddinoff_blog

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali / #sayt
Windows - macOS - Linux

📊 Yuqoridagi so'rovnomamizda kanalimiz obunachilari ko'pchiligi Windows'dan foydalanishlari sababmi, Windows OS ko'proq ovoz yig'ibdi. Tabiiyki, macOS va Linux foydalanuvchilari kanalimizda kamroq. Xo'sh, qaysi OS yaxshiroq? Quyidagilarni o'qib, o'zingiz xulosa qilavering.

🖥 Keling, barcha maqtaydigan macOS'dan boshlaymiz. To'g'ri dizaynga gap yo'q, ishlashi ham tez, xavfsizligi zo'r. Lekin macOS bilan siz o'zingizni hashamatli qasrda qamalib qolgandek his qilasiz. Hech o'ylab ko'rganmisiz nima uchun macOS tez ishlaydi? Chunki u faqat Apple'ning kuchli Macbook'lari va iMac'larida ishlaydi. Qani uni o'zingizni Acer, HP yoki boshqa xarakteristikasi o'rtacha noutbukingizga o'rnatib ko'ringchi. Garchi buni iloji bo'lmasa ham, natijani aytish qiyin emas, shunday emasmi? Nima uchun macOS xavfsiz? Chunki unga siz xohlagan dasturlaringizni o'rnata olmaysiz. Albatta, bu xavfsizlikning bir chekkasi. Undan tashqari, tizim sozlamalarini o'zingiz xohlagandek o'zgatira olmaysiz. Aytganimizdek, macOS faqat Apple noutbuk va kompyuterlarida ishlaydi va ularni sotib olish sizga qimmatga tushadi va uning qimmatligi, faqat puli bor odamning sotib olishi, O'zbekistonda sotib olishga qurbi yetadiganlarning juda ko'p emasligi sabab biz uchun u juda qadrli bo'lib qolgan.

🐧 Linux'ga keladigan bo'lsak, uning qo'llab-quvvatlovchilari faqat developer'lar va havaskor xakerlar. Nima uchun? Chunki undan foydalanish boshqa OS'larga qaraganda biroz qiyinroq. Lekin Linux bilan hatto 90-yillardagi kompyuterlar ham "uchib" ishlaydi. Ochiq-kodli va eng muhimi bepul. Albatta, unda ham cheklanishlar mavjud. Linux'ga ham istagan dasturlaringizni o'rnata olmaysiz. Shuningdek, siz juda ko'p amallarni Linux terminalida sudo bilan bajarishga mahkumsiz.

💠 Windows - nima uchun har doim yomon? Windows'ni ko'pchilik ta'mirtalab deydi. Nimaga Windows qotadi? Chunki u istalgan kompyuterga o'rnatiladi. Kompyuter Windows'ni ko'taradimi, yo'qmi foydalanuvchining ishi yo'q. Windows'ni xarakteristikasi Macbook'nikidek kompyuterga o'rnating va ishlatib ko'ring. Endi ham u qotmoqdami? Endi ham u sekin ishlamoqdami? Albatta yo'q! Nimaga Windows buzilib qoladi yoki xavfsiz emas? Chunki uni siz crack aktivatsiyasidan tortib, crack dasturlargacha o'rnatib ishlatasiz. Hattoki, kompyuteringizdagi ESET antivirusi ham crack bo'lib yotibdi. Interfeysiga kelsak, Windows 10 macOS'dek chiroyli bo'lmasligi mumkin, lekin oddiy foydalanuvchi uchun Windows 10 keragidan ortiq chiroyli, va sodda. O'rnatishidan tortib, foydalanishingizgacha barchasi oson. Keragidan ortiq erkinlik va qulaylik mavjud. Windows'ni macOS'dan o'g'irlaydimi? Lekin macOS ham Windows'dan o'g'irlagan narsalar yo'q emas.

🌍 Dunyo aholisining 30 foizdan ortig'i kompyuterlarida Windows'dan foydalanishadi. macOS foydalanuvchilari esa 16 foizdan ortiq. Linux'dan dunyo bo'ylab 1 foizdan ko'proq odam foydalanadi.

😉 Endi o'zingiz aytingchi qaysi OS yaxshiroq?

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #vs | #os
🎮 Aytishlaricha, bu GTA V va endi chiqadigan GTA VI oʻyinlarining xaritasi kattaligi solishtirilgan rasm ekan ©@hashtaguz

🤯 Kattaligini koʻryapsizmi? Bu rasm meni yanayam koʻproq kutishga undayapti.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #gta / #news
Qisqartirilgan havola qayerga olib borishini aniqlash

— Harflar to'plami ko'rinishida bizga havola yuborilganda, u qayerga olib borishini bilishning iloji yo'q. U virusli faylni yoki soxta saytni yashirishi mumkin.

— Aldanmaslik uchun https://urlex.org/ dan foydalaning. U qisqa URL orqasida haqiqiy havolani ko'rsatadi.

— Saytga o'ting, havolani kiriting va "Expand" ya'ni "kengaytirish" tugmasini bosing.1-2 soniya ichida xizmat asl havolani ko'rsatadi.

👉🏼 Birinchi raqamli Dasturlash Blog | #havola / #sayt
📂 Siz har safar jild/fayl ustiga sichqonchaning o'ng tugmachasini bosib, Переименовать bandini qidirasizmi?

⚡️Buning o'rniga siz shunchaki kerakli fayl/papkani ajratib ko'rsatishingiz va klaviaturada F2 tugmasini bosishingiz mumkin. Bu har qanday narsani darhol qayta nomlash imkonini beradi.

P.s: Comment-ga "buni bilardim" deb yozganlarga maqtov yorlig'i berilsin!

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali / #lifehack
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🥲 Yoshlikda Pes o'ynaganlar tushunadi

– Videoga nom topolmadim, nima deb nomlaysiz?

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #nastalgiya
2024/10/05 15:24:50
Back to Top
HTML Embed Code: