Telegram Web Link
Agar mana shu odam gapirishni bilganida juda ko'pchiligimiz uyalib qolgan bo'lar edik)

#tushungan_tushindi

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #kayfiyat
Microsoftʻning Edge brauzeri siz har bir tashrif buyurgan saytni uchinchi tomonga joʻnatyapti

Bu brauzerning xatoligi boʻlib, uni siz hoziroq oʻchirib qoʻyishingiz mumkin.

Batafsil: https://www.terabayt.uz/?p=68530

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #news / #edge
Kompyuter Bilimlari instagram sahifasida nechta obunachi topladi?

(Linkni izohda yozib qoldiraman)
Anonymous Quiz
16%
100
24%
500
34%
1k
25%
5k
BIOS va UEFI nima?
#atama / #info

ℹ️ BIOS — (basic input/output system yoki asosiy kirish / chiqish tizimi) — (energiya talab qilmaydigan) ona plataga o’rnatilgan dastur.

⚡️Uning funksiyalari:
• Operatsion tizimni yuklash;
• Qurilmalarni izlash va diagnostika qilish;
• Qurilmani sozlash uchun interfeysni taqdim etish.

⚡️Eng ko’p bajaradigan sozlamalari:
• Kuler aylanish tezligi;
• Ona plata uchun ishchi chastotani belgilash;
• Qo'shimcha qurilmalarni yoqish / o'chirish;
• Yuklanish ketma-ketligi (qaysi qurilmalardan boshlab kompyuterni yuklanishi).

⌨️ Ko’pincha BIOS’ga kirish uchun kompyuter yonish paytida F2 tugmasi bosiladi. Bu esa kompyuter disk yoki fleshkadan yuklanishini tanlash uchun kerak bo’ladi. BIOS’da qurilmalarni aniqlash imkoniyati ta'minlaganligi sababli, kamdan-kam hollarda, yangi qurilma BIOS’ning eski versiyasi bilan ishlamasligi mumkin. Bunday holda, BIOS’ni yangilash kerak.
Yangi kompyuter va noutbuklarda yangi versiya — UEFI o’rnatilgan.

——————————————————————————
UEFI nima?

ℹ️ UEFI — (Unified Extensible Firmware Interface yoki birlashtirilib kengaytiriladigan dasturiy ta'minot interfeysi) — ona plataga o’rnatilgan mikrodastur. BIOS’ni o’rnini bosish uchun yaratilgan. BIOS’ga o'xshab, u qurilmani past darajada boshqaradi va kompyuterni dastlabki sozlashini ishga tushiradi.

⚡️Yangi tizimning asosiy imkoniyatlari:
• O’rnatilgan yuklash menejeri.
• Sozlamalar uchun shaxsiy grafik interfeys.
• Operatsion tizimni GPT-disklardan yuklash imkoniyati.
• NVRAM ishlamay qolgandan keyin xatoliklarni saqlash (agar iloji bo'lsa, OS tomonidan).

UEFI kompyuterni USB fleshkadan yuklashga yoki Windows (7 va undan pastda) va Linuxning oldingi versiyalarini o'rnatishga xalaqit berishi mumkin. Bunday holda, uni o'chirib qo'yish mumkin. Buning uchun UEFI’da Legacy’ga o’tkazish yoki Secure Boot’ni o’chirib qo’yish kerak bo’ladi.

Mikrodasturni turi (BIOS yoki UEFI) ni aniqlash uchun sozlamalarga kirish yetarli bo’ladi. Agar sichqoncha yordamida sozlash qobiliyatiga ega grafik interfeys bo'lsa, bu UEFI’dan foydalanishni anglatadi. © dmosk.ru

▶️ Ushbu mavzuni to'liq yoritgan videodars: Windows o‘rnatishda uchraydigan atamalar (BIOS, BOOT Menu, UEFI, MBR, GPT va b) bilan tanishamiz!

🔑 BOOT Menu va BIOS/UEFI'ga kirish tugmalari
© KA Rasmiy

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #bios / #foydali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Suv kirgan noutbukni qanday tuzatishni o'rganing

P.S: videoni oxirigacha ko'rib yig'lab yuborasiz 🥲

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #kayfiyat
Teleportatsiya filmlardan real hayotga ko'chadimi?

↕️ Fotonik fanlar instituti (ICFO)
olimlari birinchi marta uzoq masofalardagi axborotni kvant teleportatsiyasi orqali ko'chirishni amalga oshirishdi. Jamoa kvant ma'lumotlarini fotondan 1 km masofada qattiq holatdagi qubitning fotoniga muvaffaqiyatli uzatdi.

© HashtagUz

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #news / #qiziq
Qanday qilib Chrome brauzerini har doim Incognito rejimida ochiladigan qilish mumkin?

👻 Buning uchun brauzerni sichqonchaning o'ng tomoni bilan bosib Properties bo'limiga o'tishimiz kerak va Target qismi oxiriga rasmdagidek -incognito so'zini qo'shish va Apply qilish kifoya.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #chrome / #lifehack
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Klaviatura kombinatsiyasi sodda qilib tushuntirilgan, animatsiya bilan super...

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #hotkeys / #videodars
Kompyuter tarmoqlarining (сеть) nechta turi mavjud?
Anonymous Quiz
36%
4
23%
5
30%
2
11%
Endi bilib olaman
⚡️ OpenAI o'zining ChatGPT chatboti uchun yangi xususiyatni taqdim etdi. Bu "inkognito rejimi" deb ataladi. Uning yordamida siz ma'lumotlaringizni maxfiy saqlashingiz mumkin.

👀 Xulosa shuki, ChatGPT odatda sun'iy intellektni yaxshilash uchun foydalanuvchi suhbatlari tarixidan foydalanadi. Biroq, buning uchun "inkognito rejimi"dagi barcha suhbatlar kompaniyaga o'tkazilmaydi.©ITMasters

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #chatgpt /#news
"Диспетчер задач Windows" tugmasi
#mohirlik / #tizim

ℹ️ Windows'ni Диспетчер задач funksiyasi orqali ayni vaqtda kompyuterning qaysi resurslari (CPU, operativ xotira, GPU va h.k) dan qaysi dasturlar qanchadan foydalanayotganini bilish mumkin.

Rasmda ko'rsatilgan mohirlik orqali ushbu funksiyaga oson kirishni imkonini beruvchi "tugma" tayyorlash mumkin.

📝 Ishlatilgan matn: C:\Windows\System32\taskmgr.exe
© KA Rasmiy

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali / #bilib_oling
Million auditoriya, yuzlab hamkorlar, hamyonbop narxlar...

Telegramda 30 ga yaqin sifatli texno-loyihalar birlashib Techno Advertising Agency tashkil etganimizga mana 2 yil to'ldi.

Shu vaqt ichida yuzlab hamkorlar bilan ishladik, millionlab auditoriya yig'dik, sifatli reklama xizmatlarini ko'rsatdik.

Agar sizda ham bizni agentlikka xizmat bo'lsa, agentligimizga obuna bo'ling va qulay reklama xizmatlarimizdan foydalaning!

Agentlik manzili: ➡️ @techno_ads

× Reklama emas
Barcha ma'lumotlarni tezkor belgilash uchun ... klavishlari bosiladi.
Anonymous Quiz
23%
SHIFT+A
14%
ALT+A
5%
WIN+A
59%
CTRL+A
Endi Windows 10 uchun yangilanish kelmaydi

⚡️Microsoft
: Windows 10 22H2 mashhur opertsion tizimning oxirgi versiyasi bo'ladi.

ℹ️ Microsoft endi Windows 10 uchun yangilanishlarni chiqarmasligini ma’lum qildi. Bu haqida korporatsiya saytida xabar berilgan.

📆 IT giganti vakillari 2022-yil oktabr oyida chiqarilgan Windows 10 22H2 yangilanishi operatsion tizim uchun so‘nggi yirik yangilanish bo‘lishini ta’kidladilar.

P.S: Windows 10-ni qo‘llab-quvvatlash 2025-yil 14-oktabrgacha davom etadi
© ITMastersUz

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #windows10 / #news
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😂 Video montajchilar zerikishsa...

Kino nomi: Xo'rozlar janggi yoki qasoskor xo'rozlar🐔

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #kayfiyat
Aktivatsiya mavzusiga oid postlar
#aktivatsiya / #ofis / #windows

ℹ️ Aktivatsiya - dasturdagi cheklovlarni olib tashlash va to'liq ishlashini ta'minlash uchun "yolg'onchi dastur" bilan faollashtirish. "Yolg'onchi dastur" - aktivatsiyani amalga oshiruvchi dastur (masalan, KMSTools) aktivatsiya so'rayotgan dasturga kalit yasab beradi.

‼️Biror dastur yoki windows'ni aktivlashda albatta antivirus va internetni o'chirib turish kerak. Buning sababi:

- Antivirusni vaqtincha o'chirib turilmasa aktivatsiya qiluvchi dasturni o'chirib tashlashi mumkin. Chunki ko'pchilik antiviruslar "yolg'onchi dasturlar" ni taniydi va ularning qilayotgan ishi muallif huquqini buzishini biladi.

P.S. Mualliflik huquqini buzmaslik uchun dasturning haqiqiy kalitini sotib olish kerak, lekin ushbu kalit anchagina qimmat turadi ($100 ham bo'lishi mumkin). Shu sababli ham "yolg'onchi dasturlar" dan foydalanishga majburmiz.

- Internetni o'chirib turish kerak, sababi ko'pchilik dasturlarni crack versiyasini ishlatishimiz sababli agar o'rnatish paytida internet yoniq bo'lsa dastur internet orqali biz qilayotgan ish yolg'onligini va kiritayorgan kalitimiz haqiqiy emasligini bilib qoladi va aktivatsiya to'liq amalga oshmaydi!

🎞 Aktivatsiya qilish bo'yicha video qo'llanmalar:
Windows 7'ni aktivatsiya qilish
Windows 10'ni aktivatsiya qilish
Office'ni aktivatsiya qilish

❗️Windows va Office dasturlari ham KMSTools dasturi orqali aktivatsiya qilinadi. Faqatgina Windows 7 uchun Windows Loader dasturidan foydalanish mumkin (agar KMSTools orqali aktivatsiya qilinmasa).

📎 Aktivatsiya qilish uchun mo'ljallangan "yolg'onchi dasturlar":
- KMSTools
- Windows Loader
- KMS Matrix

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #manba / #foydali
🦾 2030-yilgacha robotlar tufayli naqd 800 million kishi ishsiz qolishadi.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #fakt
🎂 4 yoshing muborak!

🤗 2019-yil may oyining ilk kunida Kompyuter Bilimlari kanali ochildi.

🖥 Kanal maqsadi IT sohasiga oid bilimlarni kuzatuvchilarga, o'quvchilarga bepul va qulay formatda yetkazishdir.

Umid qilamizki kanalimiz sizlarga manzur bo'lmoqda. Kanalimiz haqida fikrlaringiz, takliflaringiz yoki bizning biron-bir kamchiliklarimiz bo'lsa, shikoyatlaringiz bo'lsa komentariyada qoldirishingiz mumkin. Sizlarga foydamiz tegsa biz xursandmiz!

🤓 InShaa Alloh oldinda siz bilan ulashmoqchi bo'lgan ko'p bilimlarimiz bor va ularni asta-sekin o'rgatib boramiz.

💻 Ha aytgancha, bizning homiyimiz, hamkorimiz Zarinlight do'koni. Zarinlight sizga yangi, sifatli, kafolatlangan, eng muhimi hamyonbop narxlarda kompyuter ehtiyot qismlari taqdim etadi. Kanal: @zarinlightok

😊 Kanalimiz rivojiga hissa qo'shmoqchi bo'lsangiz, postlarimizni do'stlaringiz bilan ulashing.

😌 Biz bilan qoling!

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #happy_birthday
Alawar oʻzining kompyuter uchun oʻyinlar doʻkonini yopmoqda

🪦 Oddiy, lekin shu bilan birga, qiziqarli va sarguzashtlarga boy kompyuter oʻyinlari bilan tanilgan Alawar kompaniyasi oʻzining rasmiy veb-saytida juda qiyin qarorni qabul qilganligini eʼlon qildi – u oʻzining oʻyinlar doʻkonini yopmoqda.

📆 Maʼlum boʻlishicha, alawar.com saytining oʻyinlar boʻlimi, yaʼni kompyuter uchun yashirin obektlar, vaqt menejmenti va boshqotirma kabi janrlardagi oʻyinlar sotiladigan doʻkoni joriy yilning 1-iyun sanasidan boshlab oʻz faoliyatini toʻxtatadi...

K.B: Shunday ekan, agar yoshligingizni eslatadigan nostaljik Alawar oʻyinlarini qayta oʻynashga niyat qilgan boʻlsangiz, ularni hoziroq olish va aktivatsiya qilib qoʻyish maslahat beriladi)

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #news / #alawar
2024/10/05 03:26:05
Back to Top
HTML Embed Code: