Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Siz buni aniq bilmasdingiz

🗂 File Explorer'da ochiq turgan istalgan oynaning yuqori chap burchagiga ikki marta bosing va oyna yopiladi.

😉 Bilarmidingiz? Faqat to'g'risini ayting)

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog / #bilib_oling / #foydali
Hozirda dunyoda nechta dasturlash tillari mavjud?
Anonymous Quiz
32%
700 ta
29%
500 ta
26%
800 ta
13%
300ta
Kompyuter qotib qolganda qaysi tugmalarni bosish kerak? ⌨️😣

Siz ham kompyuteringiz qotib qolganda asab buzilib, ketma-ket turli tugmalarni beixtiyor bosib chiqasizmi? Tugmalarni tartibsiz bosishning o‘zi katta xato hisoblanadi, chunki bunda kompyuterga bir vaqtning o‘zida ko‘pgina buyruqlar yuboriladi va ularni qayta ishlay olmay, tizim butunlay to‘xtab qolishi mumkin.

Xo‘sh, o‘zi kompyuter qotib, sichqonchasi ishlamay qolganda nima qilish kerak?

• Escape (Esc) tugmasini bosib ko‘rish zarur, u oxirgi berilgan buyruqni bekor qiladi va ayrim hollarda yordam berib qolishi mumkin;

• ALT + F4’ni bir vaqtda bosish bilan qotib qolishga sababchi bo‘lgan dasturni to‘xtatadi, lekin oxirgi ma’lumotlar o‘chib ketishi ehtimoli bor;

• Agar kompyuter o‘yin o‘ynayotganda yoki video tomosha qilayotganda qotib qolsa, SHIFT + CTRL + WIN + B tugmalarini birgalikda bosib ko‘rish kerak. Bu bilan videokarta drayveri qayta yuklanadi;

• Ba’zan sichqonchaning o‘ng va chap tugmalarini ketma-ket bosish yordam berishi mumkin;

• CTRL + SHIFT + ESC’ni bosib, qotib qolgan dasturni “Диспетчер задач” yordamida to‘xtatish mumkin;

• Agar bu yordam bermasa, CTRL + ALT + DEL tugmalarini bosish bilan “Диспетчер задач”ga kirish mumkin. Ayrim hollarda uchala tugmaning bosilishi kompyuterning yana ishlab ketishiga sabab bo‘ladi;

• Bulardan tashqari ALT + TAB’ni bir paytda bosish bilan boshqa oynaga o‘tish sabab, kompyuter yana ishlab ketishi ehtimoli bor;

• Qotib qolgan kompyuterni yana qayta ishga tushirib yuborishga universal yechim yo‘q, 5 daqiqa kutib turish ham yordam berishi mumkin;

• Yuqoridagi ko‘rsatmalar yordam bermagan taqdirda kompyuterning “RESET” tugmasini bemalol bosib, kompyuterni qayta yuklash mumkin.

Manba: ITspecialist

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #foydali #hotkeys
So'ragan edinggiz,mana marhamat!

💻 Ko'pchilik kompyuter yoki noutbook sotib olishda arzon va sifatli dokonlar qidiradi,bizdan sizga tavsiya:
@xolis_price
@comping_uz
@nout_uz
@upguz
@technochain_uz
@notebookoff_uz

Barchaga tavsiya, sifati va hamyonbop aksessuarlar kerakmi — @zarinlightOk

P/s: Bu shunchaki tavsiya,siz ya'na qanday do'konlarni bilasiz?

Noutbook brendi qanchalik muhim..

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #foydali
Ko'z nuringizni saqlash faqat o'zingizga kerak!

😑 Smartfonlar va kompyuterlarning displeylaridan ko'zlar charchaydi. Kompyuter monitori oldida ishlayotganda ko'z mashqlari 2-3 daqiqalik vizual gimnastika ko'z mushaklarini sozlaydi.

Blimb.su - bu ko'zlar uchun eng yaxshi mashqlarni o'zida mujassam etgan va ko'z gimnastikani yoqimli tarzda bajarish imkonini beruvchi xizmatdir. Kompyuterga qarab mashqlarni bajarish shart emas. Dasturni o'rganganingizdan so'ng, gimnastikani o'zingiz qilishingiz mumkin. Masalan, derazadan tashqariga qarash.

Atigi 3 daqiqa 25 soniya davom etadigan bu jarayon bilan ko'zlaringizni asrang!

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali / #salomatlik
Kompyuter sekin ishlashiga nimalar sabab bo'ladi?

🔄 Kompyuterni Restart (Перезагрузка) qilmaslik. Hech bo'lmasa har ikki kunda bir marta kompyuterni Restart (Перезагрузка) qilib turing.

💾 Bir vaqtning o'zida bir nechta dasturlarning ishlab turishi. Kompyuterda bir vaqtda faqat maksimal 2-3 programmalardan foydalaning. Ortiqcha va keraksiz dasturlarni kompyuterdan o'chirib tashlang va Startup (Автозагрузка) programmalarni ham o'chirib qo'ying.

🛡 Hech bo'lmaganda Microsoft Defender yoki Malwarebytes antiviruslaridan foydalaning.

🧹 Disk Cleanup yordamida kompyuterni ortiqcha fayllardan tozalab turing.

♻️ Windows'ni va kompyuteringizdagi dasturlarni doimiy yangilab turing, chunki yangilash ulardagi kamchiliklarni bartaraf qiladi.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali / #manba
Windows 11 foydalanuvchi qachon kompyuterda bo'lganda aniqlashni o'rganadi!
#news

ℹ️ Windows 11 ning so'nggi sinov versiyasida yangi xususiyatni topishdi: mavjudlik sensorlariga kirish imkoniyati. Bu ilovalarga foydalanuvchi shaxsiy kompyuter yonida yoki yo'qligi haqida ma'lumot olish imkonini beradi.

Ushbu yondashuvning asosiy afzalliklaridan biri ma'lumotlar xavfsizligi va maxfiyligini oshirishdir. Bu quvvat sarfiga ham ta'sir qiladi: seans sozlamalarda ko'rsatilgan vaqtdan keyin emas, balki darhol bloklanadi.

😐 Qayd etilishicha, funksiya to‘liq mahalliy darajada amalga oshiriladi: Microsoft mavjud bo‘lish sensorlaridan foydalanish bilan bog‘liq hech qanday tasvir yoki metama’lumotlarni yig‘maydi yoki saqlamaydi. ©️@kompyuter_akademiyasi

🤨 Siz bunga ishonasizmi?

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali / #windows11
🖥 Endi kompyuterni 4,4 kg mis bilan passiv sovutish mumkin.

🌬 Jim ismli Reddit foydalanuvchisi o'zining Ryzen 9 7950X protsessorini sovutish uchun original yechim topdi.

ℹ️ Ishqiboz Streacom DB4 korpusi asosidagi o'z tizimida passiv sovutish tizimini hosil qilish uchun har biri $100 dan turadigan 1 kg og'irlikdagi mis plitalardan foydalangan. Foydalanuvchining tizim bloki MSI MPG B650I Edge WiFi va 64 GB DDR5 operativ xotiraga ega 16 yadroli AMD Ryzen 9 7950X protsessoridan iborat.

🌡 Natija: Ikki soatlik intensiv protsessor ishlaganidan so‘ng harorat chiplardan birida 95 darajaga, ikkinchisida esa 90 darajaga yetdi. Materinkaning harorati taxminan 77 darajani tashkil etdi va korpusning yon panellari harorati 50 dan 60 darajagacha o'zgarib turardi.

👀 Xo'sh, sovutish tizimi ish berganmi shunda?

👉🏻 #kompyuter | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Agar mana shu odam gapirishni bilganida juda ko'pchiligimiz uyalib qolgan bo'lar edik)

#tushungan_tushindi

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #kayfiyat
Microsoftʻning Edge brauzeri siz har bir tashrif buyurgan saytni uchinchi tomonga joʻnatyapti

Bu brauzerning xatoligi boʻlib, uni siz hoziroq oʻchirib qoʻyishingiz mumkin.

Batafsil: https://www.terabayt.uz/?p=68530

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #news / #edge
Kompyuter Bilimlari instagram sahifasida nechta obunachi topladi?

(Linkni izohda yozib qoldiraman)
Anonymous Quiz
16%
100
24%
500
34%
1k
25%
5k
BIOS va UEFI nima?
#atama / #info

ℹ️ BIOS — (basic input/output system yoki asosiy kirish / chiqish tizimi) — (energiya talab qilmaydigan) ona plataga o’rnatilgan dastur.

⚡️Uning funksiyalari:
• Operatsion tizimni yuklash;
• Qurilmalarni izlash va diagnostika qilish;
• Qurilmani sozlash uchun interfeysni taqdim etish.

⚡️Eng ko’p bajaradigan sozlamalari:
• Kuler aylanish tezligi;
• Ona plata uchun ishchi chastotani belgilash;
• Qo'shimcha qurilmalarni yoqish / o'chirish;
• Yuklanish ketma-ketligi (qaysi qurilmalardan boshlab kompyuterni yuklanishi).

⌨️ Ko’pincha BIOS’ga kirish uchun kompyuter yonish paytida F2 tugmasi bosiladi. Bu esa kompyuter disk yoki fleshkadan yuklanishini tanlash uchun kerak bo’ladi. BIOS’da qurilmalarni aniqlash imkoniyati ta'minlaganligi sababli, kamdan-kam hollarda, yangi qurilma BIOS’ning eski versiyasi bilan ishlamasligi mumkin. Bunday holda, BIOS’ni yangilash kerak.
Yangi kompyuter va noutbuklarda yangi versiya — UEFI o’rnatilgan.

——————————————————————————
UEFI nima?

ℹ️ UEFI — (Unified Extensible Firmware Interface yoki birlashtirilib kengaytiriladigan dasturiy ta'minot interfeysi) — ona plataga o’rnatilgan mikrodastur. BIOS’ni o’rnini bosish uchun yaratilgan. BIOS’ga o'xshab, u qurilmani past darajada boshqaradi va kompyuterni dastlabki sozlashini ishga tushiradi.

⚡️Yangi tizimning asosiy imkoniyatlari:
• O’rnatilgan yuklash menejeri.
• Sozlamalar uchun shaxsiy grafik interfeys.
• Operatsion tizimni GPT-disklardan yuklash imkoniyati.
• NVRAM ishlamay qolgandan keyin xatoliklarni saqlash (agar iloji bo'lsa, OS tomonidan).

UEFI kompyuterni USB fleshkadan yuklashga yoki Windows (7 va undan pastda) va Linuxning oldingi versiyalarini o'rnatishga xalaqit berishi mumkin. Bunday holda, uni o'chirib qo'yish mumkin. Buning uchun UEFI’da Legacy’ga o’tkazish yoki Secure Boot’ni o’chirib qo’yish kerak bo’ladi.

Mikrodasturni turi (BIOS yoki UEFI) ni aniqlash uchun sozlamalarga kirish yetarli bo’ladi. Agar sichqoncha yordamida sozlash qobiliyatiga ega grafik interfeys bo'lsa, bu UEFI’dan foydalanishni anglatadi. © dmosk.ru

▶️ Ushbu mavzuni to'liq yoritgan videodars: Windows o‘rnatishda uchraydigan atamalar (BIOS, BOOT Menu, UEFI, MBR, GPT va b) bilan tanishamiz!

🔑 BOOT Menu va BIOS/UEFI'ga kirish tugmalari
© KA Rasmiy

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #bios / #foydali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Suv kirgan noutbukni qanday tuzatishni o'rganing

P.S: videoni oxirigacha ko'rib yig'lab yuborasiz 🥲

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #kayfiyat
2024/11/19 19:41:55
Back to Top
HTML Embed Code: