Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👀 Buni albatta ko'ring

💻 TexnoPlov kanali O'zbekistondagi eng kuchli noutbuklardan biri Asus Rog strix 17 SE haqida video chiqarishibdi, har doimgidek super.

Oramizda Asus Rog ishlatadiganlar bormi?

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #asus / #laptop
Windows 11 ishga tushirish menyusida ko'plab ilovalarga ega papkani qanday yaratish mumkin?

ℹ️ Пуск menyusini oching va istalgan dasturni boshqa dastur belgisiga sudrab borish uchun uni uzoq vaqt bosib turing. Shundan so'ng, tizim dastur uzatiladigan belgini ramkaga soladi va ikkita dastur papkaga birlashtiriladi.

🗂 Jildga ko'plab dasturlar qo'shilishi mumkin va qulaylik uchun unga kerakli nomni ham berishingiz mumkin.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #fayl / #windows11
Qaysi amalni bajarish orqali kompyuterning asosiy xarakteristikalarini aniqlaymiz?
Anonymous Quiz
28%
Win + R ga control ni kiritib
27%
Win + R ga sysinfo32 ni kiritib
22%
Win + E ga msinfo ni kiritib
24%
Win + R ga msinfo32 ni kiritib
Windows 12 haqida batafsil ma'lumot

🪦 Microsoft Windows ning muvaffaqiyatsiz Windows 10X ning vorisi bo'ladigan maxsus versiyasi ustida ishlamoqda. Loyiha 2021 yilda bekor qilingan. Windows 10X har qanday qurilmaga osongina moslasha oladigan universal tizim yaratishga urinish edi. Endi kompaniya yana urinib ko'rmoqchi.

🔗 Insayderlarning xabar berishicha, Windows 12 operatsion tizimining joriy versiyalaridan juda farq qiladi. Ular uni modulli qilishni xohlashadi. Ya'ni, OS har qanday planshet, tv, telefon va har qanday gadjetga osongina va tez moslashtirilishi mumkin

📆 Operatsion tizim 2024-yil oktabr oyiga chiqarish rejalashtirilgan.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #windows12 / #news
Qushcha to'satdan o'ldi!

🐦 Twitterni sotib olgandan soʻng, Ilon Mask uni ochiq kompaniyadan yopiq kompaniyaga aylantirdi. Twitter bundan buyogʻiga boʻladigan oʻzgarishlar haqida SEC – AQSH birjalar komissiyaga xabar berishi shart emas. Shu sabab milliarder kompaniya nomini imi-jimida oʻzgartirib yuborgani endigina maʼlum boʻldi.

🪦 Kaliforniyadagi sud arizasiga asoslanib xabar berishicha, Twitter, Inc. endi X Corp. ga birlashtirib yuborilgan.Shunday ekan Twitter o'ldi desayam bo'ladi..

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #twitter / #news
Kompyuterlarda ma’lumotlarni to‘plovchi asosiy qurilma qanday nomlanadi?
Anonymous Quiz
7%
Tizim bloki
16%
Protsessor
10%
CD/DVD disklar
50%
Qattiq disk
17%
Operativ xotira
DNS nima?

🌐 DNS - bu turli tarmoq segmentlari o'rtasida almashinuvni ta'minlaydigan xizmat.

ℹ️ DNS (domain name system) - bu IP manzilni inson o'qiy oladigan manzilga aylantiruvchi sistema. Masalan yandex.ru sayti 5.255.255.77 manziliga ega. Yandex.ru nomli saytga kirishga harakat qilganingizda, DNS xizmati ushbu nomni tarmoqqa mos raqamli manzilga aylantiradi...

📰 Batafsil bilib olish uchun – link

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #dns / #bilib_oling
⚡️ O‘zbekiston “Telegram” kanallari soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinda

Telegram haqidagi mualliflik kanali yaratuvchisi, rossiyalik Georgiy Lobushkin ushbu platformaning O‘zbekistondagi statistikasini e’lon qildi. O‘zbekiston kanallar soni va auditoriya qamrovi bo‘yicha Rossiyadan so‘ng ikkinchi o‘rinda turadi. Ko‘pchilik bilmaydi, hozir O‘zbekistonda Telegram kanallarining auditoriyasi 740 990 000 kishini tashkil qiladi, – deya yozgan Lobushkin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda Telegram bozori juda faol rivojlanyapti va istiqbolli ko‘rinmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, hozir O‘zbekistonda 123 mingdan ortiq rasmiy va norasmiy kanal, shuningdek, 18 mingga yaqin chat bor. Bundan tashqari, foydalanuvchilari soni 1 milliondan oshgan faqat bitta kanal mavjud.


👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #telegram / #qiziq
DDR2, DDR3, DDR4 kabi operativka turlarini eshitganmiz, shunda DDR so'zining kengaytmasi qanday bo'ladi?
Anonymous Quiz
41%
1. Division Data Row
34%
2. Double Data Rate
25%
3. Data Durable Reset
⬆️ Yangi poyga o'yinlar

↗️ Need for Speed: Most wanted 🏎

#tushunga_tushindi

😂😂

———

😉 Klassik poygani o'ynamaganlar bo'lmasa kerak a?

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #kayfiyat
Windows uchun kreativ bezaklar

Operatsion tizimning standart interfeysidan zerikkan bo’lsangiz 7themes.su sayti eng optimal tanlov.

Platformada theme’lar, icon’lar, wallpaper’lar, kursor va boshqa ko’plab qiziqarli bezak kontentlarini topishingiz mumkin.Saytning FAQ bo’limida ularni o’rnatish yuzasidan yo’riqnomalar mavjud.

~ Link: 7themes.su

~ Manba

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #windows / #dizayn
Papka yoki fayllarni oddiy yo'l bilan yashirib qo'yish

🗂 Albatta turli vaziyatlarda fayl yoki papkalarimizni yashirib qo'yishni xohlaymiz. Quyida yana kerakli narsalarimini yashirib qo'yishning oddiy usullaridan birini ko'rishingiz mumkin.

ℹ️ Istalgan fayl yoki papka ustiga sichqoncha o'ng tugmasi bilan bosing va Properties'ga o'ting.

👁‍🗨 U yerda Attributes degan joyidan Hidden deganini belgilab qo'ying va Apply'ni bosing.

☑️ Endi agar 3-rasmdagi kabi Hidden items belgilangan turgan bo'lsa sizning papkangiz ko'rinib turadi, aks holda esa ko'rinmaydi.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #fayl / #foydali
Windows 10-da ekranning ma'lum bir qismini skrinshot qilish

🖥 Siz kompyuter ekranini Win + prt sc kombinatsiyasi orqali to'liq skrinshot qilishingiz mumkin lekin, ayrim paytlarda sizga ekranning faqat ma'lum bir qismini skrin qilishga ehtiyoj paydo bo'lishi mumkin.

✂️ Snip & Sketch dasturi orqali ishlaydigan Win + Shift + S komandasi sizga ekranning siz tanlagan joyini skrinshot qilishga imkon beradi.

📋 Bunday skrinshotlar kompyuterga emas Clipboard (Буфер обмена)-ga tushadi, ya'ni olingan skrinshot kompyuterdanmas Clipboard (Буфер обмена)-dan joy oladi.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali | #hotkeys
😄 Haliyam PS/2 portlaridan foydalanadiganlar bormi?

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #kayfiyat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Word dasturida Bitta hujjatni 2 ta oynada ochish

📑 Вид → Окно → Новое окно yorlig'iga o'tish orqali bir vaqtning o'zida ikkita bir xil Word hujjatini ochishingiz mumkin. Bu, masalan, bir nechta displeyga ega bo'lsangiz kerak.

Yangi oyna birinchi oynaning mazmunini to'liq takrorlaydi va aksincha. Aslida, bu bir-biriga bog'liq bo'lgan 2 ta oynada ochilgan 1 ta hujjat.

▶️ Shunga o'xshash funktsiyani xuddi shu bo'limdagi Разделить tugmasi bajaradi

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #word / #foydali
Twitter’da monetizatsiya dasturi ishga tushirilgani rostmi?

💸 Twitter foydalanuvchi tomonidan yaratilgan kontentni monetizatsiya qilish dasturini joriy qilmoqda.

Tadbirkorning so‘zlariga ko‘ra, Twitter bu uchun hech qanday mablag‘ olmaydi. Dasturning dastlabki 12 oyi davomida foydalanuvchilar ishlab topgan mablag‘dan faqat to‘lov tizimlari komissiyasi undiriladi.

Maskning qo‘shimcha qilishicha, ijtimoiy tarmoq mualliflik huquqi bilan himoyalangan kontentni targ‘ib qiladi.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #twitter / #news
2024/10/04 21:13:24
Back to Top
HTML Embed Code: