Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Torrent nima? Torrent bilan ishlash
#videodars / #internet

10 Gb dan katta faylni sekin internet bilan yuklash mumkinligiga ishonasizmi? Torrent bilan buni imkoni bor.

Torrent bilan ishlash uchun nimalar kerak?
1. Torrent dasturi
2. Internet (sekin bo'lsa ham bo'ladi)
3. Yuqoridagi videoni to'liq ko'rish

⚠️ Torrent bilan ishlash paytida antivirusni o'chirib turish tavsiya etiladi.

▶️ YouTube'da ko'rish (HD)

: 04:16 💾: 14,2 mb

©K A Jamosi

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #foydali
Qanday qilib siz ulanib turgan WiFi parolini bilish mumkin?

📶 Agar do'stingiz o'z WiFi'yi parolini siz bilishingizni istamasa, lekin sizning kompyuteringizni ulab bergan bo'lsa uning WiFi'yi parolini quyidagi usul bilan bilib olishingiz mumkin, ya'ni siz bilan kompyuter ulanib turgan WiFi parolini ko'rishni o'rganamiz:

🧑‍💻 Win + R bosib Run oynasini oching va ncpa.cpl so'zini kiriting. Sizga Network Connections oynasi ochiladi, siz u yerdan o'zingiz ulanib turgan WiFi ustiga sichqoncha bilan ikki marta bosing. Keyingi ochilgan oynadan Wireless Properties'ga bosing va u yerdan Security'ga o'ting. Network security key ostidagi Show characters'ni belgilang va siz WiFi parolini ko'rasiz.

Bosingizlar...😉

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #wifi
Windows 11 da fayl kengaytmalarini qanday ko'rsatish mumkin?

1. File Explorer-ni oching. Yuqoridagi Просмотреть tugmasini bosing. Agar bunday tugma bo'lmasa, uchta nuqta ustiga bosing va keyin – Просмотреть.
2. Показать bo'limiga o'ting
3. Расширения имен файлов ni belgilang.

P.s:Endi fayl kengaytmalari Explorer va ish stolida ko'rsatila boshlaydi.

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #fayl / #windows11
Microsoft yanvar oyi oxirida Windows 10 ning to'g'ridan-to'g'ri sotuvini to'xtatadi

📆 2023-yil 31-yanvardan boshlab Microsoft o‘z veb-saytidan Windows 10 litsenziyalarini sotishni to‘xtatadi.

ℹ️ 2023-yil 31-yanvar Windows 10-ni sotuvga chiqariladigan oxirgi kun bo‘ladi. Windows 10 2025-yil 14-oktabrgacha kompyuteringizni viruslar,josuslik dasturlar va boshqa zararli dasturlardan himoya qilish uchun xavfsizlik yangilanishlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Microsoft yana bir necha yil davomida Windows 10-ni qo'llab-quvvatlashni to'xtatmaydi, shuning uchun mavjud Windows 10 foydalanuvchilari DirectStorage kabi asosiy yangi xususiyatlardan mahrum bo'lishdan xavotirlanishlari shart emas.

P.s: Agar Windows 10 yuklab olishni rejalashtiryotgan bo'lsanggiz ulgurib qoling!

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #news / #windows10
🗂 Turli xil fayllarni guruhlaymiz

ℹ️ Ma'lumot foydali bo'lsa saqlab qo'ying.

😄 Shu bola (admin) hursand bo'lsin deb layk bosay demaysizeee.

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #fayl / #foydali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Dasturlarni avtomatik o'rnatuvchi dasturlar
#videodars / #windows

ℹ️ BELOFF va Minstall kabi dasturlar orqali bir qancha dasturlarni bir urinishda, ortiqcha vaqt sarflamagan holda o'rnatish mumkin. Buning uchun BELOFF yoki Minstall dasturini yuklab olamiz (o'lchami versiyasiga qarab turlicha bo'lishi mumkin, 60-90 Gb), dasturga kiramiz va kerakli dasturlarni belgilab Bajarish tugmasini bosamiz.

☑️ Shu orqali Windows o'rnatgandan keyin tezlik bilan kerakli dasturlarni birdaniga o'rnatib olishimiz mumkin.

🔽 BELOFF va Minstall dasturlarini yuklash (torrent fayllar)

▶️ YouTube'da ko'rish (HD)

: 09:32 💾: 27.3 mb

📌 Mavzuga oid postlar:
- Windows 10'ni mustaqil o'rnatishni o'rganamiz

© K A Jamoasi

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #dastur / #foydali
Qanday qilib unutilgan Wi-Fi parolini topsa boʻladi?

ℹ️ MacOSda siz kiritgan va saqlagan har bir parol MacOS uchun parollarni boshqarish tizimi Keychain Accessda saqlanadi. Va bu Wi-Fi tarmogʻi parollarini ham oʻz ichiga oladi.

🔍 Keychain Access ilovasini ochish uchun qidiruv funksiyasidan foydalaning va quyidagilarni bajaring:

1. Keychain Access ilovasidagi System Keychains boʻlimidagi System tugmasi ustiga bosing

2. Tepadagi panelda joylashgan Passwords boʻlimiga kiring

3. Parolini bilmoqchi boʻlgan Wi-Fi tarmogʻi nomi ustiga ikki marta bosing

4. Ochilgan oynaning past qismidagi Show password chekboksi ustiga bosing.

Chekboks ustiga bosilgandan soʻng parol koʻrinadi, uni nusxalab olish mumkin.

Windowsda sal koʻproq amal bajariladi, biroq parol topishga arziydi:

1. Start menyusidan boshqaruv paneli (Control Panel) ga oʻting>Network and Internet>Network and sharing center (Windows 11da) yoki Sozlamalar>Network&Internet>Status>Network and sharing center (Windows 10da) ga oʻting

2. Connections yozuvining oʻng tomonida moviy rangda turgan Wi-Fi tarmogʻingiz nomi ustiga bosing

3. Ochilgan oynadan Wireless properties boʻlimiga oʻting va yangi ochilgan oyna tepasidagi Security boʻlimiga kiring

4. Show characters chekboksini yoqing va parol koʻrinadi. Windowsda ham parolni nusxalash imkoni bor.

🔐 Aytgancha, Windowsda ulangan tarmoqlarning hammasini parolini bittada koʻrishning boshqacha usuli ham bor. Buning uchun Windows CMDda ozgina kod yozish kerak boʻladi:

1. Boshlash + R tugmalar kombinatsiyasini bosing

2. Ochilgan Run oynasidagi matn kiritish boʻshligʻiga cmd deb yozing va OK tugmasini bosing

3. Ochilgan terminalda netsh wlan show profile deb yozing va Enter tugmasini bosing

4. Oʻzingizga kerak boʻlgan tarmoq nomini bilgach, netsh wlan show profile (Wi-Fi tarmogʻi nomi) key=clear deb yozing va Enter tugmasini bosing va Windows sizga Wi-Fi parolini beradi.

💬 Natija bergan yoki yordam zarur bo'lsa izohlarda fikringgizni yozib qoldiring!

👉🏼 Birinchi raqamli Windows blog | #wifi / #windows / #macOs
2024/10/03 17:22:14
Back to Top
HTML Embed Code: