Telegram Web Link
Windows operatsion sistemasining shu kungacha boʻlgan logo evolyutsiyasi

P/s: Sizga qaysi biri yoqdi?

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #evolutsiya
😎 Statistik ma'lumotlarga qaraganda kanalimiz obunachilari orasidagi negativlar soni 0% teng ekan

P/s: Barchaga katta raxmat,reaksiyalarni bosib tashlang!

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #kayfiyat
Word'da chiziqlarni o‘chirish

Oddiy chiziqni o‘chirish

O‘chirilishi lozim bo‘lgan ulagich yoki shaklni hosil qiluvchi chiziqni belgilang, so‘ngra DELETE klavishini bosing.

☝🏻Maslahat: Bir nechta chiziq yoki ulagichlarni o‘chirish uchun, klaviaturada CTRL klavishini bosib turgan holda navbat bilan ularni belgilang, so‘ngra DELETE klavishini bosing.

Agar siz o‘chirish maqsadida chiziqni belgilab bo‘lmaydigan holatga duch kelsangiz, ehtimol, bu chegara turlaridan biri hisoblanuvchi gorizontal chiziq bo‘lishi mumkin.

Gorizontal chiziqni o‘chirish

1️⃣. Sichqoncha kursorini gorizontal chiziqdan yuqoriga o‘rnating (e’tibor bering, aynan chiziqdan bir satr yuqoriga).

2️⃣. Menyu satrining Главная varaqa (вкладка)sida Границы tugmasi yonidagi pastga qaratilgan strelka ustiga bosing va ochiluvchi menyudan Нет границы bandini tanlang.

Sahifa atrofida ramka hosil qiluvchi chegaraning qanday o‘chirilishi haqida esa keyingi postimizda so‘z yuritamiz. 😉

ℹ️ Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | @itspecuz | #word
Windows'ning ichki fon suratlari qayerda joylashgan?

🧑‍💻 Win + R'ni bosamiz va ochilgan Run oynasiga web deb yozib Enter'ni bosamiz.

🖼 Ochilgan papkadan siz Windows'ni o'zining barcha ichki fon rasmlarini topishingiz mumkin.

P.S. Tan oling, buni aniq bilmasdingiz)

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #bilib_oling
USB portlaridagi SS nimani anglatadi?

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #savol
USB portlaridagi SS nimani anglatadi?
Anonymous Quiz
75%
SuperSpeed
17%
SuperStar
8%
SuperSlow
Windows 11 uchun Apple Music, Apple TV va Apple Devicesning yangi versiyalari chiqadi

Dasturlar yangi platforma asosida qurilgan va oldingi versiyalarga qaraganda tezroq ishlaydi va Apple Devices iTunes o'rnini egallaydi.

Apple TV har qanday kontentni 4K HDR piksellar sonida ko'rish imkonini beradi.

Barcha dasturlar faqat Windows 11 bilan ishlaydi.

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #news #windows
Ishlash jixatidan qaysi operatsion tizim ustun deb o'ylaysiz,aynan nima uchun ustunligini izohlarda yozib qoldiring.
Anonymous Poll
44%
Windows 11
56%
Windows 10
#operatsion_tizim

🖱 Windows 10'da sichqoncha kursori ko‘rinishini o‘zgartirish

An’anaviy sichqoncha kursori bilan doimiy foydalanib zerikdingizmi? Tizimda qoida bo‘yicha o‘rnatilganidan tashqari yana ko‘plab boshqa kursorlar to‘plamlari mavjud. Agar ushbu to‘plamlar ham sizni qoniqtirmasa, unda Internetdan yuklab olish mumkin bo‘lgan to‘plamlarga yuzlanamiz.

1️⃣. WIN + Rcontrol mouseENTER ketma-ketligi bo‘yicha o‘tib, “Мышь” muloqot oynasini ekranga chaqiring, Ochilgan oynada “Указатели” varaqa (вкладка)sini tanlang.

2️⃣. “Схема” bo‘limida o‘z kursoringiz uchun tizim sxemalaridan birini tanlashingiz mumkin. P.S.: ularning barchasi istalgani kabi chiroyli bo‘lib tuyulmasligi mumkin.

3️⃣. Ushbu yoki boshqa biror manzildan ma’qul kelgan kursorlar to‘plam(lar)ini yuklab olishingiz mumkin. Bunday to‘plamlarning qariyb barchasida “install.inf” fayli bo‘ladi — ushbu fayl ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosamiz va “Установить”ni tanlaymiz.

⚠️ Agar yuqorida keltirilgan saytni brauzeringizda yuklab, muayyan bir kursor to‘plami nomi ustiga bosib, keyingi ochiluvchi sahifada u bilan tanishib, yuklab olishga qaror qilsangiz, buni pastda binafsha rangdagi Начать скачивание yoki o‘ng tomondagi yashil Скачать tugmasi orqali emas, balki pastki o‘ng burchakdagi Скачать с сервера tugmasi yordamida yuklab olishni tavsiya etamiz. Qolgan ikki tugma shunchaki reklama maqsadida joylashtirilgan.

4️⃣. Kursor parametrlari oynasiga qaytamiz, ma’qul kelgan mavzuni tanlaymiz va undan ham zeriktirguniga qadar foydalanamiz. Istalgan vaqtda xuddi shu sozlamalar bo‘limiga o‘tib, yana tizim kursorini tanlashingiz mumkin.

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | @itspecuz | #windows10
Qaysi tugma obektlar (fayl, papka) ni guruhlagan holda belgilashda qo’llaniladi?
Anonymous Quiz
13%
Enter
47%
Ctrl
28%
Shift
12%
Alt
#nocomment

🎃 Bir-biridan qiziq "Zombilar"!

🤔 P.S: bu yerda nechta Zombi borkena-a?

😅 — sizga qaysi bir tushdi, skrinshot qilib tashlang-chi!

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #kayfiyat
Kompyuter "xarakteristika"sini ko'rish

⚙️ Windows 10 operatsion tizimida kompyuter ma'lumotlarni ko'rish uchun: Settings (Настройки) > System (Система) va eng pastida About (О системе) bo'limiga o'ting.

💾 Agar sizga yanada to'liqroq ma'lumot kerak bo'lsa, Win + R tugmalarini bosing va chiqqan oynaga msinfo32 deb yozing. Shunda sizga kompyuteringiz haqida to'liq ma'lumot ko'rsatiladi.

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #windows10 #foydali
Telegram-ning oxirgi versiyasini o'zining rasmiy saytidan yuklab olish va o'rnatish

💻 Kompyuterga Telegram o'rnatish uchun:

1️⃣ Istalgan brauzerni oching va qidiruv tizimiga "telegram" deb qidiruv bering.
2️⃣ Qidruvning birinchi natijasi Telegram-ning rasmiy sayti (telegram.org)ga o'ting.

Agar Telegram-dan online, ya'ni kompyuterga o'rnatmasdan turib foydalanmoqchi bo'lsangiz qidiruv natijalari pastrog'idagi web.telegram.org dan foydalaning (online Telegram-da programmaga qaraganda kamroq funksiya bo'ladi).

3️⃣ Saytga kirgandan so'ng pastroqda "Telegram for PC" tugmasi bosiladi va undan keyin "Get Telegram for Windows" bosiladi.

4️⃣ Telegram yuklab olingandan so'ng uni o'rnatish uchun oching va birinchi chiqqan menyudan o'zingizga keraklisini belgilang. Kerakli tilni tanlaganingizdan so'ng, programmani qayerga o'rnatishingizni belgilang (videoda D diskka o'rnatilgan, lekin C diskda qoldirib davom etishingiz mumkin). Next > Next > Install tugmasini bosishingiz bilan Telegram kompyuteringizga o'rnatiladi.

🖥 Nafaqat Telegram balki, istalgan programmani xuddi shunday struktura bilan kompyuterga oson o'rnatishingiz mumkin.

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #telegram #foydali
Windows 10 operatsion tizimi nechanchi yili chiqqan?
Anonymous Quiz
55%
2015
25%
2014
20%
2013
Grafik karta ishlayotganini qanday bilsa bo'ladi?

1. Ctrl + Shift + Esc tugmalarini bosing va sizga Task Manager ochiladi.
2. U yerdan Perfomance bo'limiga o'ting va agar u yerda GPU bo'lsa, unda sizning kompyuteringizda grafik karta bor va ishlamoqda.
3. O'ng tomon yuqoridagi burchakda grafik kartangiz nomi yozilgan bo'ladi.

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #videokarta
Microsoft OpenAI-ga milliard dollarlik sarmoya kiritilishini e'lon qiladi

💸 Microsoft kompaniyasi OpenAI uchun milliardlab dollar sarmoya kiritmoqchi va ushbu texnologiyalar bilan ishlaydigan ko'plab yangiliklar qilishi mumkin.

😄 Balikm Windows foydalanuvchilari uchun ham yangiliklar qilishar,kuzatamiz!

OpenAI nima?

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #news #microsoft
2024/10/03 21:30:04
Back to Top
HTML Embed Code: