Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🖥Kompyuterni o'chirish uchun Windows 10/11 da ikonka qanday yaratiladi

➡️O'chirish belgisini yaratish uchun ish stolida sichqonchaning o'ng tugmachasini bosing, kursorni "Создать" bo'limiga olib boring va "Ярлык"-ni tanlang.

➡️"Создать ярлык" oynasi paydo bo'ladi. "Укажите расположение объекта" matn maydoniga pastdagi buyruqni kiriting va "Далее" tugmasini bosing:

shutdown.exe /s

➡️Keyingi oynada, agar kerak bo'lsa, yangi yorliq uchun nom kiriting. Yorliq yaratish jarayonini yakunlash uchun "Готово" tugmasini bosing.

🆗Endi belgini ikki marta bosganingizda, kompyuteringiz o'chadi.

Manba: @it_ishkal

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #windows10 #windows11
⌨️ Agar sizda faqat klaviatura bo'lsa(Мышка bo'lmasa)!

Пуск
-> Выполнить (Win+R) asosiy kommandalari:

calc - kalkulyator
mstsc - "удаленный рабочий стол"
services.msc - windows servislar
notepad - bloknot
msconfig - tizim konfiguratsiyasi
msinfo32 - tizim haqida ma'lumot
compmgmt.msc - kompyuterni boshqarish
eventvwr.msc - windows hodisalarini ko'rish oynasi
control - windows parametrlari
resmon - resurslarni monitoring qilish
cmd - kommandalar kiritish(командная строка)
gpedit.msc - lokal foydalanuvchilarni boshqarish
regedit - windows reestr haqida ma'lumot
firewall.cpl - windwos brandmaur oynasi
C: - C diskka kirish

👉 Birinchi raqamli windows blog | #foydali
Navbatdagi Telegram versiyasi qanday yangiliklarni oʻz ichiga olishi maʼlum boʻldi!

Omma uchun alohida profil surati, boshqalar uchun profil surat taklif qilish, rasm va videolar uchun spoyler formati va boshqalar.

Batafsil: https://www.terabayt.uz/?p=68189

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Windows ga parol qo'yish/o'chirish
#videodars / #windows

ℹ️ Kompyuter yonish paytida kompyuterga kirish uchun parol o'rnatish va ushbu parolni olib tashlashni o'rganamiz!
Buning uchun Win + R ga control buyrug'ini beramiz va videoda ko'rsatilgan ketma ketlikni bajaramiz!

📌 Ushbu parol so'rashini olib tashlash ham mumkin.

▶️ YouTube da ko'rish

: 01:07 💾: 1.9 mb

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #windows
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🤔Videokarta kompyuterga nimaga kerak

Siz qanday videokarta ishlatasiz?

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #videokarta
Noutbuk brendi qanchalik muhim?

🤔 Yangi noutbuk sotib olishda ko'pchilikni shu savol o'ylantiradi: "Qaysi brenddagi noutbuk yaxshi?"

💻 Hammasi zo'r. Lenovo, HP, Dell, Asus, Acer barchasi sifatli noutbuk ishlab chiqaradi. Balki ularning qaysi biriningdir dizayni sizga yoqmasligi mumkin, lekin noutbuk yaxshi.

⚙️ Noutbuk olayotganda brendga e'tibor bermang. Noutbuk xususiyatlari muhimroq. Noutbuk qancha kuchli bo'lsa uning narxi ham shuncha "kuchli" bo'ladi.

📊 Qitmirjon bergan ma'lumotlarga ko'ra, quyida noutbuk ishlab chiqaruvchilarining qaysi biri yetakchilik qilayotganligini ko'rishingiz mumkin:

Lenovo — yiliga 62.97 mln noutbuk ishlab chiqaradi.
HP — 57.92mln
Dell — 43.96 mln
Apple — 18.35 mln
Acer — 14.76 mln
Asus — 14.48 mln

💠 Shuningdek, Microsoft ham o'zining Surface nomli noutbuklarini ishlab chiqaradi. Apple'niki o'zingiz bilasiz.

Menda ACER. Sizdachi?

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #foydali
Kompyuter qotib qolganda qaysi tugmalarni bosish kerak? ⌨️😣

Siz ham kompyuteringiz qotib qolganda asab buzilib, ketma-ket turli tugmalarni beixtiyor bosib chiqasizmi? Tugmalarni tartibsiz bosishning o‘zi katta xato hisoblanadi, chunki bunda kompyuterga bir vaqtning o‘zida ko‘pgina buyruqlar yuboriladi va ularni qayta ishlay olmay, tizim butunlay to‘xtab qolishi mumkin.

Xo‘sh, o‘zi kompyuter qotib, sichqonchasi ishlamay qolganda nima qilish kerak?

• Escape (Esc) tugmasini bosib ko‘rish zarur, u oxirgi berilgan buyruqni bekor qiladi va ayrim hollarda yordam berib qolishi mumkin;

• ALT + F4’ni bir vaqtda bosish bilan qotib qolishga sababchi bo‘lgan dasturni to‘xtatadi, lekin oxirgi ma’lumotlar o‘chib ketishi ehtimoli bor;

• Agar kompyuter o‘yin o‘ynayotganda yoki video tomosha qilayotganda qotib qolsa, SHIFT + CTRL + WIN + B tugmalarini birgalikda bosib ko‘rish kerak. Bu bilan videokarta drayveri qayta yuklanadi;

• Ba’zan sichqonchaning o‘ng va chap tugmalarini ketma-ket bosish yordam berishi mumkin;

• CTRL + SHIFT + ESC’ni bosib, qotib qolgan dasturni “Диспетчер задач” yordamida to‘xtatish mumkin;

• Agar bu yordam bermasa, CTRL + ALT + DEL tugmalarini bosish bilan “Диспетчер задач”ga kirish mumkin. Ayrim hollarda uchala tugmaning bosilishi kompyuterning yana ishlab ketishiga sabab bo‘ladi;

• Bulardan tashqari ALT + TAB’ni bir paytda bosish bilan boshqa oynaga o‘tish sabab, kompyuter yana ishlab ketishi ehtimoli bor;

• Qotib qolgan kompyuterni yana qayta ishga tushirib yuborishga universal yechim yo‘q, 5 daqiqa kutib turish ham yordam berishi mumkin;

• Yuqoridagi ko‘rsatmalar yordam bermagan taqdirda kompyuterning “RESET” tugmasini bemalol bosib, kompyuterni qayta yuklash mumkin.

Manba: ITspecialist

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #foydali #hotkeys
RTX 3060 vs RTX 3050ti qaysi videokarta kuchli deb o'ylaysiz.
Anonymous Poll
54%
RTX 3060
46%
RTX 3050ti
🥳 Google tog'a o'z foydalanuvchilarini Yangi yil bilan tabriklamoqda

Raxmat Google tog'a 😁

@BigMasterUz_bot – universal ustoz!

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | #google
#operatsion_tizim

Windows'da ishchi stolidagi kontekstli menyuga kerakli dasturni qo‘shish (juda foydali qo‘llanma) 🧾

Kontekstli menyu – bu sichqonchaning o‘ng tugmasini bosganda yuzaga keluvchi menyudir.

Windows'da kerakli dasturlarga tezkor murojaat etish uchun, ishchi stolidagi kontekstli menyuga kerakli dasturni qo‘shib qo‘yishimiz mumkin.

Misol uchun, kontektsli menyuga Mozilla Firefox brauzerini qo‘shishni ko‘rib o‘tamiz, Sizdan e’tiborli bo‘lishni va keltirilgan ko‘rsatmalarga qat’iy amal qilishni so‘rab qolamiz.

1️⃣. "Win + R" klavishlari birikmasini bosish orqali "Выполнить" oynasini chaqirib, undagi matn kiritish maydoniga "regedit" buyrug‘ini (qo‘shtirnoqlarsiz) kiriting.

2️⃣. Ochilgan "Редактор реестра" ("Reyestr muharriri") oynasining chap tomonida keluvchi quyidagi bo‘limga o‘tamiz: HKEY_CLASSES_ROOT\Directory\Background\shell

3️⃣. Shell papkasi ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosamiz va "Создать -> Раздел"ni tanlaymiz.

4️⃣. Kontekstli menyuda ko‘rinib turadigan va Firefox brauzerini ishga tushirish uchun nom beramiz, misol uchun "Mening dasturim".

5️⃣. Hosil bo‘lgan "Mening dasturim" bandi ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib, "Создать -> Раздел"ni tanlaymiz va "command" deb (qo‘shtirnoqlarsiz) nom beramiz.

6️⃣. "Command" papkasini belgilab, o‘ng tomonda paydo bo‘lgan По умолчанию (Default) yozuviga sichqonchaning chap tugmasi bilan ikki marta bosamiz.

7️⃣. Paydo bo‘lgan oynaning "Значение" bandiga Firefox brauzerining kompyuterdagi joylashgan manzilini to‘liq kiritamiz, misol uchun: C:\Program Files (x86)\Mozilla Firefox\firefox.exe

8️⃣. "OK" tugmasini bosib, ushbu menyu va oynadan to‘liq chiqib ketamiz.

Natijada, Windows'ning ishchi stolida sichqonchaning o‘ng tugmasini bossangiz, kontekstli menyuda "Mening dasturim" bandi hosil bo‘lganini ko‘rasiz, uning ustiga bosish orqali Mozilla Firefox brauzeri ishga tushishiga amin bo‘lamiz.

☝️Ushbu harakatlar ketma-ketligini diqqat bilan bajaring, tajribasiz reyestr bilan ishlash biroz xavfli, boshqa hech narsani o‘zgartirmang.

📎 Bu yerda ushbu postning video talqini ham keltirilgan, xohishga ko‘ra uni ham tomosha qilishingiz mumkin.

📌 P.S.: Siz kompyuterni quyidagi kiritish qurilmalarining qaysi biri yordamida boshqarishni ko‘proq ma’qul ko‘rasiz?

👉🏼 Birinchi raqamli windows blog | @itspecuz | #foydali #windows
2024/10/04 07:30:13
Back to Top
HTML Embed Code: