Telegram Web Link
#Iqtibos

🖇 “Ilk bor yuragingdan urgan kitob – xuddi birinchi muhabbatdek.”

✍️ O. D. Forsh

📖 @kitoboqiuz 👈
#Iqtibos

🖇 O‘qimagan kishi uchun hech bir kitob yozilmagan, tinglamagan kishi uchun hech bir hikmat aytilmagan.

✍️ Shams Tabriziy


📖 @kitoboqiuz 👈
#asardan_audio_parcha

📕 “Xarobadan chiqqan mashhurlar”

🔖
Mashhurlik nima? U omadmi yoki peshonaga yozilgan taqdir bitigi? Mashhur bo‘lish insonning o‘z xatti-harakatiga bog‘liqmi? Agar shunday desak, bir oyda, hatto bir kunda nom qozongan kishilarga qanday baho berish mumkin? Ko‘chada ketayotgan oddiy yigitcha nogoh biror arbobning nazariga tushib, istiqbolli loyihaga taklif qilinishi, keyin ko‘z ochib yumguncha u shon-shuhratga ko‘milishi ehtimol-dan xoli emas-ku!

📖 @kitoboqiuz 👈

📍Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi
Xarobadan chiqqan mashhurlar
@kitoboqiuz
#asardan_audio_parcha

📕 “Xarobadan chiqqan mashhurlar”

🎤
O‘qidi: Saidakbar Jabboriy

📖 @kitoboqiuz 👈
#Kichik_hikoya

📖 Soat tongi 03:30 edi. Uning telefoni jiringlay boshladi. Yostiqdan ming mashaqqat bilan boshini ko‘tarib, qo‘ng‘iroqqa javob berdi:

— Eshitaman! Kimsiz?

— Menman, o‘g‘lim. Onangman!

— Uff, ona, Xudo xayringizni bersin! Koshki bilsangiz edi, ertaga qiladigan qanchalik muhim ishlarim bor.

— Haligi… O‘g‘lim…

— Nima, ona, nima? Meni shu paytda uyg‘otadigan nima muhim ishingiz bor? Ertalab qo‘ng‘iroq qilsangiz ham bo‘laverardi-ku?

Ona o‘g‘lidan bu sovuq muomalani eshitib qattiq ranjidi, o‘ksindi. Yig‘lamsiragan bir ovozda javob berib telefonni o‘chirdi:

— Bundan roppa-rosa o‘ttiz besh yil avval shunday tun yarmida 03:30 da sen ham meni uyg‘otgan eding!

Yaxshiyamki, tug‘ilgan ekansan, bolam! Seni yaxshi ko‘raman!


📖 @kitoboqiuz 👈
#Iqtibos

🖇
Orzularing tomon eltuvchi eng yaxshi transport bu sening biliming. Shu transportga chiqishing uchun bilet esa kitoblarda yashiringan.

📖 @kitoboqiuz 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Iqtibos

🖇 Qashshoq bo‘lsam ham kitob xarid qilaman. Bundan ortib qolgan pulga esa yegulik yoki kiyim-kechak sotib olaman.

✍️ Erazm Roterdamus

📖 @kitoboqiuz 👈
#Kichik_hikoya

📖 Keksa ayol kafega kirdi. Ofitsiant qiz unga taomnoma keltirdi va nima buyurtma qilishini so‘radi.
Onaxon so‘radi:
- Bir bo‘lak tort qancha turadi?
- Uch yevro - deya javob berdi ofitsiant.
Keksa ayol cho‘ntagidan bir hovuch mayda-chuyda pul chiqardi va ohista sanay boshladi. So‘ng yana so‘radi:
- Bir bo‘lak oddiy keks qancha?
Ofitsiant qiz ayolga g‘azab bilan tikildi. Ko‘p stolga qarashi kerak edi, shuning uchun biroz shoshayotgandi. Besabrlik bilan javob berdi:
- Ikki yevro!
- Yaxshi. Unda bir bo‘lak oddiy keks olaman! - dedi onaxon.
Ofitsiant qiz jahl bilan keksni olib keldi va hisob varaqasini stol ustiga tashladi. Ketayotib “Qurumsoqlar” deya o‘zicha g‘udrandi.
Keksa ayol shirinlikni yeb ohista qo‘zg‘aldi. Pulni stolga qo‘yib, kafedan chiqdi. Ofitsiant qiz stolni tozalash uchun kelib, keksa ayolning bir yevro choychaqa tashlab ketganini ko‘rdi. Ko‘zlari yoshlandi. Ayol qizga choychaqa berish uchun oddiy keks yegandi. U onaxondan uzr so‘rashga kechikkandi...

📖 @kitoboqiuz 👈
#Iqtibos

🖇
Har bir kitobda yo bir naf, yo o‘rnak, yo ilinj, yo odob, yo fikr, yo umid bor.

✍️
Mahmud Zamaxshariy


📖 @kitoboqiuz 👈
🎧 Audio kitob

💿 Audio nomi: “Borsa kelmas darvozasi”
👤 Muallif: Said Ahmad
🔢
Qismlar soni: 1 ta
⚙️ Janr: Hikoya
💾 Hajmi: 15.9 Mb
Davomiyligi: 00:34:26

🎧 @kitoboqiuz

🎵 Marhamat tinglang...👇
Borsa kelmas darvozasi - Said Ahmad
@kitoboqiuz
🎧 Audio kitob

💿 Audio nomi: “Borsa kelmas darvozasi”
👤 Muallif: Said Ahmad
🔢
Qismlar soni: 1 ta
⚙️ Janr: Hikoya
💾 Hajmi: 15.9 Mb
Davomiyligi: 00:34:26

🎧 @kitoboqiuz

🎵 Marhamat tinglang...
#Iqtibos

🖇 Agar farzandlaringiz sizdan pul emas, maslahat kutsalar, demak, ularni to‘g‘ri tarbiya qilibsiz.

✍️ Abu Nasr Farobiy


📖 @kitoboqiuz 👈
#Kichik_hikoya

Achchiq haqiqat

📖 Kampir o‘ylanib o‘tirib o‘tmishni esladi. Nabirasi yoshligida “Buvi, ota-onam nega biz bilan emas, ular qayerda?” savol berganida u “Bolam, ular uzoqqa ketishgan. Bir kun kelib senga ko‘p sovg‘a-salomlar olib qaytib kelishadi” deb javob berardi.
Nabirasi ancha ulg‘ayib qoldi. Endi u savol bermaydi, faqat ma’yus qaraydi xolos. Uning bunday qarashi kampirga “ota-onamni topib bering, aldoqchi” deganday bo‘lib tuyulaveradi. Ammo kampir unga “Otang sen chaqaloqligingda avtohalokatga uchrab vafot etgan. Onang esa “yonimda bo‘lsa oyog‘imga tushov bo‘ladi, qayta turmushga chiqa olmayman” deb, seni menga tashlab ketgan” deb qanday aytsin?

✍️ Alp Arslon

📖 @kitoboqiuz 👈
#Iqtibos

🖇 Kitobdan emas, kitobsizlikdan qo‘rqing. Kitob istiqbolga yo‘llangan maktubdir… Bashang kiyingan hayajon, mumiyolangan tafakkur…

✍️ Jemil Merich

📖 @kitoboqiuz 👈
#Kichik_hikoya

Eng qayg‘uli hikoya

Uch kishi to‘qsoninchi qavatga zinapoyadan ko‘tarila boshlashdi. Lift dushanbagacha ishlamas ekan, dam olish kunlari Semga u-bu hujjatlari kerak bo‘lib qolgandi. Qavatma-qavat ko‘tarilisharkan, vaqtni o‘ldirish hamda zerikib qolmaslik uchun galma-gal turli-tuman quvnoq va qayg‘uli hikoyalarni aytib berishga kelishib olishdi. Nihoyat, to‘qsoninchi qavatga chiqishganda, eng qayg‘uli hikoyani Sem aytib berdi.

– Pastda kalitni unutib qoldiribman, – dedi-yu, behush bo‘lib yiqildi.

📖 @kitoboqiuz 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kichik_hikoya

Dunyoqarash

Ikki aka-uka bor edi. Akasi sahiy, omadli va boy, ukasi esa qotil, yomon inson bo‘lgan ekan. Sud oldidan jurnalistlar qotil ukaga savol berishdi:
— Qanday qilib jinoyat yo‘liga kirib qoldingiz?
— Meni bolaligim og‘ir o‘tgan. Otam ichardi, onamni va meni kaltaklardi. Yana kim bo‘lishim mumkin edi?!
Keyin jurnalistlar akani savolga tutishdi:
— Siz shuncha yutuqlarga qanday qilib erishdingiz?
— Mening bolaligim og‘ir o‘tgan. Otam ichardi, onamni va meni kaltaklardi. Yana kim bo‘lishim mumkin edi…?!

📖 @kitoboqiuz 👈
2024/11/15 07:40:02
Back to Top
HTML Embed Code: