Telegram Web Link
Hozirgi davrda dunyoda kitoblar, ilm-fan va boshqa foydali ma’lumotlarni o‘zida jamlagan ko‘plab qidiruv tizimlari mavjud.
Siz ilm-fan bilan shug‘ullanish jarayonida asqatadigan qidiruv tizimlarini o‘zingizga saqlab qo‘ying va ulardan unumli foydalaning.

www.refseek.com - akademik resurslar bo‘yicha qidiruv tizimi. Ushbu sayt bir milliarddan ortiq manbalar: ensiklopediyalar, monografiyalar, jurnallarni o‘ziga jamlagan.

www.worldcat.org - jahon kutubxonalarida mavjud bo‘lgan 20 ming kerakli kitobning elektron variantdagi jamlanmasi. Sizga kerak bo‘lgan eng noyob kitoblar aynan shu yerda.

https://link.springer.com - - 10 milliondan ortiq ilmiy adabiyotlar: kitoblar, maqolalar, tadqiqot natijalari joylashtirilgan sayt.

www.bioline.org.br - rivojlanayotgan mamlakatlarda chop etilgan biologiya faniga oid ilmiy jurnallar kutubxonasi.

http://repec.org - 102 ta turli mamlakatdan kelgan ko‘ngillilar tomonidan iqtisodiyot va tegishli fanlar bo‘yicha to‘plagan 4 million qimmatli kitoblar manbasi.

www.science.gov - 2200+ ilmiy saytlar bo‘yicha Amerika davlat qidiruv tizimi, unda 200 milliondan ortiq maqolalarni o‘qishingiz mumkin.

www.pdfdrive.com - PDF formatidagi 225 milliondan ortiq kitoblarni bepul yuklab olish uchun eng yirik sayt.

www.base-search.net - ilmiy tadqiqotlar matnlari bo‘yicha eng yaxshi qidiruv tizimlaridan biri. 100 milliondan ortiq ilmiy hujjatlar ushbu saytda mavjud bo‘lib, ularning 70 foizini bepul yuklab olishingiz mumkin.

Manba
Forwarded from AOKA - Rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
АОКА тизимидаги "Ўзбекистон" ДУК нашриёти томонидан “Китобхон болалар” лойиҳаси доирасида 20 номдаги болалар адабиёти нашрга тайёрлагани хабар қилинган эди.

Ахборот ва оммавий коммуникациялар агентлиги томонидан нашрлардан бири — Ориф Тўхташнинг "Шалола" шеърий тўпламидан “Укамнинг туши” шеъри асосида сунъий интеллект ёрдамида 3D аннимацион видеоролик ишланди.

⚡️ Маълумот учун: "Шалола" шеърий тўплами 5000 нусхада чоп этилган. Китобдан ўрин олган турли мавзуларда қизиқарли ва ажойиб саргузаштларга бой шеърлар ўқувчи болажонларни қизиқтириши, шубҳасиз. "Шалола" шеърий тўпламни барча китоб дўконларидан харид қилишингиз мумкин.

Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Медиабанк | Сайт
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kichik_hikoya

Noshukurlik

📖
Andrey bobo nevarasi Matveyni mehmonga chaqirdi. Dasturxonga katta kosada asal va non qo‘yib, nevarasiga manzirat qildi:
– Ye, bolam, asaldan ol. Xohlasang qoshiqlab, xohlasang non bilan tushir. Olaver.
Matvey dastlab asalni nonga bulab yedi, keyin nonga asal surtib uraverdi. Oxiri nafas ololmay qoldi. Terlarini artib, tin oldi va so‘radi:
– Bobo, bu jo‘ka asalimi yo marjumak asalimi?
– Nima deding? – hayron bo‘lib so‘radi bobo. – Marjumak asali-da, bolam.
– Baribir jo‘ka asali shirinroq bo‘ladi-da, – dedi Matvey va esnadi: to‘yib ovqatlanganidan uning uyqusi kelardi.
Andrey boboning yuragini qandaydir og‘riq g‘ijimladi. U jim qotdi. Nevara bo‘lsa so‘rashda davom etdi:
– Nonning uni bahorgi bug‘doynikimi yo kuzginikimi?
Andrey boboning rangida rang qolmadi. Qalbida qattiq og‘riq tuydi. Nafas olishi qiyinlashdi. Ko‘zlarini yumib, ingrab yubordi.

✍️ Vasiliy Suxomlinskiy 🔁 Orif Tolib tarjimasi

📖 @kitoboqiuz 👈
🎧 Audio hikoya

💿 Audio nomi: Tosh kelinchak
👤 Muallif: Isajon Sulton
🔢 Qismlar soni: 1 ta
⚙️ Janr: Hikoya

💾 Hajmi: 11.7 MB
Davomiyligi: 00:25:25

🎧 @kitoboqiuz 👈

🎵Marhamat tinglang ...👇
Tosh kelinchak - Isajon Sulton
@kitoboqiuz
🎧 Audio hikoya

💿 Audio nomi: Tosh kelinchak
👤 Muallif: Isajon Sulton
🔢 Qismlar soni: 1 ta
⚙️ Janr: Hikoya

💾 Hajmi: 11.7 MB
Davomiyligi: 00:25:25

🎧 @kitoboqiuz 👈

🎵Marhamat tinglang ...
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 "Temur tuzuklari" kitobining mazmuni 10 daqiqada.

♻️ Doʻstlaringizga ham ulashing!

📖 @kitoboqiuz 👈

@ondaqiqa kanalidan olindi.
#Iqtibos

🖇
Insonni tishlaydigan kitoblar bor. O‘qiyotgan narsalaring boshingga bir musht tushirib, seni uyg‘otmayotgan bo‘lsa foydasizdir.

Frans Kafka

📖 @kitoboqiuz 👈
📓 1966-yildan boshlab dunyo olimlari qizil kitobni joriy qilgan bo‘lib, unga yo‘qolish xavfi ostida turgan o‘simlik va hayvon turlari kiritilgan. Shuningdek, qora kitob ham mavjud bo‘lib, bunga insonning halokatli faolyati tufayli Yer yuzidan butunlay yo‘qolib ketgan hayvon va o‘simlik turlari kiritiladi.

Manba: @Daxshatli_faktlarr 👈

📖 @kitoboqiuz 👈
Nimaga kitoblarning chetiga yozilmaydi?

— Qadimda kitoblar kitob javonlarida turgan va ularni sichqonlar kemirib tashlagan. Sichqonlar asosan kitobning chekka qismini kemirgani uchun ham kitoblarning chekkasiga yozilmagan va bu odatga aylangan.

📖 @kitoboqiuz 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Iqtibos

🖇 “Ilk bor yuragingdan urgan kitob – xuddi birinchi muhabbatdek.”

✍️ O. D. Forsh

📖 @kitoboqiuz 👈
#Iqtibos

🖇 O‘qimagan kishi uchun hech bir kitob yozilmagan, tinglamagan kishi uchun hech bir hikmat aytilmagan.

✍️ Shams Tabriziy


📖 @kitoboqiuz 👈
#asardan_audio_parcha

📕 “Xarobadan chiqqan mashhurlar”

🔖
Mashhurlik nima? U omadmi yoki peshonaga yozilgan taqdir bitigi? Mashhur bo‘lish insonning o‘z xatti-harakatiga bog‘liqmi? Agar shunday desak, bir oyda, hatto bir kunda nom qozongan kishilarga qanday baho berish mumkin? Ko‘chada ketayotgan oddiy yigitcha nogoh biror arbobning nazariga tushib, istiqbolli loyihaga taklif qilinishi, keyin ko‘z ochib yumguncha u shon-shuhratga ko‘milishi ehtimol-dan xoli emas-ku!

📖 @kitoboqiuz 👈

📍Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi
Xarobadan chiqqan mashhurlar
@kitoboqiuz
#asardan_audio_parcha

📕 “Xarobadan chiqqan mashhurlar”

🎤
O‘qidi: Saidakbar Jabboriy

📖 @kitoboqiuz 👈
#Kichik_hikoya

📖 Soat tongi 03:30 edi. Uning telefoni jiringlay boshladi. Yostiqdan ming mashaqqat bilan boshini ko‘tarib, qo‘ng‘iroqqa javob berdi:

— Eshitaman! Kimsiz?

— Menman, o‘g‘lim. Onangman!

— Uff, ona, Xudo xayringizni bersin! Koshki bilsangiz edi, ertaga qiladigan qanchalik muhim ishlarim bor.

— Haligi… O‘g‘lim…

— Nima, ona, nima? Meni shu paytda uyg‘otadigan nima muhim ishingiz bor? Ertalab qo‘ng‘iroq qilsangiz ham bo‘laverardi-ku?

Ona o‘g‘lidan bu sovuq muomalani eshitib qattiq ranjidi, o‘ksindi. Yig‘lamsiragan bir ovozda javob berib telefonni o‘chirdi:

— Bundan roppa-rosa o‘ttiz besh yil avval shunday tun yarmida 03:30 da sen ham meni uyg‘otgan eding!

Yaxshiyamki, tug‘ilgan ekansan, bolam! Seni yaxshi ko‘raman!


📖 @kitoboqiuz 👈
#Iqtibos

🖇
Orzularing tomon eltuvchi eng yaxshi transport bu sening biliming. Shu transportga chiqishing uchun bilet esa kitoblarda yashiringan.

📖 @kitoboqiuz 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Iqtibos

🖇 Qashshoq bo‘lsam ham kitob xarid qilaman. Bundan ortib qolgan pulga esa yegulik yoki kiyim-kechak sotib olaman.

✍️ Erazm Roterdamus

📖 @kitoboqiuz 👈
2024/09/27 04:28:23
Back to Top
HTML Embed Code: