Telegram Web Link
​​📢 E’LON

30-iyun “Yoshlar kuni” munosabati bilan O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Tengdoshimdan tavsiya” tanlovini e’lon qiladi!

🏆 Munosib topilgan faxrli 3 ta o‘rin uchun Milliy kutubxona ma’muriyati tomonidan qimmatbaho sovg‘alar 🎁 topshiriladi!

📜 TANLOV SHARTLARI:

📚 Siz sevib o‘qigan, do‘stingizga tavsiya qila oladigan kitobingizni qisqacha mazmunini yozishingiz kerak;

🔢 Matndagi so‘zlar soni 400 tadan oshib ketmasligi shart;

🗂 Ijodiy ishlar Word formatda, 14 shriftda, lotin alifbosida (@Tengdoshimdan_tavsiya_bot) telegram manziliga yuborilishi lozim.

📞 Siz bilan bog‘lana olishimiz uchun telefon raqamingizni va ism-sharifingizni yozib qoldiring.

📆 Qabul muddati: 31.05.2024-15.06.2024

🎯 Tanlovning asosiy maqsadi kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, mutolaa madaniyatini shakllantirish va siz o‘qib ta’sirlangan, hayotingizni o‘zgartira olgan o‘zbek va jahon adabiyotlaridan boshqalarni ham boxabar qilish hamda uni o‘qishga undashdir.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
🎧 Audio kitob

💿 Audio nomi: “Bir siqim xandon pista”
👤 Muallif: Said Ahmad
🔢
Qismlar soni: 1 ta
⚙️ Janr: Hikoya
💾 Hajmi: 16.8 Mb
Davomiyligi: 00:15:47

🎧 @kitoboqiuz

🎵 Marhamat tinglang...👇
Bir siqim xandon pista - Said Ahmad
@kitoboqiuz
🎧 Audio kitob

💿 Audio nomi: “Bir siqim xandon pista”
👤 Muallif: Said Ahmad
🔢
Qismlar soni: 1 ta
⚙️ Janr: Hikoya
💾 Hajmi: 16.8 Mb
Davomiyligi: 00:15:47

🎧 @kitoboqiuz

🎵 Marhamat tinglang...
​​#Kichik_hikoya

YOVVOYI ECHKILAR VA CHO‘PON


📖 Bir cho‘pon echkilarini har kuni yaylovga haydar va kechqurun ularni yana qo‘rasiga qaytarib kelardi. Mana, u echkilarini qo‘raga qaytargani o‘tloqqa bordi. Qarasa, bir gala yovvoyi tog‘ echkilari uning echkilari bilan o‘tlab yurganmish. Cho‘pon ularni ham o‘z echkilariga qo‘shib qo‘raga haydab kiritibdi. Ertasi kuni havo aynib, jala quya boshlabdi, shu bois u jonivorlarni qo‘radan chiqarmay, shu yerda boqa boshlabdi. Qizig‘i shundaki, u o‘zining echkilariga nomiga bir siqim-bir siqimdan xashak solsa, begona echkilar oldiga, ularni qo‘lga o‘rgatish niyatida, pichan va yemni uyib tashlabdi. Lekin ertasi kuni havo yurishib ketib, u barcha echkilarni o‘tloqqa haydab chiqqanida, yovvoyi echkilar tog‘ tomon shataloq otib chopib ketibdilar. Bu holni ko‘rgan cho‘pon ta’na qilib, ularga debdi: “Eh noshukur maxluqlar, axir men sizlarni yaxshilab boqdim, parvarish qildim-ku, nega mendan qochib ketyapsizlar?” Shunda yovvoyi echkilar orqalariga o‘girilib cho‘ponga debdilar: “Biz senikiga kechagina kelgandik, sen bizni o‘zingning qadrdon echkilaringdan afzal ko‘rib rosa siylading. Bundan chiqadi, agar senikiga yana yangi echkilar kelgudek bo‘lsa, bizni nazardan qoldirib, ularni e’zozlar ekansan-da? Mana shuning uchun ham o‘zimizni sendan ehtiyot qilmoqdamiz”.

✍️ Ezop masali

💠 @kitoboqiuz👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Abu Rayhon Beruniy haqidagi risola mazmuni 10 daqiqada.

♻️ Doʻstlaringizga ham ulashing!

📖 @kitoboqiuz 👈

@ondaqiqa kanalidan olindi.
#Iqtibos

📖 Kitob o‘qiyotgan qizni ko‘rib qolsangiz, qo‘yib yubormang. Yarim kechasi o‘qigan romanidan ta’sirlanib yig‘lab o‘tirganini ko‘rsangiz, issiq choy damlab bering va bag‘ringizga bosib yupating. Shunda u doim sizning yoningizga qaytadi. Romanlarining qahramonlari haqiqiy ekanini to‘lib-toshib gapiradi... Kitob o‘qiyotgan qizni qo‘yib yubormang, aksincha, muhabbatiga sazovor bo‘ling. Tasavvuringizdagidan chandon yorqinroq hayotni sizga taqdim etajak bu qizning muhabbatiga albatta sazovor bo‘ling. Qalbingizda va atrofda tinchlik bo‘lishini istasangiz, kitob o‘qiyotgan qizni qo‘yib yubormang!

✍️ Robert Pattinson

💠 @kitoboqiuz👈
🎧 Audio kitob

💿 Audio nomi: “Yozilmagan hikoya”
👤 Muallif: O‘.Genri
🔢
Qismlar soni: 1 ta
⚙️ Janr: Hikoya
💾 Hajmi: 9.2 Mb
Davomiyligi: 00:09:53
🎤 O‘qidi: Aziza Qurbonova

🎧 @kitoboqiuz

🎵Marhamat tinglang ...👇
Yozilmagan hikoya - Oʻ.Genri
@kitoboqiuz
🎧 Audio kitob

💿 Audio nomi: “Yozilmagan hikoya”
👤 Muallif: O‘.Genri
🔢
Qismlar soni: 1 ta
⚙️ Janr: Hikoya
💾 Hajmi: 9.2 Mb
Davomiyligi: 00:09:53
🎤 O‘qidi: Aziza Qurbonova

🎧 @kitoboqiuz

🎵Marhamat tinglang ...
#Iqtibos

-Ortingda kim turibdi ?
-Vijdonimdan bo'lak, hech narsa ...


✍️ Javlon Jovliyev
📓 "Qo‘rqma"
kitobidan

📖 @kitoboqiuz 👈
#Iqtibos

🖇
​​Menimcha, barcha eski kitoblarni o'qib tugatmagan insonning, yangi kitoblarni ulardan afzal deyishlikka hech qanday haqqi yo'q
.

✍️ Sharl Lui Monteske


💠 @kitoboqiuz👈
🎧 Audio hikoya

💿 Audio nomi: Otamga nimadir bo‘ldi
👤 Muallif: Isajon Sulton
🔢 Qismlar soni: 1 ta
⚙️ Janr:
Hikoya
💾 Hajmi: 11.6 MB
Davomiyligi: 00:16:53

🎧 @kitoboqiuz 👈

🎵Marhamat tinglang ...👇
Otamga nimadir boʻldi - Isajon Sulton
@kitoboqiuz
🎧 Audio hikoya

💿 Audio nomi: Otamga nimadir bo‘ldi
👤 Muallif: Isajon Sulton
🔢 Qismlar soni: 1 ta
⚙️ Janr:
Hikoya
💾 Hajmi: 11.6 MB
Davomiyligi: 00:16:53

🎧 @kitoboqiuz 👈

🎵Marhamat tinglang ...
✍️ Hamma narsa ustida kelishsa bo‘ladi! Bu shubhasiz va muqarrar!

Muzokaralar olib borishda butun dunyoga ma’lum va mashhur mutaxassislardan biri Gevin Kennedi "Hamma narsa ustida kelishsa bo‘ladi" nomli asarida har qanday muloqotda yuqori natijaga erishish mumkinligini "isbotlab bergan".

Infografikada kitobdan keltirilgan parchalar sizni mutolaaga qiziqtirishi shubhasiz.

@kitoboqiuz 👈
#asardan_parcha

📕 “Ajdarning tavbasi”

✍️ O‘tkir Hoshimov

🔖 O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimovning asarlaridan musiqiy ohang, samimiyat har bir o‘quvchini maftun etadi. Buning boisi, adib asarlarining jozibadorligi, xalqchilligida. Adibning hajviy hikoyalarida ham ana shu jozibadorlik, samimiylik ustuvorlik qiladi.

📖 @kitoboqiuz 👈

📍Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi
Ajdarning tavbasi – O‘tkir Hoshimov
@kitoboqiuz
#asardan_audio_parcha

📕 “Ajdarning tavbasi”

✍️ O‘tkir Hoshimov

🎤
O‘qidi: Saidakbar Jabboriy

📖 @kitoboqiuz 👈
​​#Kichik_hikoya

📖 Bir kuni bir shoh xazinasiga g‘aznachi tayinlamoqchi bo‘libdi va munosibini tanlab olish uchun nomzodlarni sinovdan o‘tkaza boshlabdi. Sinov shundan iborat ekanki, kim chiroyli o‘ynasa, o‘sha g‘aznachi bo‘lar ekan. Nomzodlar raqslarini namoyish etishlaridan avval bir xonaga bir fursat o‘tirib, keyin shohning huzuriga kirishar ekan.

Hamma nomzodlar raqslarini namoyish etishayotganda qandaydir og‘ir va shubhali harakatlarni amalga oshirishar ekan. Biroq, bir nomzod shunday yengil va bexijolat raqs ko‘rsatibdiki, shoh o‘shani g‘aznachi qilib tayinlashni buyuribdi.

Vazirlar nimaga bunday qilganini so‘rashganida, shoh shunday javob qilibdi:
– Har bir nomzod raqsini ko‘rsatishidan avval tillolar to‘ldirib qo‘yilgan xonaga kiritib qo‘yildi va ular tillolarni hamma yeriga joylab chiqishdi. Natijada, raqs ko‘rsatayotganda yashirgan tillolari bilinib qolmasligi uchun og‘ir harakat qilishdi. Faqatgina hech qanday oltin yashirmagan nomzodgina qushdek yengil o‘ynadi.

📌 Darhaqiqat, odam qanchalik toza bo‘lsa, harakatlari shunchalik erkin bo‘ladi.

💠 @kitoboqiuz👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📚 “Asarlar to‘plami”
✍️ Abdulla Oripov


“Mening deyarli har bir she’rim hayotdagi ma’lum bir voqea, hodisa bilan bog‘liq, jo‘nroq qilib aytganda, har birining turtkisi bor”, - Abdulla Oripov.


📖 @kitoboqiuz 👈
Tanlangan asarlar - Abdulla Oripov.rar
88.9 MB
🌐 O‘zbek adabiyoti
✍️ Abdulla Oripov
📚 “Asarlar to‘plami”
⚙️ She’r, doston va tarjimalar
⚖️ 88,9 MB
🔎 RAR {PDF}

To‘plam tarkibi:
1. Birinchi muhabbatim
2. Haj daftari. Hikmat sadolari
3. Hayrat
4. Ishonch ko‘priklari (1989)
5. Jannatga yo‘l (1980)
6. Ko‘ztumor
7. Menga xushxabar ayt (2009)
8. Mitti yulduz (2002)
9. Najot qal’asi
10. O‘zbekiston. Qasida (1972)
11. Quyosh bekati
12. Ruhim
13. Savob
14. Shoir yuragi
15. Surat va siyrat
16. Talosh pallasi (2007)
17. Tanlangan asarlar. 1-jild. She’rlar va dostonlar
18. Tanlangan asarlar. 2-jild. She’rlar
19. Tanlangan asarlar. 2-jild. She’rlar va dostonlar
20. Tanlangan asarlar. 3-jild. Tarjimalar
21. Tanlangan asarlar. 5-jild. Adolat ko‘zgusi
22. Tanlangan asarlar. 6-jild. Quyosh bekati
23. Tanlangan asarlar. 7-jild
24. Tanlangan asarlar. 8-jild
25. Yillar armoni (1987)

📖 @kitoboqiuz 👈
#Iqtibos

🖇 Kitoblar orzu-istak tug‘diradi, uni hayotga chorlaydi, kishini fikrlashga majbur etadi, muhokamalarda mustaqil bo‘lish qobiliyatini tarbiyalaydi.

✍️ S. T. Strumilin

📖 @kitoboqiuz 👈
2024/11/15 15:45:30
Back to Top
HTML Embed Code: