Telegram Web Link
Самуель_Хантингтон_Цивилизациялар_тўқнашуви.pdf
3.9 MB
🌐 Jahon adabiyoti
✍️ Samuel Xantington
📚 Sivilizatsiyalar to‘qnashuvi
📖 426 sahifa
✔️ Kirill alifbosida
💾 pdf, 3.9 Mb

📖 @kitoboqiuz 👈
📔 Вugun kitobxonlarga 1-raqamli xalqaro bestsellerni taqdim etamiz.

📌 173 ta mamlakatda 38 ta tilda chop etilgan, XX asrning biznes bo‘yicha eng ta’sirli kitobi deb atalgan – "Muvaffaqiyatli insonlarning 7 ko‘nikmasi" asari.

Muallif asardan maksimal samarali foydalanishda yordam beradigan ikkita maslahat beradi:

1️⃣ Kitobni shunchaki o‘qimang, balki u bilan ishlang: amaliy vazifalarni bajarishda muayyan ko‘nikmani takror tafakkur qiling.

2️⃣ O‘rgangan ko‘nikmangizni boshqa insonga so‘zlab bering: siz bilimingizni boshqalar bilan bo‘lishganda yanada kengroq fikrlaysiz va uni chuqurroq o‘zlashtirasiz.

❗️Fursatni boy bermang. Stiven Kovi maslahatlari bilan muvaffaqiyatga erishish ko‘nikmalarini rivojlantiring.

📖 @kitoboqiuz 👈
📚 Erondagi mobil kutubxona, 1970-yil.

📖 @kitoboqiuz 👈
⚠️ Dunyodagi eng og'ir kitob Londondagi Britaniya muzeyida saqlanayotgan "Klenkening geografik atlasi"dir. U 1660 yilda ingliz qiroli Charlz II ga gollandiyalik savdogar Yoxannes Klenke tomonidan monarxiyaning tiklanishi sharafiga sovg'a qilingan.

⚖️ Kitobning hajmi barchani hayratga soladi. Ochilgan holda kitobning kengligi 1,9 m; balandligi esa 1,75 m bo'lgan atlasning og'irligi 320 kg.ni tashkil qiladi. Uni ko'tarish uchun olti kishi kerak bo'ladi.

🏛 Klenkening geografik atlasi Britaniya muzeyida saqlanadi. Jamoatchilik uni birinchi marta 2010 yilda, ommaga namoyish etilganda ko'rishga muvaffaq bo'ldi. Atlas o'zining o'lchamlaridan tashqari, qadimiy, ehtiyotkorlik bilan tuzilgan xaritalari bilan ham ajralib turadi (jami 39 ta).

📖 @kitoboqiuz 👈
📔 Hammualliflar Kerri Patterson, Jozef Grenni, Ron Makmillan "Qiyin dialoglar"da oson suhbatlashish usullarini kitobxonlarga taqdim etadi.

Qiyin suhbatlarda an'anaviy muzokara usullari odatda unchalik samarali emas. Bundan tashqari, ularni qo'llash qiyin.

Ushbu kitob sizga eng qiyin vaziyatlardan chiqish ko'nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi.

Undan siz muhim muzokaralarga qanday tayyorgarlik ko'rishni;

suhbatda ishonchli muhitni qanday yaratish kerakligini;

suhbat nazoratdan chiqib ketayotganini o'z vaqtida qanday sezish kerakligini;

qanday qilib ishonchli va to'g'ri bo'lishni o'rganasiz.

📖 @kitoboqiuz 👈
Nega muvaffaqiyatli odamlar bunchalik ko‘p yutuqlarga erishadilar?

✔️Chunki ular kun tartibiga qat’iy rioya qilishadi. Ular tongni kun davomida o‘zlarini energiya bilan ta’minlaydigan, har qanday qiyin vazifani uddalshga tayyor holatda boshlaydilar.

✔️"Eng samarali tong" kitobi tongda tetik uyg‘onishingiz va subhidamning qimmatli soatlaridan unumli foydalanishga yordam beradigan oddiy usullarni taklif qiladi.

✔️Muallif Es Djey Skott asarida tunda yaxshi uxlashingizga yordam beradigan 25 ta tasdiqlangan maslahat, kun bo‘yi g‘ayratli bo‘lishning 8 ta strategiyasi, shaxsiy tonggi odatlarizni shakllantirishga ko‘maklashadigan 2 ta namunani batafsil sharhlab, ochib bergan.

✔️Bundan tashqari, kitob har qanday maqsadni belgilash va unga osonlik bilan erishish uchun "kuch soati" dan foydalanishni taklif qiladi.

📖 @kitoboqiuz 👈
📚 Hikoyalar
✍️ Anton Chexov
📝 Rus adibi A. P. Chexov dunyo hikoyachiligiga katta hissa qo‘shgan ijodkorlardan biri sanaladi. Uning hikoyalari qisqaligi, real hayotiy voqealarga asoslangani, shuningdek, o‘ziga xos badiiy uslubi bilan ajralib turadi. A. P. Chexov o‘z hikoyalarida ulkan tarixiy yoki favqulodda jahonshumul hodisalarni qalamga olmaydi. Balki oddiy rus odamlari qatnashgan, bir tomondan juda sodda ko‘ringan voqealarni qiziqarli bayon qiladi, unga mahorat bilan badiiy bo‘yoq beradi.

📖 @kitoboqiuz 👈
Hikoyalar - Anton Chexov.pdf
9.6 MB
🌐 Rus adabiyoti
✍️ Anton Chexov
⚙️ Hikoyalar
📖 271 sahifa
✔️ Kirill alifbosida
💾 pdf, 9.5 Mb

📖 @kitoboqiuz 👈
🎧 Audio kitob

💿 Audio nomi: “Er-xotin”
👤 Muallif: Togʻay Murod
🔢 Qismlar soni: 1 ta
⚙️ Janr: Hikoya
💾 Hajmi: 9.6 MB
Davomiyligi: 00:10:32

🎧 @kitoboqiuz

🎵 Marhamat tinglang ...👇
Togʻay Murod - Er-xotin (hikoya)
@kitoboqiuz
🎧 Audio kitob

💿 Audio nomi: “Er-xotin”
👤 Muallif: Togʻay Murod
🔢 Qismlar soni: 1 ta
⚙️ Janr: Hikoya
💾 Hajmi: 9.6 MB
Davomiyligi: 00:10:32

🎧 @kitoboqiuz

🎵 Marhamat tinglang ...
#Kichik_hikoya

📖 Bir donishmand shogirdiga shunday savol beribdi:
- Agar men mehmonxonada qoladigan bo‘lsam va u mehmonxonaning ichini to‘laligicha boshqatdan ta’mirlatsam, bezaklarini boshqatdan qilsam, uni to‘laligicha o‘zgartirsam, yerdagi gilamlaridan tortib, shiftdagi qandillarigacha... Sen bu haqida menga nima degan bo‘lar eding?
- Axir, Ustoz… u yerda shunchaki bir-ikki kungina qolasiz xolos-ku?!
- Aynan! Aynan bu dunyo hayoti ham shunaqa… Bor yo‘g‘i bir-ikki kunlik xolos…

Xulosa o‘zingizdan!


💠 @kitoboqiuz👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Комфорт зона" атамасини ҳар қандай прогрессив ўсишда аҳамияти юқорилигини доимо таъкидлаймиз.

Аслида ҳам шундайми?

🔵Келинг таҳил қиламиз: комфорт зонада ва ундан ташқарида эришилган муваффақият ва ютуқларни таққослаймиз.

🔵Бунда бизга видеороликдаги тавсиялар, кузатувлар ва хулосалар ёрдам беради.

🔵 Биргаликда томоша қиламиз!

〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️

"Komfort zona" atamasini har qanday progressiv o‘sishda ahamiyati yuqoriligini doimo ta’kidlaymiz.

Aslida ham shundaymi?

🔵Keling tahil qilamiz: komfort zonada va undan tashqarida erishilgan muvaffaqiyat va yutuqlarni taqqoslaymiz.

🔵Bunda bizga videorolikdagi tavsiyalar, kuzatuvlar va xulosalar yordam beradi.

🔵Birgalikda tomosha qilamiz!

💠 @kitoboqiuz👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📖 Bir kunda bir bet kitob o‘qing!

🎤 Muhammadali Eshonqulov

💠
@kitoboqiuz👈
KITOB BOSISH

Boʻyoqni bosma formadan qogʻozga oʻtkazib, kitob, jurnal, gazeta va boshqa bosma mahsulotlari tayyorlanadigan ishlab chiqarish jarayonlari. “Kitob bosish” iborasi bosma kitob tayyorlash tarixi haqida fikr yuritilganda ishlatiladi, zamonaviy Kitob bosishda esa poligrafiya termini ancha keng tarqalgan. Kitob bosishning oʻtmishdoshi ksilografik bosma boʻlib, unda bosiladigan butun bir bet yozuv taxtaga oʻyib qoʻyilardi. XI asrdan boshlab Xitoyda kitobni qoʻlda koʻchirishdan bosish usuliga oʻtilgan. Biroq, bu usul keng rivojlanmadi. Faqat taxminan 400 yil oʻtgandan soʻng Yevropada harf terish shrifti ixtiro qilindi. Oʻsha davrda bir vaqtning oʻzida bir necha mamlakatlar — Germaniya, Niderlandiya, Italiya, Fransiyada bir-biridan mustasno bir necha ustalar, bitta muammo ¬– bosma mashina yaratish ustida ish olib borishgan. Hozirgi vaqtda tarixchilar bu muammoni birinchi marta germaniyalik Iogann Gutenberg (1399— 1468) hal qilganligini aytishadi.

📩Do'stlarga ham ulashing:

Manba

💠 @kitoboqiuz👈
#Kichik_hikoya

📖 Bir saxiy inson do‘stidan so‘rabdi.
— Bir odamga 10 000 $ ehson qilmoqchiman, nima deysan?
— Yo‘g‘-e, do‘stim, bu ko‘p-ku, shuncha ham ehson qilasanmi?
— Ha, unda, 1 000 $ bersamchi?
— Bu ham ko‘p.
— 100 $ bersamchi?
— Qo‘ysang-chi, 100-200 ming so‘m bersang ham yetadi.
— Eh, do‘stim-a, o‘sha pulni senga bermoqchi edim. Baxilliging sabab, meni ehson qilishdan, o‘zingni esa ne’matdan mahrum qilding.

Xulosa o‘zingizdan!

💠 @kitoboqiuz👈
🎧 Audio kitob

💿 Audio nomi: “Nega? Nega-a-a?”
👤 Muallif: O‘tkir Hoshimov
🔢 Qismlar soni: 1 ta
⚙️ Janr: Hikoya
💾 Hajmi: 17.7 MB
Davomiyligi: 00:20:24
🎤 O‘qidi: Aziza Qurbonova

🎧 @kitoboqiuz

🎵 Marhamat tinglang ...👇
Nega? Nega-a-a? - O‘tkir Hoshimov
@kitoboqiuz
🎧 Audio kitob

💿 Audio nomi: “Nega? Nega-a-a?”
👤 Muallif: O‘tkir Hoshimov
🔢 Qismlar soni: 1 ta
⚙️ Janr: Hikoya
💾 Hajmi: 17.7 MB
Davomiyligi: 00:20:24
🎤 O‘qidi: Aziza Qurbonova


🎧 @kitoboqiuz

🎵 Marhamat tinglang ...
#Iqtibos

🖇 Men kitoblarni emas, kitoblar meni yaratdi.

✍️ Mishel de Monten

📖 @kitoboqiuz 👈
Forwarded from Mutolaa
Nazm kechasiga marhamat!

😊 Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi “Mutolaa” loyihasi hamda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamkorligida “MUTOLAA’DA SHE’RIYAT” nomli teatrlashtirilgan nazm kechasini taqdim etadi.

• Dastur qahramoni: “Shuhrat” medali sohibi, shoir BEK ALI

• Mehmon: shoir va aktyor ERKIN BOZOROV

📝 So‘z va adabiyot muxlislarini 29-may kuni soat 17:00 da O‘zbekiston Milliy kutubxonasida kutib qolamiz.

Ro’yxatdan o’tish uchun ushbu soʻrovnomani to’ldiring:
https://forms.gle/LdKWstnmxBg4RPD26

BU UNUTILMAS KECHA BO‘LADI!

Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🧠 Xotira va kitob o‘qish bo‘yicha Robert Grin texnikasi.

🎙 Muhammadali Eshonqulov

💠 @kitoboqiuz👈
2024/09/27 04:20:14
Back to Top
HTML Embed Code: