Telegram Web Link
💪 Kunning "kitobiy dalili": o‘z davrining temir qo‘llari

🔰 Qo‘lyozma kitoblar!

Qadimgi Konstantinopolda taxminan 1600 yil avval 120 mingga yaqin qo‘lyozma kitobdan tashkil topgan jamoatchilik kutubxonasi faoliyat yuritgan.

💠 @kitoboqiuz👈
#Iqtibos

🖇 Ilmning avvali sukut, keyin eshitish, keyin yod olish, keyin tarqatish va oxirida esa unga amal qilishdir.

✍️ Hazrat G‘azzoliy

📖 @kitoboqiuz👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Iqtibos

🖇
Nodonlar-la oʻtirib-turmoqdan kitob bilan yolgʻiz qolmoq yaxshiroqdir.

✍️ Qosimbek Zokir

📖 @kitoboqiuz👈
📈 Pareto qonuniga ko‘ra tatbiq etilgan 80/20 prinsipi HAR BIR SHAXSni ulkan muvaffaqiyat va zafarlar sari yetaklaydi.

Misol tariqasida: 20 foiz nihol 80 foiz hosil beradi.

🔑 Maqsadga erishishda boshlang‘ich nuqta va rejalar kesimini to‘g‘ri, aniq belgilang. Bunda sizga yuqoridagi infografikada keltirilgan tavsiyalar asqotadi.

📕"80/20 prinsipi"

✍️ Richard Kox


P.S. Pareto qonuni 1896-yilda joriy qilingan bo‘lib, italiyalik iqtisodchi Vilfredo Pareto sharafiga nomlangan.

📖 @kitoboqiuz👈
🎧 Audio kitob

💿 Audio nomi: “Yaxshilik”
👤 Muallif: Odil Yoqubov
🔢 Qismlar soni: 1 ta
⚙️ Janr: Hikoya
💾 Hajmi: 33.9 MB
Davomiyligi: 00:24:38

🎧 @kitoboqiuz

🎵 Marhamat tinglang ...👇
Yaxshilik - Odil Yoqubov
@kitoboqiuz
🎧 Audio kitob

💿 Audio nomi: “Yaxshilik”
👤 Muallif: Odil Yoqubov
🔢 Qismlar soni: 1 ta
⚙️ Janr: Hikoya
💾 Hajmi: 33.9 MB
Davomiyligi: 00:24:38

🎧 @kitoboqiuz

🎵 Marhamat tinglang ...
Tutun yoki olov, tabiat unsurlari aloqa-signal vositasi bo‘lgan zamondan sun’iy intellekt davrigacha kommunikatsiya qaysi bosqichlardan o‘tib keldi?

Qulay va foydali ◀️ xavfsizlik masalalari: kommunikatsiya taraqqiyoti ko‘proq nima berdi?
🗄🗄🗄🗄🗄🗄

👆
Infografikadagi RANGLAR, DAVRLAR VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI yordamida yuqoridagi savollarga javob topasiz.

📖
@kitoboqiuz👈
#Kichik_hikoya

📖 Hakimlardan biriga: “Falonchining havoda uchishini bilasizmi?” deb aytishganida, u kishi: “Bu, u muhim narsa emas. Masalan, pashsha va chivin ham ucha oladi”, dedi.
Ular: “Falonchi suv ustida yura olar ekan”, deb aytishganida, u kishi: “Bu ham, u o‘ta muhim narsa emas. Masalan, yog‘och bo‘lagi ham ayni ishni qila oladi”, deb aytdi.
Ular: “Unday bo‘lsa sizning nazaringizdagi haqiqiy karomat nima?” deb aytishganida, hakim zot:
“Haqiqiy karomat, odamlar orasida yashab, axloq me’yorlarini yo‘qotmasdan, yolg‘on so‘zlamasdan, o‘g‘irlik qilmasdan, aldamasdan, g‘iybat qilmasdan va ishonchni yo‘qotmasdan bemalol ishoniladigan haqiqiy ma’nodagi inson bo‘lib yurish karomatdir”, deb javob berdi.

📖 @kitoboqiuz👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🧠 20 soat ichida har qanday narsani tezkor o‘rganish imkoniyati va qobiliyatiga egasiz.

📋 Josh Kaufman idrokni shakllantirishning uch bosqichida buning sir-asrorlarini batafsil tushuntirgan.

📖 Infografikadagi qisqa maslahatlar bilan tanishing, kengroq tafakkur qilish uchun esa kitobni albatta mutolaa qiling.

📖 @kitoboqiuz👈
👨‍🏫 Kunning "kitobiy dalili": nigohlar va mutolaa

▫️Odatda kitob o‘quvchi odam bir vaqtning o‘zida 10 ta bosma belgiga, ya'ni bitta qatordagi 1,5-2 ta so‘zga diqqat qarata oladi.

▫️Tez o‘quvchilar esa – 200-500 belgiga (bu bir nechta qatordagi 33-83 ta so‘z).

▫️Kitobni tez o‘qishda sekin mutolaa qilgandan ko‘ra ko‘z kamroq toliqadi. Bu haqiqat, o‘zingiz ham sinab ko‘ring!

📖 @kitoboqiuz👈
📌 Sizga lider bo‘lish, atrofingizda do‘stlarni jamlash hamda siz to‘g‘ringizda ijobiy tasavvur uyg‘otish tavsiyalarini bo‘lishamiz.

📊 Mashhur psixolog yozuvchi Deyl Karnegi maslahatlari asosida 4 ta muhim yo‘nalish infografika sxemada ko‘rsatilgan.

📈 Izlanishdan to‘xtamang. Kitoblar sizni yuksaklik sari yetaklaydi.


📖 @kitoboqiuz👈
📱🪩Toshkentdagi Gyote Instituti bilim va fantaziya olamiga o‘ziga xos sho‘ng‘ish imkonini beruvchi “Cheksiz kutubxona” nomli qiziqarli ko‘rgazmasini ochdi.

🖼 Ko'rgazmada siz :

🔍 Mazmuniga chuqur sho'ng'ish uchun QR kodlar bilan interaktiv o'yinlar.

🧸 Hikoyalar va g'oyalarni jonlantiradigan gologrammalar va 3D ob'ektlar.

🎥His-tuyg'ular va fikrlar bilan to'ldiradigan audiovizual asarlar.

🔮 Kirish joyi suv havzalari bo'lgan g'orda joylashgan ajoyib interaktiv imkoniyatlarga ega virtual haqiqat kutubxonasi.

🏷 Tashrif individual ravishda ham, oldindan tayinlangan guruhlarda ham mumkin.

📲Qo'shimcha ma'lumot olish uchun +99878 1401485 raqamiga qo'ng'iroq qiling.

📍 Manzil: Toshkent, Amir Temur ko'chasi, 42.
Metro: Abdulla Qodiriy bekati

Kirish bepul. Do'stlaringizni taklif qiling va "cheksiz kutubxona" bo'ylab hayajonli sayohatga chiqing! 🚀📖

📖 @kitoboqiuz👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
♻️ Beshdan birgacha sanang va murakkab miya faoliyatining siz kutmagan mo‘jizalar taqdim etishiga o‘zingiz guvoh bo‘ling.

🔢 Oddiy izoh: biror ishga kirishmoqchisiz, lekin sizga qat’iyat, motivatsiya yoki ishonch yetishmayapti. Shu zahoti beshdan birgacha sanang.

🔐 Mel Rubins tamoyili asosidagi ushbu qoida sizga ko‘plab muvaffaqiyatlar kaliti bo‘lishi shubhasiz.

📹 Videorolikni tomosha qilsangiz yanada ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lasiz.

📖 @kitoboqiuz👈
2024/09/27 13:31:50
Back to Top
HTML Embed Code: