Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎧 Jadidlar yetishmayapti, jadidlar

✍️ Iqbol MIRZO she’ri;
🎶 Sharofiddin MURODOV musiqasi;
🎤 Toshkent viloyati filarmoniyasi xonandalari ijro etishdi.

📌 Manba: @Iqbol_Mirzo_ijodi

💠 @kitoboqiuz👈
#Kichik_hikoya

📖 INSON QALBI

   Donishmanddan soʻradilar:
“Inson qalbi haqida juda koʻp tushuncha mavjud. Shundan eng soddasini aytib bering”.
Shunda donishmand javob oʻrniga oʻquvchisini bir xonaga yetakladi. U xona ichi juda goʻzal va oʻrtada stol ustida bir ovqat turardi. U ovqatdan xushboʻy hid taralar, lazzatli ekanligi shundoq bilinib turar edi. Oʻquvchining ovqatdan taʼtib koʻrgisi keldi...
Donishmand oʻquvchisini bu xonadan yetaklab olib chiqib, ikkinchi xonaga taklif qildi. Ikkinchi xonaga kirishgan edi hamki, u xona chidab boʻlmas darajada sassiq badboʻy hidda edi. Oʻrtada stol ustida kosada ovqat, ammo u kosadagi ovqatning badboʻy hidi hamma yoqqa anqigan edi. Ishtahalar yopilib, u xonadan tezroq chiqib ketishga shoshildi...
Tashqariga chiqqandan soʻng donishmand dedi:
“Birinchi xona - goʻzal qalbli inson vujudi. Kosadagi lazzatli taom uning qalbi. Har qanday odamning undan tatib koʻrgisi keladi...
Ikkinchi xona - yomon qalbli kimsa vujudi. Kosadagi badboʻy taom uning qalbi. Har qanday inson u ovqatni tatib koʻrishdan bosh tortib qochadilar...”.

📌 Xulosa oʻzingizdan!

💠 @kitoboqiuz👈
📚 “Malika ayyor”
✍️ Xalq og‘zaki ijodi
📜 “Malika ayyor” dostonida o‘zbek xalqining azal-azaldan imon-e’tiqod, or-nomus va yurt birligi yo‘lida o‘zini ayamasligi yorqin aks ettirilgan. Siz dostonni o‘qish davomida Go‘ro‘g‘lining ovga chiqqanda Torkiston malikasi Malika Ayyorni uchratib oshiq bo‘lishi, uni topish uchun o‘g‘li Avazxonni safarga yuborishi, Avazxonni o‘ldirish uchun uning izidan Ahmad Sardorning buyrug‘i bilan Asad va Shodmon merganlarning yo‘lga chiqishi, Avazxonga devlar va parilarning yordam berishi, safarda Avazxonga Shoqalandar va Shozargar ismli shaxslarning yordam berishi, ularning birgalikda Torkistonga borishi, Torkistonda Malikaning sherini o‘ldirib qo‘yishi, Shozargarning Tillaqizni qo‘lga kiritish uchun qilgan ishlari, Torkistondan Tillaqiz va Malika Ayyorni olib kelishlari, Safardan qaytishda devlar bilan bo‘lgan janglar, Asad va Shodmonning safardan qaytayotgan Avazni o‘ldirishga harakat qilishi kabi sarguzashtlarga boy voqealarga guvoh bo‘lasiz.

📖 @kitoboqiuz👈
💪 Kunning "kitobiy dalili": o‘z davrining temir qo‘llari

🔰 Qo‘lyozma kitoblar!

Qadimgi Konstantinopolda taxminan 1600 yil avval 120 mingga yaqin qo‘lyozma kitobdan tashkil topgan jamoatchilik kutubxonasi faoliyat yuritgan.

💠 @kitoboqiuz👈
#Iqtibos

🖇 Ilmning avvali sukut, keyin eshitish, keyin yod olish, keyin tarqatish va oxirida esa unga amal qilishdir.

✍️ Hazrat G‘azzoliy

📖 @kitoboqiuz👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Iqtibos

🖇
Nodonlar-la oʻtirib-turmoqdan kitob bilan yolgʻiz qolmoq yaxshiroqdir.

✍️ Qosimbek Zokir

📖 @kitoboqiuz👈
📈 Pareto qonuniga ko‘ra tatbiq etilgan 80/20 prinsipi HAR BIR SHAXSni ulkan muvaffaqiyat va zafarlar sari yetaklaydi.

Misol tariqasida: 20 foiz nihol 80 foiz hosil beradi.

🔑 Maqsadga erishishda boshlang‘ich nuqta va rejalar kesimini to‘g‘ri, aniq belgilang. Bunda sizga yuqoridagi infografikada keltirilgan tavsiyalar asqotadi.

📕"80/20 prinsipi"

✍️ Richard Kox


P.S. Pareto qonuni 1896-yilda joriy qilingan bo‘lib, italiyalik iqtisodchi Vilfredo Pareto sharafiga nomlangan.

📖 @kitoboqiuz👈
🎧 Audio kitob

💿 Audio nomi: “Yaxshilik”
👤 Muallif: Odil Yoqubov
🔢 Qismlar soni: 1 ta
⚙️ Janr: Hikoya
💾 Hajmi: 33.9 MB
Davomiyligi: 00:24:38

🎧 @kitoboqiuz

🎵 Marhamat tinglang ...👇
Yaxshilik - Odil Yoqubov
@kitoboqiuz
🎧 Audio kitob

💿 Audio nomi: “Yaxshilik”
👤 Muallif: Odil Yoqubov
🔢 Qismlar soni: 1 ta
⚙️ Janr: Hikoya
💾 Hajmi: 33.9 MB
Davomiyligi: 00:24:38

🎧 @kitoboqiuz

🎵 Marhamat tinglang ...
Tutun yoki olov, tabiat unsurlari aloqa-signal vositasi bo‘lgan zamondan sun’iy intellekt davrigacha kommunikatsiya qaysi bosqichlardan o‘tib keldi?

Qulay va foydali ◀️ xavfsizlik masalalari: kommunikatsiya taraqqiyoti ko‘proq nima berdi?
🗄🗄🗄🗄🗄🗄

👆
Infografikadagi RANGLAR, DAVRLAR VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI yordamida yuqoridagi savollarga javob topasiz.

📖
@kitoboqiuz👈
#Kichik_hikoya

📖 Hakimlardan biriga: “Falonchining havoda uchishini bilasizmi?” deb aytishganida, u kishi: “Bu, u muhim narsa emas. Masalan, pashsha va chivin ham ucha oladi”, dedi.
Ular: “Falonchi suv ustida yura olar ekan”, deb aytishganida, u kishi: “Bu ham, u o‘ta muhim narsa emas. Masalan, yog‘och bo‘lagi ham ayni ishni qila oladi”, deb aytdi.
Ular: “Unday bo‘lsa sizning nazaringizdagi haqiqiy karomat nima?” deb aytishganida, hakim zot:
“Haqiqiy karomat, odamlar orasida yashab, axloq me’yorlarini yo‘qotmasdan, yolg‘on so‘zlamasdan, o‘g‘irlik qilmasdan, aldamasdan, g‘iybat qilmasdan va ishonchni yo‘qotmasdan bemalol ishoniladigan haqiqiy ma’nodagi inson bo‘lib yurish karomatdir”, deb javob berdi.

📖 @kitoboqiuz👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🧠 20 soat ichida har qanday narsani tezkor o‘rganish imkoniyati va qobiliyatiga egasiz.

📋 Josh Kaufman idrokni shakllantirishning uch bosqichida buning sir-asrorlarini batafsil tushuntirgan.

📖 Infografikadagi qisqa maslahatlar bilan tanishing, kengroq tafakkur qilish uchun esa kitobni albatta mutolaa qiling.

📖 @kitoboqiuz👈
👨‍🏫 Kunning "kitobiy dalili": nigohlar va mutolaa

▫️Odatda kitob o‘quvchi odam bir vaqtning o‘zida 10 ta bosma belgiga, ya'ni bitta qatordagi 1,5-2 ta so‘zga diqqat qarata oladi.

▫️Tez o‘quvchilar esa – 200-500 belgiga (bu bir nechta qatordagi 33-83 ta so‘z).

▫️Kitobni tez o‘qishda sekin mutolaa qilgandan ko‘ra ko‘z kamroq toliqadi. Bu haqiqat, o‘zingiz ham sinab ko‘ring!

📖 @kitoboqiuz👈
2024/09/27 23:21:02
Back to Top
HTML Embed Code: