Telegram Web Link
⚡️“Yosh kitobxon” tanloviga roʻyxatdan oʻtish boshlandi

Millionlab yoshlarni kitobxonlik yo‘lida birlashtirib, iqtidor egalarini kashf etayotgan “Yosh kitobxon” tanlovi uchun @yoshkitobxon_bot telegram boti orqali arizalar 1-sentabrga qadar qabul qilinadi.

Adabiyotlar ro‘yxati:
10-14 yosh
15-19 yosh
20-30 yosh


Barcha kitobxon yoshlarga omad tilaymiz! Ro‘yxatdan o‘ting 👉@yoshkitobxon_bot

Manba: @alisher_sadullaev

📖 @kitoboqiuz 👈
🎧 Audio kitob

💿 Audio nomi: “Bir o‘pichning bahosi”
👤 Muallif: Said Ahmad
🔢
Qismlar soni: 1 ta
⚙️ Janr: Hikoya
💾 Hajmi: 14.1 Mb
Davomiyligi: 00:15:22

🎧 @kitoboqiuz

🎵 Marhamat tinglang... 👇
Bir o‘pichning bahosi - Said Ahmad
@kitoboqiuz
🎧 Audio kitob

💿 Audio nomi: “Bir o‘pichning bahosi”
👤 Muallif: Said Ahmad
🔢
Qismlar soni: 1 ta
⚙️ Janr: Hikoya
💾 Hajmi: 14.1 Mb
Davomiyligi: 00:15:22

🎧 @kitoboqiuz

🎵 Marhamat tinglang...
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kichik_hikoya

Savdogar va Jin


📖 Kunlarning birida bir savdogar sahrodan Alovuddinning sehrli chirog‘ini topib oldi.
- Tila tilagingni, - dedi Jin.
- Sendan istagim shuki, vaqtni ortga qaytarib bersang?! - so‘radi savdogar.
- Bundan senga nima naf? Sen yaxshisi mol-dunyo, zebu-zar, qasr-u koshonalar so‘ra bajo keltiray.
- Mening hamma narsam bor ammo, ota-onam xizmatini qila olmadim. Savdogarlik qilib uzoq yurtlarda yurgan chog‘im ular bu olamni tark etishdi. Ularni yo‘qotgandan so‘ng to‘plagan mol-dunyoyim ham tatimay qoldi. Mening bor boyligimni ol! Faqat vaqtni ortga qaytarib ber. Ota-onamni juda sog‘indim. Ularning xizmatini qilay, duosini olay, xatolarimni to‘g‘rilay, iltimos sendan vaqtni ortga qaytarib bersang!
- Eh nodon odam, - xo‘rsindi Jin. - Agar vaqtni ortga qaytarishning imkoni bo‘lganda men ming yillardan buyon kimdir ozod qilishini kutib shu xumchada o‘tirarmidim?!...

💠 @kitoboqiuz👈
​​#magic_book

📖 Eftelingdagi suvenirlar do‘konida ertak kitobi. Kitob “Sleeping Beauty” sahifasida ochilgan.

💠 @kitoboqiuz👈
🎧 Audio kitob

💿 Audio nomi: “Ayb kimda?”
👤 Muallif: Anton Pavlovich Chexov
🔢 Qismlar soni: 1 ta
⚙️ Janr: Hikoya
💾 Hajmi: 7.7 Mb
Davomiyligi: 00:08:27

🎧 @kitoboqiuz

🎵Marhamat tinglang ...👇
Ayb kimda? - A.P.Chexov
@kitoboqiuz
🎧 Audio kitob

💿 Audio nomi: “Ayb kimda?”
👤 Muallif: Anton Pavlovich Chexov
🔢 Qismlar soni: 1 ta
⚙️ Janr: Hikoya
💾 Hajmi: 7.7 Mb
Davomiyligi: 00:08:27

🎧 @kitoboqiuz

🎵Marhamat tinglang ...
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💐8-mart muborak bo‘lsin!💐

Aziz ayol-qizlar bugungi 8-mart - "Xalqaro xotin-qizlar kuni" barchangizga muborak bo‘lsin! Yuzingizdan nur, labingizdan tabassum arimasin. Qalbingiz doimo baxt-u quvonchlarga to‘la bo‘lsin! Ilohim umringiz uzoq, yaqinlaringiz baxtiga sog‘-salomat bo‘ling! Yana bir bor bayram muborak bo‘lsin!

💠 @kitoboqiuz👈
#Kichik_hikoya

Aqllilik balosi

− Bilasan, o‘rtoq, men yoshligimdan otni yaxshi ko‘raman. Shu... keyingi paytda otim ko‘p kasallanadigan bo‘lib qoldi. Mol do‘xtiri muolaja qilsa, ancha o‘ziga keladi-da, keyin tag‘in mazasi qochadi. Hayronman, otim ko‘p og‘riydi-yu, eshagimga balo ham urmaydi...
− Nimasiga hayron bo‘lasan?! Jonivorlar ham odamga o‘xshaydi. Ot – aqlli jonivor, ko‘p o‘ylaydi, eshak esa g‘irt ahmoq. Shuning uchun kasal ham bo‘lmaydi!


O‘tkir Hoshimov

💠 @kitoboqiuz👈
#Iqtibos

🖇 Haqiqiy inson hamisha ilm va hunar olishga intiladi. Ilm bir daraxt bo‘lsa, odob uning mevasidir. Odobsiz olim – mevasiz daraxtdir.


✍️ Muhammad Zehniy

📖 @kitoboqiuz👈
📚 “Kuntug‘mish
✍️ Xalq og‘zaki ijodi
📜 “Kuntug‘mish” dostonida o‘zbek xalqining azal-azaldan imon-e’tiqod, or-nomus, do‘stga sadoqatning va sof muhabbatning ulug‘lanishi yorqin ranglarda aks ettirilgan. Siz dostonni o‘qish davomida Xolbeka να Kuntug‘mishning g‘oyibona bir-biriga oshiq bo‘lishi, ularning zolimlardan qochib ko‘rgan qiyinchiliklari, egizak farzand ko‘rishlari, bir-birlaridan vaqtincha judo bo‘lishlari, farzandlari Gurkiboy va Mohiboyning sarguzashtlari, Azbarxo‘ja ismli karvonboshining razilligi, Kuntug‘mishning shoh bo‘lishi va qaytadan Xolbeka hamda farzandlari bilan topshishiga guvoh bo‘lasiz.

📖 @kitoboqiuz👈
#Kichik_hikoya

Taqdir

📖 Hayotimiz shunchalar chigallashib ketgandiki, uni yechish uchun faqat birgina yo‘l qolgandi. Qur’a tashlaymiz: agar raqamli tomoni tushsa turmush quramiz, ramzli tomoni tushsa bir umrga ajralishamiz.
Tanga tashlandi. Raqamli tomoni tushdi.
Biz unga tikilib qoldik. So‘ng baravariga gapirib yubordik: “Balki yana bir marta tashlab ko‘rarmiz?”


✍️ Jey Rip

💠 @kitoboqiuz👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎧 Audio kitob

💿 Audio nomi: “Cho‘l havosi”
👤 Muallif: O‘tkir Hoshimov
🔢 Qismlar soni: 1 ta
⚙️ Janr: Hikoya
💾 Hajmi: 37.3 MB
Davomiyligi: 00:40:00

🎧 @kitoboqiuz

🎵 Marhamat tinglang ...👇
Cho‘l havosi - O‘tkir Hoshimov
@kitoboqiuz
🎧 Audio kitob

💿 Audio nomi: “Cho‘l havosi”
👤 Muallif: O‘tkir Hoshimov
🔢 Qismlar soni: 1 ta
⚙️ Janr: Hikoya
💾 Hajmi: 37.3 MB
Davomiyligi: 00:40:00

🎧 @kitoboqiuz

🎵 Marhamat tinglang ...
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎧 Jadidlar yetishmayapti, jadidlar

✍️ Iqbol MIRZO she’ri;
🎶 Sharofiddin MURODOV musiqasi;
🎤 Toshkent viloyati filarmoniyasi xonandalari ijro etishdi.

📌 Manba: @Iqbol_Mirzo_ijodi

💠 @kitoboqiuz👈
#Kichik_hikoya

📖 INSON QALBI

   Donishmanddan soʻradilar:
“Inson qalbi haqida juda koʻp tushuncha mavjud. Shundan eng soddasini aytib bering”.
Shunda donishmand javob oʻrniga oʻquvchisini bir xonaga yetakladi. U xona ichi juda goʻzal va oʻrtada stol ustida bir ovqat turardi. U ovqatdan xushboʻy hid taralar, lazzatli ekanligi shundoq bilinib turar edi. Oʻquvchining ovqatdan taʼtib koʻrgisi keldi...
Donishmand oʻquvchisini bu xonadan yetaklab olib chiqib, ikkinchi xonaga taklif qildi. Ikkinchi xonaga kirishgan edi hamki, u xona chidab boʻlmas darajada sassiq badboʻy hidda edi. Oʻrtada stol ustida kosada ovqat, ammo u kosadagi ovqatning badboʻy hidi hamma yoqqa anqigan edi. Ishtahalar yopilib, u xonadan tezroq chiqib ketishga shoshildi...
Tashqariga chiqqandan soʻng donishmand dedi:
“Birinchi xona - goʻzal qalbli inson vujudi. Kosadagi lazzatli taom uning qalbi. Har qanday odamning undan tatib koʻrgisi keladi...
Ikkinchi xona - yomon qalbli kimsa vujudi. Kosadagi badboʻy taom uning qalbi. Har qanday inson u ovqatni tatib koʻrishdan bosh tortib qochadilar...”.

📌 Xulosa oʻzingizdan!

💠 @kitoboqiuz👈
📚 “Malika ayyor”
✍️ Xalq og‘zaki ijodi
📜 “Malika ayyor” dostonida o‘zbek xalqining azal-azaldan imon-e’tiqod, or-nomus va yurt birligi yo‘lida o‘zini ayamasligi yorqin aks ettirilgan. Siz dostonni o‘qish davomida Go‘ro‘g‘lining ovga chiqqanda Torkiston malikasi Malika Ayyorni uchratib oshiq bo‘lishi, uni topish uchun o‘g‘li Avazxonni safarga yuborishi, Avazxonni o‘ldirish uchun uning izidan Ahmad Sardorning buyrug‘i bilan Asad va Shodmon merganlarning yo‘lga chiqishi, Avazxonga devlar va parilarning yordam berishi, safarda Avazxonga Shoqalandar va Shozargar ismli shaxslarning yordam berishi, ularning birgalikda Torkistonga borishi, Torkistonda Malikaning sherini o‘ldirib qo‘yishi, Shozargarning Tillaqizni qo‘lga kiritish uchun qilgan ishlari, Torkistondan Tillaqiz va Malika Ayyorni olib kelishlari, Safardan qaytishda devlar bilan bo‘lgan janglar, Asad va Shodmonning safardan qaytayotgan Avazni o‘ldirishga harakat qilishi kabi sarguzashtlarga boy voqealarga guvoh bo‘lasiz.

📖 @kitoboqiuz👈
2024/09/27 09:22:57
Back to Top
HTML Embed Code: