Telegram Web Link
🔻 Танқидий фикрлаш 🟰Прогресс

Сизни лидер сифатида тан олишларини истайсизми?

Режалар самарадорлиги ва натижадорлиги аниқ ва юқори бўлиши учун нима қилиш керак?

Бу йўналиш ҳақиқатдан бошқаларга керакми?
〰️〰️〰️〰️

🔍 Бирор иш ёки лойиҳани бошлашдан аввал унга ҳар томонлама танқидий ёндашинг ва "фильтрланг". Қандай саволлар "чиғириғидан ўтказиш" эса юқоридаги инфографикада батафсил кўрсатилган.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
1993-2023: 30 йиллик w.w.w. кўрсаткичлари

Глобал миқёсда энг оммалашган ва таниқли ижтимоий тармоқлар, веб-сайтларнинг ривожланиш тенденциялари VGraphs веб-ресурси тадқиқоти натижаларида

🖥 Батафил видеода
〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
O'tkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari" asari ingliz tiliga tarjima qilindi

Tarjimonning yozishicha, kitob joriy yilning 31-mart sanasidan boshlab chop etiladi. Tarjima asarni Nyu-York metrosida reklama qilish rejalashtirilgan.

Batafsil: https://oyina.uz/uz/posts/21550

💠 @kitoboqiuz👈
📔 Куннинг "китобий далили": исботланган факт

❗️Китобхон зерикарли ҳаёт қийинчиликларини енгиш учун юқори калорияли овқатларга муҳтож эмас.

✔️Мутолаа қилувчи инсонлар ортиқча вазндан камроқ азият чекиши тасдиқланган.

💠 @kitoboqiuz👈
🖇 Kitoblar ko‘p jihatlari bilan odamlarga o‘xshaydilar:

ular bilan yaqindan tanishar ekansiz, yo xursand bo‘lasiz, yoki tanishganingizga pushaymon yeysiz;

ularning ba’zilari siz bilan sodda tilda, ochiq-oydin, do‘stona suhbatlashishadi, turli taqdirlar misolida hayotning past-balandini ko‘rsatib berishadi, yaqin maslahatgo‘yingizga aylanishadi;

ba’zilari esa ichimdagini top xilidan: ularning nima demoqchi ekanini anglash, ishoralaridagi ma’nolarni uqish uchun hushyor turishingiz, aql-zakovatingizni ishga solishingiz, tafakkur qilishingiz darkor;

ba’zi kitoblar so‘zga chechanlik bilan Sizni sekin-sekin aldaydi, xuddi yaramas oshnalar singari buzuq tushunchalar beradi, to‘g‘ri yo‘ldan ozdirmoqchi bo‘ladi, (ular bilan tanishib qolganingiz uchun tavbalar qilasiz);

ba’zi kitoblarda esa yolg‘on yo‘q – og‘ir so‘zlar bilan ichki dunyoingizni ag‘dar-to‘ntar qilsa-da, haqiqatni anglab olishingizga, hayotning ma’nisini uqishingizga yordam beradi;

ba’zi kitoblarning so‘zlash uslubi oddiy, ba’zilari esa xalqni chalg‘itish uchun minbarga chiqadigan notiqlardek jimjimador so‘zlaydi;

ba’zi kitoblarning sirti yaltiroq, bir qarashda ko‘zni kuydiradi, ammo ichi bo‘sh;

ba’zi kitoblar ko‘rimsiz, odmi, u qadar nazarga tushmaydi, lekin ichi to‘la xazina;

ba’zi kitoblarning umri uzun, ba’zilarining umri qisqa...

🖇 Kitoblar ko‘p jihatlari bilan odamlarga o‘xshaydilar.

✍️ Dilfuza Komil

💠 @kitoboqiuz👈
📚 Afrikalik bu yigit ishsiz ekan. Anchayin yordamga muhtoj, lekin tilanchilikdan or qiladi. O‘qigan kitoblarining mazmunini yo‘lovchilarga aytib berib, tirikchilik qilar ekan...
📌 Qashshoq deb hisoblanadigan yurtlarda ham ziyolini tinglaydigan va unga yordam beradigan odamlarning borligidan quvondim.


Manba: @dilfuza_komil

💠 @kitoboqiuz👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kichik_hikoya

Ona va o‘g‘il suhbati


— Oʻgʻlim, agar mening koʻzlarim nurini yoʻqotsa, nima qilasan?
— Sizni yurtimizdagi eng yaxshi shifoxonaga olib boraman, onajon.
— Agar meni u yerda davolay olishmasa-chi, bolam?
— U holda sizni dunyodagi eng yaxshi shifoxonaga olib boraman, onajon.
— Ular ham meni davolay olishmasa-chi, oʻgʻlim?
— U holda sizga umr boʻyi gʻamxoʻrlik qilaman, onajon!
— Seni yaxshi koʻraman, rahmat, bolajonim!
— Agar meni koʻzlarim nurini yoʻqotsa, nima qilardingiz, onajon?
— Senga koʻzlarimni berardim, bolam...


💠 @kitoboqiuz👈
🎧 Audio kitob

💿 Audio nomi: "Baliq ovi"
👤 Muallif: Qamchibek Kenja
🔢 Qismlar soni: 1 ta
⚙️ Janr: Hikoya
💾 Hajmi: 20.1 MB
Davomiyligi: 00:21:55
🎤 O‘qidi: Ernazar Yorbekov

🎧 @kitoboqiuz

🎵 Marhamat tinglang ...👇
Baliq ovi - Qamchibek Kenja
@kitoboqiuz
🎧 Audio kitob

💿 Audio nomi: "Baliq ovi"
👤 Muallif: Qamchibek Kenja
🔢 Qismlar soni: 1 ta
⚙️ Janr: Hikoya
💾 Hajmi: 20.1 MB
Davomiyligi: 00:21:55
🎤 O‘qidi: Ernazar Yorbekov

🎧 @kitoboqiuz

🎵 Marhamat tinglang ...
📔 Kunning "kitobiy dalili": kunlik mutolaa nima beradi?

🧠 Ruhiy kamolot.

✔️ Tadqiqotlarga ko‘ra, mutolaa ruhiy jihatdan kamol toptiradi hamda Alsgeymer va demensiya kasalliklari rivojlanishini sekinlashtiradi (ehtimol, oldini ham olar), chunki mutolaa miya faolligini ushlab turadi.

💠 @kitoboqiuz👈
#Iqtibos

🖇 Adashish ilmsizlikdan bo‘lsa uni tuzatish oson. Agar adashish ilmdan bo‘lsa uni tuzatish oson emas.

Ayman Yog‘iy

📖 @kitoboqiuz 👈
#Iqtibos

🖇 Kitobga oshiqlik ilmga oshiqlikdir. Ilmga oshiqlik esa kamolga oshiqlikdandir.

✍️ Husayn Buxoriy

📖 @kitoboqiuz 👈
#Kichik_hikoya

Aka-ukalar va hayot

📖 Ular bolaligida arzimagan narsalar uchun talashgani-talashgan edi. Janjallashardi, yumdalashardi, hatto birini-biri urishgacha borishardi. Oradan yillar o‘tib asta-sekin ulg‘aydilar va asta-sekin tushuna boshladilar, aka-uka o‘rtasidagi mehr-oqibat, hurmat, bir-birini himoya qilish, bir-biridan hech narsani ayamaslikni. Oradan yana bir necha yillar o‘tib ular rostmana ulg‘aydilar, uylandilar va yana bolaligiga qaytishdi. Arzimagan narsalar uchun talashgani-talashgan, arzimagan narsalarni deb janjallashgani-janjallashgan, arzimagan narsalarni deb hatto birini-biri urishgacha borishadi...

✍️ Oqil To‘raqul


💠 @kitoboqiuz👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📚 Akam
✍️ Sergey Dovlatov
📝 Sergey Dovlatovning tarjimai holiga qiziqqan kitobxon uning asarlarini o‘qib ko‘rsa kifoya. Kitobiylikdan, an’anaviy qonun-qoidalardan birmuncha yiroq, hayot haqiqatini bo‘yamay-bejamay aks ettirgan bu asarlarni muallif umrining badiiy solnomasi deyish mumkin. Buni jurnalxonlarga taqdim etilayotgan yozuvchining eng mashhur ijodlaridan biri "Akam" hikoyasidan ham bilsa bo‘ladi.

📖 @kitoboqiuz 👈
Sergey Dovlatov - Akam.pdf
185.4 KB
🎵 Audio hikoya
🌐 Rus adabiyoti
✍️ Sergey Dovlatov
📚 Akam
⚙️ Hikoya
📖 14 sahifa
✔️ Lotin alifbosida
💾 pdf, 0.1Mb

📖 @kitoboqiuz 👈
#Kichik_hikoya

QAYIQ

📖 Bir qayiqchining kichik qayigi bor ekan. Qayiqning ikki eshkagi bo‘lib, ularning biriga “niyat”, ikkinchisiga
“harakat” deb yozilgan ekan.
Qayiqqa mingan odamlar buni sababini so‘rashsa qayiqchi shunday javob berar ekan: “Agar men faqat “niyat” degan eshkakni harakatlantirsam, qayiq bir joyda aylanib turaveradi.
Agar faqat “harakat” deb nomlangan eshkakni ham aylantiraversam, qayiq bir joyda turaveradi.
Agar ikkallasini baravariga aylantirsam qayiq manzilga yetadi.
Inson ham orzu qilsa-yu harakat qilmasa, qayiq kabi bir joyda turaveradi.
Maqsadga erishish uchun avval niyat, keyin esa harakat kerak bo‘ladi.”

💠 @kitoboqiuz👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 “Yulduzli tunlar” kitobi 10 daqiqada
✍️ Pirimqul Qodirov

♻️ Doʻstlaringizga ham ulashing!

📖 @kitoboqiuz 👈

@ondaqiqa kanalidan olindi.
2024/09/27 19:20:51
Back to Top
HTML Embed Code: