Telegram Web Link
#Kichik_hikoya

O‘zingizga ishoning!


📖 Darsda o‘qituvchi “Kim bo‘lsam ekan?” mavzusida bolalarga insho beribdi. Bir bola faqat sinfda emas, butun maktab bo‘yicha eng kambag‘al oiladan edi. U bola yetti betli insho yozibdi. Yonida ilova chizmasi ham bor – yilqichilikka mo‘ljallangan kattakon ferma. Insho “0” baho bilan egasiga qaytdi. Bola hayron bo‘libdi. Dars tugagach, nega bunday baho qo‘yganini so‘rabdi. “Sen o‘ylayotgan ferma uchun katta mablag‘ kerak. Oldin yer sotib olish zarur… Inshoni boshqatdan yoz” - debdi. Bola xafa bo‘lib uyiga qaytib uzoq o‘ylanib o‘tiribdi. Ertasiga esa yozganlarini eski holatda o‘qituvchisiga olib borib: “Siz bahongizni o‘zgartirmang, men esa orzularimni…” - debdi.
“Yillar o‘tibdi. Endi nafaqaga chiqqan o‘qituvchi kattakon yilqichilik fermasiga ko‘zi tushib  hayratlangancha qarab turarkan, bir paytlar orzulari uchun “0” baho olgan sobiq o‘quvchisi hashamatli uydan chiqib kelibdi.


💠 @kitoboqiuz👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📙 “Vaqt keldi” - orzu tomon haqiqiy qadam qo‘yamiz!

Barbara Sher

💠 @kitoboqiuz👈
Bir odam qo‘shnisidan so‘rabdi:
- Siz kitob o‘qiysizmi?
- Yo‘q, umuman o‘qimayman. Buni yomon tarafi yo‘q. Menga sezilmaydi, - debdi qo‘shnisi.
Shunda haligi odam:
- Lekin, bizga seziladi!


💠 @kitoboqiuz👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 “Alkimyogar” asari mazmuni 10 daqiqada
✍️ Paolo Koelo

♻️ Doʻstlaringizga ham ulashing!

📖 @kitoboqiuz 👈

© ondaqiqa
kanalidan olindi.
Qiziqarli kitobdan parcha!☝️

📖 Ular orom olib uxlab yotgan chog‘da men kitoblardan qancha narsa o‘qib o‘rganganman.

✍️ Jek London, Martin Iden

💠 @kitoboqiuz👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kichik_hikoya

Eng qisqa film

📖 "Dunyoning eng yaxshi 10 daqiqalik filmi" unvonini olgan qisqa metrajli filmni ko‘rish uchun kinoteatrga odamlar yig‘ildi. Film boshlandi hamki katta ekranda uyning oppoq shiftidan boshqa hech nima ko‘rinmasdi. To‘rtinchi daqiqada ham shu ahvol, beshinchida ham.

Sakkizinchi daqiqada ham shiftdan boshqa hech narsa yo‘q edi, odamlar betoqatlana boshladi, ba’zilari kinoteatrni tark etdi, ba’zilari ketgan vaqtiga achindi. To‘qqizinchi daqiqada ekranda hastalik tufayli bir umr falajlikka mahkum bo‘lgan bola va uning yotog‘i ko‘rindi.

Ekrandagi yozuv: "Bu bolakay yana necha yillarni shu zaylda davom ettiradi, siz esa 8 daqiqa chidolmadingiz... "


💠 @kitoboqiuz👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Iqtibos

🖇 Suhbati yaxshi kitoblarning o‘rnini bosadigan odamlarni va o‘qiganingizda allomalar bilan suhbatlashganday bo‘ladigan kitoblarni axtaring.

✍️ P.Buast

📖 @kitoboqiuz 👈
📙 “Orzu qilish zararli emas” undan voz kechmang!

✍️ Barbara Sher

💠 @kitoboqiuz👈
🎧 Audio kitob

💿 Audio nomi: “Venetsiyalik savdogar”
👤 Muallif: Uilyam Shekspir
🔢 Qismlar soni: 1 ta
⚙️ Janr: Komediya
💾 Hajmi: 19.9 Mb
Davomiyligi: 00:21:41
🎤 O‘qidi: Muqaddam Jo‘rayeva

🎧 @kitoboqiuz

🎵Marhamat tinglang ...👇
Venetsiyalik savdogar - Uilyam Shekspir
@kitoboqiuz
🎧 Audio kitob

💿 Audio nomi: “Venetsiyalik savdogar”
👤 Muallif: Uilyam Shekspir
🔢 Qismlar soni: 1 ta
⚙️ Janr: Komediya
💾 Hajmi: 19.9 Mb
Davomiyligi: 00:21:41
🎤 O‘qidi: Muqaddam Jo‘rayeva

🎧 @kitoboqiuz

🎵Marhamat tinglang ...
#Kichik_hikoya

Do‘stlik


📖 Kecha mening tug‘ilgan kunim edi. Men bayramni nishonlash uchun ko‘p do‘stlarimni mehmonga taklif qildim. Ularning deyarli hammasi keldi, lekin eng yaqin do‘stimdan tashqari. Aytilgan vaqtdan yarim soat, bir soat, bir yarim soat o‘tdi hamki, ammo undan hamon darak yo‘q. Men tashvishlana boshladim va unga qo‘ng‘iroq qildim. Ammo u qo‘ng‘iroqlarimga javob bermadi. Biroz vaqt o‘tib eshik qo‘ng‘irog‘i jiringladi.
Men darhol eshikni ochdim. Eshik oldida pardozlari shuvalib ketgan, kiyimlari yomg‘irdan jiqqa ho‘l bo‘lgan do‘stim menga tabassum bilan turar edi. Qo‘lida esa katta va ho‘l asfalt bo‘lagi. U uni menga: “Bu sening eng yoqtirgan iforing ediya? Tug‘ilgan kuning bilan dugonajon!” - deya menga uni uzatdi. Ehtimol, bu mening hayotimdagi eng yaxshi sovg‘adir…


💠 @kitoboqiuz👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kichik_hikoya

📖 Er vafot etdi. Uning shkafda osiliq turgan kiyimining cho‘ntagiga ayoli sakkiz yilgacha pul solib qo‘yardi. Farzandlari har gal undan pul so‘rashganida ularga: "Otangning cho‘ntagidan olaqol!", der edi.
Ayol buni uydan otaning xotirasi ko‘tarilib ketmasligi uchun qilardi.

Ona madrasadir!

Ikrom Sharif

💠 @kitoboqiuz👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Eng qimmatga olgan kitobingiz narxi qanchaga tushgan?

💠 @kitoboqiuz👈
Qiziqarli kitobdan parcha!☝️

📖 - Kitobxon mehrini yalinib ham, “Zo‘ravonlik” qilib ham, sotib olib ham bo‘lmaydi!
Xudo kitobxon mehridan begona qilmasin!

- Dunyoda senga chin dildan ixlos qo‘ygan, asaringni bag‘riga bosib o‘qiydigan bitta kitobxon bo‘lsa, shu birgina kitobxon uchun ijod qilsang arziydi!

- Yaxshi farzand ota umrini davom ettirgani kabi yaxshi asar yozuvchi umrini davom ettiradi.

- Badiiy ijodni qush deb tasavvur qilsak, uning bir qanoti - tuyg‘u, ikkinchi qanoti - aqldir.


✍️ O‘tkir Hoshimov, Daftar hoshiyasidagi bitiklar

💠 @kitoboqiuz👈
2024/06/28 22:05:41
Back to Top
HTML Embed Code: