Telegram Web Link
💬 Keling bugun dildan suhbatlashamiz.

📙 Nima deb o‘ylaysiz: "Nima haqida orzu qilish kerak?"

✍️ Barbara Sher


💠 @kitoboqiuz👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kichik_hikoya

📝 Bir yosh yigit hikoya qiladi:
Bir kuni onam bilan tortishib qoldik. Ovozlar ko‘tarilishgacha bordi. Oldimdagi kitob-daftarlarimni zarda bilan stol ustiga otdim-da, xonamga kirib ketdim. O‘sha paytda ko‘nglimga qil ham sig‘masdi. Odatda biror narsadan qattiq xafa bo‘lsam, uyqu bilan yozilardim...
Ertasi kuni universitetdan qaytayotib, o‘zimni qo‘yarga joy topolmay, qayerda yurganimni ham bilolmay, bezovtalanib, oxiri mehribon onajonimga hazilnamo bir noma yozdim. Nomada jumladan shunday deyilgandi:
"Eshitishimcha, inson oyog‘ining osti ustiga nisbatan muloyimroq va yumshoqroq bo‘larkan. Muborak oyog‘ingiz shu gaplarning to‘g‘riligini lablarim bilan tekshirib ko‘rishimga ijozat berarmikin?!"
Uyga kelsam, volidam meni ostonada kutib turardilar. Ko‘z yoshlari yanoqlariga oqib tushardi. Dedilar:
“Oyog‘imni o‘pishingga hech qachon ruxsat bermayman. Sen aytgan gapga kelsak, men uning to‘g‘riligini yosh paytingda oyoqchalaringning ustini ham, ostini ham o‘paverib, allaqachon bilib bo‘lganman”.
Ko‘z yoshlarim yuzimni yuvdi! Parvardigorim amri ila ular bir kuni o‘tib ketadilar. Bas, bu kunlarni g‘animat bilib, xizmatlarini qilib qolinglar. O‘tib ketgan bo‘lsalar, duoi xayr ila yod olinglar...

💠 @kitoboqiuz👈
⚡️Kitob o‘qish insonning jismoniy salomatligini saqlaydi.

🧠 Harflarni so‘zma-so‘z qo‘shib ifodalash, kitobning asl g‘oya va maqsadlarini tushunish uchun siz jiddiy ishni bajarishingiz kerak, bu miya faoliyati uchun gimnastika deb ataladi.
🤸‍♀️ Gimnastika esa bu – profilaktika! Gimnastikaning foydali jihati miya faoliyatida uchraydigan kasalliklarni oldini olishga qaratilgan harakatdir.

📖 Kitob o‘qing va mashq qiling, aziz kitobxon!

💠 @kitoboqiuz👈
Mening sevimli mashg‘ulotlarim ko‘p, qanday tanlov qilishim lozim?

Keling bunday qilamiz: “Men tanlashni rad etaman”

✍️ Barbara Sher


💠 @kitoboqiuz👈
🇩🇪 Germaniya, Berlindagi kitoblar uchun qurilgan noodatiy yodgorlik.

🇺🇿 Yurtimizdagi Adiblar xiyobonida ham shunday yodgorlikni shoir va mutafakkirlar ismi yozilgan holda o‘rnatishga nima deysiz?! Ajoyib bo‘lardi...👌


@kitoboqiuz👈
Nimaga kitob o‘qishimiz shart?

1. Kitob miya uchun GYM. Kitob orqali sizda “critical thinking” (tanqidiy fikrlash) va “problem-solving” (muammolarni tezroq yechish) kabi ko‘nikmalar rivojlanishni boshlaydi. Bu esa XXI asrda hammada ham bo‘lmagan ko‘nikmalarni o‘zingizda shakllantirish imkonini yaratadi. ❇️

2. Kitob stressni kamaytiradi. Stress vaqtida eng asosiy narsa bu chalg‘ish. Kitob bilan siz chalg‘iysiz va bu sizdagi stressni kamayishiga sezilarli ta’sir qiladi.
🧠

3. Yozish qobiliyatingizni yaxshilaydi. “Copywriting” ya’ni yozish san’ati kelajak sohasi hisoblanadi. O‘qish yozish qobilyatingizni oshishiga sabab bo‘ladi.
✍️

4. O‘qish uyqu sifatini yaxshilaydi. Kitob o‘qiganda insonda sokinlik kuzatiladi va organizm dam oladi. Bu esa o‘z-o‘zidan uyquga sabab bo‘ladi. Yotishdan oldin kitob o‘qish chindan ham stress va boshqa charchoqlarni oldini olgani sababli uyqu sifatigayam ta’sir o‘tkazadi. Faqat o‘qilayotgan kitob qog‘oz bo‘lishi shart.
😴

💠 @kitoboqiuz👈
🎧 Audio kitob

💿 Audio nomi: "Tarnov"
👤 Muallif: O‘tkir Hoshimov
🔢 Qismlar soni: 1 ta
⚙️ Janr: Hikoya
💾 Hajmi: 3.0 MB
Davomiyligi: 00:03:12
🎤 O‘qidi: Zilola Esonaliyeva

🎧 @kitoboqiuz

🎵 Marhamat tinglang ...👇
Tarnov - O‘tkir Hoshimov
@kitoboqiuz
🎧 Audio kitob

💿 Audio nomi: "Tarnov"
👤 Muallif: O‘tkir Hoshimov
🔢 Qismlar soni: 1 ta
⚙️ Janr: Hikoya
💾 Hajmi: 3.0 MB
Davomiyligi: 00:03:12
🎤 O‘qidi: Zilola Esonaliyeva

🎧 @kitoboqiuz

🎵 Marhamat tinglang ...
📖 Tarixdan bir haqiqat: panjara ortida yozilgan kitoblar!

🧐 Panjara ortida yozilgan yoki oʻylab qo‘yilgan kitob va asarlar orasida Migel de Servantesning “Don Kixot”, Jon Banyanning “Piligrimning sayohati”, Nikolo Makiavellining “Shahzoda” asarlari misol tariqasida keltirish mumkin.

💠 @kitoboqiuz👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📚 “Ajdar”ning tavbasi
✍️ O‘tkir Hoshimov

📝 O‘tkir Hoshimov serqirra adib. Uning o‘nlab hajviy hikoyalari, komediyalari, ichakuzdi hangomalarini o‘qiganda, dilingiz ravshan tortadi, beixtiyor qah-qah urib kulasiz. Mazkur to‘plamga yozuvchining eng sara hajviy asarlari jamlangan.

📖 @kitoboqiuz 👈
Ajdarning tavbasi - O‘tkir Hoshimov.pdf
7.6 MB
🌐 O‘zbek adabiyoti
✍️ O‘tkir Hoshimov
📚 “Ajdar”ning tavbasi
⚙️ Qissalar, hikoyalar
🔎 Toshkent - 2016
📖 425 sahifa
✔️ Lotin alifbosida
💾 pdf, 7.6 Mb

📖 @kitoboqiuz 👈
#Kichik_hikoya

O‘zingizga ishoning!


📖 Darsda o‘qituvchi “Kim bo‘lsam ekan?” mavzusida bolalarga insho beribdi. Bir bola faqat sinfda emas, butun maktab bo‘yicha eng kambag‘al oiladan edi. U bola yetti betli insho yozibdi. Yonida ilova chizmasi ham bor – yilqichilikka mo‘ljallangan kattakon ferma. Insho “0” baho bilan egasiga qaytdi. Bola hayron bo‘libdi. Dars tugagach, nega bunday baho qo‘yganini so‘rabdi. “Sen o‘ylayotgan ferma uchun katta mablag‘ kerak. Oldin yer sotib olish zarur… Inshoni boshqatdan yoz” - debdi. Bola xafa bo‘lib uyiga qaytib uzoq o‘ylanib o‘tiribdi. Ertasiga esa yozganlarini eski holatda o‘qituvchisiga olib borib: “Siz bahongizni o‘zgartirmang, men esa orzularimni…” - debdi.
“Yillar o‘tibdi. Endi nafaqaga chiqqan o‘qituvchi kattakon yilqichilik fermasiga ko‘zi tushib  hayratlangancha qarab turarkan, bir paytlar orzulari uchun “0” baho olgan sobiq o‘quvchisi hashamatli uydan chiqib kelibdi.


💠 @kitoboqiuz👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📙 “Vaqt keldi” - orzu tomon haqiqiy qadam qo‘yamiz!

Barbara Sher

💠 @kitoboqiuz👈
Bir odam qo‘shnisidan so‘rabdi:
- Siz kitob o‘qiysizmi?
- Yo‘q, umuman o‘qimayman. Buni yomon tarafi yo‘q. Menga sezilmaydi, - debdi qo‘shnisi.
Shunda haligi odam:
- Lekin, bizga seziladi!


💠 @kitoboqiuz👈
2024/09/27 15:34:32
Back to Top
HTML Embed Code: