Telegram Web Link
#Iqtibos

🖇 Kitob doʻstlarning eng yaxshisidir, kitoblar bilan ko‘proq gaplashing, ilmni do‘st tuting va ma’rifatga oshno bo‘ling.

✍️ Doktor Oiz Qarniy


📖 @kitoboqiuz 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kitob haqida fikrlar.

1. Kitoblar shunday qudratli kuch-ki ular undaydi, majbur qiladi, ishontiradi.

2. Qarang-ki bu dunyoning ibtidosi ham so‘z(kitob), intihosi ham so‘z(kitob).

3. Kitoblar sizga xohlagan vaqtda va xohlagancha maslahat bera oladi.

4. Bilaman.O‘g‘rilik yomon illat. Ammo, o‘ylab qolaman: kitob o‘g‘isini kechirish kerakmikan...

5. Millatning ertasini kitob do‘koniga kirgan bolalarda ko‘rish mumkin.

6. Kitobsiz koshona uydan, kitobli xaroba uy afzal.

📖 @kitoboqiuz 👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Mana shu asarni o‘qib, dunyoda Ernest Hemingueyga o‘xshagan insonlar borligiga ishonch hosil qilganman”

O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim G‘afurov “Alvido, qurol” asari haqida.

📺 Marhamat tomosha qiling!

💠 @kitoboqiuz👈
#Iqtibos

🖇 Eng yaxshi va eng qimmatli kitob, o‘qiganimdan keyin meni o‘z holimga tashlab qo‘ymaydigan kitob; menda yangi olijanob tuyg‘u yoki yangi g‘ayratli intilish yoki yangi yuksak fikrni uyg‘otadigan kitob; meni joyidan siljitadigan yoki meni, atrofdagilarni harakatlantiradigan kitob; meni qattiq uyqudan uyg‘otadigan yoki befarqlik balosidan sakrab chiqishga imkon beradigan yoki hayotning tugunlarini yechib beradigan yo‘lga olib boradigan kitob.

✍️ Amin Ar-Reyhani

📖 @kitoboqiuz 👈
Ayol uyiga qaytarkan, bir bolaning qoʻlida choʻp bilan tuproqqa allanarsalar chizayotganini koʻrdi.
– Nima qilyapsan? – soʻradi u.
Bolakay:
– Jannatni tasvirlayapman, sotayapman opa. – dedi.
– Qanchaga sotasan? – dedi chiroyli javobdan yuziga tabassum yugurgan ayol.
– Yigirma tanga opa. – dedi bolakay.
Ayol pulni berib, uyiga ketdi va bu voqealarni unutdi. Oʻsha kuni u bir tush koʻrdi-ki, oʻzi Jannatda! Ayol tushini eriga aytib berdi. Eri darhol ayol aytgan joyga shoshildi.
Qarasa, bola hamon oʻsha yerda.
– Nima qilyapsan? – dedi erkak.
Javob bir xil boʻldi.
Erkak tagʻin soʻradi:
– Qanchaga sotasan?
– Bir trillion! – dedi bolakay.
– Nimalar deyapsan, axir xotinimga yigirma tangaga beribsan-ku?!
Bola dedi:
– Togʻa, togʻa, togʻa! Ayolingiz u pullarni Jannatni olish uchun emas, mening koʻnglimni olish uchun berdi. Siz Jannatni shunchalar arzon deb oʻyladingizmi? Jannat na arzon, na qimmatdir.
Jannatni olmoq koʻngillarni olmoqdan boʻlar...

✍️ Shahzod Ergashaliyev tarjimasi

📖 @kitoboqiuz 👈
📚 “Erta qaytgan turnalar” (qissa)
✍️ Chingiz Aytmatov
📝 Hikoyaning mazmuni urush paytida kichik bir qirgʻiz qishlogʻida sodir boʻladi. Doʻstlari Anatoy va Erkinbeklar, kolxoz raisi maktab oʻquvchilariga tegishli iltimos bilan murojaat qilgandan soʻng, ular ham non ekishda yordam berishadi. Bolalar oʻzlarini ozod qilishga muvaffaq boʻlishadi: Sultonmurot otda jinoyatchilarning orqasidan yuguradi, Anatoy bilan Erkinbek esa doʻstiga yordamga yuguradi. Hikoya Sultonmurot oʻz qoʻlini bir oz jarohatlab, boʻri bilan jangga tayyorlanishi bilan yakunlanadi.

📖 @kitoboqiuz 👈
Erta qaytgan turnalar - Chingiz Aytmatov.pdf
526.3 KB
🌐 Qirg‘iz adabiyoti
✍️ Chingiz Aytmatov
📚 Erta qaytgan turnalar
⚙️ Qissa
🔎 Toshkent - 2009
📖 59 sahifa
✔️ Kirill alifbosida
💾 pdf, 0.5 Mb

📖 @kitoboqiuz 👈
#Kichik_hikoya

📝 Yaqinda xayriya jamg‘armasida berishgan adyol uni issiq saqlar, bugun axlat qutisi ichidan topib olgan poyabzal esa oyog‘iga loyiq kelgandi.
   Ko‘chadagi chiroqlar sovuq tun bo‘lsa-da uning qalbini yoritib turardi.
   Xiyobondagi o‘rindiqqa qulay joylashib olgani unga huzur bag‘ishlardi.
   "Xudoga shukr, - dedi u, hayot naqadar go‘zal!"

✍️ Endryu E.Xant. “Shukrona”

📖 @kitoboqiuz 👈
Kunning eng muhim davrini “Tong sehri” bilan birga boshlang.

📋 “Mo‘jizaviy tong”ni tashkil etishning 6 usuli bilan tanishib chiqib, uni albatta hayotingizga tatbiq eting.

📖 @kitoboqiuz 👈
🗞 “Jadid” gazetasi – birlashmoq davrining minbari

📃 Prezidentimiz 2023-yil 22-dekabrda o‘tkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida jadid bobolarimizning milliy taraqqiyotni har tomonlama jadallashtirish, ziyoli va ijodkorlarni birlashtirishga daxldor tashabbuslari qatorida “Jadid” gazetasini ta’sis etish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi hamda ushbu nashrni yangi yilning birinchi kunida chop etish taklifini ilgari surdi.

📌Davlatimiz rahbarining ezgu tashabbusi bilan 2024-yilning ilk kunida “Jadid” gazetasi chop etildi. Ushbu nashr Vatan va xalq manfaatlari yo‘lida jon fido qilgan millat oydinlari – jadid bobolarimiz hayoti va faoliyatini keng targ‘ib etishda o‘ziga xos tafakkur maydoni bo‘lib xizmat qiladi.

Batafsil

📖 @kitoboqiuz 👈
🎧 Audio kitob

💿 Audio nomi: “Sarob”
👤 Muallif: Said Ahmad
🔢
Qismlar soni: 1 ta
⚙️ Janr: Hikoya
💾 Hajmi: 36.5 Mb
Davomiyligi: 00:39:55

🎧 @kitoboqiuz

🎵 Marhamat tinglang ... 👇
Sarob - Said Ahmad
@kitoboqiuz
🎧 Audio kitob

💿 Audio nomi: “Sarob”
👤 Muallif: Said Ahmad
🔢
Qismlar soni: 1 ta
⚙️ Janr: Hikoya
💾 Hajmi: 36.5 Mb
Davomiyligi: 00:39:55

🎧 @kitoboqiuz

🎵 Marhamat tinglang ...
#Biz_tavsiya_etamiz

📌 “Boy bo‘lish uchun pul uchun ishlashni to‘xtating, pul siz uchun ishlasin!”

📘 “Boy ota, kambag‘al ota”

✍️ Robert Kiyosaki


📖 @kitoboqiuz 👈
📔 Ushbu ulkan kitob Avstriyaning Bregenz shahridagi Konstans ko‘lidagi g‘ayrioddiy manzaradir‌‌.

📖 @kitoboqiuz 👈
#Kichik_hikoya

📝 Kunlarning birida sichqon ferma xo‘jayini qo‘ygan qopqonni ko‘rib qoldi. U bu haqda qo‘yga, tovuqqa hamda sigirga aytib berdi. Ammo ular: “Qopqon bizning muammoimiz emas. Biz uning nimasidan qo‘rqamiz? Uning bizga hech qanday aloqasi yo‘q”, deb javob qaytarishdi.
Kunlardan bir kun qopqonga ilon tushib qoldi va xo‘jayinning xotinini chaqib oldi. Xotinining tanasidan ilonning zahrini chiqarib tashlash va unga quvvat bo‘ladi, degan umidda fermer tovuqni so‘ydi-da, undan xotiniga tovuq sho‘rva tayyorlab berdi. Kasalmand xotinini ko‘rishga kelayotganlar oldida uyalib qolmasligi uchun qo‘yni so‘ydi hamda uning go‘shtidan turli taomlar tayyorlab, mehmonlarni kutib oldi. Ammo, afsuski, xotini vafot etdi. Marakani o‘tkazish uchun fermer sigirni ham so‘yishga majbur bo‘ldi.
Bu o‘tgan vaqt mobaynida vaziyatni o‘z uyasidan kuzatib turgan sichqon bo‘lib o‘tgan hodisalar haqida fikr yuritardi...
Qissadan hissa: “Bu hayotda hech kim hech narsadan himoyalanmagan, shu sababli boshqaning muammosiga befarq bo‘lmaslik kerak!”


📖 @kitoboqiuz 👈
“Kitoblarni qanday o‘qish kerak?”

✍️ Mortimer Adler

Ushbu 3 ta usul yordamida mutolaa zavqini chinakamiga tuying!

📖 @kitoboqiuz 👈
#Iqtibos

🖇 Hayotimdagi o‘zgarish nuqtasi onam menga oynayi jahonni ko‘rishni man qilib, kitob o‘qishga majburlagan kundan boshlangan.

✍️ Ben Karson

📖 @kitoboqiuz 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kichik_hikoya

📝 Uch kishi tosh tashiyotgan edi. Ularning biridan so‘rashdi:
— Umuman olganda, bu yerda nima qilayapsan?
U peshonasidagi terni artib tashladi-da, javob berdi:
— Mana shu mehnatim tufayli qaddim bukilib, og‘ir kunlarga qolib ketdim.
Ikkinchisining oldiga borib undan so‘rashdi:
— Sen nima qilayapsan?
U yenglarini shimardi-da, tumshug‘ini ko‘tarib, g‘urur ila javob berdi:
— Pul ishlayapman. Bu yerda boshqa nima ham qilardim?
Keyin uchinchi kishidan so‘radilar:
— Sen nima ish qilayapsan?
U jilmaydi-da, javob berdi:
— Ibodatxona qurayapman.
Qissadan hissa. Qachonki oldinga oliy maqsad qo‘yarkansan, har qanday vaziyatda ham yashayotgan umringda ma’no bo‘ladi.


📖 @kitoboqiuz 👈
📌 Xo‘sh, vaqtni mukammal taqsimlay olyapmizmi?

“Qachon” bunga erishamiz?

✍️ Daniel Pink

📖 @kitoboqiuz 👈
2024/10/01 13:31:03
Back to Top
HTML Embed Code: