Telegram Web Link
📚 Oltin yulduz
✍️ Abdulla
Qahhor
📝 Abdulla Qahhor hikoyalari, birinchi navbatda, samimiyligi, ishontirish kuchi bilan kishini hayratda qoldiradi. Yozuvchi tasviridagi hamma narsa hayot hodisasi, aynan bo‘lib o‘tgan voqea, real hayotning bir bo‘lagi, epizodi bo‘lib gavdalanadi; hikoyalarning ko‘pchiligi real hayotiy asosga ega, ular adibning turmushda o‘zi ko‘rgan, eshitgan hodisalardan, tanish kishilar hayotidan olingan. Biroq ular hayotning aynan nusxasi emas…

📖 @kitoboqiuz 👈
Oltin yulduz (qissa) - Abdulla Qahhor.pdf
2 MB
🌐 O‘zbek adabiyoti
✍️ Abdulla Qahhor
📚 Oltin yulduz
⚙️ Qissa
🔎 Toshkent - 1988
📖 42 sahifa
✔️ Kirill alifbosida
💾 pdf, 1.9 Mb

📖 @kitoboqiuz 👈
#Iqtibos

🖇 Aqliy mehnatga toqati yo‘q xalq, jismoniy mehnatga mahkumdir!

📖 @kitoboqiuz 👈
Oksford universitetida o‘zbek tili kursi ochiladi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetiga Oksford universiteti Sharqshunoslik fakulteti dekani o‘rinbosari, professor Zeyneb Yurakli boshchiligida bir guruh turkolog professorlardan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.

Mehmonlarga universitet faoliyati yaqindan tanishtirilib, o‘zbek mumtoz adabiyoti namoyandalari, uyg‘onish davri adabiyotining serqirra ijodkorlari, olimu fuzalolari, ularning asarlari haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi. Muassasaning o‘zbek tili va madaniyatini targ‘ib etishdagi ishlari, “O‘zbek maktabi” faoliyati mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

So‘ng o‘tkazilgan uchrashuvda Oksford universitetida o‘zbek tili kursini ochish va uni metodik qo‘llab-quvvatlash masalasi muhokama qilindi. Tomonlar shu yilning dekabr oyida Oksford universiteti rasmiy delegatsiyasining tashrifi doirasida hamkorlik memorandumini imzolashga kelishib olishdi.

📖 @kitoboqiuz 👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📖 “Yomon kitoblarga qarshi kurashish kerak emas, u oʻz nomi bilan yomon kitob. Saviyasiz kitobdan qoʻrqish kerak, ular xavfli...”

🎙Sanjar Nazar

📺 Marhamat tomosha qiling!

💠 @kitoboqiuz👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🖇 Xohish va istak bor joyda imkoniyat doim topiladi!

📖 @kitoboqiuz 👈
Alisher Saʼdullayev yoshlarga qaysi asarlarni oʻqishni tavsiya qiladi?

📚 Ushbu tavsiya qilayotganlarimiz qatʼiy roʻyxat emas, keling, bu ketma-ketlikni nisbiy tushunamiz. Demak, Yoshlar ishlari agentligi direktori, senator Alisher Saʼdullayev yoshlar oʻqishi uchun 10 ta kitob tavsiya qiladi:

🟢“Boburnoma”, Zahiriddin Muhammad Bobur
🟢“Asrga tatigulik kun”, Chingiz Aytmatov
🟢“Kecha va Kunduz”, Abdulhamid Sulaymon oʻgʻli Choʻlpon
🟢“Otamdan qolgan dalalar”, Togʻay Murod
🟢“Martin Iden”, Jek London
🟢“Urush va Tinchlik”, Lev Tolstoy
🟢“Usta va Margarita”, Mixail Bulgakov
🟢“Puankare”, Abduqayum Yoʻldoshev
🟢“Baxt yetkazish” (Milliard dollarlik internet doʻkon tarixi), Toni Shey
🟢“Kichkina shahzoda”, Antuan de Sent Ekzyuperi

👉 Batafsil maqolani oʻqish

Hayotni anglash, tafakkur qila olish uchun oʻnta kitob kifoya. Biroq oʻsha oʻntani topish uchun esa yuzlab, minglab kitoblarni oʻqib chiqishga toʻgʻri keladi.

♻️ Doʻstlaringizga ham ulashing!

📖 @kitoboqiuz 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😍 Xitoyning Chunsin shahrida odamlar kutubxonaning ochilishini kutib, navbatda turishibdi.

📖 @kitoboqiuz 👈
🎧 Audio kitob

💿 Audio nomi: “Tez oʻqish ”
👤 Muallif: Piter Kamp
🔢 Qismlar soni: 1 ta
💾 Hajmi: 4.1 Mb
Davomiyligi: 00:05:39

🎧 @kitoboqiuz

🎵Marhamat tinglang ...👇
Tez o‘qish - Piter Kamp
@kitoboqiuz
🎧 Audio kitob

💿 Audio nomi: “Tez oʻqish ”
👤 Muallif: Piter Kamp
🔢 Qismlar soni: 1 ta
💾 Hajmi: 4.1 Mb
Davomiyligi: 00:05:39

🎧 @kitoboqiuz

🎵Marhamat tinglang ...
📊 Kitob O‘qi telegram kanalining 2023-yil ko‘rsatkichlari.

❇️ Bizni kuzatib borayotgan obunachilarimizga kelayotgan 2024-yil muvaffaqiyatli kelsin!

📖 @kitoboqiuz 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎧 Audio kitob

💿 Audio nomi: "Boʻydoqqa maslahat"
👤 Muallif: O‘tkir Hoshimov
🔢 Qismlar soni: 1 ta
⚙️ Janr: Hikoya
💾 Hajmi: 8.9 MB
Davomiyligi: 00:09:44

🎧 @kitoboqiuz

🎵 Marhamat tinglang ...👇
Boʻydoqqa maslahat - Oʻtkir Xoshimov
@kitoboqiuz
🎧 Audio kitob

💿 Audio nomi: "Boʻydoqqa maslahat"
👤 Muallif: O‘tkir Hoshimov
🔢 Qismlar soni: 1 ta
⚙️ Janr: Hikoya
💾 Hajmi: 8.9 MB
Davomiyligi: 00:09:44

🎧 @kitoboqiuz

🎵 Marhamat tinglang ...
#Iqtibos

🖇 Kitob doʻstlarning eng yaxshisidir, kitoblar bilan ko‘proq gaplashing, ilmni do‘st tuting va ma’rifatga oshno bo‘ling.

✍️ Doktor Oiz Qarniy


📖 @kitoboqiuz 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kitob haqida fikrlar.

1. Kitoblar shunday qudratli kuch-ki ular undaydi, majbur qiladi, ishontiradi.

2. Qarang-ki bu dunyoning ibtidosi ham so‘z(kitob), intihosi ham so‘z(kitob).

3. Kitoblar sizga xohlagan vaqtda va xohlagancha maslahat bera oladi.

4. Bilaman.O‘g‘rilik yomon illat. Ammo, o‘ylab qolaman: kitob o‘g‘isini kechirish kerakmikan...

5. Millatning ertasini kitob do‘koniga kirgan bolalarda ko‘rish mumkin.

6. Kitobsiz koshona uydan, kitobli xaroba uy afzal.

📖 @kitoboqiuz 👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Mana shu asarni o‘qib, dunyoda Ernest Hemingueyga o‘xshagan insonlar borligiga ishonch hosil qilganman”

O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim G‘afurov “Alvido, qurol” asari haqida.

📺 Marhamat tomosha qiling!

💠 @kitoboqiuz👈
#Iqtibos

🖇 Eng yaxshi va eng qimmatli kitob, o‘qiganimdan keyin meni o‘z holimga tashlab qo‘ymaydigan kitob; menda yangi olijanob tuyg‘u yoki yangi g‘ayratli intilish yoki yangi yuksak fikrni uyg‘otadigan kitob; meni joyidan siljitadigan yoki meni, atrofdagilarni harakatlantiradigan kitob; meni qattiq uyqudan uyg‘otadigan yoki befarqlik balosidan sakrab chiqishga imkon beradigan yoki hayotning tugunlarini yechib beradigan yo‘lga olib boradigan kitob.

✍️ Amin Ar-Reyhani

📖 @kitoboqiuz 👈
Ayol uyiga qaytarkan, bir bolaning qoʻlida choʻp bilan tuproqqa allanarsalar chizayotganini koʻrdi.
– Nima qilyapsan? – soʻradi u.
Bolakay:
– Jannatni tasvirlayapman, sotayapman opa. – dedi.
– Qanchaga sotasan? – dedi chiroyli javobdan yuziga tabassum yugurgan ayol.
– Yigirma tanga opa. – dedi bolakay.
Ayol pulni berib, uyiga ketdi va bu voqealarni unutdi. Oʻsha kuni u bir tush koʻrdi-ki, oʻzi Jannatda! Ayol tushini eriga aytib berdi. Eri darhol ayol aytgan joyga shoshildi.
Qarasa, bola hamon oʻsha yerda.
– Nima qilyapsan? – dedi erkak.
Javob bir xil boʻldi.
Erkak tagʻin soʻradi:
– Qanchaga sotasan?
– Bir trillion! – dedi bolakay.
– Nimalar deyapsan, axir xotinimga yigirma tangaga beribsan-ku?!
Bola dedi:
– Togʻa, togʻa, togʻa! Ayolingiz u pullarni Jannatni olish uchun emas, mening koʻnglimni olish uchun berdi. Siz Jannatni shunchalar arzon deb oʻyladingizmi? Jannat na arzon, na qimmatdir.
Jannatni olmoq koʻngillarni olmoqdan boʻlar...

✍️ Shahzod Ergashaliyev tarjimasi

📖 @kitoboqiuz 👈
2024/09/27 21:31:50
Back to Top
HTML Embed Code: