Telegram Web Link
"Changalda" - iste'molchilar psixologiyasi bo'yicha mutaxassis Nir Eyal qalamiga mansub bo'lgan bestseller💥

✍🏻 Qanday qilib muvaffaqqiyatli kompaniyalar odatni keltirib chiqaruvchi yoki tobe qiluvchi mahsulotlarni yaratishi haqida bilmoqchimisiz? Unda ushbu kitob aynan siz uchun☝️🏻

📖 Muallif ko'pchilik unutib qo'ygan faktni - iste'molchilarning psixologiyasi va motivlarini anglamasdan turib, muvaffaqiyatli mahsulot yaratish mumkin emasligini yodga soladi.

📚 Ushbu bestseller yordamida siz hech qanday agressiv reklamalarsiz, eslatmalarsiz va kompaniya tomonidan o'ziga jalb qiladigan harakatlarsiz doimiy Mijozlarga ega bo'lasiz👥👥
"Bir insonning kompaniyasi" - Paul Jarvis muallifligidagi ushbu kitobda nima uchun biznesni kengaytirish shart emasligi haqida so'z boradi🧐

✍🏻 Muvaffaqqiyatli karyera kaliti boshqa startap yaratish va kengaytirishda emas, balki o'zingiz uchun ishlash, o'z kun tartibingizni tuzish, daromadli va o'zini ta'minlovchi kompaniyaga aylanish bo'lsa-chi? Kichik biznesingizni saqlash eng oqilona va samarali qaror bo'lsa-chi? Buning uchun siz nimalar qilishingiz kerakligini ushbu kitob yordamida bilib olasiz📖

📝 Muallif noyob biznes strategiyasini taklif qiladi va u orqali qanday qilib barqaror daromadga ega bo'lishni o'rgatadi.
"Ishga sho'ng'ish" - Amerikalik olim va yozuvchi Cal Newport ijod mahsuli bo'lgan ushbu bestsellerda o'z ishini yaxshi va samarali bajarishning yagona yo'li - shu ishga sho'ng'ish deb ishontiradi.

✍🏻 Muallif o'z vaqtingizni keraksiz va ahamiyatsiz narsalarga sarf qilishdan voz kechib, haqiqattan ham muhim narsalarga qanday qilib diqqatingizni jamlash to'g'risida maslahatlar beradi. Biz o'z ishimizni yuzaki bajarishga o'rganib qolganmiz. Muallif kitob orqali bundan qanday qochish kerakligini tushuntiradi.

📖 Agar siz o'z shaxsiy samaradorligingizni va mehnat unumdorligingizni oshirish maqsadida bo'lsangiz - aynan ushbu kitob siz uchun foydalidir📚
"Aqlliroq. Tezroq. Yaxshiroq" - Amerikalik jurnalist Charles Duhigg tomonidan yozilgan bestseller.

✍🏻 Muallif o'z asarida ba'zi kompaniyalar va odamlar nima uchun boshqalardan ko'ra muvaffaqiyatli ekanini o'rganib chiqadi. Buni aniqlash uchun Charles "Frozen" multfilmining yaratuvchilari ishini tahlil qiladi, Google olimlari bilan suhbatlashadi va bir necha kasb egalaridan intervyu oladi. Ko'p o'tmay, muallif ularning barchasi bir xil tushunchalar haqida so'zlayotganini sezadi.

📖 Kitobda samaradorlikka asoslangan sakkizta eng muhim tushunchalar tasvirlangan va ularning barchasi umumiy prinsip bilan birlashtirilgan.
​​BIZNESMENLAR UCHUN MAXSUS KITOBLAR ENDI O'ZBEK TILIDA!

1⃣"Sotuvchining 45 tatuirovkasi" - bu taniqli biznesmen va distribyutor Maksim Batirev (Kombat)ning o'z tajribasi asosida yozilgan 45 ta xulosasidir🧐

2⃣"Drive" - to'rtta xalqaro bestsellerlarning muallifi Daniel H.Pink qalamiga mansub bo'lib, dunyoda yozilgan eng muhim motivatsiya kitoblaridan biridir☝️🏻

3⃣"Zero to one" ("Noldan birgacha") - taniqli tadbirkor va PayPal asoschisi P.Thiel va B.Masters muallifligidagi ushbu kitob taraqqiyotning kelajagi haqida yangi fikrlashning ko'rinishidir

4⃣"Rework" - ikkita omadli tadbirkorlar J. Fried va D.Hanssonning hamkorligida yozilgan ushbu bestseller biznesni yaratish va yuritishni qiziqarli qilish haqidagi foydali maslahatlar to'plamidir📚

5⃣"Muvaffaqqiyatning 200 siri" - Amerikadagi eng taniqli yetakchi mutaxassislardan biri Robin Sharmaning ushbu kitobi muvaffaqqiyatli inson bo'lishni istaganlar uchun rioya qilishi kerak bo'lgan asosiy hayotiy tamoyillar haqida💪🏻

Raqobatchilaringizni dog‘da qoldirish uchun bu kitoblarni o‘qishingiz shart!

Hoziroq buyurtma bering!

🚚 Buyurtmangizni bepul yetkazib beramiz.
"Crushing it!" - AQSh dagi mashhur Wine Library TV video blogining asoschisi Gary Vaynerchuk ijod mahsulidir.

✍🏻 Sizda biron bir sevimli mashg'ulotingiz bormi - aytaylik, ovqat pishirish, pianino chalish yoki rasm chizish? Unda asosiy ishingizdan voz keching va ushbu sevimli mashg'ulotingizni yaxshigina daromad manbaiga aylantirish uchun Internet yordamida shaxsiy brendingizni yarating.

📚 Kitobda muallif o'z tajribasiga tayanib, Internetda shaxsiy brendni qanday yaratish va uni ijtimoiy tarmoqlarda targ'ib qilish sirlari haqida batafsil ma'lumot beradi. Internet dunyosiga ushbu kitob bilan birgalikda sho'ng'ing!
"Oson bo'lmaydi" - shafqatsiz biznes dunyosida omon qolish qoidalari haqida yozilgan ushbu bestseller Ben Horowitz qalamiga mansubdir.

✍🏻 Muallif ushbu kitobida o'z tajribalari bilan o'rtoqlashadi: uning "Loudcloud" kompaniyasi bir necha inqirozlarni yengib o'tib, 1,65 milliard dollarga sotilgan. Tabiiyki, hammada savol tug'iladi - Kompaniyani nima qutqardi? Uning rahbarlari qanday maxfiy formulaga ega edilar? Benning ta'kidlashicha, hech narsa oson bo'lmaydi va muvaffaqiyatga erishishning formulasi yo'q, faqat yashash uchun kurash mavjud. Kim taslim bo'lmasa, albatta g'alaba qozonadi.

📚 Muammoga duch kelmay muvaffaqiyatga erishishning albatta iloji yo'q. Aynan ushbu kitob yordamida, Siz muamollarga taslim bo'lmaslikni o'rganasiz.
"McDonald's: imperiyaning qanday yaratilishi" - "gamburgerlar qiroli" nomi bilan mashhur biznesmen Ray Kroc tomonidan yozilgan.

✍🏻 Ray Kroc o'zini turli sohalarda sinab ko'rdi, lekin butun hayoti davomida o'zining katta biznesi bo'lishini orzu qilardi. 5⃣2⃣yoshida imkoniyat paydo bo'lganida, u hamma narsani tashlab, bor pulini "McDonald's" savdo belgisini sotib olish va rivojlantirishga sarfladi. Natijada Ray Krock millionerga aylandi va uning mahsulotlari butun dunyoga tanildi.

📚 Ushbu kitob xodimlar bilan qanday munosabatda bo'lishni va ulkan imperiyani malakali boshqarishni o'rgatadi. Yangi g'oyalarni izlayotgan va tashqi motivatsiyaga muhtoj bo'lgan tadbirkorlar uchun ham tavsiya qilinadi.
"Motivatsiya haqidagi afsona" - Jeff Haden qalamiga mansub ushbu kitob sizning dunyoqarashingizni butunlay o'zgartiradi.

✍🏻 Muallif motivatsiya uchun yagona yo'l muvaffaqiyat ekanligini ta'kidlaydi. Kichik yutuqlar qiziqarli va motivatsiyaga chorlovchi kuchga ega bo'ladi! Har bir kichik muvaffaqiyatdan so'ng, Siz avtomatik ravishda albatta motivatsiya olasiz. Jeff Hadenning motivatsiya zanjiri:
Muvaffaqiyat ➡️ Motivatsiya ➡️
Ko'proq muvaffaqqiyat ➡️ Ko'proq motivatsiya ➡️ Ko'proq muvaffaqqiyat.

📚 Xo'sh, motivatsiya nima? Bu sizning ishingizni ertakka aylantiradigan sehrli uchqun emas. Motivatsiya bu - natijadir.
"Tejamkor startap" - Eric Ries tomonidan yozilgan bestsellerlardan biridir💫

✍🏻 Muallif yapon falsafasidan kelib chiqqan holda, tejamkor startap konsepsiyasini bayon etadi. Uning so'zlariga ko'ra, aksariyat startaplarning yo'q bo'lishiga - yomon mahsulotga ega bo'lgani emas, aksincha bu mahsulot hech kimga kerak emasligi sabab bo'ladi. Biznesni faqatgina texnologiyalar va murakkab strategiyalar asosida yuritish kerak emas, balki mijozlarning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda mahsulot taklif qilish darkor☝️🏻

📚 Ushbu kitobni o'qib bo'lgach, xoh startap bo'lasizmi yoki uzoq yillik biznesning rahbari bo'lasizmi, siz yangi g'oyalarni hayotga tatbiq etish jarayonini boshlaysiz🤗
"Rework" kitobidan parcha.

1. Haddan ziyod ishlash "jasorat" emas.

2. Siz mijozga qarab emas, mijoz sizga qarab oʻzgarsin.

3. Uyqu hisobidan ishlash – ahmoqlik.

Siz ham hoziroq buyurtma qiling!

🚚 Oʻzbekiston boʻylab bepul yetkazib beramiz.
"Drive - Bizga nimalar motivatsiya berishiga oid gʻaroyib haqiqatlar" Daniel H.Pink muallifligidagi New York Times top 10 taligidagi bestseller kitob.

Ushbu kitobdan:

- Nimalardan kuchli motivatsiya olishimiz
- Ichki va tashqi motivatsiyalarni qayerdan olishimiz
- Hodimlarga toʻgʻri motivatsiya berish orqali samarali boshqarish
- Hodimlarning ish unumdorligini qanday qilib oshirish haqidagi savollarga javob olasiz.

Bu kitobni barcha oʻqishi shart!

👉Buyurtma berish👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
4+1 aksiyasi davom etmoqda! 🔥

⚠️ Hurmatli tadbirkorlar hoziroq buyurtma qiling, kitoblar soni cheklangan!

🚚 O'zbekiston bo'ylab bepul yetkazib beramiz!
"Muvaffaqiyatning 200 siri" - Amerikadagi eng taniqli yetakchi mutaxassislardan biri Robin Sharmaning qalamiga mansub bestseller.

✍🏻 Biznesingizni rivojlantirish haqida qayg'urmoqdamisiz? Nimalar qilish kerakligini bilmayapsizmi? Buning yechimi juda oddiy! Biznesingiz rivojlanishi uchun, avvalo o'zingiz rivojlaning. Siz uchun ushbu betseller ayni muddao. 2⃣0⃣0⃣ ta turli xil maslahatlardan iborat ushbu kitob yordamida Siz har kunlik motivatsiyaga ega bo'lasiz

📚 Kitobni qo'lga kiriting va muvaffaqqiyatli insonlar qatorida bo'lish sirlarini bilib oling!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ustoz tavsiyasi!

PCG kompaniyasi asoschisi va biznes konsultant, ustozimiz Ibrahim Gulyamov Kitapp.uzni tavsiya etdilar.

Eslatma! Yangi yil munosabati bilan 20%li chegirma davom etmoqda. Kitoblar soni cheklangan buyurtma qilishga shoshiling!!!

🚚 Bepul yetkazib beramiz!
2024/09/21 21:27:28
Back to Top
HTML Embed Code: