Telegram Web Link
2021-2022 Global UGRAD dasturini qoʻlga kiritgan Oydinoyning dastur uchun yozgan insholari

👉 INSHOLARNI KOʻRISH 👈

OGOHLANTIRISH: Hujjatlardan faqat o’rganish maqsadida foydalaning. Boshqa shaxsning inshosini koʻchirib, oʻziniki sifatida topshirilgan holatlar (plagiat) maxsus dasturlar orqali aniqlanadi va arizaning rad etilishiga olib keladi.

@grantlar_namuna
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#jacafa #1

JACAFA ( Japan Central Asian Friendship Association) ushbu tashkilot Yaponiyaning notijoriy xususiy fondi bo'lmish Nippon Foundation homiyligida O'zbekiston va Tojikistonlik talabalar uchun JACAFA grant dasturini tashkil etgan.

Ilk bor 2019 yilda besh nafar talaba yurtimizdan ushbu grantni qo'lga kiritgan. Demak grant g'olibi bo'lgan talabalarga 2 yil davomida 100 €( euro. 100 € = 1.279657 so'm) miqdorida oylik stipendiya berib boriladi.Faqat bu emas yana yilda ikki marta tashkil etiladigan tashkilot sammitlarida ishtirok etish uchun borish kelish xarajatlari to'liq qoplanadi. Yani g'oliblarni Osiyoning turli davlatlariga bepul sayohatlar kutmoqda.

Bu hali hammasi emas yana bir ajoyib imkoniyat bu grantning ikkinchi yilida JVP( Japan Visit Program) da qatnashish. Bu dastur orqali g'oliblar Yaponiyaga barcha harajatlari to'liq qoplanuvchi besh kunlik sayohatni yutishlari mumkin.

P.s Marvarid o'tkan yili ushbu grantni yutgan o'sha payt juda hursand bo'lgandim mana bu yil menga ham nasib etdi. 😊
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#jacafa #2

Bugun nomzodlarga qo'yiladigan talablar va talab etiladigan hujjatlar haqida gaplashamiz. Demak tayyormisiz?! Ushbu grant dasturida avval aytganimdek O'zbekiston va Tojikiston universitetlarida talim olayotgan 2 bosqich talabalari ishtirok etish imkoniyatiga ega.Bu grant uchun baxolarning ahamiyati bormi deysizmi? Albatta ha. Sizda minimum GPA 3 bo'lishi lozim( out of GPA 4).

Ingliz tilida yaxshi so'zlasha va yoza olish qobilyatining mavjudligi muhim talablarda.Ingliz tilidagi bilimingizni baxolovchi sertifikatlarni ham taqdim etishingiz lozim( bular IELTS, TOEFL, TOEIC. Lekin men CEFR imni yuklaganman demak bu ham acceptable😁) Age limit - 23.

Yuqoridagi talablarga qo'shimcha sifatida sizning aniq kelajak rejalaringiz bo'lishi juda muhim.Shu bilan birga bu faqatgina 2 yillik stipendiya dasturi emas. Dastur so'ngida yani siz oliygohni bitirgach JACAFA alumnisi sifatida community azosiga aylanasiz va siz JACAFA tadbirlarida va umuman faoliyatida aktiv tarzda ishtirok etishingiz lozim.
Talab etiladigan hujjatlar:

-Student ID ( talabalik guvohnomasi)
-Passport nusxasi ( qizil passport bo'lgani maqul sayohat uchun)
-University transcript( universitet baxolar )
-Recommendation letter
-CV
-Essay ( "How could Uzbekistan society be influenced and inspired by Japanese culture, work ethics and economy")

Ha bundan tashqari application to'ldirayotganingizda so'ralgan ma'lumotlarni kirgizasiz! ( Bu o'zingiz haqingizda malumot yozish va shu kabi detallar bo'lishi mumkin)

Yana bir muhim malumot nomzod Toshkent shahridagi oliygohlardan birida o'qishi kerak.( Yaqin dugonam Judayam munosib nomzod edi buni o'zlariyam aytishdi lekin Toshkentda o'qimasligi uchun uni olishmadi.)
Bugun JACAFA Scholarship Program gʻolibasi Marvarid Oʻktamjonovaning mazkur dasturga topshirgan hujjatlarini eʼtiboringizga havola qilamiz.

Hujjatlar toʻplami quyidagilardan iborat:

👉 Insho va tavsiyanomalar

👉 CV

👉 Baholar

👉 Test jarayonida tushgan mantiqiy savollar

Eslatma: Hozirda (2021-yil 18-aprelga qadar) mazkur dasturga arizalar qabul qilinmoqda. Dastur gʻoliblari 2 yil davomida 100 yevro miqdorida oylik stipendiya bilan taʼminlanadi.

OGOHLANTIRISH: hujjatlardan faqat namuna sifatida foydalaning. Ularni ko'chirib, o'z hujjatlari sifatida biror dasturga topshirish plagiarizm hisoblanadi va arizaning rad etilishiga olib keladi!

@grantlar_namuna
JACAFA Scholarship Program gʻolibasi Marvarid Oʻktamjonovaning mazkur dastur uchun yozgan inshosi va Marvaridga oʻqituvchilari bergan tavsiyanomalar.

👉 INSHO VA TAVSIYANOMALARNI KO'RISH

OGOHLANTIRISH: hujjatlardan faqat namuna sifatida foydalaning. Ularni ko'chirib, o'z hujjatlari sifatida biror dasturga topshirish plagiarizm hisoblanadi va arizaning rad etilishiga olib keladi!

@grantlar_namuna
Eksklyuziv material!

Grantlar.uz jamoasi bu yilgi Global UGRAD dasturi gʻoliblarining deyarli barchasi bilan bogʻlanib, tahliliy maqola tayyorladi.

Mazkur maqolada quyidagilar bilan tanishasiz:

👉 Global UGRAD dasturini qoʻlga kiritishda baholar qanchalik ahamiyatli?

👉 Dastur gʻolibi boʻlish uchun til bilish darajasi qanchalik muhim?

👉 Nega aynan mana shu 11 nafar talaba tanlab olingan? Ularning muvaffaqiyat siri nimada?

👉 Nega bu yil qabul qilingan qizlar soni yigitlar sonidan 2 barobardan ham ortiqroq?

Ushbu maqola keyingi yil UGRAD dasturiga topshirmoqchi boʻlganlar uchun nihoyatda foydali manba boʻlib xizmat qiladi.

Maqolani oʻqish👇
https://grantlar.uz/blog/global-ugrad-dasturi-baholar-va-til-bilish-dasturni-yutish-uchun-qanchalik-ahamiyatli/

Ma'lumot uchun: Global UGRAD dasturi g'oliblari 1 semestr davomida AQSH universitetlaridan birida o'qib keladi. Bunda AQSHga borish va kelish hamda o'qish davomidagi barcha xarajatlar qoplanadi

@grantlar_namuna
WOMEN NETWORKING WEEK 2021

🗓 Sana: 21-25-may 2021-yil
💳 To'lov badali: bepul
Muddat: 15-may 2021-yil
📌 Manzil: Besh Tashabbus shaharchasi( Alisher Navoiy kutubxonasi)

"Women Networking Week 2021" besh kun davomida bolib o'tadi. Unda qizlar (16 yoshdan 30 yoshgacha) fan va texnika, ijtimoiy soha, art va biznesga oid sohalarda master klasslarda ishtirok etadilar va haftalik yakunida o'z loyihalarini taqdim etadilar. Eng yaxshi loyihalar moddiy qo`llab-quvvatlanadi.

Registratsiya uchun mana shu botga yozila - @toshkent21bot
Bu loyihani ancha oldin boshlagan edik tashkiliy ishlarini xudo xoxlasa zo'r bo'ladi. Qizlar hammani taklif qilaman imkoni borlar Toshkentda yashayotganla albatta kelinglar😁
Yigitlar networking haftaliginiyam qilish keragov😁😂 nima disla?
Ertaga muhim kun.

Good night dears.
Pray for me 🙏 and wish me luck😊
Oydinoy Khusanova-Essay.pdf
71.2 KB
This is my essay for JACAFA.
I used internet materials for statistics😁
Recommendation Letter-2 (2).pdf
48.3 KB
JACAFA uchun topshirgan ikkinchi rec letter birinchisini UGRAD ga topshrganimni sal o'zgartirib yuborganman😁(slaga life hack bitta rec letter qvosela sal o'zgartirib hamma yoqqa yuboraverasla)
Oydinoy Khusanova-Transcript.pdf
78.4 KB
Transcript example so'raganlar uchun.
Bugun intervyular haqida gaplashamiz. Odatda ko'plab grant dasturlari yoki oddiy volontyorlikdan tortib ishga kirishgacha suhbat asosida olinadi. Menimcha bu juda to'g'ri chunki allaqanday qog'ozlar siz haqingizda sizdan yaxshiroq so'zlay olmaydi. Demak men umumiy hisobda 20+ intervyulardan o'tganman. Bu hammasi grant yoki ish uchun emas umuman hayotim davomidagi umumiy loyihalar hammasini qo'shib aytyapman. Lekin bulardan eng muhumlaridan uchtasini sanab o'taman. Qizig'i uchhchovidan ham 2021 yilda omadli tarzda o'tdim☺️😊

1. Westminster international school Internship program

Bu Toshkemtdagi nufuzli xalqaro maktablardan biri (instagramdan sahifasini topishingiz yoki shunchaki google qilishingiz mumkin) bo'lib shu yil bizni universitet bilan hamkorlikda 12 ta talaba uchun mo'ljallangan internship program ga suhbat asosida talabalar tanlab olishdi. Suhbatni haqiqiy native speaker oldi xonaga besh kishi kirdik hammamizga bitta savol berilar va birin ketin hamma javob berardi. Uchta savol holos ammo yana hamma javoblar bir biriga o'xshash. Siz oyna haqida gapirganda faqat oynadagi aksingiz emas balki oyna barchaga o'z aksini ko'rsatishi yoki shu haqdagi faktlar berishingiz kerak. Yani faqat biroz kengroq o'ylash kerak va aniq javob berish ham muhim.

O'qituvchilikni nega tanlagansan degan savolni berdi bizga interviewer shunda hamma bolaligimda orzu qilganman, o'qituvchila eng zo'r insonlar deb ketdi ok ula zo'r bu aniq lekin senchi. O'qituvchi mo'tabar, mehribon zot degan gap juda general siz o'zingizga tegishli fikr va o'z reasoningizni keltiring. Misol men bu kasbni imkonim bo'lganida tanlamasligimni hattoki hozir ham o'qituvchi bo'lishni hohlamasligimni aytdim. Va shunday explain qildim. Tilga qiziqdim, o'rgandim lekin chetga ota onam yubora olmaydi, xalqaro universitetlarda ham o'qish harajatlari ancha qimmat menda faqatgina shu yo'l qolgan edi. Ammo hozir universitetda ushbu sohani o'rganyapman balki shu sohada qolarman sababi menda bunga qobilyat va kuch yetarli deb o'ylayman dedim ishonch bilan.
#yangiyil
Yangi yil o'tganiga ancha bo'lgan bilaman😁😂 Lekin bir qiziq voqea bo'ldi. U haqda bilasizmi yo'qmi xabarim yo'q ammo Global Friends deb nomlangan agenstva bor summer work and travel va shu kabi programmalari mavjud. Mana shu agentlik haqida dugonam Hilola aytgan dastlab ular scholarship Elon qilgan edi summer work and travel ga 100 foizlik( yani harajatlar hammasi qoplanadi siz to'lov qilishingiz kerak emas) mana shunda qatnashdik. Eng zo'r joyi Hilola yuz foizlik grantni qo'lga kiritdiii❤️Lekin hozir gap bu haqda emas. Xullas keyin Global Friends ni instagramda follow qilib kuzata boshladim. Bu o'tkan yili bo'lgan ishlar yangi yil oldi taxminan 15 dekabrlarda Instagram akkauntida agenstva ajoyib yangi yil o'yini uyushtirdi va g'oliblarga Amerikadan maxsus yangi yil tabrigi yozilgan konvert kelishi kerak edi. Men ham qatnashib yutdim. Lekin yangi yil tabrigi may oyining o'rtalariga keldi😅 Konvertni ochib shunday kuldim. Ha Amerika yaqin joy emas😁 Kelme tursa o'zim borarmidim😂🇺🇸
2024/09/28 13:26:11
Back to Top
HTML Embed Code: