Telegram Web Link
✔️ Xorazm viloyati yuridik texnikumida "Sudya va yoshlar uchrashuvi" bo'lib o'tdi.

🧑🏻‍⚖️ Joriy yilning 16-sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Xorazm viloyat ma'muriy sudining  sudyalari D.Yusupov, S.Allabergenov, T.Yusupov, T.Ibragimov va Urganch tumanlararo ma'muriy sudining sudyalari I.Shomurotov, J.Pirjonov, A.Jumaniyozovlar o'quvchi-yoshlarga "Yangi O'zbekistonning yoshlarga oid davlat siyosati" mavzusida ma'lumot berishdi.

⚖️ Uchrashuv so'ngida o'quvchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

〰️〰️〰️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:👇
🏛 Xorazm viloyati yuridik texnikumi
rasmiy sayt / telegram / facebook / instagram / youtube
#Bilasizmi

⚡️O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlarida ta’limning kredit-modul tizimida o‘quvchilar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlari nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi.

Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlarida ta’limning kredit-modul tizimida o‘quvchilar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlarini belgilaydi.

❗️Nizomning 7-bandiga muvofiq o‘quvchilar o‘quv yilining birinchi haftasi mobaynida yuridik texnikumning O‘quv-metodik bo‘limi tomonidan mazkur Nizom talablari bilan to‘liq tanishtirilishi shart.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | • Instagram
Forwarded from Huquqiy axborot
#Меҳнат_ҳуқуқлари

Қонунчиликка кўра, иш берувчи қуйидаги ҳолларда ходимга унинг ўз меҳнат мажбуриятларини бажариши билан боғлиқ харажатларни компенсация қилиши шарт:

хизмат сафарларида бўлганда;

сайёр ва кўчиб юриш хусусиятига эга ишларда, шунингдек дала шароитларида ёки вахта усулида ишлаганда;

иш берувчи билан олдиндан келишувга кўра бошқа жойдаги ишга кўчиб ўтганда;

иш берувчининг йўлланмаси билан касбий тайёргарликдан, қайта тайёрлаш, малака ошириш ва стажировкадан ўтганда;

ишлаб чиқаришдаги бахтсиз ҳодиса ёки касб касаллиги натижасида ходим вақтинча меҳнатга лаёқатсиз бўлиб қолганда;

ходим мажбурий тиббий кўрикдан ўтганлиги муносабати билан;

ходим фойдаланмаган йиллик меҳнат таътили учун;

иш берувчининг ташаббуси билан меҳнат шартномасини бекор қилиш тўғрисида ходимни огоҳлантириш муддати мутаносиб пул компенсацияси билан алмаштирилиши муносабати билан.

Каналга уланиш👇👇👇
https://www.tg-me.com/huquqiyaxborot
✔️ Nazariya va amaliyot uyg'unligi

🔰 Xorazm viloyati yuridik texnikumi o'quvchilari joriy yilning 13-sentyabr kuni texnikum ustozlari boshchiligida Fuqarolik ishlari bo'yicha Urganch tumanlararo sudi binosida bo'lib o'tgan "Ochiq eshiklar kuni" tadbirida ishtirok etishdi.

⚜️ O'quvchilar sud binosi, xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar va sud arxivi bilan tanishishdi. Shuningdek, ularga  sudlarda ish yuritish tartibi, ko'riladigan ishlar toifasidan tortib, sudyalik lavozimi uchun qo'yiladigan talablar haqida ham tushuntirish berildi.

〰️〰️〰️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:👇
🏛 Xorazm viloyati yuridik texnikumi
rasmiy sayt / telegram / facebook / instagram / youtube
✔️ Xorazm viloyati yuridik texnikumi o'quvchilarining bo'sh vaqtlarini mazmunli va foydali o'tkazish maqsadida fan, sport to'garaklari va klublar tashkil qilingan.

🔰 Jumladan, "Zakovat" klubi telegram ijtimoiy sahifasida ham o'z faoliyatini olib bormoqda. Sahifaga qo'shilish uchun quyidagi havola ustiga bosing!
https://www.tg-me.com/+g7SoP4YT9u1iZmNi

👨‍🏫  "Zakovat" klubi rahbari M.Ruzmetov

〰️〰️〰️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:👇
🏛 Xorazm viloyati yuridik texnikumi
rasmiy sayt / telegram / facebook / instagram / youtube
#_Tabrik

✔️ Xorazm viloyati yuridik texnikumi kadrlar bo'yicha inspektori - Raxmanova Nazokat Kutlimuratovnani tavallud kuni munosabati bilan muborakbod etamiz!

🎉 Sizga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy tinchlik, ishlaringizda zafarlar tilaymiz! Hayotingiz ezgu niyat va yaxshiliklarga to'la bo'isin. Yaqinlaringiz baxtiga doimo sog'-omon bo'ling!

👏 Tug'ilgan kun muborak!

🏛 Hurmat bilan Xorazm viloyati yuridik texnikumi!

〰️〰️〰️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:👇
🏛 Xorazm viloyati yuridik texnikumi
rasmiy sayt / telegram / facebook / instagram / youtube
📣 "Besh tashabbus olimpiadasi"

Xorazm viloyati yuridik texnikumida 17-sentyabr kuni "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida to'garak rahbari L.Rajabova boshchiligida texnikum o’quvchilari o’rtasida sportning shashka turi bo'yicha musobaqa o'tkazildi.

👏 Yigitlar o‘rtasida g‘oliblar:

🥇Shonazarov Asror Asadbek o‘g‘li- 1-bosqich 24-02-guruh o'quvchisi,
🥈 Baxtiyarov Shahzod Azizbek o‘g‘li - 2-bosqich 23-04-guruh o'quvchisi,
🥉Jumanazarov Alibek Ruslan o‘g‘li- 2-bosqich 23-04-guruh o'quvchisi.

👏 Qizlar o‘rtasida g‘oliblar:

🥇Norimmatova Mardona Ulug‘bek qizi- 1-bosqich 24-04-guruh o'quvchisi,
🥈 Qo'ziboyeva Muhabbat Qaxramon qizi - 2-bosqich 23-04-guruh o'quvchisi,
🥉Ahmedova Gulbonu Odilbek qizi- 1-bosqich 24-05-guruh o'quvchisi.

🏆 G'oliblar darajali diplom bilan taqdirlanadi.

〰️〰️〰️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:👇
🏛 Xorazm viloyati yuridik texnikumi
rasmiy sayt / telegram / facebook / instagram / youtube
2024/09/28 13:19:16
Back to Top
HTML Embed Code: