Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI (Valijon Maxmudov)
Hammasi tugadi! Buni YouTube ham tasdiqladi.

Xatni tarjimasi:
Quyidagilar boʻyicha shikoyatingizni koʻrib chiqdik:
Kanal: Kompyuter Akademiyasi

Kanalingizni sinchiklab ko‘rib chiqdik va u hamjamiyat tartib-qoidalarini buzayotganini tasdiqladik. Bilamizki, bu yoqimsiz yangilikdir, ammo bizning vazifamiz YouTube barcha uchun xavfsiz joy ekanligiga ishonch hosil qilishdir.

Bu sizning kanalingizga qanday ta'sir qiladi:
Kanalingizni YouTube’ga qayta tiklamaymiz.
Kompyuter Akademiyasining YouTube'dagi kanalining so'ngi rasmiy statistikasi edi...

💼 @ka_projects
Nega KA Shorts kanalimizni davom etmasligimizga faktlar

💼 @ka_projects
🎉 Instagramda 10k boʻldik!

😅 Oʻzim tushunmaydigan tarmoqda shunchalik obunachilarga ega boʻlamiz deb oʻylamagan edim.

☺️ Barchasi uchun Allohga shukrlar boʻlsin. Ijodda davom etamiz inshaalloh 🤗.

💼 @ka_projects
Talabdan kelib chiqib...

Videodarslar uchun ham shu qoida ishlaydi. Koʻpchilik soʻragan videodarsni tayyorlasa, koʻproq odam koʻradi.

💼 @ka_projects
Instagramdagi profilimizning tavallud kuni

Instagramdagi profilimizni 2022-yil fevral oyida yuritib boshlagan ekanmiz (chapdagi rasm).

🥳 Demak 2022-yil 4-fevral Instagramdagi profilimizni tavallud kuni sifatida tarixga kiradi 😁.

👉 Oʻngdagi rasmda hozirgi "ahvoli" koʻrsatilgan, Alhamdulillah.

💼 @ka_projects
@menubuilderbot bilan oxirigacha borolmaysiz(mi)?

@ExcelDarsBot loyihasi shu konstruktorda 2021-yil oxirida ochilgan edi. Shu kunga qadar 50 mingga yaqin obunachini jalb qilishni Alloh nasib qilgandi.

😢 Yaqindagina obunachilari bilan botni alohida hostingga oʻtkazmoqchi edim. Bunga esa quyidagilar sabab boʻldi:
• Har reklama joʻnatganda anchagina obunachilar faollar roʻyxatidan chiqib ketadi, bu degani keyingi reklamalar ularga yetib bormaydi. Natijada faol obunachilar soni kamayib, botning narxi va qiymati ham tushib boradi.
• Konstruktorga pul oʻtkazish qiyin boʻlib ketdi. Konstruktor aslida bepul, lekin kerakli imkoniyatlardan foydalanish yoki limitlarni oshirish uchun kichik miqdorda toʻlov qilish kerak ($1-5 oraligʻida). Ilgari Payme bilan oson oʻtkazar edim (Payme -> Payeer -> Konstruktor), oxirgi paytlar Payme'dan oʻtkazish muammo boʻlib qoldi.

😎 Shu sababli hostingga ko'chirmoqchi boʻldim, lekin obunachilarni koʻchirishni hech imkoni boʻlmagani sababli bot shu turishida qoladigan boʻldi. Excel botimni koʻchirish uchun bir dasturchiga deyarli 1.2 mln toʻlagan edim, u qilib bergan botda yangi @OfisDarsBot ni ochishga qaror qildim. Shunda bir vaqtda 2 ta botni yuritishda davom etamiz nasib qilsa.

Xulosa: Men qachondir excel botimni koʻchiraman deb oʻylamagan edim, lekin vaqt va rejalar oʻzgarishi sababli qarorlar ham oʻzgarar ekan. Yangi botlar ochayotganlarga alohida hostingda boshlashni ham tavsiya qilmayman, chunki botini rivojlanib, oʻzini qoplashi gumon. Oldindan katta narsalarga qaror qilinmas ekan, tajriba orqali ham katta qarorlar qabul qilinishi mumkin ekan.

💼 @ka_projects
Screenshot_2024_0219_075116.jpg
441.8 KB
Instagram sahifamizdagi top 3 ta reels'ning statistikasi

🤤 Bunday natijalarni koʻrib ijod qilging kelaveradi.

💼 @ka_projects
OfisDarsBot - oʻqish va ishda biz bilan uyalib qolmaysiz!
#bot

Manzil: https://www.tg-me.com/OfisDarsBot
Ishga tushirilgan sana: 30.01.2024
Loyiha asoschisi: Valijon Maxmudov

💼 @ka_projects
KA Projects
OfisDarsBot - oʻqish va ishda biz bilan uyalib qolmaysiz! #bot Manzil: https://www.tg-me.com/OfisDarsBot Ishga tushirilgan sana: 30.01.2024 Loyiha asoschisi: Valijon Maxmudov 💼 @ka_projects
Loyiha haqida: Ushbu loyihani tayyorlashga 2 ta sabab bor edi: ExcelDarsBot'dagi obunachilarni ko'chirishning imkoni yo'qligi va anchadan beri obunachilarimizni ExcelDarsBot'ga o'xshash Word va PowerPoint bo'yicha ham loyiha kerak deganlari.

😅 Yangi botimizni oldingilari kabi @MenuBuilderBot'da emas alohida hosting olib, dasturchiga @BepulDarsBot'da ishlatilgan CMS'dan foydalanib qildirildi. Ketgan xarajatlar 1.5 mln atrofida va har yili 17 ming domenga, har oy 60 mingdan hostingga ketadi.

🫡 Botda nasib qilsa asosiy kontent katta va kichik videodarslar bo'Iadi. Qolganini vaqt ko'rsatadi.

💼 @ka_projects
🆕 Telegramda faoliyat yurituvchi adminlarga qulayliklar ko'paymoqda!

📰 Ijtimoiy tarmoqlarda yaqin orada Telegram o'zi topayotgan pullarni kanal mualliflari bilan bo'lishishni boshlaydi degan gaplar tarqalmoqda, bu tizim may oyining oxirlarida ishga tushishi tahmin qilinmoqda (yuqoridagi rasmga qaralsin).

💸 Moliyaviy tomonlama ko'mak kelishi istalgan loyihaga yordam bo'lishi aniq masala, lekin menga yoqqan yana bir kichik funksiya haqida ham aytmoqchiman. Bu foydalanuvchini tug'ilgan sanasini ko'rsatish imkoniyati!

🎂 Har bir telegram foydalanuvchisi profiliga tug'ilgan sanasini kiritib chiqishi keyinchalik kanal adminlarining o'z foydalanuvchilari haqida ko'proq ma'lumot olishiga ko'mak beradi deb o'ylayman (hozircha bunday funskiya kanal sozlamalarida yo'q).

Loyiha ishtirokchilari haqida ko'proq ma'lumotga ega bo'lish loyiha egasiga o'zi uchun kerakli, maqsadli auditoriyani osonroq aniqlashiga ko'mak beradi.

💼 @ka_projects
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Botlarning foydalanuvchilar soni ko'rinadigan bo'libdi, lekin...

Lekin nega kam ko'rsatyapti? Balki ayni paytdagi onlayn foydalanuvchilar sonini ko'rsatayotgandir? Balki ushbu funksiya hali to'liq ishlab chiqilmagandir?

To'liq ma'lumot izlab ko'raman, u bu narsa topsam sizlar bilan ulashaman. Hozircha esa kutamiz faqat...

💼 @ka_projects
2024/09/29 00:48:34
Back to Top
HTML Embed Code: