Najot Ta'limdan yana bir yangi loyiha — Robbit!

Robbit akademiyasi 8-15 yoshli bolalar uchun robototexnika va AyTi kurslarini o'rgatishga ixtisoslashgan.

Akademiyaning asosiy maqsadi bolalar uchun kelajakda zarur bo'ladigan kreativlik, ixtirochilik, tanqidiy-tahliliy fikrlash ko'nikmalarini yoshlik chog'idan shakllantirishdir.

Robbit akademiyasining afzalliklari:
STEAM ta'lim metodikasiga asoslangan darslar;
• iqtidorli o'quvchilar xalqaro musobaqalarda bepul ishtirok etishi;
• maxsus tayyorlangan ustozlar dars berishi;
• bolalarda ilm-fanni o'rganishga bo'lgan qiziqishni oshiradi
.

Akademiya haqida batafsil ma'lumotni ushbu video orqali bilib oling:

👉 VIDEONI TOMOSHA QILISH

📞 78-777-3-777
Maktab ham yakunlandi. Endigi rejalar qanday?

🔔 25-may so'nggi qo'ng'iroqni ham o'tkazib olib, katta hayotga qadam qo'yishni boshladingiz. Kelajak uchun qaror qabul qilish vaqti keldi!

Siz o'zingizga mos kasb yoki rivojlanish yo'lini tanladingizmi?

🎯 Maktabni tamomlab, kelajak rejalar haqida o'ylayotgan yigit-qizlar uchun "Katta hayotda qadam" mavzusida ovozli chat o'tkazamiz.

Suhbatda men bilan Hasanxo'ja Muhammad Sodiq va Xurshid Maroziqov akalar ham bo'lishadi. Barcha yoshlarni kutamiz!

🗓 Qachon: 31-may, juma, soat 20:30
📍 Qayerda: «Najot Ta'lim», Telegram kanalida

👉 Ovozli chatda qatnashish

Maktabni tamomlagan tanishlaringizga ulashib qo'yishni unutmang. 😉
Maktab bitiruvchilari uchun suhbat
Najot Ta'lim
01:45 — Maktabni bitirgan o'quvchilar endi nima qilishi kerak?
12:16 — Maqsad qo'yishda nimalarga e'tibor berish kerak?
23:55 — Bizning yoshlarimiz moslashuvchanlikka qanchalik tayyor?
28:17 — Muvaffaqiyatga erishish uchun maktabda yaxshi o'qish kerakmi?
37:24 — Katta hayotga qadam qo'yishda moliyaviy jihatga qanchalik e'tibor berish kerak?
44:20 — Amerika oilalarida muhit qanday shakllantirilgan?
53:50 — Katta qarorlar qabul qilishda ota-onalarni qanday ishontirish mumkin?
1:07:34 — Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmaslik kerakmi?
1:14:27 — AyTi sohasini qayerda o'rganish kerak?
1:16:54 — AyTi sohasini o'rganish bo'yicha yoshlarga tavsiyalar

«Najot Ta'lim»da zamonaviy kasblardan birini o'rganishni istasangiz, quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'ting

👉 Ro'yxatdan o'tish
Nega 3 yoshdan keyin kech?

Rasmdagi xabar favqulotda holatlarda yuboriladigan trevoga. Yaponiyada yer qimirlasa, telefonlarga judayam baland ovozda shunaqa trevoga xabarlar keladi.

Bugun ertalab soat 6:30da xuddi shunday xabar keldi. Ayolim bolalar uyg’onib ketmasin deb darrov telefon ovozini o’chirdi, chunki biz yashayotgan shaharda yer qimirlashi bo’lmayotgandi.

Ayolim xabar ovozini o’chirib-o’chirmay 3 yoshli o’g’lim darrov uyg’onib, ikki qo’li bilan boshini ushlab o’zini himoya qildi. Darrov quchoqlab, tinchlantirdik va yer qimirlayotganini aytdik.

Ozginadan keyin nimaga unaqa qilganini so’rasak, ustozlarim aytgan yer qimirlayotganda agar stol bo’lmasa, boshingni shunaqa himoya qilishing kerak deb. Biz esa 😳

Mana nega yaponlar 3 yoshgacha bolalar bog’chasida faqat shunaqa hayot uchun kerakli eng muhim bilimlarni o’rgatishadi.

Farzandlarimiz Ingliz, Rus va Arab tillarini maktabda ham o’rganishi mumkin. Yaxshi taomlarni uyda ham qilib bersak bo’ladi. Maktabgacha ta’lim esa shu kabi muhim bilimlarni berish bilan shug’ullanishi kerak.

(Ma’lumot uchun, Yaponiya bog’chalarida har bitta bolaning o’zining yong’indan himoya qiladigan maxsus materialdan tikilgan plashi bor. Uxlayotganda yonida, ovqatlanayotganda stulining orqasida turadi)

🟩 @yetakchi_notes
🟩 @yetakchi_notes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Najot Ta'lim
Xorazmliklar uchun "dim" ajoyib yangilik

«Najot Ta'lim»ning Xorazm filiali ochilganidan xabardorsiz, lekin hali ham markazda qanday kurslar mavjudligi haqida to'liq ma'lumotga ega emasmisiz?

🔥 Sizga ajoyib yangiligimiz bor!

AyTini o'rganishga bo'lgan ishtiyoqingizni o'zingizga munosib sohaga yo'naltirmoqchi bo'lsangiz, "AyTi sohasi siz uchunmi?" mavzusidagi suhbatda kutib qolamiz.

📅 Qachon: 7-iyun, juma, 20:30
📍 Qayerda: «Najot Ta'lim», Telegram kanalida

👉 Ovozli chatda ishtirok etish

Postni zamonaviy kasblarga qiziquvchi xorazmlik tanishlaringizga ham ulashib qo'yishni unutmang!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bozor iqtisodiyoti rivojlanib, asosiy iqtisodiy faoliyat xususiy bizneslarga o'tayotgan bir paytda kadrlardan yuqori darajadagi raqobatbardoshlik talab qilinadi. Buning uchun esa har qanday mutaxassis har kuni o'z ustida ishlashi va o'sib borishi zarur!

Sizning fikringiz qanday? Hozirgi mutaxassislar yana qanday sinovlarga tayyor turishi kerak?

📌 @javharuz 📌
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Kelajak kasblari-2024" forumi

Forumning birinchi kunida ishtirokchilar Raqamli texnologiyalar vazirligi va "Najot Taʼlim" oʻquv markaziga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida vazirlik va oʻquv markazi tomonidan yoʻlga qoʻyilgan yirik loyihalar, taqdimotlar bilan tanishdi. Raqamlashtirish borasida mamlakatimizda qilinayotgan islohotlarga yaqindan guvoh boʻlishdi.

@kelajakkasblari_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qarz olgach, olingan qarzni qaytara olish inson hayotidagi juda muhim ko'nikmalardan hisoblanadi.

Ba'zan o'zim qarz olaman va uni o'z vaqtida qaytarish uchun jidd-u jahd qilaman. Ba'zan biror yoshroq tanishim qarz so'rab qolsa va menda bunga imkoniyat bo'lsa, beminnat yordam qilish mumkin bo'lgan o'rinda ham atay pulni qarz deb, aniq muhlatini belgilab, keyin beraman va o'z vaqtida qaytarishini talab qilaman. Chunki qarzni o'z vaqtida qaytarishni o'rganishlarini istayman. Qarz olib, uni yeb ketish yoki qarz qaytarish muhlatiga beparvo bo'lish odatlariga aylanib qolmasin deyman. Zotan, bu ayni illat.

Qarzni o'z vaqtida qaytara olish — juda muhim hayotiy ko'nikma!

P.S. Qarz qaytarish masalasida bir marta ishonchni oqlamagan odam bilan esa qaytib bunday pul muomalasiga kirishmayman.

📌 @javharuz 📌
Forwarded from Najot Ta'lim
🔥 «Najot Ta'lim» markazi O'quv bo'limi rahbari Janubiy Koreya Prezidenti bilan uchrashuvda qatnashdi!

Kuni kecha yurtimizga tashrif buyurgan Janubiy Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol O'zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov Nig'matovich hamrohligida poytaxtimizdagi “U-Enter” innovatsion tadbirkorlik markazida mehmon bo'lib, innovatsion loyihalarda faoliyat yuritayotgan o'zbekistonlik yoshlar bilan muloqot o'tkazdi.

Tadbirda «Najot Ta'lim» nomidan markazimiz O'quv bo'limi rahbari Javohir Izzatulloh Shokirjon o'g'li ham shaxsan ishtirok etdi.

"Innovatsion kelajak yoshlari bilan suhbat" mavzusidagi uchrashuvda vatandoshlarimiz mamlakatimizda amalga oshirilayotgan loyihalar haqida so'zlab berishdi. O'z o'rnida Janubiy Koreya Prezidenti ham hozirgi zamonda innovatsion loyihalar rivojlanishning asosiy lokomotivi ekanini aytib, o'zbekistonlik ilg'or yoshlarni Janubiy Koreyada ko'rishdan mamnun bo'lishini ta'kidladi.

Uchrashuv taassurotlari haqida so'zlay turib, "Koreyada o'qib, yashab qaytgan odam sifatida ushbu mamlakat prezidenti bilan ko'rishishim men uchun Koreyadagi faoliyatimning o'zgacha bir ajoyib hosilasi bo'ldi", deydi Javohir Izzatulloh.

@najottalim
Javohir Izzatulloh | blog
Video
Janubiy Koreya Prezidenti bilan uchrashuv

Yuqorida Janubiy Koreya Prezidenti bilan uchrashuv haqidagi xabarni ko'rgan bo'lsangiz kerak. Uchrashuvda Najot Ta'lim nomidan men ham qatnashdim. Vaqt cheklovi sababli hammamizda nutq qilish imkoni bo'lmadi. Tadbirning mahalliy tashkilotchisi KOICAga bizga ehtirom ko'rsatib taklif qilishgani uchun tashakkur bildiraman.

Taassurotlar ajoyib bo'ldi. Uchrashuvga norasmiy kiyimda kelish so'ralgan edi. Bir mamlakat prezidenti va hukumatning eng oliy rahbarlari bilan bir zalda o'tirgan bo'lsam-da, uchrashuv davomida o'zimni har tomonlama juda qulay his qildim. Anchadan beri karischa gapirishga ehtiyoj tug'ilmayotgan edi, Koreyaga yana borganday bo'ldim.

Prezident bilan xayrlashish chog'ida qisqa muloqot qilib u kishiga O'zbekistonga kelgani uchun tashakkur bildirdim. Chunki bu hamkorlik ishlari O'zbekistonga juda katta foyda keltiradi deb hisoblayman. Selfi ham tushib oldim. Kelajak uchun esdalik bo'lsin deb surat va videolarni shu yerga muhrlab qo'yyapman.

Men istagan rakurslardan olingan ajoyib foto-suratlar va video-kadrlar uchun Koreya OAVdan juda minnatdorman. )

📌 @javharuz 📌
Yoshlik uchun uzr ko'p. "Bolalikda g'o'r edim", "yoshlik – beboshlik" va hokazo. Kattalar uchunchi? Kattalikka qanday uzr bor...

📌 @javharuz 📌
2024/06/18 11:07:11
Back to Top
HTML Embed Code: