Telegram Web Link
Javohir Izzatulloh | blog
Video
Janubiy Koreya Prezidenti bilan uchrashuv

Yuqorida Janubiy Koreya Prezidenti bilan uchrashuv haqidagi xabarni ko'rgan bo'lsangiz kerak. Uchrashuvda Najot Ta'lim nomidan men ham qatnashdim. Vaqt cheklovi sababli hammamizda nutq qilish imkoni bo'lmadi. Tadbirning mahalliy tashkilotchisi KOICAga bizga ehtirom ko'rsatib taklif qilishgani uchun tashakkur bildiraman.

Taassurotlar ajoyib bo'ldi. Uchrashuvga norasmiy kiyimda kelish so'ralgan edi. Bir mamlakat prezidenti va hukumatning eng oliy rahbarlari bilan bir zalda o'tirgan bo'lsam-da, uchrashuv davomida o'zimni har tomonlama juda qulay his qildim. Anchadan beri karischa gapirishga ehtiyoj tug'ilmayotgan edi, Koreyaga yana borganday bo'ldim.

Prezident bilan xayrlashish chog'ida qisqa muloqot qilib u kishiga O'zbekistonga kelgani uchun tashakkur bildirdim. Chunki bu hamkorlik ishlari O'zbekistonga juda katta foyda keltiradi deb hisoblayman. Selfi ham tushib oldim. Kelajak uchun esdalik bo'lsin deb surat va videolarni shu yerga muhrlab qo'yyapman.

Men istagan rakurslardan olingan ajoyib foto-suratlar va video-kadrlar uchun Koreya OAVdan juda minnatdorman. )

📌 @javharuz 📌
Yoshlik uchun uzr ko'p. "Bolalikda g'o'r edim", "yoshlik – beboshlik" va hokazo. Kattalar uchunchi? Kattalikka qanday uzr bor...

📌 @javharuz 📌
Forwarded from Robbit akademiyasi
Robbit akademiyasida bepul ochiq darslar bo‘lib o‘tdi

🤩 Ushbu suratlarda Robbitda ochiq darsda qatnashib, o‘z taassurotlarini yuzida ifoda etgan bolalarni ko'rishingiz mumkin.

🙃 Siz ham shunday kulgilarni o‘z farzandingizda ko'rishni istaysizmi? Unda bepul ochiq darslarga ro‘yxatdan o‘ting.

👉 Ro‘yxatdan o‘tish

📞 78-777-3-777

#bepul #dars
Forwarded from Muhammad Temur A'zam
Shavkatjonov Muhammadrizo Azizbek og'li DTSP(Bolalar miya falaji) kasalligi bilan kurashmoqda.Kasallik tug'ruq travmasi natijasida miyyaga qon quyilganligi va hozirda mustaqil o'tirolmasligi, yura olmasligi sababli doimiy davolatishga muhtoj. Kasallikdan tuzalguncha davolanish muddati uzoq va narxi qimmat turadi. Hozirda xitoylik doktorlar tomonida 4 oylik uzluksiz davolatish yotqizilgan.

Bolakayning otasi va onasi hozirda talaba kontrakt asosida oqiydi va otasi daromadi uncha kop bolmagan sohada faoliyat yuritadi onasi ishlamaydi bola parvarishida

Hozirgi paytda bolani davolatish va dori-darmoni uchun 15-20 ming AQSh dollari miqdorida mablag kerak. Yetarli mablag' yig'ilizhi siz va bizga bog'liq. Bolakayning yurib ketishi va tengqurlari qatoriga qotoriga qo'shilib, sog'lom farzand bolishi uchun hissamizni qo‘shaylik.

Sacovatli insonlarni savob ishga chaqirib qolamiz

Uzcard
5614681812870925
Viza card
4231200012920426
Humo card
9860160102070226
Humo card
9860010114773582

Kartalar otasi Akramov Azizbek nomida
Tel raqami:+998996569006
"Millat tarixi har bir oila tarixidan boshlanadi."

4 yil avval oilaviy shajaramizni tuzishni boshlaganman. Ota tomondan yettinchi otamiz ma'lum. U kishi Namangandagi Nanay qishlog'iga Sayram tomonlardan ko'chib kelgan bo'lgani uchun u kishining otalari haqida ma'lumotimiz yo'q.

Shajara tuzishda familyecho.com saytidan foydalanaman. Bir nechtasini o'rganib chiqib shuni tanlaganman. Yengil, sodda, qulay bo'lganligi va shajarani pdf formatda yuklab olish imkonini bergani uchun shuni ma'qul ko'raman.

Hozirgacha men shajarada to'plagan insonlar soni 2,000 dan oshdi. Bunga ba'zi darajagacha bo'lgan kelin-kuyovlar ham kiradi. Shajaraning beshdan bir qismini eni plakat hajmidagi rulon qog'ozga chiqarib ko'rganimda 5 metrni tashkil qildi.

Shajara tuzish tugagach, kitob yozishni boshlashni reja qilganman. Muqaddimasini 3-4 yil avval yozib ham qo'ygandim. Kitob bitgach, jarayon haqida katta maqola yozib sizlarga ham havola etaman, inshaalloh. Xudo xohlasa, oilamiz va urug'imiz uchun qimmatli manba bo'lishidan umidvorman.

Sizchi? O'z tarixingizni, ajdodlaringizni bilasizmi? Shajara tuzib ko'rganmisiz? Qaysi dasturdan foydalanasiz?

📌 @javharuz 📌
Qanday qilib ishga kirish suhbatidan muvaffaqiyatli o'tish mumkin?

🎙 29-iyun — shanba
kuni soat 14:30 da «Najot Ta'lim» Farg'ona filialida "HR va texnik suhbatdan muvaffaqqiyatli o'tish" mavzusida tashkil etilayotgan maxsus suhbatda bu savolga javob olishingiz mumkin.

Spikerlar:
• Ali Zairov
— «Najot Ta'lim» HR bo'limi rahbari
Muhammadxon Najimov — Dasturlash yo'nalishi bo'yicha texnik suhbatlarni oluvchi mutaxassis

🙋‍♂️ Kim uchun: Barcha uchun ochiq
🆓 Qatnashish: Bepul
📍 Manzil: «Najot Ta'lim» Farg'ona filiali

👉 Ishtirok etish
Sizni tavozuli qila olmagan ilm johillikdir.

© Adham Sharqoviy, Nabaviy tarbiya
Forwarded from Alisher Sadullaev
Bu yigitni taniganlar bormi?

Yaxshi yigit, mukofot muborak bo'lsin.
Forwarded from Alohida mavzu
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Odamlarga haqiqatni aytish kerak!

Bugun hamma pul topish uchun mehnat qilyapti, deyarli 2 mln o'zbek o'z oilasi uchun Rossiyada ishlamoqda.

Hamma ishlayotgan bo'lsa, nega haligacha iqtisodiy muammolar sabab kambag'allik mavjud?

Albatta bu kabi savollar tug‘ilishi tabiiy. Xo'sh, kambag'allikdan qutula olamizmi?

Bu haqida "Alohida mavzu"ning navbatdagi sonida bilib oling.

👉 https://youtu.be/wgLPQmQp6Vk
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvda Prezidentimiz shaxsan o'zlari Cambridge o'quv markazimizni va jamoamiz mehnatini e'tirof ettilar!

Bu Cambridge jamoasi va men uchun katta motivatsiya! O'ylaymanki loyihamiz sabab InShaaAllah millionlab yoshlar ilmli bo'lib hayotta o'z yo'llarini topishadi!

Biz aynan shu yo'lda mehnat qilib charchamaymiz, sababi insonlarga ilm ulashish bizning missiyamiz bir qismidir!

@jahongir_pulatov_blog
2024/06/29 09:52:15
Back to Top
HTML Embed Code: