Telegram Web Link
Forwarded from Muhammad Temur A'zam
Qibrayda yashovchi Maʼpura opani takror operatsiya qilish zarur.

Shu yil may oyida jarrohlik amailiyoti oʻtkazilib, toz suyagiga qoʻyilgan protez olib tashlanib, vaqtinchalik protez qoʻyilgan edi.

Ayni paytda qo‘yilgan protezni tezroq olib tashlab, doimiy protez qoʻyilishi kerak.

Jarrohlik operatsiyasi uchun 49 million soʻm pul zarur.

“Ehsonning mukofoti faqat ehsondir”.

Azizlar, ahlingizdan ortgani boʻlsa, shu oilaga ehson qiling. Chindan haqdor, yordamingizga muhtoj…

Plastik kartalar:
UzCard SQB: 8600030409795352 Ro‘zihojiyeva Maʼpura.
UzCard SQB: 5614681628662979 Ro‘zihojiyeva Feruza (qizi).

Telefon: +998955950605.
Forwarded from Qamar kitoblar do‘koni
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qanday kasb tanlash kerak?

Faktlarga ko'ra, inson umrining o'rtacha 90,000 soatini ish joyida o'tkazadi. Demak, to'g'ri kasb tanlash kelajak hayotning qanday o'tishini belgilab beradi.

Yoshlarga zamonaviy kasblarni egallashda ko'mak berayotgan, 2023-yilning eng yaxshi AyTi ta'lim muassasasi bo'lgan "Najot Ta'lim" markazi ajoyib yangilik tayyorlayapti.

7-avgust sanasida yangilikni e'lon qilish bilan birga 100% li grant va turli qimmatbaho sovg'alar ham taqdim etiladi.

@NT_katta_yangilik

Imkoniyatni qo'ldan boy bermaslik uchun hoziroq maxsus kanalga qo'shilib oling
.
Ba'zida bo‘lsa ham nima uchun yaratilganimiz va hayotdan, yashashdan maqsadimiz nimaligi haqida o‘zimizni so‘roqqa tutib tursak, yo‘limizni yo‘qotib qo‘ymaymiz, o‘zimizdan ketib qolmaymiz. Bu hozir bizga qanchalar zarur...

16.02.2017

📌 @javharuz 📌
Forwarded from Temurbek Adhamov
Bugungi premyerani qayerdan kuzataman deysizmi?

🔥 Soat 20:30 dan boshlab uzoq kutilgan ushbu yangilikni «Najot Ta'lim» YouTube sahifasida orqali kuzatib borishingiz mumkin.

👉 Havola: https://youtu.be/kDeTkXbTBek

Premyeradan so'ng, jonli efirda konkurs g'oliblari e'lon qilinadi. Konkursda ishtirok etish havolasi premyera videosida ta'kidlab ketilgan.

@NT_katta_yangilik
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yangilikni ko'rdingizmi?😍

Havola: https://youtu.be/kDeTkXbTBek?si=5i1GPh4gRtGPCMrn
Svetofor yashil yondi, yo'lni piyoda kesib o'tyapman. Yon tarafdagi yo'ldan men tomondagi yo'lga burilayotgan va mening o'tishimni kutishga majbur bo'lgan moshina haydovchisi menga baqiryapti, tezroq yursangiz bo'lmaydimi, deb.

Buni avtomaktablarda qanday o'qitishadi, aniq esimda yo'q. Lekin aniq biladiganim – piyoda ketayotgan fuqaro o'zi uchun qulay tezlikda yurib yo'lni kesib o'tishga haqli. U yugurishga majbur emas. Hamma o'z yo'lida ketyapti. Piyodaga qizil yonganda u kutganidek, o'rni kelganda haydovchi ham kutadi.

Aslida qulaylik haydovchidan ko'ra ko'proq piyodaga bo'lishi kerak. Kareyada avtomaktabda qanday ta'lim berilishidan xabarim yo'q. Lekin o'ngga yoki chapga burilayotgan karis haydovchi yo'lida piyoda kesib o'tadigan yo'lak uchun yashil yonsa, inson zotidan asar bo'lmasa ham, haydovchilar kutardi. Balki odam shoshib o'tib qolar degan ma'noda, menimcha. Men ham karislardan ko'rib, piyoda yo'q bo'lsa ham piyoda uchun yongan yashil chiroq o'chishini kutishga o'rgangandim.

O'zbekistonda haydovchilik tajribamda piyodalar yo'l uniki bo'lsa ham yuguraverishini hech tushuna olmayman. Azbaroyi haydovchini hurmat qilganidanmi yo men bilan bo'lgan voqeadagi singari gap eshitishdan qo'rqibmi yoki haydovchining shoxi bor deb ishoniladimi, aniq bilmayman.

Yo'l hammamizniki. Faqat haydovchilarniki emas! Bir-birimizni va tartib-qoidalarni hurmat qilsak, baxtliroq yashardik.

📌 @javharuz 📌
Qutayba Movarounnahrga kirib kelganidan yuz yil o‘tar o‘tmas, O‘rta Osiyodan butun dunyoni uyg‘otgan olimlar chiqdi.

O‘nlab xorazmiylar, farg‘oniylar, marvaziylar o‘z davrining eng yuksak mukofoti — Ma'mun e'tiborini qozonib, Bag‘doddagi ilmiy akademiyada faoliyat yuritdi. Xorazmiy hatto unga rahbarlik ham qildi.

Biroq oxirgi istilodan mana yuz yetmish yil o‘tibdi hamki, birorta markaziy osiyolik olim Nobel mukofotini ololmabdi.

Buni qarang.

© Said Komil Muhammadkarim
Forwarded from Najot Ta'lim
Ukangiz va singlingiz uchun robototexnika kursi bir oy bepul

🤩 Robbit o'zining navbatdagi filialini Farg'ona shahrida va Chimboyda ochmoqda. Quvonarlisi, har ikki filialda ham barcha 8-15 yoshli bolalar robototexnika va AyTi kursini birinchi oyini mutlaqo bepulga o'rganish imkoniyati mavjud.

🚀 Akademiyada o'quvchilar robototexnika va unga oid dizayn, 3D grafika va dasturlashni o'rganish orqali kelajaklari uchun zarur bo'lgan ushbu ko'nikmalarni shakllantiradi:

— Kreativlik;
— Ixtirochilik;
— Tanqidiy-tahliliy fikrlash;
— Bunyodkorlik

Ushbu imkoniyatni faqatgina 20-avgustgacha ro'yxatdan o'tganlargina qo'lga kiritishi mumkin.

Eslatib o’tamiz, Robbit Najot Ta’lim zamonaviy kasblar markazi tomonidan tashkil etilgan bo’lib, ayni paytgacha Toshkent shahri, Xadra mavzesida faoliyat olib borardi.

👇Batafsil ma'lumot olish uchun hoziroq ro‘yxatdan o‘ting.

Ro‘yxatdan o‘tish

👉 Robbit haqida

📞 78-777-3-777 | @robbituz
Farg'ona-Namangan yo'nalishida taksida ketyapman. Haydovchiga telefon kebqoldi. Potensial mijoz qo'ng'iroq qilib jo'natmasi borligini aytdi. Haydovchidan narxni eshitgach, namuncha qimmat, deb so'radi chog'i.

Haydovchi javob beryapti:
– Shep, anchadan beri safarda yuribsizmi, deyman. O'zbekistonda narxlar oshib yotibdi. Gazlaram pikda. Svetimizni aytmaysizmi, svetimizni. Bitta kirmoshinaga yetadigan limit beryapti!

2024/08/10
Uyim-joyim, ro'zg'orim deydigan erkakman deb do'konda qaytimga gugurt so'radim. Uyga kelib bilsam, gaz plitani maxsus "zajigalka"da yoqarkanmiz. )

2013/08/12
O'rganish qachon osonroq bo'ladi?

Yoshligimizga bir nazar solaylik. Ota-onamiz ish buyurayotganda evaziga biror mukofot va'da qilishsa, g'ayratimiz jo'shib ketar, o'z-o'zidan ish sifati ham oshar edi.

Chunki inson miyasi mukofotga tez va ijobiy reaksiya ko'rsatadi. Ilm olishda ham xuddi shunday. Ba'zida intizom pand beradi, motivatsiya yetishmaydi. Lekin ilm oluvchi mukofotlantirilib turilsa, o'rganish jarayoni ham yaxshilanadi, ham tezlashadi.

«Najot Ta'lim» jamoasi ham shu maqsadda geymifikatsiya tizimini yo'lga qo'ydi. O'quvchilar endi ham ilm oladi, ham rag'batlantiriladi.

Ushbu videoni ko'rsangiz, yana ham aniqroq tasavvur hosil qilasiz.

📌 @javharuz 📌
Sabrsizlik odamning o'ziga zarar keltiradi. Odam sabrsizlik ortidan erishaman deb turgan xayrli natijasidan ham musovo bo'lishi hech gap emas.

Birovga murojaat qildingizmi sabr bilan javobni kuting, biror sa'y-harakat ustidamisiz, sabr bilan natijani kuting. Hammayoqni ostin-ustun qilib yuborgan bo'lsangiz ham, o'zgarishlar uchun vaqt kerak bo'ladi.

Har qanday holatda ham sabr va mulohaza bilan ish tutishga urining. Shunda yutuqlaringiz ko'payib, mag'lubiyatlaringiz kamayadi.

📌 @javharuz 📌
Hech bo'lmasa, shu to'rt g'ildirakning ustida, temirning ichida soatiga yuz kilometr tezlikda ketayotib, mana shu omonat jonimiz faqat va faqat Robbimizning qo'lida ekanligini tafakkur qilmaymizmi axir...

2017/08/12
Bo'shamasa tili g'iybatdan, bo'shamaydi dil uqubatdan.

© Farididdin Attor ("Ijtimoiy odoblar", Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Biz Najot Ta'limda AyTi mehnat bozoridagi yetakchi kompaniyalar bilan strategik hamkorliklarni boshladik.
Dono insonning donoligi boshqa donolar bilan muloqotda muvaffaqiyatga erisha olgani ekan.

Kuzatuvlarim shuni ko'rsatadiki, biror soha bilimdonlari muzokara olib borsa, ular o'rtasida yakdillikka erishish oson ish emas. Ayniqsa, ikki taraf ham o'ta qat'iyatli tabiatga ega bo'lsa.

Mana shunday holatlarda inson donoligining yuqori cho'qqisi bu uning suhbatdoshi bilan bo'layotgan muloqotni shunday bir yo'nalishga bura olishi kerak ekanki, toki ixtilofning oldi olinsin va ikki bilimdonning fikrlari birlashib chiroyli bir xotimaga aylansin.

2016/08/27
Forwarded from Qamar kitoblar do‘koni
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Muvaffaqiyatlilardan tavsiya 📝

📚 Ruknimizning bugungi sonida "kitob oʻqishning foydasi" mavzusida "Najot taʼlim" markazi oʻquv boʻlimi rahbari Javohir Izzatulloh bildirgan fikr-mulohazalar bilan tanishing.

@qamarbooks
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/01 22:49:54
Back to Top
HTML Embed Code: