Telegram Web Link
Bugun "Najot Ta'lim" bilan Raqamli texnologiyalar vazirligi boshchiligida o'tkazilayotgan Xalqaro hamkorliklar haftaligida qatnashyapmiz.

Peshingacha "Yangi Oʻzbekistonda taʼlim tizimini transformatsiya qilish va taʼlim sifatini oshirish: IT va raqamli texnologiyalar sohasini qoʻllab-quvvatlash pirovard maqsad sifatida" mavzusida yalpi muhokama bo'lib o'tdi.

Muhokamada Serbiya sobiq prezidenti Boris Tadich, Latviya sobiq prezidenti Raymonds Veyonis va boshqa bir qator hurmatli mehmonlar ishtirok etishdi.

📌 @javharuz 📌
Jahongir Po'latov o'zining yangi "Intizom Podcast"ida Temurbekni juda ajoyib mavzularda suhbatga chorlabdi.

To'g'ri maqsad va qadriyatlarning qanday shakllanishi haqidagi fikrlar alohida ahamiyatli.

Hurmatli yoshlar, ko'rmasangiz bo'lmaydigan suhbat bo'pti! Barchaga tavsiya qilaman:

https://youtu.be/MqMzC1s9gMY?si=Hth495fAShZ-7Sk7

📌 @javharuz 📌
Yangilikning zo'ri! )

🔥 Yetakchi АyTi markazlardan biri «Najot Ta'lim» 2-noyabr kuni oʼzining navbatdagi 6-filialini Samarqand viloyatida ochmoqda.

⚡️ Tadbir kuni sizni sovgʼali oʼyinlar, oʼz sohasining mutaxassislari bilan suhbatlar, vaucherlar va katta chegirmalar kutib turibdi.

📅 Qachon: 2-noyabr, shanba, soat 14:30
🙋‍♂️ Kim uchun: Barcha uchun ochiq
📍 Qayerda: «Najot Ta'lim» Samarqand filiali; Manzil

👉 Ochilish marosimida qatnashish uchun havola

Ochilish marosimi kuni sovgʼali oʼyinda qatnashish uchun yuqoridagi havola orqali hoziroq roʼyxatdan oʼting.
Har kishining qiymati o'zi eplay oladigan ishga ko'radir.

📌 @javharuz 📌
Forwarded from Shavkat Hasan sahifasi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Бизга бегона бўлмаган оиланинг 17 ёшли қизига беморлик етибди.
Шанба куни жарроҳлик амалиёти учун Москва шаҳридан мутахассис келар экан.

Амалиёт учун 75 млн сум талаб қилинар экан. Бу ишга ўзим ҳам қўлимдан келганча ҳисса қўшмоқчи бўлдим ва сизларни ҳам шунга чақираман.

8600032997416730 Apisov Shavkat

Имкон даражасида ёрдам қилинг.
Forwarded from Lola Animation
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌷 Keling, birga multfilm tayyorlaymiz!

🎬 Lola Animation qadriyatlarga mos, farzandlarimiz tarbiyasidan qo’rqmasdan ko’rsata oladigan 1 soatga yaqin multfilmlarni Najot Ta’limning moliyaviy ko’magi bilan tayyorladi va YouTube platformasiga joylash arafasida.

💳 Oyiga 25 000 so’m to’lab, yopiq telegram kanalimizga obuna bo'ling. Sizning ushbu qo'llab-quvvatlovingiz jarayonlarni tezlashtirish, yanada ko'proq multfilmlar tayyorlashimizga yordam beradi. Siz esa kanalda Lola Animationning multfilm tayyorlash jarayonlarini ichkaridan turib kuzatib borasiz. Birgalikda katta ishlarni amalga oshirishimiz mumkin!

📲 Yopiq telegram kanalimizga qo’shiling va multfilmlarimizni tayyorlashda o’z hissangizni qo’shing!

Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Juma namozida yonimda men bilan bir xil tezlikda namoz o'qiyotgan ya'ni menga to'liq taqlid qilayotgan odamni sezib qolsam, bilamanki, katta ehtimol bu odam masjidda yangi, namozga yaqinda kirishgan.

Bunday holatni ko'rgach, ilk bor juma namozlariga qatnashni boshlagan 17-18 yoshim yodimga tushadi. Talmovsirab-talmovsirab yonimdagi odamga ergashganlarimni eslayman...

Yangilarga qat'iyat, eskilarga ixlos bersin!

📌 @javharuz 📌
DIQQAT, E’LON!

Ertaga, 7-noyabr kuni soat 10:00 da Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Mahmud Qozoqboyev domlaning o‘tkir syujetli «O‘zbekxon» romani taqdimoti bo‘lib o‘tadi.

Barcha kitobsevar do‘stlarimizni kitob taqdimotiga taklif qilamiz!

Murojaat uchun: +998909204978
Forwarded from Najot Ta'lim
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
«Najot Ta'lim» yangi bosqichga qadam qo'ydi

"Super dispatch" va "Alif" kompaniyalari bilan o'zaro strategik hamkorlik shartnomasini imzoladik.

🔥 Hamkorlik orqali xalqaro bozor talablariga mos keladigan o'quv dasturlarini yo'lga qo'yib, o'quvchilarga sifatli ta'lim taqdim etishni maqsad qildik.

Bu hamkorlik bitiruvchilarni global bozorga olib chiqishda tramplin bo'lib xizmat qiladi. Shuningdek, birgalikda trening va seminarlar tashkil etib, yoshlar uchun foydali ma'lumotlar ulashamiz.

«Najot Ta'lim» yoshlarga muvaffaqiyat sari yo'l ochib, ularga turli zamonaviy imkoniyatlar berishda davom etadi.

Biz bilan birga ekanligingizdan mamnunmiz 😊

@najottalim
🎉 Xushxabar, Lola Animation multfilmi endi YouTubeda!

Do'stlar, bizni shu vaqtgacha qo'llab-quvvatlab kelgan obunachilar, bugun sizga 3 yil davomida tayyorlagan ishimizning ilk namunasini taqdim etamiz. Ishonamizki, Lulu va Nana nomli, ko'p qismli multfilm sizga va bolajonlarga manzur bo'ladi. Ushbu multfilm farzandlarimizning tarbiyasiga ijobiy ta'sir o'tkazishiga ishonamiz va maqsadimiz ham shundan iborat.

So'rardikki, multfilmni farzandlaringiz, jiyanlaringiz, umumiy olganda bolalar bilan birga tomosha qiling. Multfimdagi g'oyalarni batafsil tarzda ularga tushuntirib bering. Agar sizning qurilmangiz Dolby Digital formatni (maxsus ovoz vositasi) qo'llab-quvvatlasa, multfilmni yanada maroq bilan tinglashingiz mumkin bo'ladi. Multfilmdagi barcha jarayonlar, animatsiyadan tortib ovozgacha eng original holda bo'lib, o'zbek xalqiga tuhfa tarzida multfilmni taqdim etamiz!

Marhamat tomosha qiling: https://youtu.be/RFrpXcHtplA

Ko'proq bolalarga yetib borishi uchun ushbu havolani barcha tarmoqlarda ulashing! Do'stlaringiz, tanishlaringiz, hamkasblaringizga ya'ni barcha-barchaga tavsiya qiling. Bizga eng katta yordam bu tavsiyangiz va qo'llab-quvvatlashingizdir!

👉 Qo'llab-quvvatlash

@lola_animationuz
Farosatni juda nisbiy tushuncha deb hisoblayman. Shuning uchun bo'lsa kerak, oxirgi paytlarda birovning fahm-farosati tanqid qilinadigan yoki kulgiga olinadigan mulohazalarga ko'zim tushsa, qalbim g'ashlanyapti. Zero, manaman degan farosatli odamdan ham kimlarningdir nazdida buyuk farosatsizliklar sodir bo'lishi mumkin.

📌 @javharuz 📌
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Koreyada hayot zerikarli. Chunki...

📌 @javharuz 📌
Assalomu alaykum.

Bugun sizlarga jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan insonlarning foydali telegram kanallari haqida ma’lumot berib o‘tmoqchimiz.

Ularning aksariyati ijtimoiy tarmoqlarning faollari, xalqqa ziyo, ma’rifat ulashish yo‘lida jonbozlik qilib kelayotgan kishilar bo‘lgani uchun yaxshilikni sizlarga ilindik.

Ushbu havola orqali o‘tib kanallarga obuna bo‘ling va manfaatlaning:
https://www.tg-me.com/addlist/UmRxZYxqo6VmYzU9
Forwarded from Oybek Kodirov
Hamma qilayotgan ishni emas, hamma qilmayotgan ishni qil. Shunda hamma ham erisholmaydigan natijaga erishasan.

Hamma ertalab 5 da uxlayotgan bo‘lsa, sen 5 da uyg‘oq bo‘l.

Hamma kitob o‘qimasa, sen o‘qi.

Hamma yakshanba dam olsa, sen o‘sha kuni o‘zingni rivojlantir.

Odatda to‘g‘ri ishni qiluvchilar kamchilik bo‘ladi, sen o‘sha kamchilik ahlidan bo‘l.

@kodirov_oybek
Forwarded from Daryo — LIVE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Javohir Izzatulloh | blog
Photo
Najot Ta'lim — bu ilg'or texnologiyalar!
Najot Ta'lim — bu ijtimoiy mas'uliyat!
Najot Ta'lim — bu qadriyatlarga asoslangan ta'lim!

Najot Ta'lim — vatanga sadoqat va jamiyatga muhabbat ramzi!

Qisqacha aytganda, Najot Ta'lim — men uchun buyuk dargoh! Zero bu yerda niyatlar xolis, maqsadlar aniq, ishtiyoq esa beqiyos!

Najot Ta'lim — xorijdan O'zbekistonga qaytishimda ko'prik vazifasini o'tab bergan, o'zim tasavvur qilgan ta'lim tizimini yo'lga qo'yishimga imkoniyat yaratgan va hayot yo'limda juda ham salmoqli tajriba bergan kompaniya sifatida men uchun juda qadrli bo'lib qoladi.

Najot Ta'lim jamoasidan va uning asoschisi Temurbek Adhamovdan behad minnatdorman. Bu maskanda men faqat yaxshilik ko'rdim, kompaniya ham mendan foyda olgandir deb umid qilaman.

Va nihoyat 966 kunlik (2.5+ yillik) mehnat faoliyatimdan so'ng Najot Ta'lim jamoasidan chiqyapman. Nega? Chunki bu kompaniyaga men o'zimda borini berib bo'ldim. Endi Najot Ta'lim ham, men ham rivojlanishda davom etishimiz kerak!

Bir daqiqa bo'lsa-da to'xtamaydigan, doimiy o'sishni maqsad qilgan bu jamoaning ishlariga men cheksiz muvaffaqiyatlar tilayman.

O'zim esa uzoqqa ketayotganim yo'q. Tez kunlarda yangi g'oyalar bilan yangi loyihalarda ko'rishguncha! )

📌 @javharuz 📌
2024/11/19 17:41:30
Back to Top
HTML Embed Code: