Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
«Amerikaga borib bildimki, daraxtda pul o'smas ekan» — Amerikadagi o'zbek dasturchisi bilan eksklyuziv suhbat

😎 Yoshlarga chinakam motivatsiya bera oladigan va o'rnak bo'la oladigan hayot yo'li va tajribalariga ega insonlar bilan samimiy suhbat olib borayotgan yangi interaktiv ko'rsatuv — Osmondagi bolalar loyihasi, bu safar, AQSHda Senior Full Stack dasturchisi sifatida faoliyat yuritayotgan mutaxassis Saidbek Arislonov bilan suhbat uyushtirdi.

P.S: Videoni to'liq ko'rganlar Saidbek Arislonov tomonidan maxsus sovg'a olish imkonini qo'lga kiritishlari mumkin.

Premyera bugun soat 19:30 da bo'lib o'tadi.

Tavsiya qilaman 👉 youtu.be/N2CN7pYcR-I
📡 Xayrli tong. Kun yangiliklari bilan tanishing:

💰 Telegram investitsiyalar bo'yicha takliflarni rad etdi. The Bell'ning aytishi-cha, investorlar Telegramni 30 mlrd dollarda baholadi va uning 5-10% qismini sotib ham olmoqchi bo'ldi. Ammo Pavel Durov bu taklifni rad etdi.

🤳 TikTok o'smirlar uchun yangi cheklovlar joriy qildi. Endilikda 13-15 yoshli tiktokerlarning videolarini faqat o'zlari tasdiqlagan obunachilargina ko'ra olishadi.

📱 Samsung yangi flagmanlarini namoyish etdi: Galaxy S21, Galaxy S21+ и Galaxy S21 Ultra kabi yangi flagmanlar shular jumlasidan.

👉 @ITBusiness_School#shortnews
📝 Telegram-kanal uchun to'g'ri post yozishni o'rganamiz | № 1.

Barchasi rasmda aniq va sodda tushuntirilgan. Postlarda ishlatiladigan emodjilar me'yordan oshib ketsa ko'zni og'ritadi, o'qishni qiyinlashtiradi, uni ustiga kanal obro'sini ham tushuradi.

👉 @ITmavzu
💰 Telegram va finanslar: Qanday ishlar olib borilyapti?

Telegram ayni damda 1 mlrd $ izlamoqda, ammo bu summani investor yoki banklar orqali emas, balki «yaxshiroq» yo'l bilan qo'lga kiritmoqchi.

Ayrim foydalanuvchilar Pavel Durovga Telegram uchun donat (xayriya) sistemasini qo'shishni taklif etishdi. Bunga javoban Telegram asoschisi jamoa donat sistemasi ustida ishlayotgani, va ushbu funksiyani kanal egalari uchun ham joriy etmoqchiligini ta'kidlab o'tdi.

UPD
: Ko'p kishi donatni xato tushunishyabdi. Telegramga xayriya qilish majburiy emas, hammasi oldingidek qoladi. Hech narsa pullik bo'lmaydi. Mabodo, pulingiz ko'payib, saxiyligingiz tutib ketsa, Telegram'ga qanchadir summa xayriya qilasiz. Keyinchalik xayriya sistemasini kanal adminlari uchun ham yaratiladi. Masalan, kanalingiz zo'r bo'lsa, obunachilaringiz sizga xayriya qilishadi. Ko'rdingizmi, Durov hammani o'ylaydi :)

👉 @itBusiness_School#telegram
📝 Kanalga ma'lumot yozishni o'rganamiz | №2.

Kanalning bio, yoki status qismi kanalning eng asosiy faktorlaridan. Bioni mukammal va aniq qiling, shundagina obunachi kanal aslida nima haqida ekanligini tushunib yetadi. Bachkana shriftlar kerakmas. Imlo qoidalari muhim omil.

👉 @ITmavzu
Tarjimon botlar ishlay boshladi!

Matnlarni RUS tilidan O‘ZBEK tiliga va O‘ZBEK tilidan RUS tiliga tarjima qilib beradigan telegram bot.

LINK 👉 @tarjimon_rus_bot

Matnlarni INGLIZ tilidan O‘ZBEK tiliga va O‘ZBEK tilidan INGLIZ tiliga tarjima qilib beradigan telegram bot.

LINK 👉 @tarjimon_eng_bot

Botga kirib so‘zlarni va gaplarni tarjima qilib ko‘rishingiz mumkin.
Frilansermisiz? Quyidagi 3 maslahat siz uchun.

1. Kun grafigini tuzib oling

Kunning har bir soatini biror narsa uchun ajrating. Grafik ayni muddao. Besaranjom, tartibsiz kunda ishning mahsuldorligi tushib ketadi. Asosiysi, hobbingiz uchun kamida 2 soat ajrating.

2. Charchadingizmi? Dam oling.

Ko'pchilik frilanserlar buyurtmani olishib, unga ulgurmay qolishsa, tuni bilan ham ishlab chiqadi. Bu nafaqat ishning mahsuldorligiga, balki organizmga ham ta'sir o'tkazadi. Agar ish jarayonida charchasangiz, dam oling! Kuch to'plab, kofe ichib, yana ishga qayting.

3. Deadline (muddat) tugashini kutmang
Siz buyurtma olayotgan payt, byudjet bilan birga, ish muddatini ham kelishasiz. Frilanserlar muddat ko'p bo'lsa, ishni bemalol, xohlasa bugun, xohlasa ertaga bajarishadi. Bu oxirgi kunlar ishning ko'payishiga olib keladi. Siz muddat tugashini kutmang, grafik asosida, ish uchun nechi soat ajratganingizga qarab, ishni bajarib ketavering — oxirida esa natijaga erishasiz!

👉 @ITBusiness_School#freelance
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Juda tasirli va ruhlantiruvchi gap bo'libdi!

Saidbek Arislonov bilan "Osmondagi bolalar" loyihasini ko'rib mazza qildim. Quyidagi video o'sha suhbatdan bir parcha.

Yoshlar, kimga havas qilayotganimizga e'tibor beraylik! Saidbek kabi yigitlar ko'paysin!

To'liq video 👉 youtu.be/N2CN7pYcR-I
Veb dizayner bilan grafik dizaynerni adashtirmang!

Hozir ko'p biznesmenlar bir o'zi bir necha kishining vazifalarini bajaradigan universal xodim xohlashadi. Bularga misol, grafik dizaynerdan veb dizaynerning ham ishini talab qilishidir.

Aslida, grafik dizayner SMM posterlar, logolar, bannerlar, mahsulot qadoqlari uchun dizayn qilish bilan shug'ullanadi.

Veb dizaynerlar esa biror-bir sayt yoki ilovaga foydalanuvchi kirganda qulay hamda chiroyli bo'lishini ta'minlab, ilova va saytning tashqi dizaynini qilish bilan shug'ullanadigan soha egasi.

Ko'rib turganingizdek bu soha egalarining ishi umuman boshqa-boshqa. Shu joyida, aytib o'tib ketmoqchimiz, veb dizayn sohasi O'zbekistonda endi rivojlanayotgan sohalardan biri. Ya'ni, bozor bu soha egalari uchun anchagina ochiq. Raqobat ham deyarli yo'q.

Agar biron yo'nalishda birinchi bo'la omadingizmi, o'zingiz birinchi bo'lishingiz mumkin bo'lgan yo'nalish kashf qiling. Ayni bu narsa Veb dizayn sohasi bo'lishi mumkin.

P.S. Najot Ta'lim markazida veb dizayn sohasi bo'yicha kurslar tashkil qilingan, yaqin kunlarda yangi guruhlar uchun darslar ham boshlanib qolsa ajab emas. O'z yo'nalishingizni kashf qiladigan vaqt keldi😉

Batafsil: @najottalim
30 kishi bemalol ishlay oladigan 2-ofisni oldik! Bu yerda faqat 3D modellar savdosi va ijtimoiy loyihalar qilinadi. Allohga hamd bo'lsin!

👉 @abdusattor
🎉 Rekord: 2021-yil yanvar oyining o'zida Telegramdan 90 mln kishi ro'yxatdan o'tgan.

Ushbu yangilik haqida Telegram o'zining rasmiy akkauntida xabar berdi. Oxirgi marta esa Telegram 100 mlnlik aktiv foydalanuvchilar haqida 2016-yilda yozgan edi.

👉 @itBusiness_School#telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
«Ishlab topgan pulimni olib ketish uchun kirsam, bir sumka pul berishar edi» 3D animator bilan ochiq suhbat

Barchamizga yaxshi ma'lum, 3D animatsiya hamda multfilmlar bu nafaqat ko'ngil ochar videolar balki katta kuchga ega mafkura hisoblanadi. Bu kabi instrumentlar orqali siz ko'plab insonlarga yaxshi ma'noda ta'sir ko'rsata olishingiz mumkin bo'ladi. Lekin nega bizda bu soha hanuz oqsamoqda?

O'zi bu sohaning kelajagi bormi? Bu sohaga o'qib nimalar qilishingiz mumkin? Barcha savollarga javobni "Osmondagi bolalar"ning navbatdagi sonini ko'rib, bilib olishingiz mumkin bo'ladi.

❗️Premyera bugun soat 19:30 da bo'lib o'tadi.

LINK 👉 youtu.be/cSwU9TO4Ra0
Forwarded from IT Blog
@nimaga telegram kanali aslida menga tegishli bo'lib, 10 kunda sal kam 110 000 obunachi to'plashga erishdik 😊

👉 @abdusattor
🔥 Rossiyaning huquqiy ma'lumotlar portalini oddiy login va parollar himoya qilayotganligi ma'lum bo'ldi.

«Vee Security» kiberhimoya kompaniyasi asoschisi Aleksandr Litreev o'z twitter-akkauntida portalda jiddiy muammo haqida yozgan. Uning aytishiga qaraganda, sayt admin akkauntiga kirish uchun, login va parolga admin deb yozsa bo'ldi ekan. Shu orqali admin nomidan bemalol kirib, qonunlarni o'chirish, ularni o'zgartirish yoki yangisini qo'shish mumkin ekan.

👉 @itBusiness_School#cybersecurity
📱 Google Redesign: Mobil ilovalar uchun Google so'rovnoma dizaynini o'zgartirmoqchi.

Yangi variantda interfeys soddaligi va izlash qulayligia urg'u berilgan. Maqsad ko'proq ma'lumot topish va foydalanishni osonlashtirish. Buning uchun esa dizaynerlar shriftlarni biroz kattalashtirganligi va ayrim elementlarning joyini o'zgartirganligini ta'kidlab o'tishdi.

👉 @itBusiness_School#Google.
🚘 Volkswagen endilikda o'z elektromobillarini ishlab chiqaradi. Elektrokarlarning nomi esa Trinity. Ko'rinishi o'zgacha bo'lgan mashinani rasmda ko'rishingiz mumkin.

💻 Intelning yillik daromadi 77.9$ mlrdgacha bordi. Bundan ko'rinib turibdiki, gamerlar Intelni tanlashmoqda.

🍏 Apple Macbook Air'ni yangilaydi: endi u juda ham silliq ko'rinishda bo'ladi va Magsafe quvvatlantirgichlari ham shu jumladan.

👉 @itBusiness_School#news
Forwarded from IT Blog
Ushbu Slash + markali 3D prinerni oldingi yil moskvaga borib 5 000$ ga sotib olganmiz. Rastamojkasi bilan 6 200$ ga aylangan. Ikki marta ishlatilgan. 10 mikronda ishlab, eng mayda elemetnlarni ham chiqara oladi.

3 000$ ga berib yuboraman!

Sotib olish niyatidagilar @CGI_sale profiliga murojaat qilinglar!

👉 @abdusattor
💰 3D Modellarning narxi qancha?

Oddiy, qiyinmas bo'lgan 3D modellarning narxi o'rtacha 60-100$ atrofida bo'ladi. Uylar, kvartira va hovlilar 3D modellari 400$-500$ atrofida bo'ladi. Tarixiy bino va inshootlarning 3D modellari 100$ dan boshlanadi.

P.S. Bu narxlar konkret narxlar emas, barchasiga TZ va ish detallariga bog'liq.

👉 @ITmavzu
Xayrli kun. Yangiliklar bilan tanishing:

📱 Sony 4K-ekranga va HDMI portga ega bo'lgan Sony Xperia Pro smartfonini taqdim etdi. Eng qizig'i uning narxi — 2500$ yoki ~25 mln so'm

🗑 Oldinroq CSW(Coalition for a Safer Web) Telegramni Google Play va AppStore'dan o'chirmoqchi bo'ldi. Ammo ayrim manbalarga ko'ra, CSW buning uddasidan chiqa olmaydi, xavotirga o'rin yo'q.

🔐 Ilon Mask sabab ancha mashxurlikka erishgan Signal messenjeri yangi foydalanuvchilarga ega bo'lishi unga muammolar tug'dirmoqda. Bu serverning ko'tara olishi emas, balki xavfsizlikdir.

👉 @itBusiness_School#news
♻️ Telegram Desktop va Mobil versiyasi yangilandi.

Yozishmalarni boshqa messenjerlardan Telegramga ko'chirib o'tkazish
• Endilikda boshqa messenjerlardan yozishmalarni to'g'ridan-to'g'ri Telegram'ga o'tkazish mumkin. WhatsApp, Line, KakaoTalk shular jumlasidan;

Yanada ko'proq xavfsizlik
Yozishmalarni, guruhlarni, maxfiy yozishmalarni va qo'ng'iroqlar tarixini uchala tomon uchun o'chirish imkoniyati paydo bo'ldi. Bunda hatto Telegram serverlarida ham o'chib ketadi.

Ovozli chatda yangi imkoniyat
Ovozli chat ishtirokchilarining ovoz balandligini o'zgartirish mumkin

Batafsil — Telegraph

👉 @itBusiness_School#telegram
2024/09/27 04:10:26
Back to Top
HTML Embed Code: