Telegram Web Link
🎮 Cyberpunk 2077 omadsizlikka uchraydigan eng katta proyekt bo'lishi mumkin.

Ammo omadsiz yakunlangan o'yinning startlariga qaramay, CD Project o'yinning 13 mln. dan ko'proq nusxalarini sotishga muvaffaq bo'lgan.

@ITBusiness_School / #cyberpunk
TIOBE 2020-yil uchun TOP-dasturlash tillari ro'yxatini e'lon qildi. Reytingda 1-o'rinni C, 2-o'rinni Java, 3-o'rinni esa Python egallab turibdi.

Java borgan sari tushib bormoqda, uning o'sishi esa -4.72%, Pythonda +1.90%. Keyingi yilda Python Java'ni quvib yetishi aniq.

@ITBusiness_School / #programming
📝 Mashxur frilans-birja Kwork'ning izlanishlariga ko'ra, kopirayterlar sayt uchun yozilgan maqolalardan o'rtacha 170.000 so'm, logotip uchun esa — o'rtacha 100.000 so'm topishlari mumkin ekan.

2020-yilda esa, ushbu sohalar eng talabgir sohalar ro'yxatiga kiritildi, deb xabar beradi Kwork.

@ITBusiness_School / #copywriters #logotype #kwork
Kanalimiz statistikasi!

Biz bilan bo'lganingiz uchun rahmat!

@ITBusiness_School ❤️
🎥 Google foydalanuvchilarni o'z platformasida uzoq ushlab turishga harakat qilmoqda. Kompaniya so'rov natijasida TikTok va Instagramdagi videolarni brauzerdan chiqmagan holda ko'rish imkoniyatini yaratdi.

Hozircha kompaniya ushbu funksiyani test rejimida ishlatmoqda.

@ITBusiness_School / #google
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
«Maqsad — dunyoni o'zgartirish, pul esa bu yo'lda faqat imkoniyat» — asl tadbirkorlar qanday fikrlaydi?

Ko
'pchilik yoshlarimiz hozirda tadbirkorlik bilan shug'ullanib, o'z loyihalarini yo'lga qo'yishni, o'ylab qo'ygan niyat hamda maqsadlarni amalga oshirishni istaydilar. Lekin tadbirkorlik o'zi nima, bu yo'lda qanday qiyinchiliklar kelib chiqadi va ularni yengib o'tishda asosiy yordamchi nima bo'lishi mumkin?

Shu kabi ko'plab savollarga javob yoshlarimiz uchun mavhum. Lekin quyidagi samimiy va ochiq suhbatni ko'rib, o'zingiz uchun bu bo'yicha juda ko'plab insayt hamda kerakli miqdorda motivatsiyani olishingiz aniq.

❗️Premyera bugun soat 11:00 da bo'lib o'tadi.

Tavsiya qilaman 👉 youtu.be/94_HY7QU3vY
🎄2021-yilning 1-kuni. Yangiliklar bilan tanishing:

Adobe endilikda Flash Player'ni qo'llab-quvvatlashni to'xtatdi, kompaniya bu haqida rasman xabar berdi.

Microsoftning xabar berishi-cha, xakerlar kompaniyaning bir qator dasturlarining kodlarini qo'lga kiritishibdi.

Apple Xitoydagi platformasidan 40 mingga yaqin ilovalarni o'chirib tashladi.

@ITBusiness_School / #apple #microsoft #adobe
🤑 Bitkoinning narxi endilikda — 34.000$ ni tashkil etadi!

Bitkoinga bo'lgan qiziqish 2020-yilning noyabrida ortdi. Kompaniyalar va banklar ulardan foydalanishi, uning o'sishini ko'rganlar esa uni sotib olib, saqlashi bitkoinning «sakrashiga» sabab bo'ldi.

@ITBusiness_School / #bitcoin
〽️ Bu 2020-yilning kompaniyalar sarhisobi. Ko'rib turganingizdek, qaysi kompaniya Covid-19 pandemiyasi davrida ko'p zarar ko'rgan, qaysilari esa pandemiya sharofati bilan eng yaxshi natijaga erishgan, qaysilari esa o'zgarishsiz qolganiga guvoh bo'lishingiz mumkin.

Ro'yxatda eng ko'p foyda ko'rgan bu shubhasiz — Zoom. Pandemiya davrida barcha narsa onlayn bo'ldi, shuning uchun ham Zoomdan foydalanishga talab oshdi.

@ITBusiness_School / #zoom #statistics
🍏 Apple «Amphetamine» utilitasini App Store'ning qoidalarini buzganlikda ayblamoqda. Sababi esa uning atalishi va tabletka bilan logotip edi.

Suddan yutqazgan Apple endi dasturlardan «alamini olishga» o'tdi 😃

@ITBusiness_School / #apple
💰 Telegram-kanalga qanday narx qo'yish mumkin?

Shunday kanallar bor-ki, ularning narxi obunachilar soniga qaraganda qimmat. Ammo shunday kanallar ham bor-ki, obunachilari 100-200 mingta, narxi esa past. Nega?

📌 Adminlar orasida bir termin bor — «Auditoriya sifati va yoshi». Sizning kanalingizning auditoriyasi qanaqa? IT Business auditoriyasi asosan IT sohasidagi insonlar, qiziquvchilar, xullas, katta qismi IT mutaxassislari. Yosh tahminan, 15 yoshdan katta va 45 dan kichik. Bu tahmin, ammo mantiqqa to'g'ri keladi. Hamma 14 yoshli bolalar ham IT ni tushunmaydi, 45 yoshdan katta hamma insonlar ham esa, bu narsalarga qiziqmaydi, katta qismi albatta.

🙅‍♂️ Sifatsiz va yosh auditoriyani bachkana, ko'cha gaplari ishlatiladigan, qo'pol qilib aytganda — «A.Y.E» ni o'z timsoli qilib olgan kanallarda topish mumkin. Yosh chegarasi 12-18. Madaniyatli odam bunday kanalda yurmaydi, gap nimadaligini sezgandirsiz :)

Agar kanalingiz qimmat sotilishini xohlasangiz, auditoriya sifati va yoshiga e'tibor qarating. Ularni qanday yaxshilash mumkin? Bu haqida keyingi postlarimizda gaplashamiz.

👉 @ITBusiness_School / #telegram
Diqqat Clone Security qaytdi!

Bugun ular surxondaryo.uz web saytiga xujum uyushtirishgan va sababini batafsil bayon qilishgan.

P.s. Mana shunday IT ga oid yangiliklar va IT ta'lim hamda biznesga oid ma'lumotlarni o'qib borish uchun ushbu kanalga obuna bo'ling.

LINK 👉 @abdusattor
💻 Github AQSh hukumatidan maxsus litsenziyani qo'lga kiritdi. Endi Github platformadagi barcha cheklovlarni olib tashlaydi, bundan tashqari Iroq, Suriya va Krim ham ayrim cheklovlardan ozod qilinadi.

Cheklovlarning sababi esa — 2019-yildagi AQSh'ning sanksiyalar haqidagi qonuni edi.

@ITBusiness_School / #github
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
18 yoshda Full Stack dasturchi bo'lish qiyin emasmi?

P.s. Foydali LINK uchun ko'plab foydali botlarni yasab bergan dasturchi Muhammad Yunus'dan pozitiv va foydali intervyu!

LINK 👉 youtu.be/ngWoFDMO_RA

👉 @ITmavzu
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
IT kasblari va INTERNET biznesiga qiziqadigan yoshlarga maslahat!

Tajribali admin, frilanser va IT biznesmen — Abdusattor Abdurahimov

Ushbu shaxs internetdagi bizneslar va IT taʼlimga oid maslahat va tavsiyalarni berib boradi, tajribasidan kelib chiqib, qiziqarli va foydali narsalar haqida yozadi.
IT-MAVZU va Foydali LINK kanallari asoschisi

👉@ITmavzu
🤑 Ilon Mask dunyoning eng boy insoni deb tan olindi.

Ilon Mask'ning umumiy daromadi — 188 mlrd dollar. Bu bilan esa u Bloomberg nashriga ko'ra, dunyodagi eng boy inson hisoblanadi. Bungacha esa yetakchilikni Amazon rahbari Jeff Bezos hech kimga bermay kelayotgandi.

Ilon Maskning bunday boyib ketishiga sabab esa, Teslaning aksiyalari narxi ortishidir. Qimmatbaho qog'ozlarning narxi 5.38% ga oshdi. 2020-yilning boshlarida Maskning umumiy boyligi 27 mlrd dollarni tashkil etib, u hatto TOP-10 likka ham kira olmagan edi.

Ushbu yangilikdan xabar topgan Ilon Mask o'z Twitterida «Qanchalik qiziq..» deb post qoldirgan. Birozdan so'ng esa «Nima ham derdik, ishga qaytamiz» deb yana twit qoldirgan.

👉 @ITBusiness_School / #elonmusk
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ijtimoiy tarmoqlardagi qanday reklama eng ko'p foyda beradi?

Hozirda ijt. tarmoq foydalanuvchilari uzoq davom etadigan videolar ko'rishni yoki uzun postlardagi reklamalarni o'qishni yoqtirishmaydi. Ammo biznes egasi o'z biznesi haqida ko'proq ma'lumot berishni istaydi.

🤔 Xo'sh, savol tug'iladi: Bunday vaziyatda qanday usulda reklama berish kerak?

Javob — Moushn grafikali videolar

Moushn grafikali videolardagi animatsiyalar yordamida esa soniyalar ichida mijozlarga ko'plab ma'lumotlarni qiziqarli tarzda yetkazish mumkin. Bu kabi videolardan TikTok'da ham reklama berish uchun foydalanish mumkin.

👉 @ITmavzu
Sotishni bilasizmi? Marketingni o'rganing.

Frilans bozorida eng talabgir kasblardan biri — marketolog, ya'ni sales manager. Ular asosan mahsulotlar sotish bilan shug'ullanishadi.

Bu ish oson emas, chunki mijozni ko'ndirish nozik ish. Sales Menejerlar to'lovni jalb qilingan mijozga qarab berishadi. 10%, 30%, 50%, mijoz oqimi va mahsulot qiymatiga qarab.

P.S. Agar sizda o'zgacha mahorat bo'lsa, ushbu soha bilan daromad qilsangiz bo'ladi.

👉 @ITBusiness_School#marketing
Reklama menejerlari: Ular kimlar?

Ayrim frilans-birjalarda ushbu kasb uchun vakansiyalarni ko'rib qolgandirsiz, ehtimol. Ularning asosiy ishi — reklama sotib berish.

Sizning kanalingiz bor-u, hech kim reklama olmayabdi. Bunda sizga reklama-menejerlari yordam beradi. Ular turli xil kanal adminlariga taklif bildirishadi va sizga mijoz topadi. Ularning to'lovi odatda mijoz foiziga qarab beriladi.

👉 @ITBusiness_School#adsManagers
2024/09/27 07:28:51
Back to Top
HTML Embed Code: