Telegram Web Link
Veb-saytlar qanday pul topishadi?

Statisik maʼlumotlarga koʻra hozirgi vaqtda 1.3 mlrd'dan ortiq veb-sayt mavjud ekan. Shu oʻrinda savol tugʻiladi, veb-saytlar qanday daromad topishadi?

Saytlarning yagona daromad manbai bu – reklama. Oddiy saytlardan tortib gigantlargacha (Youtube, Facebook). Siz ham oʻz veb-sayt'ingizni yaratib yaxshigina daromad topishingiz mumkin. Buning uchun siz veb-dasturlashni oʻrganishingiz kerak boʻladi.

HTML, CSS, Javascript, PHP kabi dasturlash tillarini oʻrganib oʻz saytingizni yaratish orqali ancha pul ishlab olishingiz mumkin.

👉 @ITbusiness_school
Yandex.Toloka orqali har xil vazifalarni bajarib pul ishlash mumkin, ammo...

Toloka.yandex.ru saytida juda ko'plab turli vazifalar e'lon qilingan bo'lib Siz o'zingiz ulardan istaganingizni tanlab bajaraverasiz. Ammo juda kam haq to'lashadi. Lekin bir kunda bemalol 8-10 $ ishlab topsangiz bo'ladi.

P.s. Yandex Toloka - bu istiqbolli tizim emas, lekin bu ham Internetdan pul ishlashni xohlaydiganlar uchun yaxshi bir ma'lumot. Oyiga minglab dollar topish uchun esa bir sohani mutaxasisi bo'ling. Kanalimdizda yozib qoldirgan IT dasturlarimizdan birini tanlab o'rganishni boshlang. Shunda Siz mayda ishlarni emas katta-katta buyurtmalar orqali yaxshi daromad topa olasiz.

👉 @ITbusiness_school
Portfolio nima va u qanchalik muhim?

Portfolio – frilanserning bajargan ishlaridan iborat toʻplam.

Frilanser uchun eng ustuvor narsa bu uning portfoliosi hisoblandi. Agar portfolio boʻlmasa buyurtma olish deyarli nol foizga teng.

Oʻzingiz uchun kuchli portfolio yarating. Unda qancha ish boʻlgani muhim emas muhimi ular kuchli bo'lishi kerak va sizning mahoratingizning to'liqligicha namoyish etilishi zarur. 

Siz hoh fotosuratchi, dasturchi, dizayner bo'lsangiz ham, mustaqil portfoliosiz ish topishingiz juda qiyin boʻladi. Agar siz o'zingizning faoliyat sohangizda juda zo'r va tajribali bo'lsangiz ham, buni faqat portfoliongiz bilan isbotlashingiz mumkin.

Tasavvur qiling mijozga nolinchi reytingga ega bo'lgan va hech qanday portfelga ega bo'lmagan frilanser yozmoqda. Loyihani sizga ishonishi dargumon. Hatto eng soddasini ham.

P.s. Dangasa boʻlmang oʻzingiz uchun portfolio yarating.

👉🏻 @ITbusiness_school
3ds Max dasturining GrowFX plaginida shunday gullar, daraxtlar va o'simliklar modellarini yasab 3ddd.ru, turbosquid.com va cgtrader.com saytlarida sotsangiz bo'ladi.

Aynan shu ish bilan shug'ullanadigan yurtoshlarimiz oyiga 2000 $ atrofida daromad topishadi.

👉 @ITmavzu
Dasturchi portfoliosi uchun qulay sayt.

Github.com – bu dasturchilar yoqtiradigan platforma hisoblanadi. Bunga sabab, ushbu sayt portfolio yaratish uchun juda qulay platforma hisoblanadi. Ish beruvchi mijozlar odatda Github sahifasini soʻrashadi.

Shuningdek, ushbu saytdan koʻplar dasturlarning skriptlarini topishingiz mumkin. Muhimi esa bularning barchasidan tekinga foydalanasiz.

👉 @ITmavzu
Youtube'da dasturlashga oid o'zbek tilidagi tekin videodarslik manbalari!

1. Java bo'yicha darslar

2. Web bo'yicha va umumiy ma'lumotlar

3. Virtual dars

4. IT va dasturlash

5. C++ dan darslar

6. Dasturlash haqida

👉 @ITmavzu
Sizlarga juda qimmatli va oddiy maslahat bermoqchiman!

Sizlar beradigan eng ko'p savollar:

1. Qayerdan topsam bo'ladi?
2. Qayerdan o'rgansam bo'ladi?

Bu ikkala savolga professional 2 ta javob.

1. Google.com
2. YouTube.com

Shu ikkita LINK dan millionlab foydali narsalar topasizlar. Faqat Sizlardan ozgina fahm talab etiladi holos.

👉 @ITbusiness_school
Bepul va sifatli taʼlim har joyda va hammaga.

KhanAcademy.org — interaktiv o’rganishning ulkan manbasi.

Khan Academy oʻzi xohlagan paytda va sinfdan tashqari taʼlim olish imkonini beruvchi amaliy mashgʻulotlar, videodarslar va individual boshqaruv panelini taklif qiladi. Platforma matematika, tabiiy fanlar, dasturlash, tarix, sanʼatshunoslik, iqtisod va boshqa fanlarni oʻrganishga yordam beradi.

👉 @ITBusiness_school
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Telefoningizda olingan professional rasmlarni internet orqali sotib pul ishlash haqida batafsil ma'lumotlar!

YouTube: feruzX

👉 @ITmavzu
Courses.Platzi.com — dizayn, marketing va dasturlash bo’yicha kurslar.

Dasturlash, marketing, dizayn va biznes bo'yicha jonli efir darslari va mutaxassis o'qituvchilar ishtirokidagi professional kurslarni oʻqib oʻz bilim va tajribangizni oshirishingiz mumkin.

👉 @ITBusiness_school
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Isobuild — bu bepul izometrik rasmlar generatori.

Saytda foydalangan holda izometrik rasmlar chizish imkoni bor. Buning uchun quyida keltirilgan havola orqali o‘tib «Get started» ni bosish orqali o‘zingizni fantaziyangizni ishga soling!

Sayt - isoflat.com/explore-isobuild

👉 @ITBusiness_school
Interyer dizayner bo'lib qanday va qancha pul topish mumkin?

Interyer dizayn uchun narxni xona kv.m ga qarab baholaysiz. Misol uchun shu rasmdagi yotoqxona 20 kv.m (5x4) bo'lsa 1 kv.m ni o'rtacha 10$ dan baholab 200$ topsangiz bo'ladi. Bitta buyurtmachi kamida 4-5 xona dizaynini Sizga topshirsa 100 kv.m dan 1 000$ topasiz. 2 qavatli katta dala hovli chiqib qolsa bormi, kamida bitta Spark minasiz. Toshkentni o'zida minglab yangi qurilayotgan uylar bor. Buyurtmalar esa juda ko'p.

Qancha vaqt ketadi?
O'rtacha 6 oyda bu sohani o'zlashtirishingiz mumkin. 3 oy ichida 3ds Max dasturni yaxshilab o'rganib qolgan 3 oyda o'z ustingizga ishlab o'z portfolioingizni yaratib o'zingizga buyurtmachilar topasiz.

👉 @ITBusiness_school
3D modellar yasab yaxshi daromad topish mumkin.

Mening asosiy biznesim ham 3D modellar savdosidan keladi. Qaysi 3D modelim qancha olib kelganini aytganman. Jamoamiz bilan birga 20 000 ga yaqin 3D model mahsulotlar chiqarganmiz.

Ko'rib turgan rasmingizni 3ds Max dasturida yasalgan. Shunday 3D modellarni turbosquid.com, cgtrader.com, 3ddd.ru kabi saytlarda ko'p marotaba sotib yaxshi daromad topsa bo'ladi.

P.s. Sizlarga ham 3ds Max dasturini o'rganib pul ishlashingiz mumkinligini aytmoqchiman.

👉 @ITbusiness_school
Telegram kanallarimdan kelayotgan daromadlarim haqida.

Karantin boshlanishi bilan xobbi sifatida telegram kanal ochib uni rivojlantirishni boshladim.

Siz obuna bo'lgan @ITbusiness_school telegram kanalim Menga reklama ortidan 3000 $ ga yaqin daromad olib keldi.
Yaqinda ochilgan, foydali va qiziqarli linklar berib boriladigan @foydali_link kanalimda esa kuni kecha 250 000 so'mdan ketma-ket 4 ta reklama oldim.

P.s. Odatda 20K obunachisi bor telegram kanallar oyiga 300$ pul topishadi. Sizlar ham telegram kanal ochib, uni rivojlantirib, reklamadan daromad topshingiz mumkinligini aytmoqchiman.

👉 @ITbusiness_school
3ds Max yoki Blender dasturlarida 3D modellar yasab, ularni elektron saytlarda sotib daromad topish haqida.

Ochilganiga bir yil bo'lgan Cgmood.com saytiga 50 ta 3D model yukladim va ko'rib turganingizdek hozirgacha 77 Euro daromad topdim. Bu 900 000 so'mdan oshadi. Bunday elektron bozorlarnig afzalliklari shundaki, Siz ushbu 3D modellarni doim sotib borasiz.

3D max yoki Blender dasturlarini ishlatish uchun Sizga kompyuter kerak bo'ladi. Maqsad qo`ysangiz 6 oy ichida bemalol daromad topa oladigan darajaga chiqasiz.

P.s. O'zim 3ds Max dasturidan foydalanaman.

👉 @ITbusiness_school
Dasturchilar qancha maosh olishadi?

Do'stim Saidbek Arislonovning shogirdi AQSH da soatiga 54.8 $ maosh bilan ishga joylashibdi. Fevral oyida darslarni boshlab, 6 oy davomida qilgan mehnati, urinishlari samarasini beribdi.

O'zbekistonda oyiga kamida 1000 $ maosh oladigan juda ko'p do'stlarim ham bor. Oyiga 10,000 $ topadiganlar ham bor. Ensangizni qotirmang aldamayapman :)

P.s. Karantin bu kasb egalariga tasir ko'rsatmadi. Juda ko'p dasturchilar uyda o'tirib ham pul ishlashyabdi.

@ITbusiness_school
Skillshare.com — ijodingizdagi haqiqiy o'sishni amalga oshirishga imkon beradigan sayt.

Skillshare.com — dizayn, fotografiya, video, freelancing va boshqa mavzularda ijod qiladigan va qiziquvchi insonlar uchun minglab mashg'ulotlarni o'z ichiga olgan onlayn o'quv hamjamiyati hisoblanadi.

👉 @ITmavzu
Professional montaj bilan shug’ullanib frilenserlik yoki buyurtma asosida yaxshi daromad topishni istaganlarga Adobe After Effects dasturini o’rganishni tavsiya qilaman.

Envato marketning videohive.net saytida Adobe After Effects dasturida yasalgan shablonlar eng talabgirlardan hisoblanadi.

👉 @ITmavzu
Dash.generalassemb.ly — saytlar tayyorlashni o’rgatishga yo’naltirilgan kurslar

Ushbu platforma orqali veb-sayt yaratish uchun kerak boʻlagan HTML5, CSS, JavaScript kurslarini oʻrganishingiz mumkin. Bu kurslarning barchasi tekin.

👉 @ITmavzu
3ds Max dasturida yasalgan bunday 3D modellarni kim sotib oladi?

Bu 3D modellarni butun dunyodagi interyer dizaynerlar sotib oladi.

Nima uchun sotib oladi?

Interyer dizaynerlar buyurtma olgan uy dizaynini yasab berishi uchun shunday modellarni ishlatishadi. Buyurtmachi esa shu jihozlarni bozordan sotib oladi. Dizaynerni vazifasi xona dizaynini oldindan ko'rinishini ko'rsatib berishdan iborat.

3D modelchilar esa hayotdagi bor narsalarni 3D modellarini yasab, interyer dizaynerlar va buyurtmachilarga ancha qulayliklar keltiradi.

👉 @ITmavzu
2024/09/27 15:25:44
Back to Top
HTML Embed Code: