Telegram Web Link
YouTubeda pul ishlash

YouTube saytiga qiziqarli va foydali videolar yuklab ko'p ko'rilishi xisobiga pul ishlasa bo'ladi.
Sizdan ko’pchilikka yoqadigan va qiziqarli video va unga yaxshi sarlavha tanlab yozish talab etiladi!
Sizning videolaringizni qanchalik ko’p tomoshabinlar ko’rishsa, saytdan oladigan foydangiz ham shunchalik ko’p bo’ladi.

Saytda bitta rolik 1 million marta ko’rilsa, 1360 dollardan 3400 dollargacha foyda ko’rsa bo’ladi.

Rossiyalik besh yoshli qizcha YouTube’dagi kanalidan oyiga 500 ming AQSh dollari ishlab topayotganini ham aytib o'tgan edik.

P.S: Agarda sizlarga manfaatli ma'lumotlar ulashayotgan bo'lsak, reaksiyalar qoldirishni unutmang!

👉 @ITmavzu
GRAFIK DIZAYN ORQALI PUL TOPISH

Fotoshop yoki Illustrator dasturida professional ishlar qila olasangiz, grafik dizayn yo’nalishi bo’yicha juda ko’p ishlarni amalga oshirishingiz mumkin. Buyurtma olishdan tashqari ilhomingiz kelgan vaqtda chizgan ijodiy ishlaringizni tayyor mahsulot sifatida sotishingiz ham mumkin. Bunday sotilishi mumkin bo’lgan dizaynlarga kitob muqovalari, vizit kartochkalar, afishalar, sahifa dizaynlari, infografiklar, logolar va web saytlar dizayni kabi o’nlab ishlar misol bo’lishi mumkin.

O'zbekistonda ko'plab iste'dodli yoshlar bu yo'nalishdan yaxshigina daromad topishadi.

Pul topish mumkin bo'lgan saytlar ro'yxati:
graphicriver.net
shutterstock.com
freepik.com

👉 @ITmavzu
Telegram kanal orqali qanaday pul ishlasa bo'ladi?

Umumiy ma'lumot:
O'zbekistonda telegram kanal orqali pul ishlaydigan insonlar judayam ko'p. 100 dollardan 3000 dollargacha topishadi, shuningdek, undan ham ko'p daromad topayotgan telegram-adminlari ham bor.
O'zingiz uddalay oladigan mavzuni tanlang va kanalni foydali va qiziqarli ma'lumotlar bilan to'ldiring. Obunachilaringizni pul evaziga boshqa telegram kanallar orqali ko'paytiring. Obunachilaringiz ko'paysa reklama beruvchilarning o'zi sizga murojaat qilishadi.

Maslahatlar:
1. Telegram kanalingiz mavzusida professional bo'ling.
2. Yolg'on ma'lumotlar bilan kanallarda reklama qilmang.
3. Kanal mavzusidan chetka chiqmaslikka harakat qiling.
4. Obunachilarni yo'qotmaslik uchun saviyali mavzular bo'lsin.
5. Kanalingizda saviyasiz kanallarni reklama qilmang.
6. Turli-tuman stikerlar aralashtirib maqola joylashtirmang.

P.S: Agarda sizlarga manfaatli ma'lumotlar ulashayotgan bo'lsak, reaksiyalar qoldirishni unutmang!

👉 @ITmavzu
Pinterest.com - bu shunchaki super sayt

Bu saytni qanday ta'riflashni ham bilmayman. Ijodkorlar, dizaynerlar, ishlab chiqaruvchilardan tortib sartaroshlargacha bo'lgan kasb egalari g'oya oladigan sayt. O'z qiziqishlaringizga oid barcha g'oyalarni shu saytdan topasiz.

O'z biznesini faqat pinterest orqali gullatib yuborganlar son mingta. Ijod mahsulotlaringizga va saytingizga Pinterest.com orqali xaridorlarni jalb qila olasiz. Bilmaganlar uchun bu juda foydali ma'lumot bo'ldi deb o'ylayman.

👉 @ITmavzu
Motion grafika haqida

Motion grafikasi
- dizayn, animatsiya, rejissyorlik va videoni tahrirlashni birlashtirgan yo'nalish.

Bularning barchasi birgalikda har qanday g'oyangizni harakatga aylantirishga imkon beradi. Siz videolaringizni qayta ishlashingiz, animatsion eskizlar yaratishingiz mumkin.

Hozirgi vaqtda biznes va kompaniyalar uchun reklama videolari, turli filmlar ham asosan motion grafikasi asosida yaratiladi.

Bu yoʻnalishni oʻrganish uchun oʻrtacha 3 oy vaqt ketadi. Motion grafika juda qiziqarli shu bilan birga yaxshigina daromadli soha hisoblanadi.

P.s: Ushbu yoʻnalishni oʻrganish haqida ham oʻylab koʻring. Unutmang, koʻproq pul topmoqchimisiz unda koʻproq oʻrganing!

👉 @ITmavzu
BEHANCE.NET – Creativ ijodkorlar va iqidorli dizaynerlar uchun yaxshigina pul ishlab olish imkonini beruvchi tarmoq

Adobe korporatsiyasiga qarashli bo’lgan ushbu tizimda 3D, Fotoshop va Illustratorga o’xshash suratlar chizish dasturlarida ishlaydigan kishilar yollanadi. Raqobat juda kuchli. Ammo qilgan ishlaringiz, chizgan rasmlaringiz arzirli bo’lsa, albatta katta miqdorda to’lanadigan ishlarga buyurtma olishingiz mumkin.

P.S. Siz bu sohadan uzoq bo`lsangiz ham bu saytga kirib Creativ ijodiy ishlarni tomosha qilib chiqishingiz mumkin.

👉 @ITmavzu
Nega supermarketlarda narxlar *99 bilan tugaydi?

– Bu uslub marketing tilida "jozibador narx" deb ataladi. Bu usul bilan olayotgan mahsulotingizni arzonroq qilib ko'rsatishga erishiladi.

Deylik, siz $5 lik narsa olishingiz kerak. Siz supermarketga kirib uning qarasangiz uning narxi $4.99 ekan. Keyin uni sotib olasiz va miyyangiz avvalgi ikki sonni eslab qolgan bo'ladi. Ya'ni men uni $4 ga sotib oldim deb hisoblaysiz.

Statistikaga ko'ra insonni shunday fikrlashi uni hali ko'p narsa olmaganiga va ko'p pul sarflamaganiga ishontiradi hamda yana biror narsa sotib olishga undaydi.

Bu narsani nafaqat supermarketlarda, balki internet-do'konlarga ham integratsiya qilish mumkin. 40 minglik narsani 39.000 deb yozsangiz, mijozlarning hayolida tovar 30 mingdek ko'rinadi.

👉 @ITmavzu
Ushbu qoidalarga amal qiling

Biznes boshlashdan oldin, quyidagilarga amal qilishingiz tavsiya qilinadi:

- Insonlarni og'riq nuqtalarini qidiring, "Evrika" lahzasini kutmang;
- Ustoz toping;
- Biznes-reja tuzing;
- Bozor ehtiyojlarini tushunib oling va o'zgarishlarga moslashing;
- Biznesigiz o'sishi uchun yaxshi jamoani tanlang;
- Sotuv;
- Marketing;
- Product.

Barcha bo'limlarni yaxshilab o'rganib oling!

👉
@ITmavzu
Startap uchun qayerdan g‘oya olsa bo‘ladi?

1. Xaqiqiy biznes-loyihalar jamlangan Crunchbase.com sayti bor (ingliz tilida). Sayt ixtisoslashuvi, moliyalashtirish bosqichi, texnologiyasi va boshqalar bo‘yicha saralangan venchur loyihalar ma’lumotlar bazasi hisoblanadi.

2. Gʻoyalarni qayerdan izlashni aniqlab oldik. Endi qaysi sohada tajribangiz bor, qayerda ishlagansiz, va nimaga qiziqishingizga qarab saytdan kerakli loyihalarni saralab oling. Masalan SMM va dasturlashga qiziqsangiz, sizga marketingga yo‘nalgan g‘oyalar qiziq bo‘lishi mumkin.

👉 @ITmavzu
Sizni ruhlantiruvchi maslahatlar

1. Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang.
2. Siz ko’pchilik odamlar dangasa bo’lganligi sababli muvaffaqiyatga erishasiz - dangasa bo`lmang.
3. Har doim ko’zingizni ochib yuring. Kuzating. Chunki Siz ko’radigan har qanday narsa Sizni ruhlantirishi mumkin.
4. Maqsadga erishib oladigan narsangizdan maqsadga erishib yetishadigan darajangiz muhimroqdir.
5. Agar reja ish bermasa, rejani o’zgartiring. Ammo maqsadni emas.

👉 @ITmavzu
Frilanserlar uchun yana bir mega sayt

Barcha freelancerlarning sevimli sayti - Fl.ru

• Sayt yaratish
• Matnlar
• Dizayn va art
• Dasturlash
• Audio/Video
• 3D grafika
• Rasmlar
• Animatsiya
• Reklama va marketing
• Tarjimalar

Va yana shunga o'xshash juda ko'p sohalarda o'z xizmatlaringizni ko'rsatishingiz va shu tariqa pul ishlashingiz mumkin. Bu yerga kuniga juda ko'p minglab insonlar o'zlariga kerakli bo'lgan narsalarni yozishib, e'lon joylashtiradi. Bu yerda asosan dasturchilar ko'p.

Bu yerda nafaqat xizmat ko'rsatish, balki portfolio sifatida foydalanish yoki vakansiya izlash mumkin.

👉 @ITmavzu
Frilans = Sog'liq. Bular qanchalik bir-biriga bog'liq?

Frilanser emas ishchilar kuniga kamida bo'lsa ham 1 km yo'l bosishadi. Ammo frilanser uyda o'tiradi va o'tirib ishlaydi. Sog'liq-chi?

1. Ertalabki badantarbiya bilan shug'ullaning;
2. Sutli mahsulotlar, mevalar iste'mol qiling;
3. O'tirib ishlasangiz, har soat turib, oyoqlarni yozing;
4. Har yarim soatda 5 daqiqa ko'zlarga dam bering;
5. Tez-tez suv ichib turing;
6. Kuniga kamida 30minut ko'chada sayr qiling;
7. Erta uxlang, erta turing va kunni 1-qoidadan boshlang.

Agar ushbu 7 qoidaga amal qilsangiz, hech qayeringiz og'rimaydi va o'zingizni tetik his qilasiz!

👉 @ITmavzu
Frilanserlar duch keladigan muammolar

— Ko'pchilikning hayolida frilans «Mana buyurtma, mana pul» degandek ko'rinadi. Aslida hech ham unday emas. Frilansda ham o'zgacha muammolar bor. Bulardan biri — mijozning qaysarligi.

— Odatda frilanser buyurtma olib, uni bajargach, mijozga umuman yoqmasligi va buyurtmani boshidan qilishiga to'g'ri kelishi mumkin. Agar frilansga kirmoqchi bo'lsangiz, shunday mijozlarga tayyor turing :)

— Eng ko'p tarqalgan muammolardan biri — byudjet kamligi. Mijoz so'ragan narsa Toshkent bo'lsa, narxi Nyu-York bo'lib yotibdi. Ammo mijoz bu narsalarni tushunmaydi, u o'zida bor pulni beradi.

P.S. Yana bir muammo shundan iborat-ki, mijoz buyurtmani bugun berib, ertasiga qaytarishi. Buyurtmani uxlamay bajargan frilanser ertasiga uni "atmen" bo'lganini ko'rib, yig'lavoray deydi :)

👉 @ITmavzu
Startup — u nima?

Start Up (ing. start - boshlash, up - ko'tarish) biznes bilan bog'laydigan bo'lsak, ishga tushirish, boshlash degan ma'noni anglatadi.

Startup deb, endi ish boshlagan yoki boshlash jarayonida bo'lgan loyihaga aytiladi. Asosiy shart — aniq va optimal biznes g'oyaga ega bo'lish kerak.

Loyihani startup deb atashda sohaning ahamiyati yo'q, ammo ko'p insonlarning hayolida startup — bu IT-loyiha hisoblanadi.

👉 @ITmavzu
«Tak, nega mijozim yo'q?!»

IT sohasida biznes qilishni boshlagan har bir «novichok»ning 1-savoli — "Qanday qilib, mijoz topaman" bo'lsa, 2-si "Nega mijozim yo'q" bo'ladi.

Strategiyamizga tayanadigan bo'lsak, mutaxassislar uchun doimo ish topiladi. Lekin o'quvsizlarga ish yo'q deganimas. Keling, sizga bir nechta savol beraman,

1. Portfolio mavjud va unda "odamga o'xshagan" proyektlar bormi?
2. Muomalangiz qanday?
3. Mijozlaringizga sizni boshqalarga tavsiya qilishini so'raysizmi?
4. O'z xizmatlaringizni reklama qilasizmi?
5. O'zingizni mutaxassis deb hisoblaysizmi?

• Qaysi savolga javobingizni qoniqarsiz deb o'ylaysiz — o'sha bo'lim bo'yicha ishlang!

👉 @ITmavzu
Guru.com - bu frilanser va ish beruvchilar uchun qulay hamda tezkor platforma hisoblanadi. Ushbu saytda yangi loyihalar tez-tez yangilanib turadi

Guru orqali quyidagi sohalar boʻyicha ish topishingiz mumkin:
• Dasturlash
• Dizayn
• Savdo va marketing
• Biznes va moliya
• Muhandislik va arxitektura
• Huquq
• Ta'lim va trening
va boshqa koʻplab sohalar boʻyicha.

👉 @ITmavzu
Udacity.com — dasturlash kurslarini professional dasturchilardan oʻrganish mumkin

Udacity – bu ba'zi yirik va muvaffaqiyatli IT kompaniyalarida (Google, Facebook, mongoDB, AT&T va boshqalar) ishlagan odamlar tomonidan ishlab chiqilgan o'quv dasturi.

👉 @ITmavzu
Uyda ingiz tilidan dars berib pul toping

Magic Ears – uyda turib ingiz tilidan bolalarga dars berish platformasi.

Ushbu platforma orqali ingiz tilidan 1-4 - sinf bolalarga dars berish orqali soatiga $15-$26 ishlab topishingiz mumkin. Buning uchun siz bir nechta talablarga javob bersangiz boʻldi.

👉 @ITmavzu
Dribbble.com – bu dizaynerlar uchun portfolio yaratish uchun qulay saytlardan biri

Ushbu saytdan professional portfolio yaratib, jahon darajasidagi dizayner boʻlmoqchi boʻlsangiz, PRO obunani sotib olishni maslahat beramiz.

Pro obuna orqali siz oʻz professional ishingizni namoyish etishingiz, hamda Apple, Google, Facebook, Dropbox kabi kompaniyalar bilan shartnoma tuzishingiz mumkin.

👉 @ITmavzu
Ta'lim berish va o'rganish uchun yetakchi global bozor

Udemy.com – Dunyo bo'ylab talabalarni eng yaxshi o'qituvchilar bilan bog'lab, odamlarga maqsadlariga erishishda va o'z orzularini amalga oshirishlarida yordam beradi.

Udemy orqali kompyuterga aloqador sohalarga oid kurslarni oʻqishingiz yoki dars berishingiz mumkin.

👉 @ITmavzu
2024/09/27 11:26:45
Back to Top
HTML Embed Code: