Telegram Web Link
Frilanserlarning TOP-3 xatolari

1. Frilansga kirgandan, daromad topishga shoshilishadi.
Boshlovchi frilanserlar hali biror hunarni yaxshi bilmay turib, daromad qilishga shoshishadi. Agar 1 oylar daromad ko'rmasa, bo'ldi tamom — frilans kamdaromad soha.

2. Mijoz bilan ishlashda qo'pollik
Shunday mijozlar borki, o'zi nima xohlayotganini o'zi bilmaydi. Yoki xohlayotgan narsasiga to'lamoqchi bo'lgan puli kamlik qiladi. Uni tushuntirish, unga uqtirish qiyin masala. Frilanserlarda azaldan qolgan maqol bor — Клиент всегда прав (Mijoz doimo haq). Frilanserlar ular bilan ishlashda qo'pollik qilishi mumkin.

3. O'rganmaslik
Agar frilanserda buyurtma va potensial mijozlar bo'lsa, u pulga qiziqib, rivojlanishdan to'xtab qoladi. Texnologiyalar kundan kunga rivojlanib bormoqda, bir nuqtada qolib ketish yomon oqibatlarga olib keladi. Hech qachon o'qishdan to'xtamang.

👉 @ITmavzu
Masofaviy ishga kirishda nimalarga e'tibor berish kerak?

Kirayotgan tashkilotingizga e'tibor bering. Qanaqa tashkilot u, o'zi oyiga qancha topadi. Sizni 1 oy ishlatib, keyin yo'q bo'lib ketsa, nima qilasiz?

— O'zi oddiy, tanilmagan tashkilot bo'lib, katta oylik va'da qilyaptimi? Bu shubhali. Sababi, shunchalik puli ko'p bo'lganida avval tashkilotni reklama qilardimi..

— Ishga kirganingizdan so'ng, kollektiv guruhiga qo'shiling. Sababi umumiylikda yolg'on bo'lmaydi.

— Ish beruvchining telefon raqami va rasmini olib qo'yish tavsiya qilinadi. Sababi ayrimlar nafaqat aldashadi, balki aldov yo'llari bilan boshqa ishlarini ham hal qildiradi.

👉 @ITmavzu
Zo'r frilanser bo'lish mumkin — qanday?

• O'z sohangizning mutaxassisi bo'ling
Biror narsani o'rganib, darrov frilansga shoshmang. Chunki sizga o'xshaganlar juda ko'p. Siz avval shu sohani zo'r o'rganing, undan keyin — marhamat.

• Sifatli portfolio
Sifatli portfolio deganda, siz u yerga eng yaxshi proyektlarni tashlashingiz zarur. Eng yaxshi proyektlar jamlangan portfolio odamni quvontiradi, chunki hamma ham o'z pulini to'g'ri kelgan odamga ishonib, berib qo'ymaydi.

• Muomala va brend
Muomalangizni shirin qiling, ma'daniyat bilan gaplashing. Ko'cha gaplarini qo'shib, o'zingizni xulqsizdek ko'rsatmang. Xatosiz yozing. Brendga kelsak, aktiv reklama olib turing va o'z brendingizni yarating, ismingizni eshitishganda, sizni eslashsin. Masalan, Artemiy Lebedev shunday muvaffaqiyatga erishgan.

👉 @ITmavzu
Qaysi dasturlash tili yaxshi?

— Dasturlash sohasiga endi kirib kelayotganlarning oldida bitta savol paydo bo'ladi: Qaysi dasturlash tilini tanlagan ma'qul?

• Javascript
Javascript O'zbekistonda eng talabgir tillardan biri bo'lib, hozirgi kunda JS vakansiyalar talaygina. MyStart loyihasi Payme dasturchisidan intervyu olganida, dasturchi JSchilar 1500-2500$ maosh olishlarini aytib o'tdi.

• Python
Hozirda tez sur'atlarda rivojlanib borayotgan tillardan biri. Python dasturchilarning oyligi 1000$ dan boshlanadi, albatta bu ko'rsatkich ularning tajribalariga bog'liqdir. Python Google tizimida ishlatiladi va ko'p joylarda tilga ehtiyoj bor.

• PHP
Ayrim dasturchilar hazillashib, PHPni ustidan kulishsada, bu tilning o'ziga yarasha zo'r tomonlari va "avtoritet"i bor. O'zbekistonda PHPga bo'lgan talab yaxshigina, shuning uchun bu tilni tanlashda qo'rqish shartmas.


👉 @ITmavzu
Grafik dizaynerlar uchun qimmatbaho, ammo bepul resurslar

— Barchasini 0 dan qilish kerakmi? Yo'q, janob grafik dizayner. Barchasi internetda bor, ularga ozgina ishlov berish qoldi xolos!

flaticon.com — Eng sifatli va barcha turdagi ikonlar yig'ilgan sayt.
iconfinder.com — Bu ham ikonlar uchun daxshat sayt.
freepik.com — Vektor rasmlardan tortib, PSD, EPS template'largacha.
storyset.com — Loyiha uchun turli illustratsiyalarni taxlash mumkin.
smartmockups.com — Mock up generator.
sensa.co/emoji — Emojilar to'plami.
remove.bg — Rasmdagi orqa fonni onlayn qirqish mumkin.


👉 @ITmavzu
Dasturlashni bepul o'rgansa bo'ladi

Codecacademy — Veb-dasturlash bo'yicha shubhasiz eng yaxshi kurslar yig'ilgan sayt. O'zining code-editor'lari ham bor.

Apple Developers — macOS va iOS sistemalari uchun ilova yaratmoqchilar uchun must-have resurslar.

freeCodeCamp — Veb-dasturlashning boshlang'ich nuqtalaridan to professional darjagacha chiqaruvchi sayt. ZeroToHero prinsipi asosida.

PythonChallenge — Python bo'yicha mashqlar va kurslar jamlanmasi.

👉 @ITmavzu
Portfolio yaratish bilan bir vaqtda oʻrganing

Behance ijodiy ishlarni namoyish etish va kashf qilish uchun yetakchi onlayn platformadir.

Behance.com sayti orqali quyidagi sohalar boʻyicha oʻz portfoliongizni yarating:
• Grafik Dizayn;
• Illustratsiya;
• Arxitektura;
• Oʻyin Dizayni;
• Moda;
• Tasviriy sanʼat;
• Hunarmandchilik;
va boshqa koʻplab sohalar.

Shu bilan bir vaqtda yetakchi rassomlar va dizaynerlar tomonidan qo'llaniladigan texnikani o'rganish uchun jonli efirlarni tomosha qilishingiz mumkin.

👉 @ITmavzu
3D-dizaynerlar yana qanday dasturlarni bilganlari ma'qul?

• Autocad —
2D va 3D obyektlarni loyihalash uchun mo'ljallangan dastur.
• Adobe Photoshop — Grafika bilan ishlash uchun.
CorelDRAW va Adobe Ilustrator — Vektor grafika uchun.
Adobe InDesign — Kompyuter grafikasi uchun.
Substance Painter — Teksturalar bilan ishlash uchun.
Maya — Kompyuter animatsiyasi uchun.
zBrush — 3D modellashtirishga mo'ljallangan qulay dastur.

👉 @ITmavzu
Ushbu soʻzlarni har tong oʻzingiz uchun oʻqib qoʻying

Menga pul yetishmagan paytlarda men yugurib ishga chiqib ketmas edim, aksincha o‘tirib o‘ylar edim. Dunyodagi eng qimmat tovar - g‘oyadir.
© Stiv Jobs

Aqlli odamlarni ishga olib, keyin ularga nima qilishni oʻrgatish ahmoqlikdan boshqa narsa emas. Biz aqlli odamlarni bizga nima qilish kerakligini aytish uchun yollaymiz.
© Stiv Jobs

Har doim qiyin yoʻlni tanlang, bu yoʻlda siz haqiqiy raqobatchilarni uchratasiz.
© Sharl de-Goll

Agar siz yagona maqsadingiz boy boʻlish boʻlsa, siz hech qachon unga yeta olmaysiz.
© Jon Devis Rokfell

Umuman kitob o‘qimaydigan mehnatkashdan ko‘ra, kitob o‘qiydigan dangasa bilan ishlagan yaxshiroq. Chunki u doim qiyin topshiriqlarga oson yechim topa oladi.
© Bill Geyts

👉
@ITmavzu
Lynda.com — texnologiya, biznes va yaratuvchanlik kurslari

Bu platforma har kimga shaxsiy, professional maqsadlariga erishish uchun biznes, dasturiy ta'minot, texnologiya va boshqa koʻplab sohalardan bilim va koʻnikmalarini o'rganishga yordam beradigan etakchi onlayn ta'lim platformadir.

Ushbu platformada video-kurslar 5 ta tilda tajribali ustozlar tomonidan olib boriladi.

👉 @ITmavzu
Kopirayterlar uchun

• Matndagi so'zlarning imlo qoidalariga e'tibor bering. Kopirayter uchun eng katta xato — imlo xatoliklari.

• Matnlarda kamroq emodji ishlating, yoki umuman ishlatmang.

• Lending uchun yozilgan matnda «ko'cha» so'zlarini ishlatish yaramaydi.

• Kreativ bo'ling, matnni shunday yozing-ki, uni oxirigacha o'qishsin.

• Matn uchun sifatli rasm tanlang, bunda sizga freepik.com yordam beradi.

👉 @ITmavzu
Final Cut Pro X - dasturida yasab chiqilgan 1050 ta video animation yozuvlar videohive saytining o'zida 39 dollardan 4,396 marta sotilib jami 171.000 dollardan ko'p daromad olib kelgan. Muallifni ishlari: videohive.net/user/vystina

Video shablonlar, montaj uchun kerakli element va effeklardan juda katta daromad ko'rsa bo'ladi. Bu yo'nalishda biznes qiladiganlar asosan After Effect dasturida ishlashadi.

👉 @ITmavzu
Nima uchun Upwork?

71 sohadan iborat 6 yo'nalishni o'z ichiga qamrab olgan Upwork.com saytida 12 million ro'yxatdan o'tgan freelancerlar va 5 million ro'yxatdan o'tgan mijozlar mavjud. Har yili umumiy qiymati 1 milliard dollarga teng bo'lgan 3 million ish joylari e'lon qilinadi va bu dunyodagi eng katta freelancer bozori xisoblanadi.

👉 @ITmavzu
Globalfreelance.ua - Ilm-fan freelancerlari uchun dunyo bo'ylab buyurtmalar

Vazifalar fan bo'yicha bo'linadi. Ro'yxatdan o'tish jarayonida siz ko'rsatgan fan va sohalarda testdan o'tishingiz kerak. Bu nima qilishni bilmaydigan odamlarni saralaydi.
Aniq va tabiiy fanlar - matematika, fizika, dasturlash, kimyo, biologiya, iqtisodiy nazariya va boshqalar bo'yicha o'quv vazifalarini bajarish;
Gumanitar fanlar bo'yicha ilmiy ishlar yozish - tarix, falsafa, madaniyatshunoslik, psixologiya, adabiyot, huquq va boshqalar.

👉 @ITmavzu
youdo.com - rus tilini yaxshi bilsangiz shu sayt orqali mo'maygina daromad topsangiz bo'ladi

1.500.000 foydalanuvchiga ega bo'lgan bu saytda siz ham pul topa olishingizga ishonamiz.

Ikkinchi rasmda youdo.com saytidagi so'nggi vazifalar ro'yxatini berganmiz. Saytga kirib ro'yxatadan o'ting va vazifalarni bajarib halol pul toping.

Ma'lumotni do'stlaringiz bilan bo'lishing!

👉 @ITmavzu
Apple'ning marketing falsafasi

Apple kompaniyasini dastlabki yigirma yilda rivojlanishida muhim rol oʻynagan marketolog va direktorlar kengashi raisi Mayk Markkula tomonidan oʻylab topilgan ushbu qoidalar uch qismdan iborat edi:

1. Ziyraklik, xaridor hissiyotini tushunish. «Biz mijozlar ehtiyojini boshqa kompaniyalardan yaxshiroq tushunishimiz kerak».

2. Butun fikrni belgilangan maqsadga qaratish. «Oʻzimiz shugʻullanayotgan maqsadga yetishish uchun barcha ikkinchi darajali maqsadlarni miyadan chiqarib tashlash kerak».

3. Singdirish. Bu odamlarda ilk taassurot tugʻdirish orqali Kompaniya yoki mahsulot haqida fikr xosil qilishini anglatadi. «Xaridorlar haqiqatan ham kitobga uning muqovasiga karab baho beradi. Eng yuqori sifatli eng yaxshi mahsulotni, eng foydali dasturni va hokazoni yaratish mumkin, lekin agar uning taqdimoti beparvolik bilan o‘tkazilsa, unga bo‘lgan munosabat ham shunday bo‘ladi. Agar biz tovarni kreativlik bilan va professional tarzda ko‘rsatib bersak, o‘zimizga kerakli munosabatni singdiramiz»

P.s: Har qanday mahsulot yaratilarkan maʼlum bir falsafaga asoslanish kerak. Hech qanday falsafaga ega boʻlmay yaratilgan mahsulotning ommalashib ketish ehtimoli juda past boʻladi. Apple kompaniyasi hozirga darajaga chiqishiga albatta oʻz qarashlarining mavjudligi muhim rol oʻynagan.

👉 @ITmavzu
Fiverr.com - 100 dan ortiq yo`nalishlarda freelancer bo`lib yaxshi daromad topsa bo`ladigan sayt

👉@ITmavzu
KWORK.ru - Bu saytda shunday frilanserlar borki – ular kuniga 100 dollar hatto 200 dollargacha pul ishlashadi

Xo'sh shuncha pul ishlash uchun nima qilish kerak? Avvalo foydali xizmat turlarini o'rganishingiz kerak. Masalan: sayt yuritish, photoshop, ijtimoiy tarmoqlarda guruhlarni yuritish, sayt va guruhlarni rivojlantira olish, SMM va shunga o'xshash xizmatlar. Xullas qiladigan ishingiz buyurtmachi uchun foydali bo'lsa bo'ldi. Bularning hammasini internet orqali bepul o'qib o'rgansa bo'ladi.

Yodda tuting!
Pessimist odam har bir imkoniyatda qiyinchilikni ko'radi.
Optimist odam esa Har bir qiyinchilikda imkoniyatni ko'radi.

👉 @ITmavzu
«Vaqtim yo'q, ulgura olmayabman..»

Bu holat barcha frilanserda bo'lishi tabiiy hol. Buyurtmani olib, uni bajarishga vaqt topa olmay, tushkunlikka tushib qolishadi.

Agar har bir ishni taymer bilan bajarib ko'rsak-chi? Buni sinab ko'ring — foyda berishi 100%. Bunda sizga pomofocus.io yordam beradi. Saytning mobil dasturi ham bor, u orqali ishingiz uchun vaqt belgilab (mini dedlayn), uni bajaraverasiz. Sinab ko'ramizmi?

LINK 👉 pomofocus.io

👉 @ITmavzu
2024/11/13 21:03:35
Back to Top
HTML Embed Code: