Telegram Web Link
Muvaffaqiyat kaliti bu muntazamlikdir. Muntazam bo'lsangiz o'sasiz va oldinda bo`lasiz. Motivatsiyaga mukkangizdan ketmang. Chunki motivatsiya bugun bor ertaga yo'q. Muntazam va bardavomiylik orqali maqsadingizga erishasiz.

👉 @ITmavzu
LOGO YASAB PUL TOPISH!

Logo yasab ikki xil yo'l bilan pul topish mumkin.

1. Yangi ochilgan tashkilot yoki mahsulot uchun buyurma asosida logo yasab berish orqali pul topish. Logo yasab berish narxi 100 $ dan boshlanadi. Yurtimizda 1 000 - 2000 $ ga ham logo yasaydigan dizaynerlar bor. Ma'noli va kreativ logo yasay olsangiz Sizga buyurma beruvchilar soni ortadi.

2. Turili xil logolar yasab elekton bozorlarda sotishingiz mumkin. Misol uchun shutterstock.com, graphicriver.net, freepik.com saytlarida ijod qilgan logolaringizni sotib pul ishlashingiz mumkin.

Logo yasash uchun Photoshop, Adobe Illustrator yoki CorelDRAW dasturlarini bilish kifoya qiladi.

👉 @ITmavzu
Fiverr.com - frilanserlar uchun oson va professional sayt. Har qanday xizmat uchun kamida soatiga 5$ dan to'lashadi. Ish qidiruvchilar o'z xizmatlarini yozib ro'yxatdan o'tishadi. Ish beruvchilar esa ularning profillarini tekshirib ularga mos buyurtma berishadi.

To'lovlar ish tugashidan oldin Fiverr tomonidan yig'ib olinadi, shunda Sizni aldashning imkoni bo'lmaydi.

👉 @ITmavzu
3D PRINTER uchun 3d modellar yasab qanday pul ishlasa bo'ladi?

1. Elektron bozorlar.
Cgtrader va Turbosquid saytlarida 3d printer uchun yasagan 3d modelingizni ko'p marta so'tsangiz bo'ladi.
Zargarlik, o'yinchoq va naqsh 3d modellari zo'r sotiladi.
Sizdan sotib olgan insonlar bu 3d modellarni 3d printerda ishlab chiqarishadi.

2. Frilanser saytlar.
Zo'r 3d modelchi bo'lsangiz, frilanser saytlari (fiverr, kwork va upwork) da shu turdagi 3d modellarni 30 $ dan 1000 $ gacha buyurtma asosida qabul qilib pul ishlasangiz bo'ladi.

3. Biron bir ishxonada ishchi bo'lib lekin katta oylikka ishlashingiz mumkin. Bo'sh vaqtingizda esa yuqoridagi yo'llar bilan qo'shimcha daromad topib yurasiz.

👉 @ITmavzu
Turbosquid.com - dunyodagi eng katta 3d modellar sotsa bo'ladigan elektron bozor.
5000 $ li 3d modellar ham sotiladi. Jahonda bu saytdan kino uchun juda ko'plab modellar sotib olishadi.

O'zbekistonlik ko'plab 3d modelchi do'stlarimiz ham bu saytdan yaxshi daromad topishadi.

👉 @ITmavzu
Tarmoq administratorlarigini oʻrganib moʻmaygina daromadli ish topish.

Internet oʻzi nima va u qanday ishlaydi?
Bu savolga batafsil javob berishingiz uchun siz tarmoq administratori boʻlishingiz kerak. Siz ushbu sohani oʻrganib boshlangʻich sertifikatni ( CCNA Switching and Routing) olasangiz qayerga bormang moʻmaygina daromadli ish topishingiz mumkin.

Oʻzbekistonni oʻzida ushbu sohada faoliyat yuritadiganlar yiliga $22 000 dan $44 000 gacha maosh olishmoqda.

Tarmoq administratorligiga talab chet elda ancha yuqori. Au.indeed.com sayti orqali birgina Avstraliyadagi mavjud ish oʻrinlari bilan tanishishingiz mumkin. Avstraliyada ushbu soha mutaxassislari yiliga $70 000 dan $120 000 gacha va undan koʻproq daromad topishadi.

👉 @ITmavzu
SoloLearn — dasturlashni tez oʻrganish uchun bepul ilova.

SoloLearn ilovasi dasturlashni oʻrganayotganlar uchun juda qulay va bepul dastur hisoblanadi. Ushbu ilova orqali siz oʻzingiz uchun raqib tanlab dasturlashni tez oʻrganishingiz mumkin. Siz tugatgan har bitta kursdan soʻng sizga maxsus sertifikat taqdim etiladi.

SoloLearn tarkibida quyidagi kurslar mavjud:

Web Development, shu jumladan HTML5, CSS3, JavaScript, JQuery, Python, Java, Kotlin, C++/C, C#, PHP, SQL, Ruby, Swift va boshqalar.

Ushbu ilova orqali dasturlashni smartfonda ham kompyuterda ham oʻrganishingiz mumkin.

👉 @ITmavzu
3ds Max dasturining GrowFX plaginida shunday gullar, daraxtlar va o'simliklar modellarini yasab 3ddd.ru, turbosquid.com va cgtrader.com saytlarida sotsangiz bo'ladi.

Aynan shu ish bilan shug'ullanadigan yurtoshlarimiz oyiga 2000 $ atrofida daromad topishadi.

👉 @ITmavzu
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Payoneer kartasini bepul qo'lga kiriting!

Frilanserlik qilib topgan pullaringizni olish uchun eng avval elektron hamyon kerak bo'ladi. Eng ommlashgan kartalardan biri bu Payoneer!

Ushbu video orqali siz Payoneer Master Card olish uchun qanday ro'yxatdan o'tiladi?
SWIFT code nima uchun kerak? degan savollarga javob olasiz.

P.s. Payoneer kartani uyingizgacha olib kelib berishadi!

👉 @ITmavzu
Marvelous Designer dasturini o'rganib internetdan daromad topish.

Rasmdagi kiyimlar Marvelous Designer dasturida yasalgan. Talab juda katta bo'lgan bu dasturda liboslar, parda va yumshoq mebellar dizaynlari yasaladi. Agar Siz bu dasturni yaxshi bilsangiz frilanser saytlarida oyiga juda katta daromat topa olasiz.

Uyda o'tirgan opa-singil va ayollarimiz ham shu dasturni o'rganib frilanserlik qilib yaxshi daromad topishlari mumkin.

👉 @ITmavzu
Dasturchi portfoliosi uchun qulay sayt.

Github.com – bu dasturchilar yoqtiradigan platforma hisoblanadi. Bunga sabab, ushbu sayt portfolio yaratish uchun juda qulay platforma hisoblanadi. Ish beruvchi mijozlar odatda Github sahifasini soʻrashadi.

Shuningdek, ushbu saytdan koʻplar dasturlarning skriptlarini topishingiz mumkin. Muhimi esa bularning barchasidan tekinga foydalanasiz.

👉 @ITmavzu
Adobe Illustrator va Adobe Photoshop dasturida shunday dizayn ishlar yasab shutterstock, graphicriver va freepik saytlarida bir necha marotaba sotib, yaxshigina daromad topsa bo'ladi.

👉 @ITmavzu
Youtube'da dasturlashga oid o'zbek tilidagi tekin videodarslik manbalari!

1. Java bo'yicha darslar

2. Web bo'yicha va umumiy ma'lumotlar

3. Virtual dars

4. IT va dasturlash

5. C++ dan darslar

6. Dasturlash haqida

👉 @ITmavzu
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Telefoningizda olingan professional rasmlarni internet orqali sotib pul ishlash haqida batafsil ma'lumotlar!

YouTube: feruzX

👉 @ITmavzu
Skillshare.com — ijodingizdagi haqiqiy o'sishni amalga oshirishga imkon beradigan sayt.

Skillshare.com — dizayn, fotografiya, video, freelancing va boshqa mavzularda ijod qiladigan va qiziquvchi insonlar uchun minglab mashg'ulotlarni o'z ichiga olgan onlayn o'quv hamjamiyati hisoblanadi.

👉 @ITmavzu
Dash.generalassemb.ly — saytlar tayyorlashni o’rgatishga yo’naltirilgan kurslar

Ushbu platforma orqali veb-sayt yaratish uchun kerak boʻlagan HTML5, CSS, JavaScript kurslarini oʻrganishingiz mumkin. Bu kurslarning barchasi tekin.

👉 @ITmavzu
Professional montaj bilan shug’ullanib frilenserlik yoki buyurtma asosida yaxshi daromad topishni istaganlarga Adobe After Effects dasturini o’rganishni tavsiya qilaman.

Envato marketning videohive.net saytida Adobe After Effects dasturida yasalgan shablonlar eng talabgirlardan hisoblanadi.

👉 @ITmavzu
3ds Max dasturida yasalgan bunday 3D modellarni kim sotib oladi?

Bu 3D modellarni butun dunyodagi interyer dizaynerlar sotib oladi.

Nima uchun sotib oladi?

Interyer dizaynerlar buyurtma olgan uy dizaynini yasab berishi uchun shunday modellarni ishlatishadi. Buyurtmachi esa shu jihozlarni bozordan sotib oladi. Dizaynerni vazifasi xona dizaynini oldindan ko'rinishini ko'rsatib berishdan iborat.

3D modelchilar esa hayotdagi bor narsalarni 3D modellarini yasab, interyer dizaynerlar va buyurtmachilarga ancha qulayliklar keltiradi.

👉 @ITmavzu
Canva.com sayti orqali ajoyib dizayndagi rasmlar ishlay olasiz.

Saytdagi minglab dizayn shablonlar yordamida osongina buklet, logotip, reklama rasmlar, qadoq, prezentatsiya, e'lon rasmlar, taklifnoma, infografika va juda ko'plab turdagi dizaynlar rasmlarni bemalol yasashingiz mumkin.

P.s. professional darajada ishlash va yaxshi pul topish uchun Adobe photoshop va Adobe illustrator dasturlarini yaxshilab oʼrganishingiz tavsiya qilinadi

👉 @ITmavzu
Mana shunday brand booklar tayyorlab qanday qilib pul topsa boʻladi?

Adobe photoshop yoki Adobe illustrator dasturalida shunday brand booklarni buyurtmalar asosida yoki elektron bozorlarda sotib katta daromad topsa boʻladi.

Oʻzbekistonda bitta brand bookni kamida 500 $ ga tayyorlashadi.

P.s. Vaqt oʻtib ketaveradi, IT dasturlaridan birini oʻrganishni boshlash kerak.

👉 @ITmavzu
2024/09/22 11:41:18
Back to Top
HTML Embed Code: