Telegram Web Link
Frilans = Sog'liq. Bular qanchalik bir-biriga bog'liq?

Frilanser emas ishchilar kuniga kamida bo'lsa ham 1 km yo'l bosishadi. Ammo frilanser uyda o'tiradi va o'tirib ishlaydi. Sog'liq-chi?

1. Ertalabki badantarbiya bilan shug'ullaning;
2. Sutli mahsulotlar, mevalar iste'mol qiling;
3. O'tirib ishlasangiz, har soat turib, oyoqlarni yozing;
4. Har yarim soatda 5 daqiqa ko'zlarga dam bering;
5. Tez-tez suv ichib turing;
6. Kuniga kamida 30minut ko'chada sayr qiling;
7. Erta uxlang, erta turing va kunni 1-qoidadan boshlang.

Agar ushbu 7 qoidaga amal qilsangiz, hech qayeringiz og'rimaydi va o'zingizni tetik his qilasiz!

👉 @ITmavzu
Elektron-hamyonlar: Ular bizga kerakmi?

Siz chet elllik John Doe'ning buyurtmasini qilib berdingiz, ammo siz Toshkentda, John Nyu-Yorkda. Xo'sh, John pulni Clickdan o'tkazadimi? Axir unda Click nima qilsin.

Javob — yo'q. Bizni elektron-hamyonlar qutqaradi.

John buyutmasini ko'rib, xursand bo'ldi va toshkentlik frilanser Toshmatjonga pul o'tkazmoqchi. Uning uchun u hozirgi trenddagi elektron-hamyonlarning biridan unga pul o'tkazadi.

Elektron-hamyonlar
👉 qiwi.com, webmoney.ru, paypal.com, payeer.com, Yandex.Деньги,

P.S. Xohlagan biridan, iloji bo'lsa barchasidan ro'yxatdan o'ting. Chet elliklar bilan ishlash uchun elektron-hamyonlar muhim omil sanaladi.

👉 @ITmavzu
Frilanserlar duch keladigan muammolar

— Ko'pchilikning hayolida frilans «Mana buyurtma, mana pul» degandek ko'rinadi. Aslida hech ham unday emas. Frilansda ham o'zgacha muammolar bor. Bulardan biri — mijozning qaysarligi.

— Odatda frilanser buyurtma olib, uni bajargach, mijozga umuman yoqmasligi va buyurtmani boshidan qilishiga to'g'ri kelishi mumkin. Agar frilansga kirmoqchi bo'lsangiz, shunday mijozlarga tayyor turing :)

— Eng ko'p tarqalgan muammolardan biri — byudjet kamligi. Mijoz so'ragan narsa Toshkent bo'lsa, narxi Nyu-York bo'lib yotibdi. Ammo mijoz bu narsalarni tushunmaydi, u o'zida bor pulni beradi.

P.S. Yana bir muammo shundan iborat-ki, mijoz buyurtmani bugun berib, ertasiga qaytarishi. Buyurtmani uxlamay bajargan frilanser ertasiga uni "atmen" bo'lganini ko'rib, yig'lavoray deydi :)

👉 @ITmavzu
Startup — u nima?

Start Up (ing. start - boshlash, up - ko'tarish) biznes bilan bog'laydigan bo'lsak, ishga tushirish, boshlash degan ma'noni anglatadi.

Startup deb, endi ish boshlagan yoki boshlash jarayonida bo'lgan loyihaga aytiladi. Asosiy shart — aniq va optimal biznes g'oyaga ega bo'lish kerak.

Loyihani startup deb atashda sohaning ahamiyati yo'q, ammo ko'p insonlarning hayolida startup — bu IT-loyiha hisoblanadi.

👉 @ITmavzu
Guru.com - bu frilanser va ish beruvchilar uchun qulay hamda tezkor platforma hisoblanadi. Ushbu saytda yangi loyihalar tez-tez yangilanib turadi

Guru orqali quyidagi sohalar boʻyicha ish topishingiz mumkin:
• Dasturlash
• Dizayn
• Savdo va marketing
• Biznes va moliya
• Muhandislik va arxitektura
• Huquq
• Ta'lim va trening
va boshqa koʻplab sohalar boʻyicha.

👉 @ITmavzu
«Tak, nega mijozim yo'q?!»

IT sohasida biznes qilishni boshlagan har bir «novichok»ning 1-savoli — "Qanday qilib, mijoz topaman" bo'lsa, 2-si "Nega mijozim yo'q" bo'ladi.

Strategiyamizga tayanadigan bo'lsak, mutaxassislar uchun doimo ish topiladi. Lekin o'quvsizlarga ish yo'q deganimas. Keling, sizga bir nechta savol beraman,

1. Portfolio mavjud va unda "odamga o'xshagan" proyektlar bormi?
2. Muomalangiz qanday?
3. Mijozlaringizga sizni boshqalarga tavsiya qilishini so'raysizmi?
4. O'z xizmatlaringizni reklama qilasizmi?
5. O'zingizni mutaxassis deb hisoblaysizmi?

• Qaysi savolga javobingizni qoniqarsiz deb o'ylaysiz — o'sha bo'lim bo'yicha ishlang!

👉 @ITmavzu
Uyda ingiz tilidan dars berib pul toping

Magic Ears – uyda turib ingiz tilidan bolalarga dars berish platformasi.

Ushbu platforma orqali ingiz tilidan 1-4 - sinf bolalarga dars berish orqali soatiga $15-$26 ishlab topishingiz mumkin. Buning uchun siz bir nechta talablarga javob bersangiz boʻldi.

👉 @ITmavzu
Dribbble.com – bu dizaynerlar uchun portfolio yaratish uchun qulay saytlardan biri

Ushbu saytdan professional portfolio yaratib, jahon darajasidagi dizayner boʻlmoqchi boʻlsangiz, PRO obunani sotib olishni maslahat beramiz.

Pro obuna orqali siz oʻz professional ishingizni namoyish etishingiz, hamda Apple, Google, Facebook, Dropbox kabi kompaniyalar bilan shartnoma tuzishingiz mumkin.

👉 @ITmavzu
Udacity.com — dasturlash kurslarini professional dasturchilardan oʻrganish mumkin

Udacity – bu ba'zi yirik va muvaffaqiyatli IT kompaniyalarida (Google, Facebook, mongoDB, AT&T va boshqalar) ishlagan odamlar tomonidan ishlab chiqilgan o'quv dasturi.

👉 @ITmavzu
Reklama uchun toʻgʻri auditoriya tanlash

Lamborghini hech qachon televizor orqali reklama bermaydi. Chunki, bu mashinani sotib oladiganlar televizor koʻrishmaydi!

Ular reklama uchun toʻgʻri auditoriya sifatida motoshoular, avtopoygalar, har-xil ijtimoiy tarmoqlarni tanlashadi. Lamborghini sotib olish ehtimoli boʻlgan odamlar aynan ushbu joylarda albatta boʻlishadi.

P.S: Siz nafaqat yaratgan mahsulotingiz uchun, balki oʻz auditoriyangizni shakllantirishda ham reklama uchun toʻgʻri joy tanlashni oʻrganing.

👉 @ITmavzu
Nega IT da ingliz tili muhim?

Javob — Dunyoning katta qismi ingliz tilini yaxshi biladi va ingliz tili - standart tilga aylanib bo'lgan. Har yerda ingliz tilini ma'qul ko'rishadi. Uning ustiga, dasturchi ingliz tilini bilmasa, uning o'sishi to'xtab qoladi.

Ingliz tilini qayerda sifatli o'rganish mumkin?
Agar uydan turib, bepul o'rganishni xohlasangiz, Youtube sizga yordam beradi. Agar Youtube'ga ishonmasangiz, men sizlar uchun ingliz tili bo'yicha yaxshi kurslar uchun link hozirlaganmiz:

alison.com
mooec.com
futurelearn.com
openlearning.com

P.S. Ingliz tilini sifatli o'rgansangiz, chet elliklar bilan ishlashda umuman qiynalmaysiz.

👉 @ITmavzu
«Frilanser ham kitob o'qishi kerakmi?» Ha, kerak!

Bugungi post IT sohasida biznes qilish emas. Keling, biroz lirik chekinish qilamiz.

1. So'z boyligingiz oshadi
Mijoz bilan gaplashganda yaxshi muomalada bo'lish kerak. Chunki muomala o'sha mijozning frilanserga yana murojaat qilishini ta'minlaydi. Sizning so'z boyligingiz qanchalik boy bo'lsa, shuncha chiroyli gapirasiz va mahsulotdagi so'zlarni to'g'ri va aniq yozasiz

2. Orfografiya
Mijoz frilanserga yozsa, 1-o'rinda uning portfoliosi va yozish madaniyatiga e'tibor beradi. Chunki qaysi ahmoq hatto yozishni ham bilmagan frilanserga buyurtma beradi? Siz so'zlarni to'g'ri yozsangiz, sizga ishonch kuchayadi.

3. Dunyoqarash
Grafik dizayner, dasturchi, kopirayter va boshqa kasblar uchun eng kerakli narsalardan biri — dunyoqarash, ya'ni fantaziya. Sizning dunyoqarashingiz, fikrlash doirangiz qanchalik katta bo'lsa, mahsulot shuncha bejirim, sifatli va ko'rkam bo'ladi.

P.S. Frilanser bo'lmasangiz ham kitob o'qishni kanda qilmang!

👉
@ITmavzu
Shaxsiy sayt orqali pul ishlash haqida qisqacha

Ko'p kishi internet sayti bor odamga pul to'laydi deb o'ylaydi. Bu xato, internet sayt egasiga 1 so'm ham bermaydi. Barchasi Google Adsense'ga bog'liq. Saytingizning 1 kunlik tashrif buyuruvchilari ko'p bo'lishi kerak, aks holda Adsense sizdan reklama sotib olmaydi.

Saytdan daromad qilish uchun sayt mukammal va chiroyli dizaynga ega bo'lish kerak, aks holda bugun kirgan odam ertaga kirmasligi mumkin. Siz o'zingizni tashrif buyuruvchidek tuting — saytda sizga nima yoqmadi? (Bilaman sizga hammasi yoqadi 😅)

👉 @ITmavzu
Hech qanaqa hunarsiz qanday pul ishlash mumkin?

Ushbu savol bizga juda ko'p keladi, chunki biror narsani bilmay turib pul ishlash — qiyin masala.

Bu hech qanaqa stavka yoki kapperlik emas, halol yo'l bilan topish ham mumkin. Buning uchun bizga freepik.com sayti yordam beradi.

1. Buyurtma izlaymiz
Grafik dizayner uchun maydaroq buyurtma izlaymiz. Deylik, poyabzal ishlab chiqaruvchi firmaga vizitka kerak. Agar sizning qo'lingizdan vizitka tayyorlash kelmasa, freepik.com dan izlaymiz. So'rovnoma «business card» quyidagicha bo'ladi. Biror yaxshirog'ini tanlab, yuklab olamiz.

2. Montaj
Ularni o'zgartirish uchun sizga Adobe Photoshop va Adobe Illustrator kerak bo'ladi. Tekstlarni, ayrim rasmlarni firmaga moslaysiz, ma'lumotlarni kiritasiz — tamom!

3. Uni mijozga ko'rsatasiz va portfolioga qo'shasiz
Iloji boricha 2-3 xil variant tayyorlang va portfolioga qo'shib qo'ying

P.S. Eng yaxshi maslahat — siz ularni 0 dan yasashni o'rganing, shunda ishingiz qimmat turadi.

👉
@ITmavzu
Matematika orqali ham frilans qilsa bo'ladimi?

Ushbu holat yoshligingizda yoki aynan shu paytlar bo'lgan. Biror misol, masala, yoki testlar to'plamini yechgingiz kelmaydi va uni kimga yechtirishni ham bilmaysiz. Shunda qo'shnining o'g'li 10000 so'mga yechib beradi, 2 tomon ham ko'ngli to'q.

Frilans-birjalarda ham shunaqa bo'lim bor. U yerda shunaqa topshiriqlar beriladi va siz ularni bajarib, yechib berib, pul ishlashingiz mumkin. Har xolda, bo'sh o'tirgancha, 3-4 so'm ortiqchalik qilmaydi 🙃

P.S. Agar matematikani chuqur o'rgangan va a'lo bilsangiz, uyda o'tirib, repetitorlik bilan shug'ullansangiz bo'ladi.

👉 @ITmavzu
Freelance'lik kasbini egallaganingizdan so'ng daromad topish uchun eng kerakli internet saytlar ro'yxati:

- Xorijiy kompaniya uchun ishlashni istaganlar uchun mashhur xorijiy erkin saytlari:
1. Freelanceer.com
2. Upwork.com
3. Guru.com

- Eng yirik fond birjalari:
1. Fl.ru
2. Weblancer.net
3. Freelance.ru

- Copywriters uchun saytlari ro'yxati:
1. Etxt.ru
2. Text.ru
3. Textsale.ru
4. Advegi.ru
5. Textbroker.com

- Rassomlar va grafik dizaynerlar uchun fond birjalari:
1. logopod.ru
2. Illustrators.ru
3. mrussiancreators.ru
4. Behance.net
5. 99designs.com

- Dasturchilar va mutaxassislar uchun saytlar.
1. Clancer.ru
2. Modber.ru

- Mahalliy Freelance lik internet saytlari ro'yxati:
1. Frilanser.uz
2. Giglancer.uz
3. Hirelancer.uz
4. Dowork.uz
5. Eskiz.uz

👉 @ITmavzu
Slide Making — serdaromad soha-mi?

Ko'pchiligimiz slayd nimaglini bilamiz. Slayd — biror narsa haqida rasm va matnlar orqali batafsil tushuntirish.

• Biznes-tashkilotlar slaydlarni yaxshi ko'rishadi
Biror biznes-tashkilot yoki startap o'z mahsulotini namoyish qilish uchun slaydlardan foydalanadi. Ularga narxning ahamiyati yo'q, asosiysi sifat va mukammallik.

• O'quv-tashkilotlari, markazlari slaydlardan ko'p foydalanishadi
Maktabda yoki institutda proyektor orqali slayd qo'yishganini hamma bilishadi. Bunday chiroyli slaydlarni o'qituvchilar o'zlari qilishadi deb o'ylaysizmi?

• Ishxona, ofis ishchilari hisobotni slaydda qilishadi
Odatda, boshliq hisobotni talab qilsa, slayd ko'rinishida bo'lishini istaydi (kamdan-kam holatda). Ishchi agar IT sohasidan, balki kompyuter bilimlaridan yiroq bo'lsa, slaydga buyurtma beradi.

P.S. Slayd uchun qimmatbaho kompyuter shart emas, Power Point dasturini hoziroq o'rganishni boshlang!

👉 @ITmavzu
Dasturchi bo'lib, qaysi sohalarda ko'proq buyurtmalar olish mumkin?

Telegram-botlar
Ushbu soha bo'yicha buyurtmalar doimiy ravishda bo'ladi. Chunki botlar o'ta qulay va ular orqali ko'p narsalarni avtomatlashtirish mumkin. Odatda restoranlar uchun botlar talabgir va qimmat turadi. Ularning narxi 200$ dan boshlanadi.

Saytlar
Bir kunda qariyb mingta sayt ochiladi. Sayt ochuvchilarining katta qismi saytni o'zlari taxlay olishmaydi. Bu yerda dasturchi asosiy rolni o'ynaydi — u saytni yozib beradi. Saytlarning o'rtacha narxi 300$-400$ atrofida bo'ladi (TZ ga qarab).

Android va iOS ilovalar
Frilansda ushbu sohaga juda ko'p buyurtma tushmasligi ham mumkin, ammo kompaniyalarda bu dasturchilarga katta maosh to'lashadi. Tajribamdan kelib chiqib aytaman, bir dasturchi Android va iOS uchun ilova yozdi. Ularning narxi 1200$ bo'ldi, bu unga 2-3 oyga yetadi :)


👉 @ITmavzu
Dasturlash tillarini tez va oson o'rganish uchun qulay sayt

Ushbu sayt orqali siz: HTML, CSS, Bootstrap, Java Script, SQL, Python, PHP, Jquery va ko'plab tillarni o'rganishingiz mumkin. Saytning qulay tarafi shundaki ushbu saytni o'zida siz yozgan kodlarni kompilyatsiya qilasiz.

Sayt 👉 w3schools.com

👉 @ITmavzu
Telegramda biznes qilish uchun 3ta yo'l

1. Kanal ochib va reklamadan daromad olish.
2. Gurux ochish va uni kanalga aylantirib, reklamadan daromad olish.
3. Bot yaratib va reklamadan daromad topish.

🔹 O'z kanalizni yo'nalishini zo'r biling. Siz kanalni ochishga qiynalmaysiz. Lekin u kanalni rivojlantirishda jiddiy kamchiliklarga duch kelasiz. Kanalingizni rivojlantirish uchun siz iloji boricha reklama qiling. O'zingiz guruxma-gurux reklama qilganingiz foyda bermaydi. Iloji kanalingiz sohasiga oid kanalda reklama qiling. Obunachilarni saqlab qolish esa o'zingizga bog'liq.

🔹 Gurux boshqarish unchalik qiyin emas. Xohlasangiz guruxga yordamchi admin olishingiz mumkin. Guruxni kanalga aylantirish esa obunachilaringiz ko'paygandan so'ng, daromad qilsangiz bo'ladi.

🔹 Mukammal Botni biror dasturchiga yaratib unga sarmoya kiritib daromad olsangiz bo'ladi yoki o'ziz yaxshilab o'rganib yaratasiz. Yoki o'ziz bot yaratishni o'rganib, oddiy bot yaratib sotsangiz bo'ladi. Bunga ko'p vaqt ketmaydi.

👉 @ITmavzu
2024/09/22 17:41:27
Back to Top
HTML Embed Code: