Telegram Web Link
Premiere Pro va After Effects dasturlari — serdaromad dasturlar

Hozirgi kunda videomontajga bo'lgan talab kundan-kunga ortib bormoqda. Jumladan Motion Grafika video montajida ham. O'zbekistonda Motion Grafika video montajining eng arzon narxi 1 sekundi 15 000 so'm va eng qimmati esa 100 dollargacha. Bizni O'zbekiston sharoitida asosan 30 dan 150 gacha bo'lgan ishlar amalga oshiradi.

Ushbu sohadagi narx-navolar:
Amaliy tarzda buyurtma olib, uyda ishlasangiz kuniga 300 000 dan 7 mln so'mgacha daromad topasiz.
Biror-bir tashkilotda esa 200 000 so'mdan 15 mln so'mgacha daromad topsangiz bo'ladi.
Freelance lik orqali esa 5 mln dan 35 mln so'mgacha va undan ortiq ham daromad topolasiz.

Freelancerlik uchun tavsiya qilingan saytlar: lifezeazy.com - fl.ru -adobe.com - upwork.com

👉 @ITmavzu
Ish yoki bilim olishning samarasini oshirish

1. Bismillah deb ish boshlang.
2. Ma'lum bir natijani bajarmaguncha ijtimoiy tarmoqlarga kirmang.
3. O'zingiz uchun pul qizg'onmang, internet mb qimmat bo'lsa ham tezligi yaxshi kompaniyadan mb oling.
4. Ish qilayotganingizda zarurat yuzasidan biron ish chiqib qolsa usha ishni tugatishingiz bilan 1 daqiqa o'tmasdan asosiy ishingizga qayting.
5. Reja bilan ish qiling. Bugungi rejani tugatmaguncha uhlamang!
Bardavomlik eng katta natijani beradi.

© Abdusattor Abduraximov

👉 @ITmavzu
Nima uchun Adobe Illustrator dasturini o‘rganish kerak?

Adobe Illustrator dasturidagi logolar juda sifatli va ommabop. Shuningdek ko‘pchilik dizaynerlar logolarni shu Adobe Illustrator dasturida tayyorlaydilar. Albatta sifatli logolarning eng arzoni 25$ bo‘ladi va eng qimmati 2000$ va undan ham ortiq bo‘lishi mumkin. Agar sizda shu kasb va dasturga yarasha tajriba, idea va kreativlik bo‘lsa, albatta yuqori daromad olishingiz aniq.

Uyda o‘tirib freelancer bo‘lib oyiga 1000$ gacha va undan ortiq yaxshi daromad topishingiz mumkin.

Quyidagi saytlar orqali siz o‘z ishlaringizni sotishingiz mumkin:

Freepik.com
Shutterstock.com
Elements.envato.com

👉 @ITmavzu
#qiziq

📗 JavaScript ni oʻrganish uchun top-5 ta kitob jamladik.

JavaScript - HTML va CSS bilan bir qatorda web dasturlarning asosiy texnologiyalaridan biri bo'lgan dasturlash tilidir. 2022 yil xolatiga ko'ra, veb-saytlarning 98% veb-sahifa xatti-harakatlari uchun JavaScript-dan foydalaniladi va ko'pincha uchinchi tomon kutubxonalarini o'z ichiga oladi.

Kitoblar to'plami:
📚A Smarter Way To Learn JavaScript
📚Eloquent JavaScript
📚JavaScript and JQuery - Interactive Web Development
📚You Don't know JS. ES6 & Beyond
📚Secrets of JavaScript Ninja. 2nd edition

❗️Hamma kitoblar Ingliz tilida

👉 @ITmavzu
📕C# ni oʻrganish uchun top-5 ta kitob jamladik.

C# – oddiy, zamonaviy obyektga yoʻnaltirilgan dasturlash tili. C# taniqli C tillari oilasiga kiradi va C, C++, Java yoki JavaScript bilan ishlagan har bir kishiga yaxshi tanish boʻlib tuyuladi.

Kitoblar toʻplami:
🔹Head First. C# ni oʻrganamiz. 4-nashr
🔹C# yangi boshlanuvchilar uchun
🔹Yangi boshlanuvchilar uchun C# da dasturlash. Asosiy maʼlumotlar
🔹iOS va Android uchun C# da mobil ilovalarni yaratish
🔹C# 7 dasturlash tili va .NET hamda .NET Core platformalari

@Itmavzu
“Tech stack” nima degani?

Full Stack dasturchi bo’lish uchun birinchi qaysi “stack”da ketishingizni aniqlab olishingiz kerak. Stack deganda, ko’pincha loyihani 0dan oxirgacha bitkazish uchun kerak bo’ladigan texnologiyalar to’plamini tushunishadi.

Har qanday loyiha 2 ta asosiy qism - Frontend & Backenddan iborat. Frontend va backend bilan ishlash uchun bizdan backend va frontendga mos aniq turli xil texnologiyalarni bilish talab qilinadi.

Agar biz bu texnologiyalarni barchasini birlashtirsak, bu “stack”ga aylanadi.

Juda ko’p “stack”lar hozirgi kunga kelib ishlatilayotgan bo’lsada, eng ommalashib, rivojlanib kelayotganlardan biri bu “MERN stack” hisoblanadi.

👉 @ITmavzu
Qanday qilib “tech stack”ni to’g’ri tanlash mumkin?

To’g’ri tech stackni tanlash ko’p narsaga bog’liq. Bulardan biri sizning hozirgacha olgan bilimingiz, deyishimiz mumkin. Umumiy masalahat esa qanday tech stackni tanlashdan qat’iy nazar, siz aniq Javascriptni o'rganishingiz kerak.

Chunki juda ko’p kompaniyalar sekin asta frontend uchun Javascriptga asoslangan frontend frameworklariga o’tishmoqda va Javascriptni o’rganishingiz ReactJS, Angular, Vue va boshqa frameworklarni o’rganishni osonlashtiradi.

Yana bir muhim jihat, agar siz Javascriptni o’rgansangiz, bu backend dasturlash uchun ishlatiladigan NodeJSni o’rganishga ham yordam beradi.

Agar siz OOP tillaridan birini va Spring, hibernate kabi mashhur frameworklardan xabaringiz bo’lsa, backend uchun ularni ishlatib, frontend uchun ReactJSni o’rganishingiz mumkin.

👉 @ITmavzu
MERN nimani angalatadi?

M - backend uchun ishlatiladigan MongoDB databazasini;

E - APIlarni yaratish uchun ishlatiladigan ExpressJJS API frameworkini;

R - Facebook tomonidan ishlab chiqilgan, hozirda eng mashhur frontend frameworklardan biri ReactJSni;

N - Javascriptga asoslangan, backend severini yozish uchun ishlatialdigan NodeJSni anglatadi.

👉 @ITmavzu
Nima uchun MERN stackni o’rganish kerak?

Full Stack dasturchilar eng talabgir odamlardan biri bo’lib qolmoqda.

Full Stack dasturchilarning boshqalardan ajralib turadigan jihati shundaki, ular vaziyatga moslashib, ishlanayotgan loyihaga turli xil yo’l bilan foyda olib kelishadi.

Hammaga ayonki, full stack dasturchi bo’lish uchun turli xil bilim va ko’nikmalarni egallab, frontend va backendniyam birday bilishi kerak bo’ladi.

Agar siz boshlang’ich dasturlash asoslarini bilsangiz, 4-6 oyda full stack dasturchi bo’lishingiz mumkin. Ko’p narsa olayotgan kurslaringiz va tanlagan “stack”ingizga bog’liq bo’ladi (albatta, qattiq harakat bilan).

👉 @ITmavzu
MERN nima uchun eng ommalashayotgan stacklardan biri bo’lib qolmoqda?

Buning sabablari ko’p. Ularning bir nechtasini quyida keltirib o’tamiz:

1. Tez kodlash vaqti: MERN stackda dastur yozish uchun juda kam vaqt sarflanishi mumkin.

2. Juda ko’p integratsiya: MERN stack to’liq Javascriptga asoslangan va Javascript juda ko’p kutubxona va integratsiyalarga ega. Shu sabab, qandaydir muammoga duch kelganingizda, juda katta ehtimol bilan sizdan oldin kimdir bu muammoga yechim topib bo’lgan bo’lishi va bu yechimni osongina o’zingizni loyihangiz bilan intergatsiya qilishingiz mumkin.

3. SQLsiz ma’lumotlar bazasi: MERN stackning yana bir muhim jihatlaridan biri MongoDB bo’lib, u eng mashhur SQLga asoslanmagan ma’lumotlar bazasi hisoblanadi.

4. Arzon dasturlash: MERN dagi dasturlarni yozish uchun nisbatan kam vaqt sarflangani, loyihaning harajatlarini ham sezilarli kamaytiradi.

5. Qulay ekosistema: MERNdagi frameworklarning dokumentatsiyasi yuqori darajada va MERnga aloqador savolalringizga osongina javob topishingiz mumkin.

6. Vebdan mobilga: veb dasturlarni mobil dasturlarga o’tkazish ancha qulay (React Native tufayli).

👉 @ITmavzu
#foydali
Serdaromad kasblardan bo'lgan Videomantaj kasbini bepulga o'rganishni xohlaysizmi?

Xuddi shunday imkoniyatni sizga o'z ishining ustasi bo'lgan Akmal Abdullaev o'zining YouTube kanalida taqdim etmoqda .

Link👉https://youtube.com/playlist?list=PLrRumELujiuWFC8J-XfYYXHm8KH-cVxDR

👉 @ITmavzu
#qiziq

💻 JavaScript soʻnggi yillarda jadal rivojlandi. Unda juda koʻplab qulay funksiyalar, samarali freymvorklar va foydali kutubxonalar mavjud. Ular muayyan muammolarni hal qilish yukini sizdan olib tashlashi yoki qiyinchiliklarni yengishga yordam berishi mumkin.

Karuselda eng mashhur va foydali vositalar taqdim etilgan:
🔹Push
🔹CreateJS
🔹Reveal.js
🔹D3.js
🔹DropzoneJS

👉@ITmavzu
2024/11/16 12:44:49
Back to Top
HTML Embed Code: