Telegram Web Link
Zo'r frilanser bo'lish mumkin — qanday?

• O'z sohangizning mutaxassisi bo'ling
Biror narsani o'rganib, darrov frilansga shoshmang. Chunki sizga o'xshaganlar juda ko'p. Siz avval shu sohani zo'r o'rganing, undan keyin — marhamat.

• Sifatli portfolio
Sifatli portfolio deganda, siz u yerga eng yaxshi proyektlarni tashlashingiz zarur. Eng yaxshi proyektlar jamlangan portfolio odamni quvontiradi, chunki hamma ham o'z pulini to'g'ri kelgan odamga ishonib, berib qo'ymaydi.

• Muomala va brend
Muomalangizni shirin qiling, ma'daniyat bilan gaplashing. Ko'cha gaplarini qo'shib, o'zingizni xulqsizdek ko'rsatmang. Xatosiz yozing. Brendga kelsak, aktiv reklama olib turing va o'z brendingizni yarating, ismingizni eshitishganda, sizni eslashsin. Masalan, Artemiy Lebedev shunday muvaffaqiyatga erishgan.

👉 @ITmavzu
Qaysi dasturlash tili yaxshi?

— Dasturlash sohasiga endi kirib kelayotganlarning oldida bitta savol paydo bo'ladi: Qaysi dasturlash tilini tanlagan ma'qul?

• Javascript
Javascript O'zbekistonda eng talabgir tillardan biri bo'lib, hozirgi kunda JS vakansiyalar talaygina. MyStart loyihasi Payme dasturchisidan intervyu olganida, dasturchi JSchilar 1500-2500$ maosh olishlarini aytib o'tdi.

• Python
Hozirda tez sur'atlarda rivojlanib borayotgan tillardan biri. Python dasturchilarning oyligi 1000$ dan boshlanadi, albatta bu ko'rsatkich ularning tajribalariga bog'liqdir. Python Google tizimida ishlatiladi va ko'p joylarda tilga ehtiyoj bor.

• PHP
Ayrim dasturchilar hazillashib, PHPni ustidan kulishsada, bu tilning o'ziga yarasha zo'r tomonlari va "avtoritet"i bor. O'zbekistonda PHPga bo'lgan talab yaxshigina, shuning uchun bu tilni tanlashda qo'rqish shartmas.


👉 @ITmavzu
Grafik dizaynerlar uchun qimmatbaho, ammo bepul resurslar

— Barchasini 0 dan qilish kerakmi? Yo'q, janob grafik dizayner. Barchasi internetda bor, ularga ozgina ishlov berish qoldi xolos!

flaticon.com — Eng sifatli va barcha turdagi ikonlar yig'ilgan sayt.
iconfinder.com — Bu ham ikonlar uchun daxshat sayt.
freepik.com — Vektor rasmlardan tortib, PSD, EPS template'largacha.
storyset.com — Loyiha uchun turli illustratsiyalarni taxlash mumkin.
smartmockups.com — Mock up generator.
sensa.co/emoji — Emojilar to'plami.
remove.bg — Rasmdagi orqa fonni onlayn qirqish mumkin.


👉 @ITmavzu
Dasturlashni bepul o'rgansa bo'ladi

Codecacademy — Veb-dasturlash bo'yicha shubhasiz eng yaxshi kurslar yig'ilgan sayt. O'zining code-editor'lari ham bor.

Apple Developers — macOS va iOS sistemalari uchun ilova yaratmoqchilar uchun must-have resurslar.

freeCodeCamp — Veb-dasturlashning boshlang'ich nuqtalaridan to professional darjagacha chiqaruvchi sayt. ZeroToHero prinsipi asosida.

PythonChallenge — Python bo'yicha mashqlar va kurslar jamlanmasi.

👉 @ITmavzu
Portfolio yaratish bilan bir vaqtda oʻrganing

Behance ijodiy ishlarni namoyish etish va kashf qilish uchun yetakchi onlayn platformadir.

Behance.com sayti orqali quyidagi sohalar boʻyicha oʻz portfoliongizni yarating:
• Grafik Dizayn;
• Illustratsiya;
• Arxitektura;
• Oʻyin Dizayni;
• Moda;
• Tasviriy sanʼat;
• Hunarmandchilik;
va boshqa koʻplab sohalar.

Shu bilan bir vaqtda yetakchi rassomlar va dizaynerlar tomonidan qo'llaniladigan texnikani o'rganish uchun jonli efirlarni tomosha qilishingiz mumkin.

👉 @ITmavzu
3D-dizaynerlar yana qanday dasturlarni bilganlari ma'qul?

• Autocad —
2D va 3D obyektlarni loyihalash uchun mo'ljallangan dastur.
• Adobe Photoshop — Grafika bilan ishlash uchun.
CorelDRAW va Adobe Ilustrator — Vektor grafika uchun.
Adobe InDesign — Kompyuter grafikasi uchun.
Substance Painter — Teksturalar bilan ishlash uchun.
Maya — Kompyuter animatsiyasi uchun.
zBrush — 3D modellashtirishga mo'ljallangan qulay dastur.

👉 @ITmavzu
IT'da biznes qilish va frilanser bo'lish uchun 3 sabab

1. Uydan turib ishlaysiz
Har kuni ertalab turib o'zingizga yoqmagan ishga oshiqib ketmaysiz. Uydan turib ishlaysiz, boshliq, xo'jayin, buyruq degan narsalar bo'lmaydi. Buyurtmani olasiz, bajarasiz, pul sizniki.

2. Asabni asraysiz
Har kuni ishda charchab, boshliqdan gap eshitib, asabni buzish frilansda yo'q. Yuqorida ta'kidlanganidek, boshliq bo'lmaydi, erkin ishchi bo'lasiz. Xohlagan paytingiz uxlaysiz, xohlagan paytingiz ishlaysiz. Mazza emasmi?

3. Oilangiz uchun ko'p vaqt ajrata olasiz
Shunday ishchilar bor-ki, ertalab ketib, kechqurun qaytadi. Eng alamlisi, u ketayotgan payt bolalari uxlayotgan bo'ladi, hatto qaytayotgan payti ham. Frilanserlar esa butun kunni oilasi bag'rida o'tkazadi va oila davrasida shirin esdaliklar qoladi.

P.S. IT da biznes qilish uchun xohlagan bir sohani tanlang va u uchun kamida 3 oy ajrating.

👉 @ITmavzu
Nega odamlar IT sohasida biznes qilishdan qo'rqishadi?

1. Eplab keta olamanmi?
Ko'p kishining hayolida IT da biznes qilish, frilanser bo'lish qiyin yoki kam daromad keltiruvchi sohadek ko'rinadi. Aslida o'quvli frilanserlar uydan turib, 10 mln so'mdan 20 mln so'mgacha va undan yuqori ham topishadi. Bilimli kishi uchun doim ish topiladi.

2. Agar frilans o'xshamasa-chi?
Ba'zida frilanserlarning yo'lidan to'g'onoq chiqsa, hayolida bo'ldi tamom, tugadi degan fikr paydo bo'ladi. Siz qo'rqmang, Xatoliklar, kamchiliklar, muammolar hammada bo'ladi. Sabr, sabr va yana sabr. Kunning kamida 3-4 soatini xohlagan serdaromad sohani o'rganish uchun ajrating, shunda tajriba va bilim to'playsiz

3. Buyurtmalar tushmasa-chi?
Agar sizga buyurtma tushmasa, yoki buyurtma topa olmasangiz, xavotir olmang, sizda frilans-birjalar bor. Frilans birjalar orqali chet ellik buyurtma beruvchilar bilan ishlay olasiz va ular sizga ishingiz uchun katta pul to'lashadi.

Saytlar fl.ru | upwork.com | weblancer.ru | freelance.ru

👉 @ITmavzu
Zamonaviy kasblarning yana biri bo'lgan Moushn grafika haqida

Ushbu kasb turiga kundan-kunga nafaqat dunyo miqyosida, balki O'zbekistonda ham extiyoj ko'payib bormoqda.

Ushbu kasbda ishlovchilarning asosiy dasturlari - Adobe Effects va Adobe Premier'lardir.

Bu kasb egalari tayyorlagan har bir videoroligning 1 soniyasi O'zbekistonda 9 dollardan 22 dollargacha va undan ham ortiq daromad topmoqdalar. Butun dunyo miqyosida esa har bir soniyasi 25 dollardan boshlanadi.

P/S: Vaqtni bekor o'tkazmang! Siz ham Adobe Effects va Adobe Premier dasturlarini o'rganing va shunga yarasha yuqori daromad topishni boshlang.

👉
@ITmavzu
Sun'iy intellektni ishlatib ko'rdingizmi?

🤖Kodni sizga tushintirib bera oladi

✍️So'z bilan aytib, kod yozdirsangiz bo'ladi

‼️Kodingizdagi xatoni tuzatib bera oladi.

qunduzbobo.uz o'zbek tilida ishlaydi.
Envato market qamrab olgan elektron bozorlar ro'yxati

photodune.net - fotosuratlar sotish uchun mo'ljallangan sayt.

themeforest.net - sayt dizayni va WordPress shablonlarini sotsa bo'ladi.

codecanyon.net - programist do'stlarimiz uchun "code" bozori. Ko'plab tillar mavjud.

videohive.net - videolar va videoshablonlar sotsa bo'ladigan ajoyib qimmat bozor.

audiojungle.net - audioshablonlar va musiqalar sotib pul ishlash mumkin.

graphicriver.net - dizaynerlar logo, vizitka va boshqa dizaynlarini sotib pul ishlashadi.

3docean.net - 3d modellar sotib pul ishlasa bo`ladigan sayt.

👉 @ITmavzu
Premiere Pro va After Effects dasturlari — serdaromad dasturlar

Hozirgi kunda videomontajga bo'lgan talab kundan-kunga ortib bormoqda. Jumladan Motion Grafika video montajida ham. O'zbekistonda Motion Grafika video montajining eng arzon narxi 1 sekundi 15 000 so'm va eng qimmati esa 100 dollargacha. Bizni O'zbekiston sharoitida asosan 30 dan 150 gacha bo'lgan ishlar amalga oshiradi.

Ushbu sohadagi narx-navolar:
Amaliy tarzda buyurtma olib, uyda ishlasangiz kuniga 300 000 dan 7 mln so'mgacha daromad topasiz.
Biror-bir tashkilotda esa 200 000 so'mdan 15 mln so'mgacha daromad topsangiz bo'ladi.
Freelance lik orqali esa 5 mln dan 35 mln so'mgacha va undan ortiq ham daromad topolasiz.

Freelancerlik uchun tavsiya qilingan saytlar: lifezeazy.com - fl.ru -adobe.com - upwork.com

👉 @ITmavzu
Ish yoki bilim olishning samarasini oshirish

1. Bismillah deb ish boshlang.
2. Ma'lum bir natijani bajarmaguncha ijtimoiy tarmoqlarga kirmang.
3. O'zingiz uchun pul qizg'onmang, internet mb qimmat bo'lsa ham tezligi yaxshi kompaniyadan mb oling.
4. Ish qilayotganingizda zarurat yuzasidan biron ish chiqib qolsa usha ishni tugatishingiz bilan 1 daqiqa o'tmasdan asosiy ishingizga qayting.
5. Reja bilan ish qiling. Bugungi rejani tugatmaguncha uhlamang!
Bardavomlik eng katta natijani beradi.

© Abdusattor Abduraximov

👉 @ITmavzu
Nima uchun Adobe Illustrator dasturini o‘rganish kerak?

Adobe Illustrator dasturidagi logolar juda sifatli va ommabop. Shuningdek ko‘pchilik dizaynerlar logolarni shu Adobe Illustrator dasturida tayyorlaydilar. Albatta sifatli logolarning eng arzoni 25$ bo‘ladi va eng qimmati 2000$ va undan ham ortiq bo‘lishi mumkin. Agar sizda shu kasb va dasturga yarasha tajriba, idea va kreativlik bo‘lsa, albatta yuqori daromad olishingiz aniq.

Uyda o‘tirib freelancer bo‘lib oyiga 1000$ gacha va undan ortiq yaxshi daromad topishingiz mumkin.

Quyidagi saytlar orqali siz o‘z ishlaringizni sotishingiz mumkin:

Freepik.com
Shutterstock.com
Elements.envato.com

👉 @ITmavzu
#qiziq

📗 JavaScript ni oʻrganish uchun top-5 ta kitob jamladik.

JavaScript - HTML va CSS bilan bir qatorda web dasturlarning asosiy texnologiyalaridan biri bo'lgan dasturlash tilidir. 2022 yil xolatiga ko'ra, veb-saytlarning 98% veb-sahifa xatti-harakatlari uchun JavaScript-dan foydalaniladi va ko'pincha uchinchi tomon kutubxonalarini o'z ichiga oladi.

Kitoblar to'plami:
📚A Smarter Way To Learn JavaScript
📚Eloquent JavaScript
📚JavaScript and JQuery - Interactive Web Development
📚You Don't know JS. ES6 & Beyond
📚Secrets of JavaScript Ninja. 2nd edition

❗️Hamma kitoblar Ingliz tilida

👉 @ITmavzu
📕C# ni oʻrganish uchun top-5 ta kitob jamladik.

C# – oddiy, zamonaviy obyektga yoʻnaltirilgan dasturlash tili. C# taniqli C tillari oilasiga kiradi va C, C++, Java yoki JavaScript bilan ishlagan har bir kishiga yaxshi tanish boʻlib tuyuladi.

Kitoblar toʻplami:
🔹Head First. C# ni oʻrganamiz. 4-nashr
🔹C# yangi boshlanuvchilar uchun
🔹Yangi boshlanuvchilar uchun C# da dasturlash. Asosiy maʼlumotlar
🔹iOS va Android uchun C# da mobil ilovalarni yaratish
🔹C# 7 dasturlash tili va .NET hamda .NET Core platformalari

@Itmavzu
2024/09/22 21:24:16
Back to Top
HTML Embed Code: