Telegram Web Link
Reklama matnlari

— Sarlavha.
Oddiy sarlavha hech kimni qiziqtirmaydi. Sarlavha — matnning eng asosiy va ajralmas qismi. Bu uyning fundamentidek gap, agar uni qiyshiq yoki sifatsiz qursangiz, uy qulaydi. Sarlavha e'tiborni tortishi kerak, qisqa bo'lishi kerak.

— Tag-sarlavha.
Bu sarlavhaning tagidagi 1-2 qatorlik gap. Siz bu bilan o'quvchini yanada qiziqtirishingiz shart. Agar tikka reklamaligini bildirib qo'ysangiz, postni oxirigacha o'qilishidan umid qilmang.

— Kanal haqida va obunadan nima foyda?
Telegramda nima ko'p? Kanal ko'p. Qaysiga obuna bo'lish kerak? Bu kanal o'zi nima haqida. Bizga nima foyda unga obuna bo'lishdan? Shularni yozib chiqing.

— Rasm
Oxirgi etap rasm. Rasmni matndan kelib chiqib tayyorlang, agar Photoshopda ishlab bilsangiz. Bo'lmasa sizga freepik yordam beradi.

👉 @ITMavzu
#suniy_intellekt

Quyidagi sayt qing'ir-qiyshiq chizilgan eskizlarni aniq tasvirlarga aylantirshga yordam beradi.

LINK👉 autodraw.com

👉 @ITmavzu
Qaysi kompaniyalar siz haqingizda o'zingizdan ko'proq ma'lumot biladi?

Clario tadqiqotchilari qaysi brendlar ko'proq ma'lumot yig'ishini analiz qilishdi. Kompaniyalar sizning ismingiz va tug'ilgan kuningiz haqida ma'lumotlardan boshlab, to sizning xobbingiz va bo'yingiz balandligi haqida ma'lumotlarni yig'arkan.

— Facebook ro'yxatda 1-o'rin, u 79.49% ma'lumotlaringiz yig'adi. Undan keyin Instagram, Tinder va 5-o'rinda esa TikTok.

— Ro'yxatda Google va uning mahsulotlari ham o'rin egallagan.

👉 @ITMavzu
5 daqiqaga feysbukka kirib chiqaman, choy damlab, telegramda yozganlarga javob beraman — va darhol ishlashga kirishaman. Bu kabi marafondan keyin bir necha soat vaqtimiz behuda ketganini sezmay qolamiz.

Freedom ilovasi mana shu muammoni yechishga yordam beradi. Nomi «erkinlik» deb tarjima qilinsada, erkinlikdan u aynan mahrum qiladi.

Dastur ilova va vebsaytlarni bloklash, birato‘la internetni cheklash, blokirovka jadvalini tuzish, oq va qora ro‘yxatlar kabi imkoniyatlarga ega.

Yuklab olish: freedom.to

👉 @ITMavzu
📈 Freelance saytlarida ishlashda nimalarga e'tibor berish kerak?

— Muomala
Har doim mijoz bilan gaplashishda muomalaga e'tibor qarating. Lekin muomalarni «oshirib» ham yubormang. Savollariga to'laqonli javob bering. Mijoz ishingizdan shubhalanmasin.

— Qo'shimcha kontaktlar
Mijozning telefon raqamini va telegram-akkauntini oling. Sababi ba'zi holatlarda saytning o'zida gaplashish noqulay yoki telefonni ko'tarmay qolish holatlar bo'ladi.

— Avans olib ishlang va deadline kelishini kutmang
Buyurtmani olganda avans oling. Ammo shuni biling-ki, loyihani bajarishga ko'zingiz yetmasa yoki deadline tugashiga 1 kun qoladigan bo'lsa, avans olib o'tirmang. Sababi uni yeb ichib yuborishingiz mumkin va loyiha bitmasa pulni qaytarish kerak bo'ladi.

👉 @ITMavzu
No Code platformalar haqida

Bunday platformalar sizga ortiqcha harajat va kodsiz o'z ilovalaringizni yasashga yordam beradi.
Albatta, dasturlashni bilmasdan turib siz bunday saytlar orqali Facebook, Twitter yoki Windows OS kabi dasturlarni qurolmaysiz. Lekin kichik internet do'kon, blog, sayt-vizitka, yoki chatbot va shunga o'xshash vositalar uchun bunday servislar ayni muddao.

👉@ITmavzu
Oldingi postda No Code platformalar haqida gaplashgan edik.
Quyida shunday platformalar ro'yxati bilan tanishing:

Bubble — kuchli vositalar va xilma-xil shablonlar orqali har qanday web-ilova yaratish imkonini beradigan platforma. Bir necha soatlarda o'z saytingizni yasab, uni daromad manbayiga aylantiring.

Glide — Google Sheets (Google jadvallari) orqali mobil yoki web-ilova qurish imkonini beruvchi platforma. Yuzlab shablonlar orqali o'zingizga kerakli ilovani yasang: chat, do'kon, forum, onlayn kinoteatr, musiqa portali, jurnal, trekerlar, viktorina va hokazo.

botCommerce — 5 daqiqada Telegram bot ko'rinishidagi o'z internet-do'koningizni oching. Do'konni boshqarish paneli, mahsulot, buyurtma, mijozlar, aqlli analitika hamda Payme va Click to'lov tizimlarini ulash funksiyalari bor.

Carrd — ortiqcha tashvishlarsiz bir sahifali saytlar, «landing page»larni tezkor yaratishga mo'ljallangan servis.

Landbot — chat-botlar konstruktori. Albatta, bu konstruktor orqali murakkab sun'iy intellekt yasolmaysiz, lekin foydalanuvchilarni qo'llab-quvvatlash tizimini avtomatlashtirish va mijozlar murojaatini kompaniyaning turli bo'limlari bo'ylab taqsimlashni bemalol amalga oshirish mumkin.

👉 @ITMavzu
​​Steyblkoin nima va nima uchun kerak

Kriptovalyutalar kursi juda yuqori tebranishlar xususiyatiga ega. Masalan, bitkoin kursining o'zgaruvchanligi oltin, birjalardagi indeks fondlari va boshqa moliyaviy aktivlarning kursi o'zgarishidan yuqori darajada turadi. Bu kriptovalyutalarning ommaviy qo'llanilishini keskin cheklaydi. Kriptovalyutalar kursini oz bo'lsa-da tartibga solish uchun ularni iqtisodda uzoq vaqtdan beri o'rnatilgan aktivlar qiymatiga bog'lashga qaror qilindi.

Shundan, kriptovalyutalar neft, qimmatbaho metallar va hatto oddiy pullar bilan bog'lana boshlandi. Jismoniy aktivlarga bog'langan kriptovalyutalar kamroq o'zgaruvchanlikni ko'rsatadi, shuning uchun ular stabil, keyin esa steyblkoinlar (ingliz. «stablecoin») deb atala boshlandi.

👉@ITmavzu
Bugungi kundagi mashhur steyblkoinlar

• Tether — 2014 yilda yaratilgan eski kriptovalyuta bo'lib, rivojlanayotgan kripto bozori va barqaror valyutalarni birlashtirish uchun yaratilgan. U fiat pullar tomonidan qo'llab-quvvatlanadi, ularning xavfsizligi uchun Gonkongdagi bank javobgardir.

• Tiberius — moliyaviy aktivlarni boshqaradigan Shveytsariya kompaniyasi tomonidan chiqarilgan steyblkoin. Kursi yettita qimmatbaho metallarning narxiga bog'langan.

• TrueUSD — bu AQSh dollari qiymatiga bog'langan steyblkoin. Ethereum asosida amerikalik dasturchilar tomonidan yaratilgan.

• Binance USD (BUSD) — Yana bir AQSh dollariga 1:1 nisbatda bog'langan steyblkoin. Nyu-York Davlat Moliyaviy Xizmatlar Departamenti (NYDFS) tomonidan tasdiqlangan va tartibga solingan, Binance (Paxos bilan hamkorlikda) tomonidan ishlab chiqarilgan.

👉@ITmavzu
Yoshlarga va ITni o’rganayotgan talabalarga maslahat.

Professionallargina yaxshi daromad topishadi. Juniorlarga aslida ish yo’q. Junior bo’lib turib juda kam oylik olayotgan bo’lsangiz sabr qiling. Yaxshi pul topish uchun professional bo’lish kerak. Junior holatingizda ishga kirgan bo’lsangiz boshlig’ingizga rahmat ayting. Ustingizda ko’p ishlang. Junior bo’lib turib ish vaqti tugashi bilan uyga ketmasdan ishda qolib ustingizda yanada ko’proq ishlang. Birovga hasad qilmang. Omma oldida tanqid qilmang. Gapingiz bo’lsa o’sha odamga yoki oʻsha tashkilot mas’ullariga murojaat qiling. Xullas yigit kishi bo’lsangiz erkak bo’ling. Bir narsani biling o’zingiz uchun o’zingiz harakat qilasiz. Toki o’zingiz uchun harakat qilmas ekansiz o’qituvchi bo’ladimi boshliq bo’ladimi ularni berayotgan bilimi sizga yetmaydi. Kamchilik hamma joyda bo’ladi. Lekin siz o’zingiz uchun o’zingizni kashf qiling va tinimsiz bilim oling.

Bir maktabni va bir oliygohni tugatib muvaffaqiyatga erishgan va erishmagan ikki insonni ham farqi shunda bo’ladi do’stlarim.


Hurmat bilan Abdusattor Abdurahimov.
Ushbu saytda siz ma'lum bir saytga oyiga qancha odam va qaysi davlatlardan tashrif buyurishligini bilib olishingiz mumkin.

LINK 👉 similarweb.com

👉 @ITmavzu
YouTube videolaridan subtitrlarni qanday yuklab olish mumkin?

Savesubs - bu YouTube'dan subtitrlarni yuklab olish xizmati. Xizmat subtitrlarni quyidagi formatlarda yuklab olish imkonini beradi: srt, vtt, txt. Xizmat juda sodda ishlaydi: Savesubs-ga o'ting, kerakli videoga havolani joylashtiring va "Yuklab olish" tugmasini bosing.

Link👉https://savesubs.com

👉 @ITmavzu
Edge'da matematik muammolarni hal qiling

Matematikani o'rganishingiz mumkin bo'lgan turli xil veb-resurslar mavjud, ammo veb-brauzeringizda matematik muammolarni hal qilish haqida nima deyish mumkin? Microsoft Edge’dagi yangi “Math Solver” buni deyarli bir zumda amalga oshirish imkonini beradi va juda qulay vosita hisoblanadi.

Har qanday matematik muammoni hal qilish uchun sizga kerak bo'ladi:
1. Brauzerning yuqori o'ng burchagidagi ellipsli menyuni bosing;
2. Sichqonchani “Boshqa asboblar” bo‘limiga olib boring;
3. Ro‘yxatdan Matematik yechish vositasini tanlang;
4. Chap tarafdagi brauzer oynasida kerakli formula atrofida katakchani torting;
5. "Yechish" qalqib chiquvchi tugmani bosing.

👉 @ITmavzu
SoloLearn — dasturlashni tez oʻrganish uchun bepul ilova

SoloLearn ilovasi — dasturlashni oʻrganayotganlar uchun juda qulay va bepul dastur hisoblanadi. Ushbu ilova orqali siz oʻzingiz uchun raqib tanlab dasturlashni tez oʻrganishingiz mumkin. Siz tugatgan har bitta kursdan soʻng, sizga maxsus sertifikat taqdim etiladi.

SoloLearn tarkibida quyidagi kurslar mavjud:

Web Development, shu jumladan:
HTML5, CSS3, JavaScript, JQuery, Python, Java, Kotlin, C++/C, C#, PHP, SQL, Ruby, Swift va boshqalar.

P.s. Ushbu ilova orqali dasturlashni smartfonda ham, kompyuterda ham oʻrganishingiz mumkin.

👉 @ITmavzu
Mehnat qilib pul topsa bo'ladigan saytlar ro'yxatini beramiz

Turbosquid.com3D max va shunga o'xshash dasturlarda 3D modellar yasab sotsa bo'ladi.
Audiojungle.net – Loyihalar uchun musiqalar sotsa bo'ladi.
Videhive.netVideomahsulotlar tayyorlab qimmat narxlarga sotsa bo'ladi.
Photodune.netFotosuratlar sotsa bo'ladigan sayt.
Graphicriver.netFotoshop dasturini biladigan do'stlarizmi oz ijodlarini shu sayt orqali sota olishadi.
Themeforest.netSayt dizayn va shablonlarini sotsa bo'ladigan sayt.

Bu saytlardan million-million dollarlar aylanadi.

👉 @ITmavzu
YouTube videosidan qanday qilib GIF yaratish mumkin?

GIF animatsiyasi tasvir animatsiyasini qo'llab-quvvatlaydigan eng mashhur tasvir formatlaridan biridir. Ushbu format ko'pincha reklama bannerlarini va boshqalarni yaratish uchun ishlatiladi. Videodan GIF yaratishning eng oson usuli - bu maxsus xizmat.

GifRun - bu ro'yxatdan o'tmasdan va moybo'yoqli qo'shmasdan videolardan GIF yaratish imkonini beruvchi onlayn xizmat. Xizmat YouTube, Facebook, Twitter va Vimeo’dagi videolardan GIF yaratish imkonini beradi.

Videoga havolani kiritish, u qaysi daqiqadan boshlanishini, GIF davomiyligini (maksimal 15 soniya) tanlash va "GIF yaratish" tugmasini bosish kifoya. Ishlov berilgach, "Yuklab olish" tugmasini bosing.

👉 @ITmavzu
Veb-saytlar qanday pul topishadi?

Statisik maʼlumotlarga koʻra hozirgi vaqtda 1.3 mlrd'dan ortiq veb-sayt mavjud ekan. Shu oʻrinda savol tugʻiladi, veb-saytlar qanday daromad topishadi?

Saytlarning yagona daromad manbai bu – reklama. Oddiy saytlardan tortib gigantlargacha (Youtube, Facebook). Siz ham oʻz veb-sayt'ingizni yaratib yaxshigina daromad topishingiz mumkin. Buning uchun siz veb-dasturlashni oʻrganishingiz kerak boʻladi.

HTML, CSS, Javascript, PHP kabi dasturlash tillarini oʻrganib oʻz saytingizni yaratish orqali ancha pul ishlab olishingiz mumkin.

👉 @ITmavzu
Dash.generalassemb.ly — saytlar tayyorlashni o’rgatishga yo’naltirilgan kurslar

Ushbu platforma orqali veb-sayt yaratish uchun kerak boʻlagan HTML5, CSS, JavaScript kurslarini oʻrganishingiz mumkin. Bu kurslarning barchasi tekin.

👉 @ITmavzu
Duolingo.com - xorijiy tillarni bepul o'rgatadigan va qiziqarli bo'lgan interaktiv sayt.

Darslarni ketma-ketlikda interaktiv shakilda organasiz va amaliy bajarib borasiz. Til o'rganish jarayonida o'zingizni huddi o'yin o'ynab o'tirganday his qilasiz.

Xorijiy tillarni bilmasangiz frilanserlik orqali pul topa olmasligingiz mumkin . Bugundan boshlab xorijiy tillarni o'rganishni boshlang.

Xorijiy tillarni bilish sizga katta imkoniyatlar eshigini ochadi!

👉 @ITmavzu
Yangi frilanserning demping qoʻllashi qanchalik toʻgʻri?

Demping – raqobatda yutish uchun narxni tushurish.

Yangi boshlayotgan frilanserlar oʻz mehnatini arzon baholashlarini koʻp kuzatganman. Aslida narxni tushirish bu oʻzini-oʻzi hurmat qilmaslik hisoblanadi. Raqobat narxda emas balki professionallik va sifat borasida boʻlishi zarur. Aytganimdek, portfolio tuzing. Narxni pasaytirish o'rniga, nima qilishingiz mumkinligini ko'rsatishingiz kerak. Rostini aytganda, arzon ishchi kuchi arzon qadrlanadi. Oʻz mehnatingizni qadriga yeting.

👉 @ITmavzu
2024/09/25 09:22:09
Back to Top
HTML Embed Code: