Telegram Web Link
Argentina, Messi!
Dasturlash tillarini tez va oson o'rganish uchun qulay sayt

Ushbu sayt orqali siz: HTML, CSS, Bootstrap, Java Script, SQL, Python, PHP, Jquery va ko'plab tillarni o'rganishingiz mumkin. Saytning qulay tarafi shundaki ushbu saytni o'zida siz yozgan kodlarni kompilyatsiya qilasiz.

Sayt 👉 w3schools.com

👉 @ITmavzu
Telegramda biznes qilish uchun 3ta yo'l

1. Kanal ochib va reklamadan daromad olish.
2. Gurux ochish va uni kanalga aylantirib, reklamadan daromad olish.
3. Bot yaratib va reklamadan daromad topish.

🔹 O'z kanalizni yo'nalishini zo'r biling. Siz kanalni ochishga qiynalmaysiz. Lekin u kanalni rivojlantirishda jiddiy kamchiliklarga duch kelasiz. Kanalingizni rivojlantirish uchun siz iloji boricha reklama qiling. O'zingiz guruxma-gurux reklama qilganingiz foyda bermaydi. Iloji kanalingiz sohasiga oid kanalda reklama qiling. Obunachilarni saqlab qolish esa o'zingizga bog'liq.

🔹 Gurux boshqarish unchalik qiyin emas. Xohlasangiz guruxga yordamchi admin olishingiz mumkin. Guruxni kanalga aylantirish esa obunachilaringiz ko'paygandan so'ng, daromad qilsangiz bo'ladi.

🔹 Mukammal Botni biror dasturchiga yaratib unga sarmoya kiritib daromad olsangiz bo'ladi yoki o'ziz yaxshilab o'rganib yaratasiz. Yoki o'ziz bot yaratishni o'rganib, oddiy bot yaratib sotsangiz bo'ladi. Bunga ko'p vaqt ketmaydi.

👉 @ITmavzu
Foydali linklar ro'yxati

Remove.bg - rasmdagi orqa fonni olib tashlash uchun ajoyib sayt. Yuklagan rasmingizni bir necha soniya ichida, orqa foni shaffof bo'lgan holda qo'lga kiritasiz.

Kiril-lotin.uz - Kirill yoki lotin alifbosidagi matnlarni kirilldan-lotinga, lotindan-kirillga o'giradigan sayt.

Lingvist.io - 200 soatda xorijiy tillarni mukammal o’rganish uchun interaktiv bepul sayt.

👉 @ITmavzu
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Videoavatarkalar biznesi: Ulardan foyda bormi?

Agar siz video-montaj borasida tajribali bo'lsangiz, tabriklaymiz, siz uchun Telegram yangi ish yaratgan.

Telegramning qaysidir bir yangilanishida video-avatarkalar qo'shilgan edi. Tak vot, Telegramning hamma foydalanuvchisi ham o'ziga yoqqan videoavatarka yasay olmaydi, va ularni topish ham qiyin (rasmlar kanallarda tiqilib yotibdi, video hali yo'q).

Kanali, guruhi yoki shaxsiy profili uchun videoavatarka kerak bo'lganlar talaygina. Siz bemalol qisqa videolar yasab, ularni sotishingiz mumkin. Bunday videolar odatda 5-10$ atrofida bo'ladi.

P.S. Tepadagi motion-videolar ham arzon emas :)

👉 @ITmavzu
Frilanser-kopirayterlarning asosiy daromadi nimada?

Keling, avval asosiy savolga javob olamiz. Frilans — istiqbolli sohami? Javob - ha, chunki hamma ham matnlar bilan ishlay olmaydi, yoki ularga kreativ yetishmaydi.

• Ularning daromadi nimada?
Ular asosan reklama matnlari yozishadi. Mahsulotlar, kanallar, va boshqa narsalar uchun kreativ reklama muhim omil sanaladi, chunki reklamaga sarflangan pul effekt berishi kerak. Odatda mahsulot turiga qarab, reklama matnlari 80.000 so'mdan boshlanadi.

P.S. Kopiraytingni o'rganish uchun texterra.ru saytidan har-xil foydali maqolalarni o'qishni tavsiya qilaman.

👉 @ITmavzu
Qanday mobil ilova sizning hayotingizni soddalashtirib, uni yanada qulay qilishi mumkin? Izohlarda yozing.
Muvaffaqiyat

Kunlarning birida qurbaqalarning toʼdasidan ikki qurbaqa chuqurlikka tushib ketibdi. Barcha qurbaqalar chuqurlik tepasida jamlanib olib - «Boʼldi endi, shu yerda oʼlib ketasizlar.. hadib sakrayverishdan foyda yoʼq" der edilar. Uzoqqa bormay, ikki qurbaqaning biri qoʼrquv va qattiq tushkunlik oqibatida nobud boʼldi. Ikkinchi qurbaqa esa, tinmay sakrashda davom etar edi. Har safar sakraganda, ilgargisidan balandroq sakrar edi. Аmmo, yuqoridagi qurbaqalar hamon : "Boʼldi qil endi.! Foydasi yoʼq" deyaverar edilar. Koʼp oʼtmay, boyagi qurbaqa chuqurdan chiqishga muvaffaq boʼldi. Tepadagi qurbaqalar qattiq taajjubda edilar. Soʼng undan soʼrashdi: "Qanday buni uddalay olding ?!" U jim turardi. Keyin bilsalar, uning quloqlari eshitmas ekan. Har safar uni sakrashdan qaytarganlarida, qoʼllab-quvvatlamoqdalar deb oʼylab, bu mushkul ishni uddasidan chiqqan ekan.

«Balki, eng zoʼri boʼlishingizga insonlarning Siz haqingizdagi gaplari toʼsqinlik qilayotgandir?»

👉 @ITmavzu
Forwarded from .
Brendni tanitish uchun yana bir maydon — TikTok

Barchamizga ma'lum va mashxur bo'lgan TikTok'dan aslida foyda ham bor. Tiktok orqali brendni tanitish, raskrutka va yana boshqa ishlarni qilish mumkin.

O'zbekistonda Tiktok juda ham mashhur. Har 3-odam tiktok ishlatadi desak, mubolag'a bo'lmaydi. Xo'sh, Tiktokda qanday qilib brendni tanitish mumkin?

• Chiroyli logotip va nom tanlang
Tiktok accountga brend logotip qo'ying, yaxshi nom va username qo'ying.

• Did bilan montaj qilingan video qo'ying
Har-xil, saviyasiz, bachkana yoki oddiy montaj videolar hech kimga yoqmaydi. Montaj qilishda e'tibor bering, videoni oxirigacha ko'rishsin.

• Har video ostiga heshtegni «to'ldirib» tashlang
Deylik, frilans agentligingiz bor. Siz buyurtma asosida saytlar, botlar va dasturlar yozasiz. Ish jarayonini videoga oling, uni did bilan montaj qiling, videoni qo'yishda heshtegni to'ldirib tashlang. # > dasturlash, saytlar, botlar... Bu ko'rishlar sonini oshirishga yordam beradi.

👉 @noraliev_blog
Mobil o'yinlar — «slishkom mnogo money» kafolatchisi

Sevimli o'yiningizdagi personaj uchun chiroyli kiyim xarid qilmoqchisiz, u bor-yo'g'i 1.99$ turadi. Ayrimlar xarid qilishadi. Yoki o'yinni qiziq joyiga kelganda pastda reklama boshlanib qoladi. Aslida bularning ortida nima turibdi?

Siz mobil o'yinlar yaratishni bilsangiz, buning orqasidan yaxshigina daromad qilishingiz mumkin. Reklamalar, o'yin ichidagi kiyimlar va boshqa qo'shimcha materiallar orqali mo'maygina daromad ko'rsa bo'ladi.

Odatda mobil o'yinlar Unity, Unreal Engine kabi dvijok, Java, Kotlin, Swift kabi tillarda yaratiladi va yoziladi.

👉 @ITmavzu
Frilanser uchun eng yaxshi kasblardan biri — grafik dizayner

Logotip
Logotip — bu brend.
Brend mahsulotning yuzi. Logotip qanchalik kreativ va chiroyli chiqsa, shuncha esda qolarli va obro'li brend bo'ladi. Odatda logotiplar Adobe Illustrator, Photoshop dasturlarida yaratiladi va ularning o'rtacha narxi 100.000-150.000 so'm.

Vizitkalar
Biznes-tashkilotlar uchun eng kerakli narsalardan biri, bular vizitka, banner, flayerlar. Stiliga moslab chizilgan vizitkalar odamni o'ziga jalb qiladi, mijozni tashkilotga bo'lgan ishonchini oshiradi. Vizitkalar o'rtacha narxi 150.000 so'm.

Sayt dizayni
Sayt dizayni ko'proq veb-dizaynerga xos, ammo grafik dizayner saytdagi elementlar, fon rasmlari kabi narsalarni chizadi. Saytning dizayni qanchalik mukammal bo'lsa, foydalanuvchi shuncha saytda uzoq qoladi. O'rtacha narx (o'zimdan kelib chiqqan holda) 250.000-300.000 so'm

P.S.
Vaqtni ketkizmang, siz 3 oyda ushbu sohani o'rganishingiz mumkin.

👉 @ITmavzu
Dasturlash yoki 3D modellashtirish: Qaysi birini tanlash kerak?

Ko'p kishida, ayniqsa bizning obunachilarimizda bunday holat juda ko'p bo'lgan. Ular qaysi sohani tanlashni bilolmay qoladilar. Dasturlash ham, 3D modellashtirish ham zo'r soha. Ammo qaysi birinidir tanlash kerak-ku?

👨🏻‍💻 Dasturlash
Bir vaqtlar dasturchi odamlarning hayolida kompyuter ustasidek bo'lgan. Dasturchi bo'laman degan bolalarni aksariyat ota-onalar qaytarishga harakat qilgan, qaytargan ham. Hozir esa ushbu soha IT-ning eng rivojlangan sohasidir. Maosh bo'yicha ham, ish o'rinlari bo'yicha ham yuqori pog'onalarda turadi. Ushbu soha juda qiziq, ammo u qiyin tuyilishi mumkin, aslida ekspert uchun barchasi oson

🌐 3D modellashtirish
Ajoyib soha, O'zbekiston sharoitida endi-endi rivojlanayotgan soha. Ushbu sohani O'zbekistonda rivojlanishiga Abdusattor Abduraximovning hissalari juda katta. Chunki ilgari ushbu sohani eshitganlarning hayoliga 3d-kinolar kelardi, hozir esa mo'may pul keladi :) Bu soha ham zo'r, ish o'rinlari bo'yicha ham, frilansda ham talab katta. 3D dizayn hali yosh soha bo'lgani uchun unga talab borgan sari oshmoqda.

📌 Xulosa
O'zingizga quloq soling. Siz qaysi sohada o'zingizni yaxshi his etasiz, qaysi biri ko'proq yoqadi. Pul haqida o'ylamay turing, chunki mutaxassislar uchun doimo ish topiladi. O'zingizga yoqqan sohani tanlang.

👉 @ITmavzu
[Dasturchilar uchun] — Qaysi dasturlash tilida ishlaysiz?
Anonymous Poll
21%
Java
21%
C++ / C
41%
Python
37%
HTML/CSS/JS
10%
PHP
4%
Ruby
6%
Kotlin
13%
Node.js
16%
Bu yerda yo'q.
Siz qaysi frilans-birjalarni ma'qul ko'rasiz? (Maqola yozishda sizning javoblaringizdan foydalanamiz)
Anonymous Poll
14%
fl.ru
55%
upwork.com
31%
freelance.ru
9%
weblancer.net
11%
freelancehunt.com
23%
Bu yerda yo'q
"IT-MAVZU" kanali uchun @TGStat'dan yil natijalari

👉 @ITmavzu
Firibgarlar va frilans

Firibgarlik savdo-sotiq bo'lgan joyda, albatta, bo'ladi. Lekin ular shunaqangi rolga kirishadi-ki, siz ularni aldayotganini sezmay ham qolasiz. Aynan shunday «mijozlar» haqida gaplashamiz.

1. «Qilgan ishingizni avval boshliqqa ko'rsataman, yoqsa sotib olamiz».
Bunday gap bo'ldimi, o'ylab o'tirmay kechvoring buyurtmadan. Bunaqalar shu yo'l bilan frilanserni aldaydi, ishni olib «suradi». To'lovni 100% oldindan oling, yoki «предоплата» bilan ishlang (50% oldindan)

2. «Biz sizga sinov tariqasida topshiriq beramiz, bajarsangiz buyurtma beramiz.»
Odatda, bu gap har doim ham firibgarlikka tortmaydi. Ammo shunday holatlar bo'lgan-ki, test topshiriq aslida haqiqiy topshiriq bo'lgan, uni olganda «to'g'ri kelmadingiz» deb surishgan.

3. «Hozir faqat shuncha qismini beraman, qolganini ertagayoq beraman»
Bu narsa ham oxiri aldash bilan tugashi mumkin. 100 minglik ishni 30ming so'mini berishini, qolganini ertaga pul tushishi bilan berishini ta'kidlab, g'oyib bo'lib qoladi. Shaxsan menda bu holat kuzatilgan. 30% ini berib, ertasiga na telefoniga tushib bo'ladi, na unga yozib bo'ladi. Ehtiyot bo'ling, eng ishonchli mijoz — potensial mijoz!

👉 @ITmavzu
Kopirayting uchun 10 mln so'mlik kurs sotib olish shartmi?

— Javob: Yo'q.
Kopiraytingni kurslarsiz ham o'rgansa bo'ladi. Sizdan talab qilinadigan narsalar — ko'proq badiiy kitob o'qish, zamonaviy fikrlash va kreativlik.

— Kitob nega kerak, deysizmi?
Bu sinalgan uslub bo'lib, siz so'zlarning to'g'ri yozilishi va yangi so'zlarni o'rganib olasiz, tushunarli qilib aytganda - so'z boyligingizni oshirasiz.

— Zamonaviy fikrlash doimo kerak, chunki siz buyurtma asosida matn olib yozsangiz 20-asr fikrlashi bilan yozmaysiz, aksincha, zamonaviy va hozirgi avlod tushunadigan tilda yozasiz.

— Kreativlik esa reklama matni yozishda eng muhim omil sanaladi, desak mubolag'a bo'lmaydi. Negaki, reklama matni qanchalik kreativ va o'ziga tortsa, shuncha narxi baland bo'ladi. Kreativlik — ma'lum bir ishga o'zgacha yondashish.

👉 @ITmavzu
Neyromarketing nima?

Neyromarketing – haridor mahsulotni sotib olmasa qanday foydani qoʻldan chiqarishi mumkinligini koʻrsatish orqali uni aynan hozir harid qilishga undash.

Masalan: « Faqat bugun siz ushbu kursimizni 30% chegirma bilan harid qilishingiz mumkin» yoki « Birinchi bogʻlangan 10 kishiga 40% chegirma mavjud» kabi soʻzlar orqali haridorni tezroq xarid qilishga chorlasangiz boʻladi.

P.s: Neyromarketing haridorni tezroq qaror chiqarishga undaydi. Baʼzilarning fikricha, ushbu usul deyarli haridorni mahsulotni sotib olishga majbur qiladi deb hisoblashadi.

👉 @ITmavzu
2024/11/15 17:22:39
Back to Top
HTML Embed Code: