Telegram Web Link
Udacity.com — dasturlash kurslarini professional dasturchilardan oʻrganish mumkin

Udacity – bu ba'zi yirik va muvaffaqiyatli IT kompaniyalarida (Google, Facebook, mongoDB, AT&T va boshqalar) ishlagan odamlar tomonidan ishlab chiqilgan o'quv dasturi.

👉 @ITmavzu
Uyda ingiz tilidan dars berib pul toping

Magic Ears – uyda turib ingiz tilidan bolalarga dars berish platformasi.

Ushbu platforma orqali ingiz tilidan 1-4 - sinf bolalarga dars berish orqali soatiga $15-$26 ishlab topishingiz mumkin. Buning uchun siz bir nechta talablarga javob bersangiz boʻldi.

👉 @ITmavzu
Dribbble.com – bu dizaynerlar uchun portfolio yaratish uchun qulay saytlardan biri

Ushbu saytdan professional portfolio yaratib, jahon darajasidagi dizayner boʻlmoqchi boʻlsangiz, PRO obunani sotib olishni maslahat beramiz.

Pro obuna orqali siz oʻz professional ishingizni namoyish etishingiz, hamda Apple, Google, Facebook, Dropbox kabi kompaniyalar bilan shartnoma tuzishingiz mumkin.

👉 @ITmavzu
Nega IT da ingliz tili muhim?

Javob — Dunyoning katta qismi ingliz tilini yaxshi biladi va ingliz tili - standart tilga aylanib bo'lgan. Har yerda ingliz tilini ma'qul ko'rishadi. Uning ustiga, dasturchi ingliz tilini bilmasa, uning o'sishi to'xtab qoladi.

Ingliz tilini qayerda sifatli o'rganish mumkin?
Agar uydan turib, bepul o'rganishni xohlasangiz, Youtube sizga yordam beradi. Agar Youtube'ga ishonmasangiz, men sizlar uchun ingliz tili bo'yicha yaxshi kurslar uchun link hozirlaganmiz:

alison.com
mooec.com
futurelearn.com
openlearning.com

P.S. Ingliz tilini sifatli o'rgansangiz, chet elliklar bilan ishlashda umuman qiynalmaysiz.

👉 @ITmavzu
Ta'lim berish va o'rganish uchun yetakchi global bozor

Udemy.com – Dunyo bo'ylab talabalarni eng yaxshi o'qituvchilar bilan bog'lab, odamlarga maqsadlariga erishishda va o'z orzularini amalga oshirishlarida yordam beradi.

Udemy orqali kompyuterga aloqador sohalarga oid kurslarni oʻqishingiz yoki dars berishingiz mumkin.

👉 @ITmavzu
Internetdagi firibgarlarga aldanib qolmang

Hozirgi kunda internetda firibgarlarni reklamalari juda ko'payib ketdi. Internet orqali pul tikib pul topish, sport stavkalari va tarmoqli marketing kabi reklamalarga aldanib qolmang. Boshqa davlatdagi firibgarlar o'zbek tilida videolar tayyorlab O'zbekiston hududida reklama qilishmoqda. Firibgarlarga aldanib ularni boyishiga yo'l qo'ymang.

Agar internet orqali daromad topmoqchi bo'lsangiz, o'sha pulni o'zingizga bilim olishga sarflang. Zamonaviy va dunyo talabidagi dasturlarni organib internet orqali yaxshi daromad topsa bo'ladi. Ozgina mehnat, shijoat va tinimsiz harakat ortidan ertaga yaxshi natijalarga erishish mumkin.

P.S. O'zbekistonda Internet orqali frilanserlik qilib kamida 5-10 mln daromad topadigan do'stlarimiz juda kop. Sizlarga ham bilim olib so'ng, o'rgangan bilimingiz orqali pul topishni maslahat beraman. Shuningdek, biz internet-marketing bo'yicha kurs tashkillashtirganmiz, agarda siz internet-marketing bo'yicha o'qimoqchi bo'lsangiz @Sotuv_Manager ga murojaat qilishingiz mumkin.

👉 @ITmavzu
Reklama uchun toʻgʻri auditoriya tanlash

Lamborghini hech qachon televizor orqali reklama bermaydi. Chunki, bu mashinani sotib oladiganlar televizor koʻrishmaydi!

Ular reklama uchun toʻgʻri auditoriya sifatida motoshoular, avtopoygalar, har-xil ijtimoiy tarmoqlarni tanlashadi. Lamborghini sotib olish ehtimoli boʻlgan odamlar aynan ushbu joylarda albatta boʻlishadi.

P.S: Siz nafaqat yaratgan mahsulotingiz uchun, balki oʻz auditoriyangizni shakllantirishda ham reklama uchun toʻgʻri joy tanlashni oʻrganing.

👉 @ITmavzu
Sen ham frilanser bo'la olasan

Bu gapni aytish oson, shunaqa emasmi? Frilans, IT'da biznes qilish, uyda o'tirib pul topish — keng tarqalgan gaplardan biri. Xo'sh, frilanser bo'lish qiyinmi? Yo'q!

Yana osongina javob berdim. Keling, unda qiyin savolga o'tamiz — Frilanser bo'lish uchun nima qilish kerak?

1. Biror IT-sohasini o'rganing.
IT'da biznes qilish uchun IT-sohasini o'rganing. Masalan, dasturlash, grafik dizayn, 3D model yaratish, kopirayting & marketing shular jumlasidan. Sohangiz uchun kamida 3 oy ajratsangiz, ushbu sohada mayda buyurtmalar olib, bajarsangiz bo'ladi.

2. Portfolio yarating
Xohlagan mijozga yozsangiz, birinchi o'rinda sizdan portfolio so'raydi. Portfolio — sizning qilgan ishlaringiz jamlanmasi. Odatda bular kichik sayt yoki telegram-kanal bo'lishadi. Uning ichiga ishlaringizdan eng saralarini tashlang va mijozga ko'rsating. Portfolio mijozning ishonchini oqlashda katta ahamiyatga ega.

3. Frilans-birjalardan ro'yxatdan o'ting
Biror IT-sohani o'rgandik, portfolio yaratdik, ammo yana bir narsa bor — frilans birjalardan ro'yxatdan o'tish. Frilans-birjalar — mijozlar va bajaruvchilar bitta joyga yig'ilgan platforma. Ko'p hollarda bu sayt bo'ladi.

Frilans-platformalar fl.ru, upwork.com, kwork.com, weblancer.net, freelance.ru

Bor-yo'g'i 3 qadam orqali frilansga kirishimiz mumkin. Hali ham o'ylayapsizmi? O'ylashga vaqt yo'q, frilanserlik tomon harakat qiling!

👉 @ITmavzu
Shaxsiy sayt orqali pul ishlash haqida qisqacha

Ko'p kishi internet sayti bor odamga pul to'laydi deb o'ylaydi. Bu xato, internet sayt egasiga 1 so'm ham bermaydi. Barchasi Google Adsense'ga bog'liq. Saytingizning 1 kunlik tashrif buyuruvchilari ko'p bo'lishi kerak, aks holda Adsense sizdan reklama sotib olmaydi.

Saytdan daromad qilish uchun sayt mukammal va chiroyli dizaynga ega bo'lish kerak, aks holda bugun kirgan odam ertaga kirmasligi mumkin. Siz o'zingizni tashrif buyuruvchidek tuting — saytda sizga nima yoqmadi? (Bilaman sizga hammasi yoqadi 😅)

👉 @ITmavzu
Oltin olma, IT biznesmendan maslahat ol

Tajribali IT-biznesmenlar aytishadi: Potensial mijoz — eng yaxshi qurol.

Potensial mijoz — 2 va undan ko'p marta sizga ishi tushgan buyurtma beruvchi.

Eng birinchi va eng tezkor xaridor — potensial mijozlar.

Ular sizga ishonishadi, chunki qo'lingizdan nimalar kelishini bilishadi va yana bir bor sizga yuzlanishgan. Demak sizning xizmat ko'rsatishingiz unga qiziq. Iloji boricha potensial mijozlar bilan yaxshi munosabatda va aloqada bo'lib turing.

Potensial mijoz topish uchun uning 1-buyurtmasini a'lo darajada bajaring.

👉 @ITmavzu
Matnlar qiroli — kopirayterlar: Ular kim?

Matnlari qiroli bejizga emas, chunki kopirayterlar faqat matn bilan ishlashadi. Kopirayterlar ham yaxshi daromad topishadi va ular uchun ish ko'p

Reklama matnlari
Ular asosan reklama matnlari yozishadi. Kopirayterdan talab — kreativ va so'z boyligi bo'lishi kerak. Ular kanallar, kurslar, mahsulotlar, xullas sotilagidan narsalar uchun matn yozishadi.

Kontent-reja
Kontent-reja salkam muharrir. Chunki u biror kanal yoki sayt bilan kelishgan holda, biror muddat maqola yozadi va shunga qarab rejalashtirib oladi. Odatda kontent rejalar uchun yaxshi to'lashadi.

Mahsulotlar uchun matnlar
Biznes tashkilot internet-do'kon ochsa, unga mahsulot qo'shadi. Tabiiyki, mijoz mahsulot haqida biror narsa o'qishi kerak. Bu ishni kopirayterga qo'yib berishadi, u shunday ta'riflaydiki, mijoz mahsulotni savatga qo'shganini bilmay qoladi.

P.S. Ushbu sohani tez o'rgansa bo'ladi, asosiysi kreativ bo'lish kerak

👉 @ITmavzu
Imkoniyat - qo'lingizda

Siz kun bo'yi nimalar bilan shug'ullanasiz? Asosiy mashg'ulotlaringiz nima? Qaysi mashg'ulot kunning asosiy qismini egallaydi?

Agar savollarga javob "yotish", "bekorchilik", "uxlash" kabi bo'lsa, darhol kuningizni o'zgartiring! Chunki har bir o'tayotgan daqiqa - g'animat. Kuniga 2 soat biror narsani o'rganish uchun ajrating. Shunda natijaga erishasiz.

👉 @ITmavzu
«Frilanser ham kitob o'qishi kerakmi?» Ha, kerak!

Bugungi post IT sohasida biznes qilish emas. Keling, biroz lirik chekinish qilamiz.

1. So'z boyligingiz oshadi
Mijoz bilan gaplashganda yaxshi muomalada bo'lish kerak. Chunki muomala o'sha mijozning frilanserga yana murojaat qilishini ta'minlaydi. Sizning so'z boyligingiz qanchalik boy bo'lsa, shuncha chiroyli gapirasiz va mahsulotdagi so'zlarni to'g'ri va aniq yozasiz

2. Orfografiya
Mijoz frilanserga yozsa, 1-o'rinda uning portfoliosi va yozish madaniyatiga e'tibor beradi. Chunki qaysi ahmoq hatto yozishni ham bilmagan frilanserga buyurtma beradi? Siz so'zlarni to'g'ri yozsangiz, sizga ishonch kuchayadi.

3. Dunyoqarash
Grafik dizayner, dasturchi, kopirayter va boshqa kasblar uchun eng kerakli narsalardan biri — dunyoqarash, ya'ni fantaziya. Sizning dunyoqarashingiz, fikrlash doirangiz qanchalik katta bo'lsa, mahsulot shuncha bejirim, sifatli va ko'rkam bo'ladi.

P.S. Frilanser bo'lmasangiz ham kitob o'qishni kanda qilmang!

👉
@ITmavzu
Matematika orqali ham frilans qilsa bo'ladimi?

Ushbu holat yoshligingizda yoki aynan shu paytlar bo'lgan. Biror misol, masala, yoki testlar to'plamini yechgingiz kelmaydi va uni kimga yechtirishni ham bilmaysiz. Shunda qo'shnining o'g'li 10000 so'mga yechib beradi, 2 tomon ham ko'ngli to'q.

Frilans-birjalarda ham shunaqa bo'lim bor. U yerda shunaqa topshiriqlar beriladi va siz ularni bajarib, yechib berib, pul ishlashingiz mumkin. Har xolda, bo'sh o'tirgancha, 3-4 so'm ortiqchalik qilmaydi 🙃

P.S. Agar matematikani chuqur o'rgangan va a'lo bilsangiz, uyda o'tirib, repetitorlik bilan shug'ullansangiz bo'ladi.

👉 @ITmavzu
Hech qanaqa hunarsiz qanday pul ishlash mumkin?

Ushbu savol bizga juda ko'p keladi, chunki biror narsani bilmay turib pul ishlash — qiyin masala.

Bu hech qanaqa stavka yoki kapperlik emas, halol yo'l bilan topish ham mumkin. Buning uchun bizga freepik.com sayti yordam beradi.

1. Buyurtma izlaymiz
Grafik dizayner uchun maydaroq buyurtma izlaymiz. Deylik, poyabzal ishlab chiqaruvchi firmaga vizitka kerak. Agar sizning qo'lingizdan vizitka tayyorlash kelmasa, freepik.com dan izlaymiz. So'rovnoma «business card» quyidagicha bo'ladi. Biror yaxshirog'ini tanlab, yuklab olamiz.

2. Montaj
Ularni o'zgartirish uchun sizga Adobe Photoshop va Adobe Illustrator kerak bo'ladi. Tekstlarni, ayrim rasmlarni firmaga moslaysiz, ma'lumotlarni kiritasiz — tamom!

3. Uni mijozga ko'rsatasiz va portfolioga qo'shasiz
Iloji boricha 2-3 xil variant tayyorlang va portfolioga qo'shib qo'ying

P.S. Eng yaxshi maslahat — siz ularni 0 dan yasashni o'rganing, shunda ishingiz qimmat turadi.

👉
@ITmavzu
Telegramdan daromad qilish

Telegramda kanal ochib, yaxshi daromad qilish mumkin. Ammo bu hammaning ham qo'lidan kelmaydi. Bugun shu haqida gaplashamiz.

1. Kanal uchun to'g'ri tematika tanlang
Shunday tematika toping-ki, hali u tematika bo'yicha kanallar kam bo'lsin va odamlar uchun u boshqacha narsa bo'lsin. Yangiliklar, musiqalar, kino va multfilmlar to'g'ri kelmaydi, chunki bu tematikada kanallar juda ko'p. Asosiysi, o'sha sohada sizda yetarlicha bilim bo'lsin.

2. Chiroyli nom va logotip
Shunday nom toping-ki, u brend bo'lsin. Chunki oddiy, kundalik hayotda ishlatiladigan so'zlar zerikarli. O'zgacha, ingliz yoki ruscha aralash nomlar chiroyli va esda qolarli bo'ladi. Undan tashqari, dizaynerga logotip buyurtma bering, chunki logotip kanalning yuzi

3. Reklama
Barchasi tayyor bo'lgandan so'ng, reklama uchun ma'lum byudjet ajrating. Chunki reklamasiz kanal uzoqqa borolmaydi. mingta ham bo'lmasdan «o'lib» ketishi mumkin.

P.S. Asosiysi yarim yo'lda tashlab ketmang!

👉 @ITmavzu
IT'da yo'nalishni qanday tanlash kerak?

1. Mehnat bozoridagi vaziyat:
O'zingiz uchun qaysi sohani va dasturlash tilini tanlamasligingizdan qat'i nazar, kelajakda sizni nima kutayotganini tushunish muhimdir.

2. O'qish qiyinligi:
Dasturlash tillari juda ko'p va ularning barchasi nafaqat dasturiy mahsulotlarni amalga oshirish qobiliyatlari, balki o'zlashtirishning murakkabligi bilan ham ajralib turadi.

3. Qiziqishlar:
Yo'naltiruvchi talab va o'zingizning qiziqishingiz o'rtasida oqilona muvozanatni topish muhimdir. Oxir oqibat, agar siz chinakam mahoratli mutaxassisga aylansangiz, har qanday sohada yaxshi pul ishlashingiz mumkin.

P.S: Agarda sizlarga manfaatli ma'lumotlar ulashayotgan bo'lsak, reaksiyalar qoldirishni unutmang!

👉 @ITmavzu
Freelance'lik kasbini egallaganingizdan so'ng daromad topish uchun eng kerakli internet saytlar ro'yxati:

- Xorijiy kompaniya uchun ishlashni istaganlar uchun mashhur xorijiy erkin saytlari:
1. Freelanceer.com
2. Upwork.com
3. Guru.com

- Eng yirik fond birjalari:
1. Fl.ru
2. Weblancer.net
3. Freelance.ru

- Copywriters uchun saytlari ro'yxati:
1. Etxt.ru
2. Text.ru
3. Textsale.ru
4. Advegi.ru
5. Textbroker.com

- Rassomlar va grafik dizaynerlar uchun fond birjalari:
1. logopod.ru
2. Illustrators.ru
3. mrussiancreators.ru
4. Behance.net
5. 99designs.com

- Dasturchilar va mutaxassislar uchun saytlar.
1. Clancer.ru
2. Modber.ru

- Mahalliy Freelance lik internet saytlari ro'yxati:
1. Frilanser.uz
2. Giglancer.uz
3. Hirelancer.uz
4. Dowork.uz
5. Eskiz.uz

P.S: Agarda sizlarga manfaatli ma'lumotlar ulashayotgan bo'lsak, reaksiyalar qoldirishni unutmang!

👉 @ITmavzu
Taniqli IT - Biznesmen Ilon Mask 30 yoshgacha qanday ish bilan shug'ullangan?

Ilon Mask dasturlashni 10 yoshida o‘rgangan, 12 yoshida esa o‘zi yaratgan Blast Star o‘yinini 500 dollarga sotgan. Mask 1995-yilda birinchi kompaniyasi — Zip2 startapini ishga tushirdi, u yangiliklar nashrlariga kontentni internetga joylash imkonini berar edi.

1999-yilda startapni Compaq tashkiloti 304 million dollarga xarid qildi, Ilon Maskka shuning 20 millioni tegdi va 28 yoshida u millionerga aylandi.

Siz hali 30 yoshga to'lmagan bo'lsangiz, hoziroq biror-bir kasbni o'rganing. Albatta bu natija beradi. Kelajakda foydasi tegadi.

P.S. 30 ga to'lgan bo'lsangiz ham kech emas!

👉 @ITmavzu
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mutlaqo bepul kriptotreyding asosida daromad qilish bo’yicha video darslar

20-dekabrdan boshlab O’zbekistonliklar tomonidan tashkil qilingan Dubaydagi HBS Trading kompaniyasi tomonidan bepul darslar boshlanadi.

Darslar, faqatgina kanaldagi ishtirokchilarga taqdim qilinadi va barcha bilimlar Islom moliyasi bo'yicha o'rgatiladi.

Kanalga o’tib, darslar haqida batafsil ma’lumot oling. Tez orada qabul yopiladi!

Kanal - @hbstrading
2024/09/23 13:22:12
Back to Top
HTML Embed Code: