Telegram Web Link
Shu yostiq 3d modelining muallifi o'zimman. 3ds Max dasturida qisqa vaqt ichida yasagan shu modelimni turbosquid.com saytida 2017 yildan beri 50 $ dan sotib kelganman. Bu yostiq hayotda buncha narx turmaydi. Elektron bozorlar shunday ajoyib biznes. Bir mahsulotni yillar davomida ko'p marotaba sotaverasiz.

👉 @ITbusiness_school
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Freelancer bo'lib qanday pul ishlash mumkin?

Eng avvalo, foydali xizmat turlarini o'rganishingiz kerak. Masalan: sayt yaratish va yuritish, fotoshop, 3ds Max, ijtimoiy tarmoqlarda guruhlarni yuritish, tarjimonlik, sayt va guruhlarni rivojlantira olish, SMM hamda shunga o'xshash xizmatlar. Xullas, qiladigan ishingiz buyurtmachi uchun foydali bo'lsa bo'ldi. Uyda o'tirib ham yaxshigina daromad ishlab topishingiz mumkin.

👉 @ITbusiness_school
LOGO YASAB PUL TOPISH!

Logo yasab ikki xil yo'l bilan pul topish mumkin.

1. Yangi ochilgan tashkilot yoki mahsulot uchun buyurma asosida logo yasab berish orqali pul topish. Logo yasab berish narxi 100 $ dan boshlanadi. Yurtimizda 1 000 - 2000 $ ga ham logo yasaydigan dizaynerlar bor. Ma'noli va kreativ logo yasay olsangiz Sizga buyurma beruvchilar soni ortadi.

2. Turili xil logolar yasab elekton bozorlarda sotishingiz mumkin. Misol uchun shutterstock.com, graphicriver.net, freepik.com saytlarida ijod qilgan logolaringizni sotib pul ishlashingiz mumkin.

Logo yasash uchun Photoshop, Adobe Illustrator yoki CorelDRAW dasturlarini bilish kifoya qiladi.

👉 @ITmavzu
Envato market da ishlayotgan frilanserlar hozirgacha 833,847,177 $ topishibdi. Sal kam 1 mlrd $ degani. Kanalimda Envato market qamrab olgan elekton bozorlar ro'yxatini berganman. Envato bozorida oyiga kamida 2 000 $ pul topadigan dostlarim bor. Bosh vaqtingizni IT (3ds max, illustrator, After Effects, Unity) dasturlarini o'rganishga sarflang va bir kasbni mutaxasisi bo'ling. Internet orqali ko'p va halol pul topsa bo'ladi. Mana Biz topyabmiz-ku!

👉 @ITbusiness_school
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
After Effects dasturini o'rganib videohive.net sayti orqali katta daromad topish mumkin.

After Effects dasturida shu va shunga o'xshash video shablonlar yasab, tayyor bo'lgan faylni videohive.net saytda o'rtacha 50 $ dan ko'p marotaba sotishingiz mumkin.

Creativ va ommabop video fayllar ishlab chiqara olsangiz, bitta video fayl Sizga yillar davomida oyiga minglab dollar daromad olib keladi.

👉 @ITbusiness_school
Siz ko'rib turgan rasm bu 3D model bo'lib, uning muallifi o`zimman. 2017 yil 3ds Max dasturida 10 minutda tayyor bo'lgan shu modelim 15 000 ta mahsulotim ichida eng ko'p sotilgani xisoblanadi.

Bu model men ishlaydigan 3d model elektron bozorlarida minglab dollar daromad olib kelgan. Sodda bo'lganiga qaramay, kerakli va didli bo'lgani uchun talab juda ortgan.

Samiymiy maslahatim Autodesk 3ds Max dasturini o'rganing. Bu dastur orqali ko'plab yo'nalishlarda pul topa olasiz.

👉 @ITbusiness_school
Hozirgi kunga ko'pchilik qiziqib o'ynayotgan PUBG mobile o'yini 2 yil ichida o'yin asoschilariga 1 500 000 000 $ daromad olib kelgan. Bu juda katta daromad!

Bunday o'yinlar asosan Unreal Engine dasturida yasaladi.

Ertalabdan kechgacha o'yin o'ynab qimmatli vaqtingizni ketgazmasdan Siz ham ushbu dasturni o'rganishga kirishing, o'rganing va o'yinlar ishlab chiqarib kelajakda kamida mln $ topishni maqsad qiling.

👉 @ITbusiness_school
Fiverr.com - frilanserlar uchun oson va professional sayt. Har qanday xizmat uchun kamida soatiga 5$ dan to'lashadi. Ish qidiruvchilar o'z xizmatlarini yozib ro'yxatdan o'tishadi. Ish beruvchilar esa ularning profillarini tekshirib ularga mos buyurtma berishadi.

To'lovlar ish tugashidan oldin Fiverr tomonidan yig'ib olinadi, shunda Sizni aldashning imkoni bo'lmaydi.

👉 @ITmavzu
YouTube'dan qanday daromad topish mumkin?

YouTube'ga joylangan bitta video bir million marta ko’rilsa, u orqali 1 000 $ dan 4 000 $ gacha foyda ko'rsa bo'ladi.

Bir mavzuda oid foydali va qiziqarli videolar joylab borsangiz, videolaringiz sekin-asta ommalashib boradi va kanalingiz o'z obunachilarini yig'a boshlaydi. YouTube esa bu videolar orasiga o'z reklamalarini joylab Sizga yaxshigina pul to'lab boradi.

👉 @ITbusiness_school
🔥 O'qishga kira olmaslik fojia emas!

O'zim haqimda juda qisqa qilib aytaman. Ismim Abdusattor. Yoshim 25 da. Tibbiyot kollejini tugatganman. 3 yil o'qishga kirolmadim. Keyin misqollab 650 $ pul to'plab Notebook sotib oldim va kompyuter dasturlaridan biri bo'lgan 3ds Max dasturini o'rganib, 3D model dizayneri bo'ldim. Shu kasbim ortidan o'tgan yili Malibu 2 avtomashinasini sotib oldim. Ayni paytda asosiy daromadimni internet orqali topaman.

Bularni nega aytyapman?
O'qishga kira olmasangiz siqilib yurmasdan kompyuter dasturlaridan birini professional darajada o'rgansangiz bemalol yaxshi daromadli ish topa olasiz.

Eng kerakli dasturlar, saytlar va foydali ma'lumotlarni IT Business School kanalimda yozganman.

Kanalni boshidan o'qib chiqing, chunki biz juda foydali maqolalar yozganmiz, har xil kerakli dasturlar va boshqa foydali postlar bilan ulashganmiz. Kanalimiz ni sizga tekkan foydasidan biz faqat xursand bo'lamiz!

👉 IT Business School
3D PRINTER uchun 3d modellar yasab qanday pul ishlasa bo'ladi?

1. Elektron bozorlar.
Cgtrader va Turbosquid saytlarida 3d printer uchun yasagan 3d modelingizni ko'p marta so'tsangiz bo'ladi.
Zargarlik, o'yinchoq va naqsh 3d modellari zo'r sotiladi.
Sizdan sotib olgan insonlar bu 3d modellarni 3d printerda ishlab chiqarishadi.

2. Frilanser saytlar.
Zo'r 3d modelchi bo'lsangiz, frilanser saytlari (fiverr, kwork va upwork) da shu turdagi 3d modellarni 30 $ dan 1000 $ gacha buyurtma asosida qabul qilib pul ishlasangiz bo'ladi.

3. Biron bir ishxonada ishchi bo'lib lekin katta oylikka ishlashingiz mumkin. Bo'sh vaqtingizda esa yuqoridagi yo'llar bilan qo'shimcha daromad topib yurasiz.

👉 @ITmavzu
Turbosquid.com - dunyodagi eng katta 3d modellar sotsa bo'ladigan elektron bozor.
5000 $ li 3d modellar ham sotiladi. Jahonda bu saytdan kino uchun juda ko'plab modellar sotib olishadi.

O'zbekistonlik ko'plab 3d modelchi do'stlarimiz ham bu saytdan yaxshi daromad topishadi.

👉 @ITmavzu
Marvelous Designer dasturini o'rganib internetdan daromad topish.

Rasmdagi kiyimlar Marvelous Designer dasturida yasalgan. Talab juda katta bo'lgan bu dasturda liboslar, parda va yumshoq mebellar dizaynlari yasaladi. Agar Siz bu dasturni yaxshi bilsangiz frilanser saytlarida oyiga juda katta daromat topa olasiz.

Uyda o'tirgan opa-singil va ayollarimiz ham shu dasturni o'rganib frilanserlik qilib yaxshi daromad topishlari mumkin.

👉 @ITmavzu
FRILANSER bo'lib pul topish uchun nima qilish kerak?

Frilans saytlarda har xil IT xizmatlar ko'rsatib yaxshigina foyda olish mumkin. Masalan men ham frilanserlik bilan shug'ullanaman, 3d modellar yasab elektron bozorlarda sotaman. Undan tashqari 50-100$ ga ko'plab buyurtmalar olaman.

Siz ham frilanser bo’lishni hohlasangiz, unda IT yo'nalishidagi bitta sohani egallab keyin internet orqali xaridorlar topsangiz bo'ladi.

IT yo'nalishidagi sohalar hamda pul topish mumkin bo'lgan saytlar ro'yxatini kanalimda yozib qoldirganman!

👉 @ITbusiness_school
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Payoneer kartasini bepul qo'lga kiriting!

Frilanserlik qilib topgan pullaringizni olish uchun eng avval elektron hamyon kerak bo'ladi. Eng ommlashgan kartalardan biri bu Payoneer!

Ushbu video orqali siz Payoneer Master Card olish uchun qanday ro'yxatdan o'tiladi?
SWIFT code nima uchun kerak? degan savollarga javob olasiz.

P.s. Payoneer kartani uyingizgacha olib kelib berishadi!

👉 @ITmavzu
iPhone foydalanuvchisi bo'lsangiz Stockimo ilovasi orqali o'zingiz olgan ajoyib suratlarni sotib daromad topsangiz bo'ladi. Agar ozgina mahoratli bo'lsangiz, kutganingizdan ham ko'proq pul ishlashingiz mumkin.

Stok fotografiya kompaniyalari odatda professional kameralar bilan olingan fotosuratlarni qabul qiladi. Alamy kompaniyasiga tegishli bo'lgan Stockimo ilovasi esa iPhone foydalanuvchilariga keng imkoniyat beradi.

👉 @ITbusiness_school
Tarmoq administratorlarigini oʻrganib moʻmaygina daromadli ish topish.

Internet oʻzi nima va u qanday ishlaydi?
Bu savolga batafsil javob berishingiz uchun siz tarmoq administratori boʻlishingiz kerak. Siz ushbu sohani oʻrganib boshlangʻich sertifikatni ( CCNA Switching and Routing) olasangiz qayerga bormang moʻmaygina daromadli ish topishingiz mumkin.

Oʻzbekistonni oʻzida ushbu sohada faoliyat yuritadiganlar yiliga $22 000 dan $44 000 gacha maosh olishmoqda.

Tarmoq administratorligiga talab chet elda ancha yuqori. Au.indeed.com sayti orqali birgina Avstraliyadagi mavjud ish oʻrinlari bilan tanishishingiz mumkin. Avstraliyada ushbu soha mutaxassislari yiliga $70 000 dan $120 000 gacha va undan koʻproq daromad topishadi.

👉 @ITmavzu
SoloLearn — dasturlashni tez oʻrganish uchun bepul ilova.

SoloLearn ilovasi dasturlashni oʻrganayotganlar uchun juda qulay va bepul dastur hisoblanadi. Ushbu ilova orqali siz oʻzingiz uchun raqib tanlab dasturlashni tez oʻrganishingiz mumkin. Siz tugatgan har bitta kursdan soʻng sizga maxsus sertifikat taqdim etiladi.

SoloLearn tarkibida quyidagi kurslar mavjud:

Web Development, shu jumladan HTML5, CSS3, JavaScript, JQuery, Python, Java, Kotlin, C++/C, C#, PHP, SQL, Ruby, Swift va boshqalar.

Ushbu ilova orqali dasturlashni smartfonda ham kompyuterda ham oʻrganishingiz mumkin.

👉 @ITmavzu
Adobe Illustrator va Adobe Photoshop dasturida shunday dizayn ishlar yasab shutterstock, graphicriver va freepik saytlarida bir necha marotaba sotib, yaxshigina daromad topsa bo'ladi.

👉 @ITmavzu
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ubisoft kompaniyasining The Crew o'yini uchun ishlangan trailerrini ko'rib maza qilinglar!

Trailer 3ds Max dasturida ishlangan. Trailerni ko'rib 3ds Max dasturi qanchalik keng imkoniyatlarga ega ekanligni ko'rishingiz mumkin. 3ds Max dasturini yaxshi bilganlar juda ko'plab yo'nalishlarda (interior, exterior, modeling, 3d printer, game, VR, animation) bemalol pul topa olishadi.

👉 @ITbusiness_school
2024/09/27 17:21:28
Back to Top
HTML Embed Code: