Telegram Web Link
Dubai $5 milliardlik Oy shaklidagi Mega Resort qurmoqda. Loyiha Kanadalik arhitektorlar jamoasi tomonidan quriladi va bu intellektli lohiya Moon Wolrds Resorts Inc litsenziyasini oldi.
Ko’rinishidan bu lohiya Oy tematikasi bo’yicha izlanishlar olib boriladigan keyingi markazga aylanishi mumkin.

👉 @ITmavzu
#IT #dasturlash

Dasturlashni oʻrganish uchun eng yaxshi onlayn platformalardan biri.

LINK 👉 codeacademy.com

👉 @foydali_link
Elon Musk Starlink internet tarmog'i Yerning barcha qit'alarida mavjud bo'lganini e'lon qildi

18-sentabr, yakshanba kuni SpaceX Starlink uchun yana 54 ta kichik sun’iy yo‘ldoshni Yer orbitasiga olib chiqdi. Tashuvchi raketaning uchirilishi Kanaveral burnida mahalliy vaqt bilan 20:18 da bo‘lib o‘tdi. Uchirishdan 16 daqiqa o'tgach, kompaniya barcha 54 ta sun'iy yo'ldoshning joylashtirilganini tasdiqladi.

“Starlink tarmog‘i hozirda barcha qit’alarda, jumladan Antarktidada ham faol”, - dedi Mask. Kompaniya ma'lumotlariga ko'ra, Starlink sayyoramizning istalgan nuqtasida 5G standartiga mos keladigan sekundiga 1 gigabit trafik tezligi bilan Internetga kirishni ta'minlay oladi. 2019-yilning may oyidan beri SpaceX koinotga 3000 dan ortiq sun’iy yo‘ldoshlarni uchirdi. Starlink hozirda Shimoliy Amerika, Yevropa va Avstraliyadagi foydalanuvchilar uchun mavjud.

👉@ITmavzu
#Internship

💼 Digital Internship dasturi bo'yicha amaliyotchilarni qidirmoqdamiz

📨 Digital Internship dasturi doirasida biz 29 yoshgacha boʻlgan yosh ayollar, IT-yoʻnalishlari yoki tegishli texnik yo'nalishlar bo'yicha oliy taʼlim muassasalarining bitiruvchi ayollari uchun amaliyot tashkil etmoqdamiz.

🎯Dasturning maqsadi — raqamli ko'nikmalarni oshirish, IT-kompaniyalarda ish tajribasiga ega boʻlishni, shuningdek, amaliyot o'tayotgan kompaniyalarida keyinchalik ishga joylashish huquqini qoʻlga kiritishni xohlovchi ayollarga imkoniyat yaratishdir.

Agar siz eng yirik IT-kompaniyalarning bir qismi bo'lishni va amaliyot o'tashni istasangiz, quyidagi lavozimlardan biriga ariza topshirish imkoniyatini qo'ldan boy bermang:

🔘 Ma'lumotlar tahlili
🔘 Dasturlash
🔘 Sinovdan o'tkazish
🔘 Tizim boshqaruvi
🔘 Dizayn
🔘 HR
🔘 Call-markaz operatori
🔘 Loyihalarni boshqarish
🔘 SMM va kopirayterlik
🔘 va boshqalar

⚡️Muvaffaqiyatli kelajak sari biz bilan birga

Ro'yxatdan o'tish: https://bit.ly/3QUXAA7

👉@ITmavzu
IT Park universitetida sifatli IT ta'lim oling!

O'qish muddati: 3 yil
🇬🇧 Ta'lim tili: Ingliz Tili
💰 Shartnoma qiymati: yiliga 9 000 000 so'mdan.

📝 Qabul qilish talablari:
1. Sertifikat
2. Ingliz tilini bilish darajasi kamida IELTS 4.5 yoki unga tenglashtirilgan boshqa turdagi daraja.

Xalqaro sertifikatingiz bo'lmasa, bizning o'zimizda ingliz tili imtihonini topshirish imkoniyati mavjud.

❗️Agar sizning ingliz tili darajangiz talablarga javob bermasa, siz tayyorlov kursga kirishingiz mumkin. Tayyorlov kursini muvaffaqiyatli tugatgandan so'ng, siz ITPU'ning birinchi kursiga avtomatik ravishda kirasiz.

🇪🇺🇺🇸Eng munosib talabalar Yevropa va AQShdagi EPAM ofislarida amaliyot o'tishadi

Ariza topshirish

🤖 @itpu_bot
📣 @itpu_uz
☎️ +998555039999
Apple bir qator mamlakatlarda App Store’dagi narxlarni 20-30 foizga oshiradi

Narx siyosatidagi o'zgarishlar rasmiy valyutasi yevro bo'lgan barcha mamlakatlarga, shuningdek, Shvetsiya, Janubiy Koreya, Chili, Misr, Malayziya, Pokiston, Vetnam va Yaponiyaga ta'sir qiladi.

Apple o'sish sababini aytmadi, lekin bu mahalliy valyutalarning dollarga nisbatan qadrsizlanishi bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Maʼlum qilinishicha, Chernogoriya bundan mustasno, yevrodan foydalanadigan barcha Yevropa mamlakatlarida App Store’dagi ilovaning bazaviy narxi 0,99 yevrodan 1,19 yevroga (taxminan 20 foizga o‘sgan) oshiriladi. Yaponiyada xarajatlarning maksimal o'sishi 30% ni tashkil qiladi.

Yangi narxlar 2022-yil 5-oktabrdan kuchga kiradi. Apple vaqti-vaqti bilan butun dunyo bo'ylab App Store do'konidagi o'z narxlari darajasini o'zgartiradi.

👉@ITmavzu
2022-yilda Toshkent shahridagi Puchon universiteti talabasi bo‘ling!

Siz axborot texnologiyalari sohasidagi ilg’or yo’nalishlardan birining talabasi bo’lishingiz mumkin:

● “Multimedia va o’yin kontenti” fakulteti.
● “Elektron biznes” fakulteti.
● “Axborot texnologiyalari” fakulteti.

Hujjatlarni qabul qilish 2022-yilning 29-sentabrgacha bo‘lib o‘tadi.

San'at va muhandislikni o'z ichiga olgan fakultet NCS tadqiqotlari, multimedia nazariyasi va o'yin kontenti asoslari, komikslar, Webtoon va o'yin qahramonlari, 3D o'yinlar hamda 3D animatsiya yaratish kabi turli xil dasturlarni taklif etadi.

Fakultet haqida:

🔸Ta’lim tizimi 2+2
🔸Ichki stipendiyalar
🔸Koreyadagi Bucheon universiteti standartlari bo’yicha o‘qish
🔸 Koreyalik yuqori malakali o’qituvchilardan ta’lim olish
🔸 Ta’lim tili: rus/o’zbek

Boshqa shahardan kelib tahsil oluvchi talabalar uchun universitetning asosiy binosi hududida joylashgan shinam talabalar turar joyi beriladi.

Hujjatlarni topshirish

Ma’lumot uchun telefonlar: (+998) 78 150 40 02; (+998) 95 196 36 01

Ijtimoiy tarmoqlar: Telegram | Instagram |
| YouTube
#seminar

30-sentabr kuni soat 18:00da IT Park Toshkent filialida “Startapni qanday ishga tushirish va uni qanday qilib to‘g‘ri boshqarish kerak” mavzusida Startup Advice bo‘lib o‘tadi.

Tadbir spikeri — BDM (elektron hujjat aylanmasi), YOOU Share (Power Bank ijarasi) va Monetary (korporativ g‘aznachilik) kabi loyihalar asoschisi Dilshod Bobomuradov.

👨‍🏫 Tadbirda quyidagilarni bilib olasiz:

🔘 startapni loyihalashtirishni nimadan boshlash kerak;
🔘 monetizatsiya gʻoyasini qanday tekshirish kerak;
🔘 boshlash uchun qanday resurslar kerak;
🔘 loyihani qanday boshqarish kerak va u bilan ishlash jarayonida nimalarga eʼtibor berish kerak.

Uchrashuvga 29-sentabr 12:00 gacha ushbu havola orqali ro'yxatdan o'tishingiz mumkin: https://bit.ly/3xHpMzH

📆 30-sentabr,18:00| O'zbek-Rus| ✔️ Bepul | 📍IT Park Toshkent
Mashhur dasturlash tilida 15 yillik zaiflik topildi

Python dasturlash tilida kamida 15 yil davomida tuzatilmagan zaiflik aniqlandi. Bleeping Computer xabariga ko'ra, 2007 yildan beri kodda nuqson mavjudligi sababli, bu yuz minglab Python loyihalariga zarar yetkazishi mumkin.

Xavfsizlik muammosi birinchi marta 2007 yilda ommaga e'lon qilingan va CVE-2007-4559 bilan belgilangan. Biroq, bo'shliqni yopishning yagona mumkin bo'lgan yechimi ishlab chiquvchilarni xavf haqida ogohlantirish uchun hujjatlarni yangilash edi.
Qayd etilishicha, zaiflik ichki Python kodida joylashgan va hackerga fayllarni qayta yozish imkonini beradi.

👉@ITmavzu
#video #montaj

Professional darajadagi video editor. Videolarni a'lo darajada montaj qiluvchi onlayn platforma. Asosiysi watermark yo'q.

LINK 👉 kapwing.com

👉 @foydali_link
IT dasturlarida ishlash uchun qanday noutbuk kerak?

Displey - Full HD 1920 x 1080, bundan kichigini sotib olmang;
Protsessor (CPU) - 3GHz yoki undan yuqori chastotali intel core i5 yoki i7;
Xotira (RAM) - 8 yoki 16 GB bo'lishi kerak;
Saqlash turi va hajmi - 1 TB HDD va qo'shimcha 256 yoki 512 SSD bo'lishi kerak;
Videokarta - 2 yoki 4 GB NVIDIA GeForce.

Bunday kompyuterlarni o'rtacha narxlari 500$ dan 1000$ gacha bo'ladi. Agar Sizda bunday mablag' bo'lmasa arzonroq narxga ishlatilgan noutbuk olsangiz ham bo'ladi.

👉 @ITmavzu
Ilon Maskdan muvaffaqiyatingiz kaliti nimada deb so’rashganda, u judayam oddiy javob beradi:

«Men ko’p kitob o’qiyman».


ILON MASKNI ILHOMLANTIRGAN 14 KITOB:

1. Uzuklar hukmdori. J.R.R. Tolkien.
2. Koinotda avtostop bilan.
3. Benjamin Franklin. Biografiya. Uolter Aysekson.
4. Eynshteyn. Uning hayoti va olami. U. Aysekson
5. Konstrukciyalar yohud narsalar nimaga buzilib ketmaydi. J. Gordon
6.’Ignition!: An Informal History of Liquid Rocket Propellants’J.D.Klark
7. ‘Sun’iy (super) aql. Bosqich, tahlika va strategiyalari’. Nik Bostrom.
8. ‘Noldan birgacha. Startaplardan bitiklar yohud kelajakni qanday o’zgartirish mumkin’. Piter Til.
9. ‘Hovard Hyuz. Uning hayoti va fojeaviy yakuni’. Donald Barlett va Jeyms Stil.
10. ‘Shubha savdogarlari’. Naomi Orestes va Erik Konuey.
11. The ‘Foundation’ trilogiyasi. Ayzek Azimov.
12. ‘Oy — shafqatsiz mezbon’. Robert Haynlayn.
13. ‘Madaniyat’ seriyali kitob. Ien M. Benks.
14. ‘So’nggi ixtiro’. Jeyms Barrat.Ilon

👉 @ITmavzu
Hayotingizda kerak boladigan foydali 10 ta veb sayt

1. Super Cook. Uyingizdagi bor mahsulotlardan foydalanib, qanday taomlarni tayyorlashingiz mumkinligini bilib oladigan veb-sayt. http://www.supercook.com/#/recipes

2. Privnote. Ushbu sayt yordamida yozgan narsalaringiz o'qigandan so'ng o'z-o'zidan yo'q bo'lib ketadi. https://privnote.com/

3. Coffitivity. Uyda yolg'iz qolganda dam olishni istaganlarga, turli muhitda olomonning shovqin-suronini tinglashga imkon beradi.
https://coffitivity.com/

4. Ninite. Bir vaqtning o'zida kompyuteringiz uchun zarur bo'lgan barcha dasturlarni yuklab olishga imkon beradi.
https://ninite.com/

5. Old Version. Har qanday dasturning eski versiyasini toping.
http://oldversion.com/

6. Couchsurfing. Qayerga borsangiz, o'sha yerda bepul mehmon bolishga imkon beruvchi xalqaro mehmondo'stlik xizmati.
https://www.couchsurfing.com

7. Scribble Maps. Google xaritalarida chizishga imkon beradigan veb-sayt. http://scribblemaps.com

8. Waker Upper. Ushbu veb-xizmat sizga vaqtda uyg'otishga, muhim ishingizni eslab qolishga yoki zerikarli uchrashuvdan qochishga imkon beradi. http://wakerupper.com/

9. Project Naptha. Rasmlardagi matnni ko'chiring.
http://projectnaptha.com/

10. Pushbullet. Telefoningizda olingan xabarnomalarni kompyuter ekranida ko'rishga imkon beruvchi veb-sayt. https://www.pushbullet.com

👉 @ITmavzu
IT bilan bog`liq eng mashhur 12 kasb

1. Dastur muhandisi (Software Engineer);
2. Dasturlarni sinash bo'yicha mutaxassis (Tester);
3. Biznes tahlilchisi (Business Analyst);
4. Dasturiy ta'minot sifatini ta'minlash mutaxassisi (QA Engineer);
5. Ma'lumotlar bo'yicha mutaxassis (Data Scientist);
6. Ma'lumotlar tahlilchisi (Data Analyst);
7. SEO mutaxassisi (SEO specialist);
8. Texnik yozuvchi (Technical Writer);
9. Veb-dizayner (Web Designer);
10. 3D dizayner (3D designer);
11. UXUI dizayneri (UXUI designer);
12. Game dizayneri (Game Designer).

👉 @ITmavzu
Nima uchun Upwork?

71 sohadan iborat 6 yo'nalishni o'z ichiga qamrab olgan Upwork.com saytida 12 million ro'yxatdan o'tgan freelancerlar va 5 million ro'yxatdan o'tgan mijozlar mavjud. Har yili umumiy qiymati 1 milliard dollarga teng bo'lgan 3 million ish joylari e'lon qilinadi va bu dunyodagi eng katta freelancer bozori xisoblanadi.

👉 @ITmavzu
Lynda.com — texnologiya, biznes va yaratuvchanlik kurslari

Bu platforma har kimga shaxsiy, professional maqsadlariga erishish uchun biznes, dasturiy ta'minot, texnologiya va boshqa koʻplab sohalardan bilim va koʻnikmalarini o'rganishga yordam beradigan etakchi onlayn ta'lim platformadir.

Ushbu platformada video-kurslar 5 ta tilda tajribali ustozlar tomonidan olib boriladi.

👉 @ITmavzu
Fotograflar ham internetda pul topishadi

Ushbu rasm photodune.net saytida 10$ dan 84 marta sotilgan. Rasm muallifi o'zi olgan rasmlarni shu saytda sotib umumiy miqdorda 40 000$ dan ko'p pul topgan.

Internetda rasm sotishning afzalligi yillar davomida bitta rasmni ko'p marotaba sotaverasiz va saytlar bitta emas. Rasm sotsa bo'ladigan saytlarni ro'yxatini yaqin kunlarda kanalimizda e'lon qilamiz.

👉 @ITmavzu
Grafik dizayn haqida

Bir necha yillardan beri talabgirlikdan tushmagan yana bir soha — grafik dizayn: Uni qayerdan o'rgansa bo'ladi?

Javob — bepul kurslar orqali.

1. Grafik dizayn asoslari — Ellen Lupton

2. Ish beruvchi tipografika

3. Canva dizayn maktabi

P.S. Ushbu kurslar orqali professional grafik dizayner bo'lish mumkin. Asosiysi mehnat!

👉 @ITmavzu
Kopirayterlar uchun

• Matndagi so'zlarning imlo qoidalariga e'tibor bering. Kopirayter uchun eng katta xato — imlo xatoliklari.

• Matnlarda kamroq emodji ishlating, yoki umuman ishlatmang.

• Lending uchun yozilgan matnda «ko'cha» so'zlarini ishlatish yaramaydi.

• Kreativ bo'ling, matnni shunday yozing-ki, uni oxirigacha o'qishsin.

• Matn uchun sifatli rasm tanlang, bunda sizga freepik.com yordam beradi.

👉 @ITmavzu
2024/09/23 21:22:19
Back to Top
HTML Embed Code: