Telegram Web Link
“Tech stack” nima degani?

Full Stack dasturchi bo’lish uchun birinchi qaysi “stack”da ketishingizni aniqlab olishingiz kerak. Stack deganda, ko’pincha loyihani 0dan oxirgacha bitkazish uchun kerak bo’ladigan texnologiyalar to’plamini tushunishadi.

Har qanday loyiha 2 ta asosiy qism - Frontend & Backenddan iborat. Frontend va backend bilan ishlash uchun bizdan backend va frontendga mos aniq turli xil texnologiyalarni bilish talab qilinadi.

Agar biz bu texnologiyalarni barchasini birlashtirsak, bu “stack”ga aylanadi.

Juda ko’p “stack”lar hozirgi kunga kelib ishlatilayotgan bo’lsada, eng ommalashib, rivojlanib kelayotganlardan biri bu “MERN stack” hisoblanadi.

👉 @ITmavzu
Qanday qilib “tech stack”ni to’g’ri tanlash mumkin?

To’g’ri tech stackni tanlash ko’p narsaga bog’liq. Bulardan biri sizning hozirgacha olgan bilimingiz, deyishimiz mumkin. Umumiy masalahat esa qanday tech stackni tanlashdan qat’iy nazar, siz aniq Javascriptni o'rganishingiz kerak.

Chunki juda ko’p kompaniyalar sekin asta frontend uchun Javascriptga asoslangan frontend frameworklariga o’tishmoqda va Javascriptni o’rganishingiz ReactJS, Angular, Vue va boshqa frameworklarni o’rganishni osonlashtiradi.

Yana bir muhim jihat, agar siz Javascriptni o’rgansangiz, bu backend dasturlash uchun ishlatiladigan NodeJSni o’rganishga ham yordam beradi.

Agar siz OOP tillaridan birini va Spring, hibernate kabi mashhur frameworklardan xabaringiz bo’lsa, backend uchun ularni ishlatib, frontend uchun ReactJSni o’rganishingiz mumkin.

👉 @ITmavzu
#foydali

Website yaratish va Javascript ni o'rganmoqchi bo'lganlar uchun ajoyib imkoniyat

Osmondagi bolalar ko'rsatuvida mehmon bo'lgan Saidbek Arislanov akamiz esingizdami? Shu kishi o'zining You tube kanalida Website yaratish , Javascript , HTML va CSS haqida darsliklar joylab borishgan , o'rganmoqchi bo'lganlar kirib bemalol o'rganishlari mumkin!

Link👉https://youtube.com/c/SaidbekArislonov

👉 @ITmavzu
IT mutaxasislaridan qachon ishga joylashish haqida maslahatlar

Birinchi o'rinda, qaysi sohada ishlashni xohlayotganingizni hal qilishdir. Bu Edtech, Fintech, Foodtech yoki boshqa biror narsa bo'ladimi: Professional sifatida o'sish uchun eng yaxshisi, tajriba o'rganishingiz mumkin bo'lgan soha va kompaniyalarga ishga joylashishdir.
Mutaxasislar mehnat bozoriga imkon qadar tezroq kirishni maslahat berishadi, eng yaxshisi hali o'qish paytidayoq ishga kiring. Bu IT sohasidagi barcha professional imkoniyatlarni darhol o'rganishga, ish beruvchilarning so'rovlari bilan tanishishga va qanday bilim va ko'nikmalar talab qilinishini aniqlashga yordam beradi.

👉 @ITmavzu
MERN nimani angalatadi?

M - backend uchun ishlatiladigan MongoDB databazasini;

E - APIlarni yaratish uchun ishlatiladigan ExpressJJS API frameworkini;

R - Facebook tomonidan ishlab chiqilgan, hozirda eng mashhur frontend frameworklardan biri ReactJSni;

N - Javascriptga asoslangan, backend severini yozish uchun ishlatialdigan NodeJSni anglatadi.

👉 @ITmavzu
Nima uchun MERN stackni o’rganish kerak?

Full Stack dasturchilar eng talabgir odamlardan biri bo’lib qolmoqda.

Full Stack dasturchilarning boshqalardan ajralib turadigan jihati shundaki, ular vaziyatga moslashib, ishlanayotgan loyihaga turli xil yo’l bilan foyda olib kelishadi.

Hammaga ayonki, full stack dasturchi bo’lish uchun turli xil bilim va ko’nikmalarni egallab, frontend va backendniyam birday bilishi kerak bo’ladi.

Agar siz boshlang’ich dasturlash asoslarini bilsangiz, 4-6 oyda full stack dasturchi bo’lishingiz mumkin. Ko’p narsa olayotgan kurslaringiz va tanlagan “stack”ingizga bog’liq bo’ladi (albatta, qattiq harakat bilan).

👉 @ITmavzu
MERN nima uchun eng ommalashayotgan stacklardan biri bo’lib qolmoqda?

Buning sabablari ko’p. Ularning bir nechtasini quyida keltirib o’tamiz:

1. Tez kodlash vaqti: MERN stackda dastur yozish uchun juda kam vaqt sarflanishi mumkin.

2. Juda ko’p integratsiya: MERN stack to’liq Javascriptga asoslangan va Javascript juda ko’p kutubxona va integratsiyalarga ega. Shu sabab, qandaydir muammoga duch kelganingizda, juda katta ehtimol bilan sizdan oldin kimdir bu muammoga yechim topib bo’lgan bo’lishi va bu yechimni osongina o’zingizni loyihangiz bilan intergatsiya qilishingiz mumkin.

3. SQLsiz ma’lumotlar bazasi: MERN stackning yana bir muhim jihatlaridan biri MongoDB bo’lib, u eng mashhur SQLga asoslanmagan ma’lumotlar bazasi hisoblanadi.

4. Arzon dasturlash: MERN dagi dasturlarni yozish uchun nisbatan kam vaqt sarflangani, loyihaning harajatlarini ham sezilarli kamaytiradi.

5. Qulay ekosistema: MERNdagi frameworklarning dokumentatsiyasi yuqori darajada va MERnga aloqador savolalringizga osongina javob topishingiz mumkin.

6. Vebdan mobilga: veb dasturlarni mobil dasturlarga o’tkazish ancha qulay (React Native tufayli).

👉 @ITmavzu
#foydali #ma'lumot

MERN stackni o’rganish istagida bo'lganlar uchun Mohirdev jamoasida 6 oy davom etuvchi praktikum mavjud ekan. Qiziqganlar bog'lanib ma'lumot olishingiz mumkin!

👉 mohirdev.uz

Ro’yxatdan o’tish: mern.mohirdev.uz

👉 @ITmavzu
⚡️Xorijiy IT-mutaxassislarga Rossiyada yashash uchun ruxsatnoma berish osonroq bo‘ladi. Uni olish uchun ular mamlakatda bir yil yashashlari shart emas.

Hukumat xorijlik IT-mutaxassislariga soddalashtirilgan sxema bo‘yicha yashash uchun ruxsatnomalar berish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqdi.Qonun loyihasida Rossiya IT-kompaniyalarida tegishli akkreditatsiyaga ega bo‘lgan xorijlik IT-mutaxassislari yashash uchun ruxsat olish uchun vaqtinchalik propiskaga ega bo‘lishlari shart emasligini nazarda tutadi. Agar xodim mehnat shartnomasini bekor qilsa va 30 kundan keyin boshqa akkreditatsiya qilingan tashkilotda yangi ish topmasa, yashash uchun ruxsatnoma bekor qilinadi. Qonunning amaldagi tahririga ko'ra, yashash uchun ruxsat olish uchun chet el fuqarolari Rossiyada vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma asosida bir yil davomida yashashlari kerak edi. Bozor ishtirokchilarining fikricha, yangi qoidalar mamlakatga asosan MDH davlatlaridan IT-mutaxassislarini jalb qilishi mumkin.

👉 @ITmavzu
#ITPark #event

9-sentyabr kuni, soat 18:30 da IT Park Toshkent filialida oflayn formatdagi Startup Meetup bo'lib o'tadi.

👨‍🏫 Unda “Venture Roof” startapi asoschisi, Amerikaning “Speechki” startapida CGO, “Alchemist” B2B akseleratorida mentor va sudya Dmitriy Kim “Tashqi bozorda ilk mijozlarni topish va faoliyatni kengaytirishni boshlash yo‘llari” mavzusida ma’ruza qiladi.

Sessiya davomida mutaxassis tinglovchilarga quyidagi savollar bo‘yicha o‘z maslahatini beradi:
🔘 Nima uchun mahalliy bozordan emas, balki tashqi bozordan boshlash lozim?
🔘 Tashqi bozorga chiqishni qanday boshlash kerak?
🔘 Birinchi savdoni qanday amalga oshirish lozim?
🔘 Savdoni kengaytirishni qay tarzda boshlash kerak?

❗️Tadbir rus tilida o'tkaziladi. Ishtirok etish uchun arizalar 8-sentyabrgacha qabul qilinadi.

📑 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://forms.gle/gF2HMoeYwDkAGdUN6
#qiziq #python

🖥Python uchun 5 ta mashhur IDE.

IDE (integratsiyalashgan dasturlash muhiti) – bu dasturiy taʼminotni yaratish uchun moʻljallangan dastur. IDE maxsus dasturlashga qaratilgan bir nechta vositalarni birlashtiradi.

Izohlarda yozing: Python tili uchun eng yaxshi IDE qaysi deb oʻylaysiz?
Dubayda Burj halifa atrofida 550 metrlik balandlikda aylana shaklidagi konsepsiya quriladi

Eng katta Metaverse ofislari shu yerda bo’lishi mumkin! Loyiha Downtown Circle nomi bilan tanilgan va 550-metr balandlikdagi halqa Burj Xalifani o'rab oladi. Rassom rasmlari strukturaning ajoyib ko'lamini ko'rsatadi, u butun Dubay markazini qamrab oladi degan umidda aylanasi uch kilometr qilib yaratilishi ko’zda tutilgan.

👉 @ITmavzu
2024/11/14 14:03:08
Back to Top
HTML Embed Code: