Telegram Web Link
Forwarded from ABUTECH | PR
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qanday qilib salkam 300 000$ grant yutib Qatar davlatida ta'lim olish mumkin?

Yoshlarga o’rnak bo’la oladigan, hayotda ko’zlagan muvaffaqiyatlariga erishib, o’z bilim va katta tajribaga ega insonlarni samimiy suhbat orqali jam qila olgan yangi ko’rsatuv “Osmondagi bolalar” loyihasining bu galgi soni yosh bo’lishiga qaramasdan, Qatarda Business administration sohasida grant asosida tahsil olib kelayotgan o’zbek talabasi Yusufbek bilan birga bo’lib o’tdi.

🎁 Suhbatni tomosha qilish orqali, Yusufbekning ushbu grant yo'lida bosib o'tgan yo'li haqida batafsil bilib olishingiz hamda maxsus ajoyib sovg’ani qo’lga kritishingiz mumkin.

Premyera bugun soat 19:30 da bo'lib o'tadi.

Tavsiya qilaman 👉
https://www.youtube.com/watch?v=mg2CdGErl5Y
👨‍💻 Oramizda dasturlashga qiziquvchilar juda ko'p. Bugungi maqolamiz ham dasturchi-frilanserlar uchun maslahatlar haqida.

Maqola katta, juda ko'p maslahatlar berilgan, o'qishni tavsiya qilaman

LINK 👉 https://teletype.in/@itbusinessschool/mythsfreelance

👉 @ITBusiness_School#programmer
Oltin olma, IT biznesmendan maslahat ol.

Tajribali IT-biznesmenlar aytishadi: Potensial mijoz — eng yaxshi qurol.

Potensial mijoz — 2 va undan ko'p marta sizga ishi tushgan buyurtma beruvchi.

Eng birinchi va eng tezkor xaridor — potensial mijozlar.

Ular sizga ishonishadi, chunki qo'lingizdan nimalar kelishini bilishadi va yana bir bor sizga yuzlanishgan. Demak sizning xizmat ko'rsatishingiz unga qiziq. Iloji bori-cha potensial mijozlar bilan yaxshi munosabatda va aloqada bo'lib turing.

Potensial mijoz topish uchun uning 1-buyurtmasini a'lo darajada bajaring.

👉 @ITBusiness_School#advice
Telegram'dan $50.000 va $60.000 lik tanlovlarni kutib oling!

Telegram 2021-yil uchun ajoyib tanlovlarni e'lon qildi. Tanlovda barcha qatnashishi mumkin, asosiysi ular talab qilgan narsani tayyorlash kerak.

• C/C++ da kutubxona yozish — $50.000
C/C++ tilida
shunday algoritm yozish kerak-ki, u orqali kanalning tili va tematikasini aniqlash lozim. Algoritm kanalning nomi, biosi va postlardagi xabarlar orqali aniqlaydi. Algoritm Debian GNU/Linux 10.1 (buster), x86-64 8 yadro va 16 Gb RAM serverida sinab ko'riladi.

• Android'dagi xato va kamchiliklarni topish va tuzatish — $60.000
Telegramn Androidda xatoliklar, qiyshiq animatsiyalar, dasturdan «otib yuborishlar», qotishlar kabi xatolarni tuzatish kerak. Qatnashuvchilar barchasini tuzatib bo'lganlaridan so'ng, kompilyatsiya qilib tayyor .apk faylni @contestbot ga yuborishlari kerak, shu bilan birga Github'da qaysi kamchiliklar tuzatilgani haqida yozib, link jo'natish kerak.

👉 @itBusiness_School#telegram #contest
🙉 Maymun video-o'yin o'ynamoqda. Ha, bu haqiqat!

Ilon Maskka tegishli Neuralink kompaniyasi maymunning miyasida tajriba o'tkazdi. Tajribaga ko'ra, ular maymunning miyasiga tanga kattaligidagi chipni joylashtirdi va bu chip orqali maymun video-o'yinlarni ongi yordamida o'ynay boshladi.

Ilon Maskning aytishiga qaraganda, bu chip imkoniyati cheklanganlar uchun ishlab chiqarilgani, keyinchalik ushbu chipni rivojlantirib, ko'ngillilarda sinab ko'rilishi aytilgan. Maymun o'yin o'ynashining videosi esa 1 oydan keyin taqdim qilinishini ta'kidlab o'tdi, Ilon Mask.

👉 @itBusiness_School#neuralink
Qaysi dasturlash tilini o'rganish kerakligini tushundim, ammo uni endi qayerda o'rgansam bo'ladi?

Bundan oldingi eng yuqori o'rinda turuvchi dasturlash tillari haqida yozgan postimdan keyin "Siz aytgan tillarni qayerda o'rgansam bo'ladi? degan savollar kela boshladi.

Men bilgan joylardan bittasi bor. 2-3 oy oldin dasturlash kurslariga vaqtincha qabul to'xtatib yangicha tizimda dastur ishlab chiqqan edi. Ya'ni har qanday bola dasturlash kurslarida o'qishni istasa, ixtiyoriy-majburiy tartibda Foundation kurslarini o'qishi kerak.

Foundation kursida o'sha sizlarga aytib o'tgan ma'lumotimizdagi C va Python dasturlash tillari o'rgatiladi. 4 oy davomida ushbu tillarni o'rgangan o'quvchi keyinchalik har qanday yo'nalishga to'liq moslashib keta oladi. Chunki C dasturlash tili dasturlashni mantig'ini o'rgatadi.

Xattoki, hammaga ma'lum va mashhur bo'lgan Amerikadagi Harvard universitetida ham C dasturlash tili o'qishning birinchi yilida talabalarga majburiy tartibda o'rgatiladi. Qolaversa, kuchli-kuchli dasturchilar hozirgi paytda dasturlashni o'rganishni nimadan boshlay deb yurgan yoshlarga C ni o'rgan degan javobni berishayapdi.

Ushbu 2 tilni o'zida jamlagan Foundation kursini tamomlagandan so'ng, qiziqishga qarab frontend yoki backend, android, iOS kabi yo'nalishlarni bemalol egallash mumkin bo'ladi.

Ma'lumot o'rnida C dasturlash tili yorug'lik tezligi bilan deyarli bir xil darajada tez ishlaydigan til hisoblanadi.

Yuqoridagi ma'lumotlarni barchasini Najot Ta'lim markazining katta tartibdagi dasturlash bo'yicha ochiq darsida ko'rgan edim.

Tavsiya qilaman👉 @najottalim
🎨 Grafik dizayn haqida.

Bir necha yillardan beri talabgirlikdan tushmagan yana bir soha — grafik dizayn: Uni qayerdan o'rgansa bo'ladi?

Javob — bepul kurslar orqali.

1. Grafik dizayn asoslari — Ellen Lupton

2. Ish beruvchi tipografika

3. Canva dizayn maktabi

P.S. Ushbu kurslar orqali professional grafik dizayner bo'lish mumkin. Asosiysi mehnat!

👉 @ITBusiness_School#design
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Zamonaviy kasblar va kompyuter dasturlariga qiziqadiganlar uchun kerakli kanal. 👉 @abdusattor

Internet orqali daromad topish va zamonaviy kasblarga oid kerakli maslahat va tavsiyalar berib boriladi.

BEPUL DARSLIKLAR ham!

Obuna bo‘ling 👉 @abdusattor
SMM va hayotiy misol

Frilansda eng istiqbolli kasblardan biri bu shubhasiz - SMM. SMM — dehqoncha tushuntiradigan bo'lsak, biror biznes-tashkilotning ijtimoiy tarmoqlarda sahifasini yuritish va mijoz topish. Keling, hayotda ko'ramiz.

Eshmatjon mebel ishlab chiqaruvchi firma ochdi. U ko'p reklama qildi, mijoz chiqmadi. Shunda qo'shni mahalladan SMM-mutaxassislarga yuzlandi. Ular 400$ evaziga 1 oy firmaga mijoz topish va uni tanitish bilan shug'ullanishini aytdi. SMM'chilar firmani Instagram, Facebook, Telegram tarmoqlarida sahifa ochib, uni yurg'izishdi va reklama qilishdi. 1 oydan keyin Eshmatjonning firmasiga mijozlar «oqib kelishdi». Mana hayotiy misol :)

P.S. SMM-mutaxassislardan kreativlik, tezkorlik va ishchanlik talab qilinadi.

👉 @ITBusiness_School#SMM
👋 Amazon asoschisi va rahbari Jeff Bezos rahbarlikni tark etadi.

Uning o'rnini esa o'zining yordamchisi — Endi Jessi egallaydi. Bezos davrida Jessi ko'plab ishlar qilgan, jumladan Amazon AWS ni rivojlanishida uning hissasi ko'p.

Bezosning ishchilariga yozgan xatida yaratishda davom etish va tushkunlikka tushmaslik kerakligini ta'kidlab o'tgan.

👉 @itechmedia#inews
🚫 Xitoyda yana bir ijtimoiy tarmoqni bloklashdi.

Xitoy aholisi Clubhouse nomli ijtimoiy tarmoqda bir-birlari bilan siyosatni muhokama qilishgan. Bundan tashqari, ular Gonkongni tanqid qilishib, «yomon» so'zlarni ham ishlatishgan.

P.S. Buning kasriga esa Clubhouse qoldi, ya'ni uni Xitoyda ta'qiqlab qo'yishdi. Tugadi 🤷‍♂️

👉 @iTechMedia#inews
#biznes

MyTaxi va Express24 kompaniyalari asoschisi Akmal Paiziev bugun soat 20:00da YouTubeda Qanday qilib mijoz bilan intervyu qilish va muammoni aniqlash haqida premyera o‘tkazadi.

Premyeraga LINK 👉 youtu.be/90vGK3dYlAE
👨🏻‍💻 Front-End dasturchilar uchun foydali resurslar to'plami.

Github foydalanuvchisi Front-End dasturchilar uchun muhim bo'lgan resurslarni bir qilib, mana bu repozitoriyga joylabdi.

📝 Tarkibi:

Kod redaktorlari
Kerakli instrumentlar
CSS-freymvorklar
Ikonkalar va ranglar
API
Mock-up'lar
Kitoblar / Topshiriqlar / O'yinlar
— Va boshqa qiziqarli resurslar

👉 @ITmavzu
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Fotorealistik qahramonlar yaratish uchun bepul servis

Unreal Engine'ning rasmiy saytida Epic Games'ning yangi loyihasi taqdim etildi. MetaHuman Creator — fotorealistik qahramonlar yaratish uchun mo'ljallangan yangi dastur. Dastur bepul, batafsil Unreal Engine'ning rasmiy saytida — unrealengine.com/en-US/digital-humans

👉 @ITmavzu
📫 Yandexning xabar berishi-cha, 5 mingga yaqin elektron-pochtalarning ma'lumotlari tarqalib ketibdi.

Bunga esa 3 ta sistema administratorlaridan biri aybdor. Uni ishdan bo'shatishdi, pochta egalariga parolni almashtirish muhimligi haqida xabar yuborishdi.

Agar sizda ham Yandex pochta bo'lsa, uni tekshiring, agar xabar kelgan bo'lsa, parolni almashtiring.

👉 @itechmedia#inews
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“O’tgan umrim emas, kelajak umrim uvol bo’lmasin deb qadam tashlaganman” – tibbiyot oliygohini bitirib, ta’lim sohasida ishlovchi tadbirkor bilan suhbat

Omad kelganda, unga tayyor holda bo’lish biznesda, umuman barcha sohalarda, muhim o’rin tutadi. O’z faoliyati davomida ana shu vaziyatlarga tayyor bo’la olgan, o’z ilmi va mehnati samarasi ortidan hayotda, jamiyatda o’z o’rnini topgan insonlar bilan ochiq suhbat tashkil etib kelayotgan “Osmondagi bolalar” loyihasining bu galgi mehmoni, “Merit” xususiy maktabi hamda o’quv markazi asoschilaridan biri, tadbirkor Aziz Rahimov bilan birga bo’lib o’tdi.

🎁 Suhbatni tomosha qilish orqali, Aziz Rahimovdan ajoyib sovg’ani qo’lga kriitishingiz mumkin.

📌 Premyera bugun soat 19:30 da bo'lib o'tadi.

👉 Havola
: https://youtu.be/UTnhqdcMpUs
Shaxsiy sayt orqali pul ishlash haqida qisqacha.

Ko'p kishi internet sayti bor odamga pul to'laydi deb o'ylaydi. Bu xato, internet sayt egasiga 1 so'm ham bermaydi. Barchasi Google Adsense'ga bog'liq. Saytingizning 1 kunlik tashrif buyuruvchilari ko'p bo'lishi kerak, aks holda Adsense sizdan reklama sotib olmaydi.

Saytdan daromad qilish uchun sayt mukammal va chiroyli dizaynga ega bo'lish kerak, aks holda bugun kirgan odam ertaga kirmasligi mumkin. Siz o'zingizni tashrif buyuruvchidek tuting — saytda sizga nima yoqmadi? — shular ustida ishlang.

👉 @ITmavzu
Forwarded from IT Blog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nimaga? degan loyihamiz faoliyatini Youtubeda ham boshladik. Videoni ko'rib baho beringlar :)

👉 @abdusattor
2020-yil bo'yicha dunyoning eng boy davlatlari ro'yxati.

Dunyodagi eng boy davlat — Qatar hisoblanadi. Yevropada Lyuksemburg, Afrikada Seyshellar, Amerikada AQSH, Okeaniyada Avstraliya.

P.S. O'zbekistonni izlashga hojat yo'q, ro'yxatga qo'shilmaganmiz. 😁

👉 @itechmedia#statistics
Forwarded from IT Blog
Pulni qanday taqsimlash kerak?

Pulni boshqarish ilmi bu - ilmlarning eng muhimlaridan biridir. Pul ilmi haqida gapirganda, "6 Kuvshin" usuli eng qulay va soddalaridan biri hisoblanadi. Ushbu usulga ko'ra siz o'z daromadlaringizni quyidagi tartibda taqsimlaysiz:

1. 55% - zaruriy ehtiyojlar uchun, ya'ni ro'zg'or harajatlariga.

2. 10% - qimmatbaho harajatlar. Ushbu pulni siz uzoq vaqt ishlatiladigan mahsulotlar, masalan avtomobil xarid qilish uchun yig'ishingiz mumkin.

3. 10% - ta'limga. Ushbu pulni eng avvalo o'zingizga sarflang. Kitob olib o'qing yoki seminar va treninglarda qatnashing.

4. 10% - investitsiya. Bu summani siz ikkinchi yoki uchinchi daromad manbalarini yaratish uchun investitsiya qiling.

5. 10% - jamg'arma. Bu pulni siz "qora kun"ga olib qo'ying. Inson qanchalik optimist bo'lmasin, ertangi kun qanaqa bo'lishini bilib ololmaydi. Shu sababli mablag'ingizning ma'lum qismini "qora kun"ga asrab qo'yganingiz ma'qul.

6. 5% - xayru ehson. Ushbu kuvshinga ajratgan pulingizni siz xayru ehsonga, yoki qarindoshlar va oila a'zolaringizga hadyalar xarid qilishga sarflashingiz mumkin.

Ishoning, daromadlaringizni ushbu uslubga ko'ra taqsimlash va qoidaga qat'iy rioya qilish sizni HH yaqin bir necha yil ichida moliyaviy mustaqil bo'lishingizni ta'minlab beradi!

👉 @abdusattor
2024/09/27 07:33:39
Back to Top
HTML Embed Code: