Telegram Web Link
Telegram-kanal savdosi haqida

Siz 10k dan tortib, 100k gacha bo'lgan kanallar qanchaga sotilishini bilasizmi? Odatda 10k kanallar 100-150$ ga sotilsa, 100k kanallar 1000$ dan boshlanadi. Albatta, bu narsa auditoriya sifatiga ham bog'liq. Bu haqida qisqacha yana to'xtalamiz, chunki auditoriya sifati haqida kitob yozish mumkin.

Rasmda ko'rib turgan kanalingizda 25k odam bor, ammo narxi salkam Sparkning narxi (50.000.000 so'm). Agar adminning gapiga ishonadigan bo'lsak (shaxsan ishonmadim), oylik daromad 25.000.000 ekanmush.

Sizda ham shunday imkon bor. Kanal ochib, VP va arzon reklamalar orqali kanalni ko'tarib, sotilguncha aktiv va ko'rishlar sonini ushlab, sotib yuborsangiz, yangi kanal uchun pul va o'zingiz uchun 3-4 so'm ham topgan bo'lasiz.

👉 @ITBusiness_School#telegram
So'rov natijalariga ko'ra, oramizda dasturchilar ko'p ekan. Bugungi maqolamiz ham dasturchi-frilanserlar uchun maslahatlar haqida.

Maqola katta, juda ko'p maslahatlar berilgan, o'qishni tavsiya qilaman

LINK 👉 https://teletype.in/@itbusinessschool/mythsfreelance

👉 @ITBusiness_School#freelance
📌 Qisqa Maslahatlar: Telegram kanal.

Bugundan boshlab Qisqa Maslahatlar ruknini boshlaganimizni ma'lum qilamiz.

Kanalingiz uchun chiroyli, kreativ va esda qolarli nom tanlang;

Chiroyli logotip tanlang, yoki chizdiring;

Kuniga 100 ta reklama qo'ymang, 2 kunda 1 ta, yoki maksimum kuniga 1 ta;

VP qilishda 2-tomonning reklamasini ko'rib chiqing, shok kontent qo'ymang;

Sifatsiz kanallar bilan aslo VP qilmang;

Maqolalarda imlo qoidalariga e'tibor bering, post uchun sifatli rasm tanlang;

Kuniga 1-2 ta maqola yetadi;

Va oxirgisi - kanalni hech qachon tashlab qo'ymang.

👉 @ITBusiness_School#Qisqa_Maslahatlar
2021-yil va veb-dizayn.

Har yili har xil yangiliklar chiqyapti. Ammo umuman eskirmaydigan dizaynlar bor, ular bilan hamma sayt chiroyli ko'rinadi. Eskirishidan xavotir olmang, ushbu trendlar hali yangi va eskirmaydi :)

LINK 👉 https://teletype.in/@itbusinessschool/trends2021

👉 @ITBusiness_School #webdesign
Siz ko'rib turgan rasm bu 3D model bolib, uning muallifi o'zimman. 3D max va Marvelous dasturlarida yasaganman. 2017 yil Cgtrader.com saytida bu modelim TOP modellar safidan joy olgan. Shu modelim bitta saytdan 1 000 $ dan ko'p sof daromad olib kelgan. Men o'z 3d modellarimni 6 ta top saytlarda sotaman. Samiymiy maslahatim Autodesk 3ds Max dasturini o'rganing. Bu dastur orqali ko'plab yo'nalishlarda pul topa olasiz.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qanday qilib "Foydali link" kabi kanal qilish mumkin?

Ko'pincha mendan Foydali link va IT Business School kanallarimni qanday qilib bunday tez rivojlantirganim haqida so'rashadi. Quyidagi intervyuda men telegram va 3D max orqali qancha daromad qilishim va telegram kanallarimni qanday qilib rivojlantirganim haqida barchasini aytib berdim.

Osmondagi bolalar loyihasini birinchi mehmoni bo'lish menga nasib qildi.

Agar bu sizga qiziq bo'lsa, videoni ko'rishni tavsiya qilaman!

Video 👉 youtu.be/rlhb4BHF6x8
Nima uchun ijtimoiy tarmoqlar frilansda muhim omil sanaladi?

Hamma mijozda ham siz ishlayotgan messenjer yoki ijt. tarmoq yo'q. Yo bunisida faqat Instagram, yoki VKontakte, yoki Facebook, yoki boshqa tarmoq bo'lishi mumkin.

Bir xil ism-familiya bilan barcha ijtimoiy tarmoqdan o'ting.
Bu zo'r «ficha». Barcha ijt. tarmoqdan ro'yxatdan o'ting, o'zingiz haqida yozishingiz kerak bo'lgan joyga xizmatlaringizni yozing. Masalan — «dasturlash, sayt yozish, bot yozish, backend, frontend» yoki «logotip, bannerlar, vizitka tayyorlash». Keyin Google'ga ism familiyangizni yozing, ko'rib turibsiz-ki, siz «internetda chiqyapsiz :)». Pastida esa xizmatlaringiz, tekin reklama! 😊

👉 @ITmavzu
Forwarded from Foydali LINK
#videokurs #bepul

Ushbu sayt orqali IT dasturlarni va envato bozorida biznes qilishingiz mumkin bo‘lgan kasblarni online video kurslar orqali bepul o'rganishingiz mumkin.

LINK 👉 tutsplus.com

👉 @foydali_link
Mana, 2020-yil ham tugab bormoda. Bir yil davomida ancha narsani ko'rishga ulgurdik. Ushbu yilni saviyali kitob bilan tugatish esa ayni muddao. Bill Geyts esa bizga o'qish uchun 5 ta kitobni tavsiya qiladi:

1. The New Jim Crow: Mass Incarceration in the Age of Colorblindness

2. Range: Why Generalists Triumph in a Specialized World

3. The Splendid and the Vile: A Saga of Churchill, Family, and Defiance During the Blitz

4. The Spy and the Traitor: The Greatest Espionage Story of the Cold War

5. Breath from Salt: A Deadly Genetic Disease, a New Era in Science, and the Patients and Families Who Changed Medicine

Ro'yxatdagi barcha kitob o'zgacha strategiya va janrga ega. Kitoblar haqida shaxsan Bill Geytsning o'zi bu yerda yozgan.

👉 @ITBusiness_School / #books
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kremniy vodiysi bu erishib bo'lmas orzu(mi)?

Kechagi postimizda ko'pchilik dasturlashni o'rganmoqchi bo'lganlarda uchraydigan xato ya'ni pulni birinchi raqamli maqsad deb qo'yish haqida gaplashgan edik.

• Unday bo'lsa dasturlashni o'rganmoqchi bo'lganlar qanday maqsad qo'yishi kerak?
• Birinchi qadamni nimadan boshlash lozim?
• Qanday qilib kuchli mutaxassis bo'lib yetishish va dunyo miqyosidagi loyihalar ustida ishlar olib borishi mumkin?

Shu kabi ko'plab savollarga Osmondagi bolalarning 2-sonini ko'rib bilib olishingiz mumkin. Bu galgi ko'rsatuv mehmoni Angrenda oddiy oilada o'sib ulg'ayib, hech qanday katta "akaxonlarsiz" dunyoga mashhur Uber kompaniyasiga iOS dasturchisi sifatida ishga kirgan yosh o'zbek o'g'loni haqida bo'ladi.

Dasturlash sohasiga oz bo'lsada qiziqishingiz bo'lsa videoni ko'rishni tavsiya qilaman!

Premyera bugun soat 19:30 da bo'lib o'tadi.

Video 👉 youtu.be/DOuh1VQ3k4A
Ayni damda Telegramning faoliyatida muammo kuzatilmoqda, bu holat bizdan tashqari Rossiya, Qozog'iston, Tojikiston va boshqa davlatlarda kuzatilmoqda.

90% foydalanuvchilar Telegramga ulanisha olmayabdi, qolganlar esa xabar jo'natisha olmayabdi.

UPD: Ushbu xabar 18:40 da jo'natilgan edi, Telegramdagi muammolar tuzatilgani uchun hozir tushdi.

#telegram
🎮 «2020-yil AliExpressda Cyberpunk 2077 tovarlariga bo'lgan talab 20 marta oshgan», deb ta'kidlaydi rus analitiklari.

Noyabrdan dekabrgacha bo'lgan davrda o'yinning nomi bilan bog'liq qidiruvlar soni 20 marta oshgan. O'yinning relizi munosabati bilan AliExpress Cyberpunk 2077 uchun alohida sahifani taqdim qildi.

Bundan tashqari, AliExpressda ko'p izlanilayotgan tovarlar ro'yxati e'lon qilindi.

1.
OnePlus 8T smartfoni, Cyberpunk 2077 versiyasi
2. Stikerlar, Cyberpunk 2077 stilida;
3. O'yin stilida devor uchun plakat;
4. Kianu Rivzning kolleksion figurkalari;
5. Sumkalar, Cyberpunk 2077 stilida.

#cyberpunk #aliexpress
👉 @ITBusiness_School
💰 Sentyabr boshidan beri bitkoin +100% qimmatlagan. Analitiklar bitkoinning bunchalik qimmatlashining sababi unga yirik kompaniya va investfondlar tomonidan sarmoya kiritilganini ta'kidlashdi.

Undan tashqari bitkoin bilan yirik banklar va to'lov sistemalari ham ishlay boshlashgan, Singapurning DBS banki va PayPal to'lov tizimi shular jumlasidan.

#bitcoin
👉 @ITBusiness_School
🌐 WhatsApp'ning Desktop versiyasining ayrim foydalanuvchilarida videoqo'ng'iroqlarni amalga oshirish va qabul qilish imkoniyati paydo bo'ldi.

🐦 Twitter yirik bo'lmagan guruh uchun Spaces ovozli qo'ng'iroqlar funksiyasini qo'shdi. «Gohida tvit uchun 280 ta belgi kamlik qiladi, gohida esa matnlarda emotsiya va smayliklar tushib ham qoladi», deb ta'kidlashadi dasturchilar.

🇺🇸 AQSHning 38 ta shtati Google'ni qidiruv payti o'zining mahsulotlarini foydaliroq ko'rsatishi uchun boshqa saytlarni qidiruv ro'yxatidan olib tashlashda ayblamoqda. Bundan tashqari kompaniyani monopoliyada va Facebook bilan «kelishuvda» ayblashmoqda.

#shortnews
👉 @ITBusiness_School
Pavel Durov Telegram yaqinda 500 mln aktiv foydalanuvchilarga erishishini ta'kidladi. Bundan tashqari Telegram keyingi yildan monetizatsiyalashadi. Eslatib o'tamiz, yaqinda Telegramda global yangilanish bo'ladi. Yangilanish haqida batafsil — telegram.org/blog/voice-chats/ru

@ITBusiness_School#telegram
Ilon Mask bir vaqtlar Teslani Apple'ga sotmoqchi bo'lganligi haqida o'ylab qolgani, ammo Apple bosh direktori Tim Kuk buni rad qilgani haqida gapirib o'tdi.

Ilon Mask Apple'ning boshqaruvchisiz elektromobillar (bespilot) uchun ishlab chiqarayotgaan akkumulyatorlari bozorga chiqishi texnik tomondan ilojsiz, deb ta'kidlab o'tdi.

@ITBusiness_School#elonmusk #tesla #apple
Ko‘plab frilanser saytlarida va O‘zbekistonda ishlaydigan karta bu Payoneer hisoblanadi. Tushgan pulni naqt qilib yechib beradiganlar ham bor. Kartani payoneer.com saytidan buyurtma bersangiz ancha qiyin. Chunki juda ko‘p narsa so`raydi.

Payoneer kartani upwork.com frilanser sayti orqali buyurtma bering. Pochtadan uyingizgacha olib kelib berishadi.

👉 @ITBusiness_School / #payoneer
💰 Google va Microsoft TikTok'ning hindcha analogiga investitsiya kiritishmoqda.

🎮 Cyberpunk 2077 video-o'yinining yaratuvchilarini sudga berishdi, sababi o'yinning konsol uchun ishlab chiqarilgan versiyasi talabga javob bermasdi.

🌐 Google o'z xodimlarini kompaniya mahsulotlari haqida faqat ijobiy fikr bildirishga majburlamoqda.

@ITBusiness_School / #shortnews
🤑 Bitkoinning narxi endilikda 25.000$ AQSh dollarini tashkil qilmoqda. Bu haqida Coindesk ta'kidlab o'tdi, va shuningdek bitkoinning narxi yil boshidan beri 250% ga qimmatlagan. Ushbu kriptovalyutaning bunchalik ommalashib ketayotganligi haqida bu yerda yozganmiz.

@ITBusiness_School / #bitcoin
2024/09/27 13:22:37
Back to Top
HTML Embed Code: